1-mavzu: 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari


Download 42.08 Kb.
bet1/15
Sana17.11.2023
Hajmi42.08 Kb.
#1782991
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-mavzu 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari-fayllar.org


1-mavzu: 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari

1-mavzu: 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari


Reja: 17.1. Yarimo‘tkazgichli quyosh elementlarining fizikaviy asoslari

17.2. Yarimo‘tkazgichli quyosh elementlarini tayyorlash texnologiyasi


17.3. Material ichidagi potensial to‘siq (p-n o‘tish). Foton energiyasi
17.4. Ichki va tashki fotoeffekt. Taqiqlangan zona energiyasi. Fotodiod. Fototranzistorlar


Yarim o„tkazgichli quyosh elementlarining fizikaviy asoslari.
Yarim o„tkazgichlar oʻtkazuvchanligi jihatidan metall va dielektriklar orasidagi moddalar boʻlib, oʻz fizik xususiyatlarini turli tashqi taʼsirlar (masalan yoritish, isitish va hokazo) natijasida keng intervalda oʻzgartira olish xususiyatiga ega. Yarim oʻtkazgichlar elektronika va mikroelektronikada juda keng qoʻllanilib, zamonaviy elektr jihozlarning deyarli hammasi - kompyuterlardan tortib to uyali aloqa telefonlarigacha barchasi yarim oʻtkazgichli texnologiyaga asoslangan. Eng keng qoʻllaniladigan yarim oʻtkazgich modda kremniy boʻlib, boshqa moddalar ham keng qoʻllaniladi.
Yarim oʻtkazgichlar
elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar (oʻtkazgichlar, asosan, metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan moddalar (dielektriklar) orasidagi oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar. Mendeleyev davriy sistemasida II, III, IV, V va VI guruhlarda joylashgan koʻpchilik elementlar. ularning bir qator birikmalari yarimo‘tkazgichlar jumlasiga kiradi. Yarim oʻtkazgichlarda ham metallardagi kabi elektr oʻtkazuvchanlik elektronlarning harakati tufayli yuzaga keladi. Biroq elektronlarning harakatlanish sharoitlari metallar va yarim oʻtkazgichlarda turlicha boʻladi. Yarim oʻtkazgichlar quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: Yarim oʻtkazgichlarning elektr oʻtkazuvchanligi temperatura koʻtarilishi bilan ortib boradi (masalan, temperatura 1 K ga ortganda Yarim oʻtkazgichlarning solishtirma oʻtkazuvchanligi 16—17 marta ortadi); Yarim oʻtkazgichlarning elektr oʻtkazuvchanligida erkin elektronlardan tashqari atom bilan bogʻlangan elektronlar ham ishtirok etadi (baʼzi hollarda bogʻlangan elektronlar asosiy rol oʻynaydi); sof yarim oʻtkazgichlarga oz miqdorda qoʻshilma kiritib, uning oʻtkazuvchanligini keskin oʻzgartirish mumkin (masalan, 0,01% qoʻshilma kiritilganda yarim oʻtkazgichlarning oʻtkazuvchanligi 10000 marta ortib ketadi).



Download 42.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling