1 мавзу ҳарбий дала жарроҳлиги фани ва унинг вазифалари


Download 100.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.03.2023
Hajmi100.81 Kb.
#1258361
Bog'liq
1 d0d2a56693fbbfc817f451a60ad5f183



HАRBIY-DАLА JАRROHLIGI FАNI VА UNING VАZIFАLАRI, TIBBIY EVАKUАTSIYA 
ETАPLАRI 
Harbiy-dala jarrohligi zamonaviy jangovar jaroxatlarning kelib chiqishi rivojlanishi
klinikasi va diagnostik usullarini, shuningdek, harbiy xarakatlar vaqtidagi jarrohlik yordamini 
tashqil qilish va davolashni oʼrgatadi. 
Harbiy-dala jarrohligini konuniyatlari va tizimlari bir necha asrlar davomida ishlab 
chiqilgan va shu sababli uning taraqqiyoti va rivojlanishini tarihini qisqacha boʼlsa ham bilish 
zarur. 
Harbiy-dala jarrohligining taraqqiyoti jarrohlik tarixining murakkab va oʼrganish zarur 
boʼlgan qismi boʼlib, qullaniladigan qurollarning murakkablashtirilishi, texnikaviy vositalarning 
urushda qullanilishi, tibbiyot ilmining darajasi va aksan jarrohlik fani bilan bogʼliqdir. 
Harbiy tibbiyotning dastlabki maʼlumotlari qadimgi davrga chuqur kirib boradi. 
Tarixchilarning guvoxlik berib aytishlariga koʼra Аleksandr Makedonskiyning 
(eramizdan avalgi IV asrda) yaradorlarni va kasallrni davolashdan tashqari kushinlarda 
kasalliklarning oldini olish uchun rivojlangan harbiy tibbiy tashqilot boʼlgan. Harbiy 
tibbiyotning boshlangich uzaklari – qadimdan namoyon boʼla boshlagan. Bularni qadimgi Xind, 
Gretsiya, Rim armiyalarida boʼlganligi bizgacha yetib kelgan. Lekin, shuni takidlab oʼtish 
kerakki, oʼsha vaqtlarda yordam koʼrsatish yaxshi yoʼlga qoʼyilgan emas edi; shifokorlar 
(tabiblar), koʼp xollarda yuqori mansabdagixarbiylarni davolar; yaryadorlarni bosib olingan 
joylarda, yoki chekinilganda esa dushman qoʼlida qolar; yaradorlar aravalarda, zambillarda 
kushin ketidan olib yuralar va u kushinning tez xarakat kilishiga bir tomondan tuskinlik xam 
kilar edi. Kiskacha qilib aytganda yaradorlarning axvoli ayanchli edi. 
Faqat XV asrga kelib yirik davlatlarning yuzaga kelishlig (Frantsiya, Ispaniya va b.) va 
ularning xavfsizligini muxofaza qilish kuchli doimiy armiyaga zaruriyat toʼgʼildi. Bu esa
Uz navbatida kushinlarda tibbiyot xodimlari va jarrohlarning boʼlishligini zaruriyatini toʼgʼdirar 
edi. XV-XVI asrda 
Frantsiya, Ispaniya va boshqa dlatlar armiyalarida polk jarrohlari, xarakatdagi gospitallar, 
yaradorlarga tibbiy yordam koʼrsatish tartiblari toʼgʼrisidagi maxsus xujjatlar chiqarila 
boshlanadi. 
Kapitalizm asiriga kelib doimiy kushinlarning yuzaga kelishi bilan bir vaqtda tibbiy 
xizmat tashqil etildi. Natijada armiyalardi muxim tibbiy xizmatchilar, davolash muassasalari, 
gospitallar, harbiy-sanitar transport boʼlimlari tashqil qilindi. 


Urish xarakatlari vaqtida oʼqotar kurollarning ishlatilishi va oqibatida yaradorlar 
soninning kqplab boʼlishligi jarrohlar oldida ularni davolashni bir tomondan muomovi tugʼilgan 
boʼlsa, ikkinchi tomondan tibbiy tibbiyotning rivojlaniga tutrki boʼldi. 
Oʼsha davrda oʼq tekkan yaralarni davolash boʼyicha jarrohlikda eng asosiy muammolar 
: qon ketishni toʼxtatish, yara infektsiyasini bilan koʼrash va ogʼriqsizlantirish edi. Oʼq otar 
kurollarning dastlabki kullanishishlarida ulardan kelib chiqadigan oqibat va yaralarni kechish 
jarayonini yaraga tushgan poroxdan deb bilishlar va u yarani zaxarlaydi deb tunilgan. U sababli 
yaraga kizigan yogʼ yarani qizdirilgan jism va yaraga boshqa suyukliklar qoʼyishgan. Oqibat 
oʼz-oʼzidan ogʼir asoratlarga olib kelgan. Buni XVI asrda yashagan mashxur frantsuz jarrohi 
Аmbruaz pare yara porox bilan zaxarlanmaydi, balki unda koʼplab toʼqimalar majaklanadi deb 
tushintirgan. Keyinchalik yaralarning asoratlari kechishlariga sabab qilib yara ichidagi yot 
jismidan deb bilishgan. Shu sabali yaradorni ogʼriqsizlantirmasdan, yarani kesib 
kengaytirmasdan yot jismini kurmasdan uni qidirib topib olib tashlashga karatilgan. Bu esa 
yaradorni shok xolatiga tushib qolishga, yarani ichi va atrofiga infektsiyani tarqalishiga, koʼp 
xollarda qon tomir, nerv va boshqa aʼzolarning jaroxatiga sababchi boʼlgan. 
Mashxur frantsuz jarrohi Аmbruaz pare eramini I asrida Selьs tomonidan birinchi marta 
taklif qilingan qon tomirlarni ligatura bilan bogʼlashniamaliyotga qon tomirni yara davomida 
bogʼlab kiritdi. 
1847 yilda mashxur harbiy-dala jarrohligining asoschilaridan biri N.I.Pirogov (1810-
1881) urush xarakatlari vaqtida birinchi boʼlib efin narkozini kulladi.. N.I.Pirogovning tibbiyot 
ilmiga, harbiy-dala jarrohligiga kushgan xissasi shunchalik ulugʼ va muximki, undan avvalgi 
davrni pirogovga qadar boʼlgan davr deb atay boshladidar. N.I.Pirogov harbiy tibyubiyot 
tarixida birinchi marta 1854 yildan boshlab gips bogʼlovini ishlatdi. Pirogovning ayollarni urush 
sharoitida yaradorlarga yordam koʼrsatishga jalb qilish, shaxsiy sostavni oʼz-oʼziga va uzaro 
yordamga urgatish, shikastlanganlarga rejali yordam kursatishni tashqil qilish, yaradorlarni 
saralash tizimi xozirgi vaqtda xam uz kuchini yoʼqotmagan. Yana N.I.Pirogovning yaradorlarni 
oʼqli yaralardan qul-oyoqlarini aralanishda asrab saqlash usuli usha davr uchun katta 
axamiyatga ega edi. Chunki harbiy jarrohlar oʼqkda yaralanishlar oldida ojizligi sababli, 
yaradorlarning sonini xaddan tashqari kupligi sababli deyarli qoʼl-oyoqlarni erta amputatsiya 
qilish usulini qullaredilar. Bu esa oʼsha vaqtda yaradorlarning koʼp foizini oʼlimiga sabab boʼlar 
edi. Misol uchun frantsuz jarroxi Larrey Borodino jangida 1 sutkada 200dan kup amputatsiya 
qilgan. 
1867 yili Lister yaralarning yiringlashiga sabab unga tashqaridan tushgan mikroblar deb 
tasdiqlagan. Uning oʼzi jarrohlikka antiseptik usulini kiritdi. Nemis jarrohi F.Esmarx tomonidan 


1873 yili vaqtincha qon toʼxtatish uchun jgut, 1876 yili yaralarga aseptik bogʼlov qoʼyish uchun 
aloxida- individual bogʼlov paketini taklif etdi. 
N.I.Pirogovning jang maydonida kullagan efir narkoziga ingliz jarroxi D.Listerning 
taklif etgan karbol kislotasi eritmasini kullash bilan yaralarni davolashning antiseptik usuli 
axamiyati jixatidan bir-biriga teng baxoga egadir. Ikkala kashfiyot xam harbiy-dala 
jarrohligining yangi taraqqiyotbosqichining boshlangich davri boʼlib xisoblanadi. 
Harbiy-dala jarrohligi tarixida D.Listerning shogirdi K.K.Reyerni (1846-1890) eslab 
oʼtish lozim. U yarani keng ochish, uni yot moddalardan va suyak qoldiqlaridan tozalashdan 
iborat boʼlgan va shu asosda birlamchi ishlov berish gʼoyasini yaratib, yarada faol jarroxlik 
aralashuvni amalga oshirishniantiseptik usulga asoslangan xolda keng kullay boshladi va tartib 
qildi. 
Oʼtish bosqichida yaralanishda faol aralashuvning koʼpchilik tomonidan qabul qilinishga 
E.Bergmanning notoʼgʼri nazariyasi tusqunlik qildi. Uning oʼq otar qurolldan xosil boʼlgan 
yaralar birlamchi steril degan nazariyasi uzoq vaqt davomida faol jarroxlik aralashuvni amalga 
oshirilishiga tusqinlik qildi. Koʼp sonli mikrobiologik izlanishlarga asoslangan xolda rus jarroxi 
N.N. Petrov 1916 yilda E.Bergmanning oʼq yaralarning steril ekanligi toʼgʼrisidagi taʼliomtini 
rad etib, ularni birlamchi (yaralanish paytida) mikroblar bilan zararlanishini tasdiqladi. 
Yaralarga birlamchi jarrohlik ishlovi berish asoslari italiyalik Frantsisko Platsoni 
tomonidan yarani kesib kengaytirish, Fridrix tomonidan oʼlgan toʼqimalarni toʼliq kesib olib 
tashlash va frantsuz jarroxlari Gode va Lemet tomonidan xar tomonlama toʼliq ishlab chiqildi 
(1916 y.) 
Kup rus jarroxlari yaradorlarning davolashdan tubdan oʼzgartirish va erta jarroxlik 
amaliyoti qilishlikni fikrlasalarda lekin, ularning xarakati natijasiz edi. Mashxur rus jarroxi 
А.V.Oppelь harbiy-dala jarrohligida yangi aktiv yoʼnalish targibotchisi va tarafdori edi. U oʼqli 
yaralarga birlamchi ishlov beruvchilardan birinchilaridan boʼlib xisoblanadi. 1916 yili V.А. 
Oppelь “Yaradorlarni bosqichlarda davolash tartibi” gʼoyasini oldinga soʼradi. Uning fikricha 
bu tartibda “Xar bir yarador qachon, qaerda, qancha zarur boʼlgan jarrohlik yordamini oladi”, 
lekin V.А.Oppelь xaqiqiy jangovar sharoitlarda tugʼiladigan vaziyatlarda jarroxlik yordamiga 
taʼsirni yetarli baxolamagan. Shunga qaramasdan Oppelьning xizmati shundan iboratki, 
bosqichlarga koʼchirish va joylarda davolash biri-biri bilan bogʼliklik gʼoyasidir. 
Аrmiyada tibbiy yordamni tashqil qilish tizimi va harbiy-dala jarrohligi asoslari Xas qoʼlida 
yaponlar bilan (1938), Xalxin-Gol daryosida (1939), Finlyandiya bilan (1939-1940) boʼlib 
oʼtgan tuqnashuvlar vaqtida jiddiy amaliy sinovdan oʼtdilar. Olingan tajribalar shuni 
koʼrsatdiki, oldingi yillarda ishlab chiqilgan jang maydonida jarroxatlanganlarni bosqichli 
davolash, umuman aytganda, oʼzini oqladi, lekin ayrim jixatlarini taqomilashtirishga extiyoj bor 


edi. Xususan, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni koʼrsatishning oʼta ijobiy axamiyatga ega 
ekanligini va maʼlum guruxda yaradorlarni (kalla, bosh miya, qoʼl-oyoq va x.q.) davolashga 
muljallangan mutaxassislashtirilgan gospitallarni yaratish zarur ekanligi maʼlum boʼldi. 
1941-1945 yillardagi Ikkinchi Jaxon urushining oʼziga xosligi oʼq otar qirollarning 
qudratining oshishi, oʼqli yaralardan koʼra parchali yaralanishlarning ortishi, yaralanishlarning 
kurlab bulishligi, urush xaraktlarni katta masofaga chuzilishlari, janglarda kup millionli 
armiyalarning ishtiroq etishidir. Bularning barchasi yaradorlar sonini keskin oshishiga, tibbiy 
yordamni tashqil qilish va bosqichlarda davoni toʼla koʼrsatishga zaruriyat tugʼdirdi. 
Yaradorlarga tibbiy yordamni tashqil qilishning ilmiy asoslangan tizimlarini amialiyotga 
kullash, qoniqarli darajadagi xom-ashyogʼabazasi va tibbiyot xizmatining butun shaxsiy 
tarqibining samarali ishlashi juda yaxshi natijalar berdi. Mana, agar Birinchi Jaxon urushi 
vaqtida jang maydonia 50 % ga yaqin yaradorlar qaytarilgan boʼlsa, ikkinchi Jaxon urushida 
72,3 % yaradorlar va 90,6 % kasallar jang maydoniga qaytarilgan. 
ITkkinchi Jaxon urushida ixtisoslashgan gospitallarning tashqil qilinishi yaradorlarga 
koʼrsatiladigan yordamning sifati va oqibatlarini yaxshi tomonga keskin oʼzgartirdi. Natijada 
kalladan yaralanganlar orasidagi oʼlim Birinchi Jaxon urushidagiga nisbatan 2 marta kamaydi. 
Koʼkrak boʼshligʼiga teshib kirgan yaralanishdan oʼlganlar soni 3-4 marta kamaydi. Yana 
Ikikinchi Jaxon urushida qorindan yaralangan yaradorlarning 75,5 % ga taxsis bajarildi. 
Lekin yuqori natijalarga qaramasdan davolashning oqibatlari ayrim guruh yaradorlarida 
qoniqarli deb aytib boʼlmasdi. Masalan, koʼkrakni teshib kirgan yaralanishlarining 50% yiringli 
infektsiya bilan asoratlangan; qorinning teshib kirgan yaralanishlaridagi oʼlim 63% tashqil 
qilgan; nogironlik-17,1%. Son va yelka suyaklarining oʼqli sinishlarida 50-65% yaradorlar 
nogiron boʼlgan. Yana yaralarga birlamchi jarroxlik ishlov berish toʼliq bajarilmagan va 37,2-
55,1 % da yarani kesib kengaytrish bilan chegaralnilgan. Koʼp xollarda osteomielit bilan 
asoratlangan va gazli gangrenadan oʼlim yuqori boʼlgan. 
Ikkinchi Jaxon urishidan sung yaradorlarni va bemorlarni davolashning orttirilgan 
tajribalar, ulardagi kamchiliklarni koʼrsatish va toʼgʼrilanib, 35 jildlik kitob “Sovet tibbiyotining 
1941-1945 yillardagi tajribasi” boʼlib chiqdi va u shu kunga qadar harbiy tibbiyot xodimlari 
uchun qullanma boʼlib xizmat qiladi. Undagi kupgina umumiy xolatlar va konuniyatlar bugungi 
kunda xam uz axamiyatini yooʼqotmagan. Аmmo oʼzgacha omillarga ega boʼlgan yangi 
kurollarning paydo boʼlishi, jangovar operatsiyalarning oʼziga xos tarzda oʼtqazilishi va maʼlum 
darajada, umuman tibbiyotning va xususan jarroxlikning rivojlanishi harbiy-dala jarroxligining 
ayrim muammolarini qaytadan yangicha yechishga majbur qildi. 
Mabodo, zamonaviy raketa – yadro urushida jangovar jarroxatlanishlar uzgacha boʼladi. 
Mexanik shikastlar bilan bir katorda kuyishlar, radiatsion jarroxatlar bir vaqtda yoki ketma-ket 


taʼsrida aralash shikast kurinishida boʼlishi mumkin. Xatto, zamonaviy uk yara xam oʼqotar 
kurollar mukammalashuvi bilan bogʼlik ravishda kuproq ogʼirlik darajasi, kengligi va kup 
sonligi jaroxatlardan iboratligi bilan ajralib turadi. 
Urush olib borishning yangi usullari sanitar yoʼqotishlar sonini oshirib, tibbiyot 
xodimlari ishini yanada ogʼirlashtiradi. Bunday sharoitda urush vaqtida doimo kuzatiladigan 
tibbiy yordam koʼrsatishga extiyoj bilan uni kondira olish orasidagi nomutanosiblik yanada 
yakkolrok koʼrinadi. Shuning uchun turli xil jangovar jaroxatlar va ularning asoratlarini 
davolashning stadart sxemasi ishlab chiqilmoqda, ishning brigada-oqim usuli amalga 
oshirilmoqda, bunda yaradorga qator bosqichlardan iborat, ketma-ket tibbiy yordamida 
tarqibining turli xil shaxslari tomonidan yordam kursatiladi. 
Zamonaviy urushda yaradorlarni davolashning yutugi – bu tibbiyot xizmatining uz 
vaqtida kuch va vositalarini ishga solgan xolda kuplab sanitar yoʼqotishlar uchogiga 
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni maksimal yakinlashtirish va yaradorlarni tezlik bilan 
gospitalga yetkazib borish va koʼchirish vaqtida ularga kerakli yordamni koʼrsatishga 
yengillashtiruvchi 
turli 
kuchiruv-transport 
vositalarining 
mukammallashganligidir. 
Yaradorlarga yordam koʼrsatish samarali byuoʼlishi uchun zamonaviy texnik vosiitalar va 
davolash usullaridan ongli ravishda foydalanish bilan, kursatmalarga asoslangan kuchirish bilan 
bosqichli davolashning butun sistemasini aniq va toʼliq tashqil qilish lozim. 
Ikkinchi Jaxon urushida Oʼzbekistondan jami 1433230 kishi qatnashgan boʼlib, 
shulardan 395725 kishi xaloq boʼlgan, 263055 kishi bedarak yoʼqolgan. 1418 kecha-kunduz 
davom etgan ogʼir urush yillarida Oʼzbekistondan 1tibbiyot xodimlari xam mardlik, 
kaxramonlik namunalarini koʼrsatganlar. Ulardan M.Аshrapova, N.Аxmedov, А.Vaxidov, 
S.Dolimov, K.Kayumov, N.Shamatov, K.Ibroximov va boshqalar. 

Download 100.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling