Reja: - 1.1 Kirish. Analitik kimyo fani va uning usullri.
- 1.2. Sifat analizi usullari.
- 1.3. Barcha kationlariga asosiy reaktivlarning ta’siri
- 1.4. Kationlarni analitik guruhlarga bo‘linishi.
- 1.5.Birinchi guruh kationlariga xususiy reaksiyalar
Kirish. Analitik kimyo fani va uning usullari. - Analitik kimyo oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashda muhim o’rin tutadi, shuningdek, u barcha kimyo fanlarini o’rganishda tayanch bo’lib xizmat qiladi. Keyingi yillarda analitik kimyo fanining xalq – xo’jaligidagi roli tobora kengayib bormoqda. Qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’itlar, o’simliklarni turli zararkunandalardan himoya qilish preparatlari (gerbetsid, pestitsid shu kabilar) ishlab chiqarishda, analitik kimyoning roli beqiyos.
- Tibbiyotda dori – darmonlar tayyorlash ham analitik kimyo usullaridan foydalanib o’tkaziladi. Analitik kimyo fani - moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini analiz qilishning nazariy asoslari va usullarini o’rganadigan fandir.
Analitik kimyo sifat va miqdor analizidan iborat. Sifat analizining vazifasi tarkibi noma`lum modda yoki aralashmaning tarkibiy qismlarini, ya`ni u qanday element yoki ionlardan tarkib topganligini aniqlashdir. Miqdoriy analizning vazifasi esa moddadagi yoki aralashmadagi bir yoki bir necha tarkibiy qismlar miqdorini aniqlashdan iboratdir.
Sifat analizi usullari. Tekshirilayotgan moddaning miqdori yoki hajmiga ko‘ra analiz usullari: makro-, yarim-mikro-, mikro-, va ultramikro usullariga bo‘linadi: - Makro usulda reaksiya o‘tkazish uchun 1-10 g quruq modda yoki 10-100 ml eritma olinadi
- . Reaksiyalar oddiy probirkalarda olib boriladi, hosil bo‘lgan cho‘kmalar filtrlash orqali ajratiladi, yuviladi va aniqlanadi.
- Yarim-mikro usulda reaksiya olib borish uchun 0.05-0.5 g quruq modda yoki 1-10 ml eritma olinadi
- . Reaksiyalar tubi kichraytirilgan probirkalarda tomchi usullarida o‘tkaziladi. Cho‘kmalarni eritmalardan ajratish uchun sentrafugalardan foydalaniladi.
- Mikro usulda analiz olib borish uchun 0.001-10-6 g quruq modda yoki 0.1-1 ml eritma olinadi. Reaksiyalar maxsus probirkachalarda o‘tkaziladi.
- Ultra-mikro usulda analiz olib borish uchun 10-6-10-9 g quruq modda yoki 10-4-10-6 ml eritma olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |