1-mavzu: Arxeologiya faniga kirish. Reja
Download 202 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Arxeologiya faniga kirish. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sо‘zlar
- Arxeologiya manbalari.
1-mavzu: Arxeologiya faniga kirish. Reja: 1. Arxeologiya fanini о‘rganishning ahamiyati. 2. Arxeologiya manbalari. 3. Arxeologik davrlashtirish. 4. Arxeologik tadqiqot usullari. 5. О‘zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanish tarixi. Kalit sо‘zlar: Platon, yodgorlik, paleolit, mezolit, neolit, paleometall, eneolit, bronza, madaniy qatlam, stratigrafiya, shurf, paleobotanika, paleozoologiY. Insoniyatning о‘tmishi murakkab tarixiy-madaniy jarayonlardan iborat. Ularni о‘rganish yozma va moddiy manbalarni tadqiq etish orqali amalga oshiriladi. Yozuv taxminan besh ming yil avval paydo bо‘lgan. Eng qadimgi yozma manbalardagi ma’lumotlar cheklanganligi sababli о‘tmish tarixini tо‘liq yoritib berish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun insoniyatning qadimgi davrni moddiy manbalar orqali о‘rganadigan arxeologiya faniga zarurat paydo bо‘ladi. Arxeologiya fani kishilik jamiyatining ibtidoiy jamoa tuzimi davri tarixini tо‘liq, qadimgi va о‘rta asrlar davri tarixini yozma manbalar yoritib bera olmagan jihatlarini о‘rganadi. Arxeologiya atamasi dastlab qadimgi yunon faylasufi Platon (mil. avv. 427- 347 yillar-arxayos - qadimgi, logos - fan) qadimgi davr tarixini bayon qilish maqsadida qо‘llagan. XVIII asrdan boshlab Yevropada qadimiy san’atini ifodalash maqsadida ishlatila boshlagan va hozirga qadar ayrim mamlakatlarda saqlanib qolgan. Boshqa mamlakatlar, xususan, AQShda antropologiya fani tarkibida о‘rganiladi. Arxeologiya manbalari. Kishilik jamiyatining taxminan 3/2,6 mln. yillik tarixining yuzdan 0,02 % ulushi yozuvli davriga tо‘g‘ri keladi. Bundan kо‘rinib turibdiki insoniyat tarixining asosiy qismi yozuvsiz davrdan iborat ekan. Bunday holatda uzoq о‘tmish tarixini о‘rganish va ularni yoritib berishda moddiy manbalar asosiy о‘rin egallaydi. Shuningdek, dunyodagi kо‘pchilik xalqlar yaqinga qadar yozuvdan foydalanmaganlar. Ularning о‘tmish tarixini yoritishda moddiy manbalar asosiy vosita bо‘lib xizmat qilgan. Umuman, arxeologiya insonyatning ilk ajdodlari shakllangan paleolit davrining quyi bosqichidan boshlab, yozuv paydo bо‘lgan davrgacha tarixini tо‘liq о‘rganadi. Yozuv paydo bо‘lgan davrdan ilk о‘rta asrlar, ayrim hududlarda rivojlangan о‘rta asrlar davri tarixini о‘rganishda moddiy manbalarning ahamiyati saqlab qoladi. Moddiy manbalar tabiiy manbalar va inson tomonidan yaratilgan ashyolardan tashkil topgan. Birinchisi, qazilma odamlar va hayvon suyaklari hamda о‘simlik qoldiqlaridan iborat bо‘lib, ularni paleoantropologiya, paleozoologiya, paleobotanika fanlari mutaxassislari tomonidan о‘rganiladi. Download 202 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling