23-mavzu: 32-mavzu. Avtonom quyosh fotoelektrik qurilmalari.
23.1. Ularning ish jarayonlari bir biridan farqlanish sabablari.
23.2. Tarmoq invertorlari. Akkumulatorli invertorlar.
23.3. Akkumulyatorlar va ularning turlari.
23.4. Avtomatlar, qiyin eruchan saqlagichlar, elektr schyotchik.
Ularning ish jarayonlari bir biridan farqlanish sabablari.
Quyosh panellari ishonchli elektr energiyasi manba’si bo‘lishi uchun u tizimda qo‘shimcha elementlar bilan ta’minlanishi zarur: kabellar, tizimning turiga (tarmoq bilan bog‘langan FES, avtonom, rezerv) bog‘liq ravishda struktura, elektron invertor, akkumulyator batareyalari to‘plami va zaryad-razryad kontrolleri. Bunday tizim butunligicha quyosh fotoelektrik sistema yoki quyosh stansiyasi deb nomlanadi.
Yer sharoitida qo‘llaniladigan Quyosh fotoelektrik stansiyalarini ularning qo‘llanilishiga muvofiq holda quyidagi sinflarga ajratish mumkin. Bu tizimlar asosan 3 ga bo‘linadi:
1) Avtonom Quyosh fotoelektrik stansiyalari (AFES);
2) Rezerv Quyosh fotoelektrik stansiyalari (RFES);
3) Elektr tarmog‘i bilan paralell ulangan Quyosh fotoelektrik stansiyalari.
Avtonom fotoelektrik tizimlar: Avtonom fotoelektrik tizimlardan markazlashtirilgan elektr ta’minoti mavjud bo‘lmagan joylarda foydalaniladi. Sutkaning tungi vaqtlarida energiya ta’minoti va quyosh yaxshi nur sochmagan vaqtlar uchun akkumulyator batareyasi (AB) zarur. Avtonom fotoelektrik tizimlar alohida uylarning elektr ta’minoti uchun tez-tez qo‘llaniladi. Kichik tizimlar asosiy yuklamani ta’minlashi mumkin (yoritish manba’i, ba’zan televizor yoki radio), o‘ta quvvatli tizimlar suv nasosi, radiostansiya, muzlatgich, elektrojihozlar va boshqalar. Bunday tizim quyidagilardan tashkil topgan (23.1-rasm).
Rezerv tizimlar: Markazlashtirilgan elektr ta’minot tarmoq bilan bog‘langan bo‘lsada, lekin ishonchli bo‘lmasa bunday holatlarda rezerv quyosh tizimlaridan foydalaniladi. Tarmoqda kuchlanish bo‘lmagan vaqtlarda ham mavsumiy vaqtlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |