1-mavzu: Arxeologiya faniga kirish. Reja


Arxeologik davrlashtirish


Download 202 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.02.2023
Hajmi202 Kb.
#1146886
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu Arxeologiya faniga kirish. Reja

Arxeologik davrlashtirish. XIX asrda arxeologiya fan sifatida tо‘liq 
shakllangandan keyin g‘arblik arxeolog olimlar о‘zlarining ilmiy tadqiqot 
natijalariga asoslanib, ibtidoiy davr va davlatlar paydo bо‘lishiining ilk 
bosqichlariga oid davrlarini ishlab chiqishadi. Hozirgi paytda insoniyatning 
qadimgi tarixini tosh (paleolit, mezolit, neolit), paleometall (eneolit, bronza), temir, 
antik va о‘rta asrlar davrlariga bо‘lib о‘rganish an’anasi qabul qilingan. Ular о‘z 
navbatida kichik davrlar va bosqichlardan tashkil topgan.
Kishilik jamiyati tarixi davrlarini aniqlashda nisbiy va mutlaq davrlashtirish 
usullaridan foydalaniladi. Nisbiy davrlashtirish yodgorlikning aynan bir madaniy 
qatlami (stratigrafiyasi) yoki qatlamlari va ulardan olgan ashyoviy manbalarning 
ma’lum davrga va uning bosqichlariga tegishli ekanligini aniqlashda qо‘llaniladi. 
Nisbiy davr bevosita moddiy topilmalarning xom ashyosi, yodgorlik stratigrafiyasi 
(madaniy qatlami) asosida aniqlanadi. Unda ma’lum bir davr (paleolit, mezolit, 
neolit va boshqalar) va bosqichlariga (ilk, о‘rta, sо‘nggi) tegishli ekanligi 
tо‘g‘risidagi xulosalar beriladi. Nisbiy davri aniqlash madaniyatlar yoki 
yodgorliklardan topib о‘rganilgan ashyoviy manbalari bilan solishtirish asosida 
amalga oshiriladi. 
Mutlaq davrlashtirishda arxeologiya yodgorliklari va moddiy manbalarning 
aniq sanasini (kun, oy, yil yoki faqat yili, asri, ming yillik) aniqlanadi. Mutlaq 
davrlashtirishda yozma manba ma’lumotlari, tangalar (numizmatik), epigrafik 


yodgorliklar ma’lumotlari asosiy vosita bо‘lib xizmat qiladi. Davrlashtirishning 
bunday usulidan yozuv paydo bо‘lgandan keyingi tarixini ayniqsa, qadimgi va 
о‘rta asrlar davrlarini aniqlashda yaxshi natija beradi. 
Arxeologik tadqiqot usullari. Arxeologiya fanining maqsadi kishilik 
jamiyati tarixini moddiy manbalar asosida imkon darajada tо‘liq yoritib berishdan 
iborat bо‘lib, uni amalga oshirishda arxeologik ilmiy tadqiqot ishlari asosiy о‘rin 
tutadi. Arxeologik tadqiqot ishlari qidiruv, kuzatuv va keng kо‘lamli qazish 
ishlaridan tashkil topadi. Qidiruv ishlari arxeologiya tadqiqotining dastlabki 
bosqichi. Unda tadqiqotchi arxeolog yoki ilmiy tadqiqot guruhi kishilik jamiyati 
tarixining ma’lum muammosi yechimiga qaratilgan masala bо‘yicha yodgorliklarni 
qidirib topish ishlarini olib boradilar.Arxeologik ilmiy tadqiqot ishlarining ikkinchi 
bosqichda yodgorlik haqida ma’lumotlar tо‘planadi. Birinchi, navbatda yodgorlik 
tо‘g‘risidagi afsonalar va rivoyatlar sо‘rab surishtirish ishlarini olib boriladi va 
uning sirtida saqlanib qolgan moddiy ashyolar ilmiy tahlil qilinib, dastlabki 
xulosalar yasaladi. Keyin yodgorlikning davri va uning bosqichlari, madaniy 
qatlamlari tо‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bо‘lish maqsadida yodgorlikning 
bir qismida shurf solinadi. “Shurf” nemischa sо‘z bо‘lib, qazimoq, degan ma’noni 
anglatadi. Shurf kvadrat yoki tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklidan iborat bо‘lib, tomonlari 
ikki va undan ortiq hatto о‘n metrdan ortiq bо‘lishi mumkin. Arxeologiya tadqiqot 
ishining oxirgi bosqichida yodgorlikda keng kо‘lamli qazishma ishlari olib 
boriladi. Har qanday stratigafik qazish ishlari yodgorlikning materik, ya’ni yerning 
soz tuproq qismiga qadar qazib tushiladi.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling