1-mavzu: Arxeologiya faniga kirish. Reja
О‘zbekistonda arxeologiya faning rivojlanishi
Download 202 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Arxeologiya faniga kirish. Reja
О‘zbekistonda arxeologiya faning rivojlanishi. Yer yuzida joylashgan
yodgorliklar va ularda о‘rin olgan moddiy ashyolar bir xilda saqlanmagan. Moddiy ashyolarni ilmiy jihatdan о‘rganish, davrini aniqlash va moddiy manba sifatida ilmiy tahlil qilish arxeolog olimlar zimmasidagi muhim vazifasi sanaladi. О‘rta Osiyo xalqlarining moddiy va madaniy yodgorliklarini о‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Bu о‘lka chor Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerga kelgan kо‘pgina soha olimlari orasida mahalliy moddiy yodgorliklarga qiziquvchi kishilar bо‘lgan. 1895 yilda sharqshunos olim V.V.Bartoldning bevosita rahbarligida Markaziy Osiyoning qadimiy tarixi yashiringan modddiy madaniyat yodgorliklarini о‘rgani maqsadida “Turkiston havaskor arxeologlar tо‘garagi” (davomida THAT) tuzilgan. Tо‘garak a’zolari о‘lkadagi arxeologik yodgorliklarni о‘rganish ishiga jiddiy e’tibor berib, bu sohada dastlabki yutuqlarni qо‘lga kiritgan. Ular о‘lkadagi arxeologiya yodgorliklarini о‘rgangan dastlabki havaskor mutaxassislar bо‘lgan. XIX-asrning oxiri XX asr boshlarida TAHT a’zolari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot ishlari ma’lum ilmiy meyorlarga asoslanmagan. О‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab arxeologiya sohasida ma’lum yutuqlarga erishila boshlaydi. Arxeologiya yodgorliklarini qidirib topish, qazish ishlarini olib borish va topilgan moddiy manbalarni ilmiy tahlil qilish ishlariga jiddiy e’tibor qaratila boshlanadi. Joylarda dastlabki ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etiladi. Denike ilmiy rahbarligida Termiz arxeologik kompleks ekpeditsiyasi (TAKE) shahardagi qadimgi va о‘rta asrlar davri arxeologiya yodgorliklarini tekshirib chiqadi. 30- yillarda arxeologik tadqiqot ishlari kо‘lami kengayib borgan. V.G.Grigoryev Chirchiq daryosining о‘rta oqimi hududidagi yodgorliklarni о‘rganib chiqgan. Quyi Amudaryo hududini о‘rganish ishlariga Y.G‘.G‘ulomov kirishadi va keyinchalik S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi hududning qadimgi va о‘rta asrlar davri yodgorliklari о‘rganishga kirishadi. Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng nafaqat vatanimiz, balki, qо‘ni respublikalar hududidagi qadimgi va о‘rta asrlar davri yodgorliklarini о‘rganishga jiddiy e’tbor qaratilgan. 1946 yilda Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi tashkil etilgan. 50-yillarda kо‘hna Afrosiyobni о‘rganish ishlari rivojlanadi. 50- yillarning oxirlarida О‘zbekiston San’atshunoslik ilmiy tekshirish instituti Surxon vohasining qadimgi va о‘rta asrlar davri yodgorliklarini о‘rganishga kirishgan. 1963 yili Qashqadaryo arxeologik-topografik ekspeditsiyasi (KATE) ish boshlab vohada yodgorliklarni о‘rganishga kirishib, keng kо‘lamda olib borgan tadqiqot ishlar natijasida qadimgi va о‘rta asrlar davri yodgorliklarini tadqiq etilib, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining 2700 yillik tarixini aniqlash bilan yakunlangan. XX- asrning 50-70 yillarda yangi qurilish (Tuyabо‘g‘iz, Chordara va boshqalar) hududlarida ekspeditsiyalar faoliyat yurigan. О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan sо‘ng vatanimizning ibtidoiy va qadimgi tarixini о‘rganish yangi pog‘onaga kо‘tarilib, moddiy manbalar yangicha ilmiy qarashlar va tahlillar asosida о‘rganila boshlandi. О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi arafasida chet el mutaxassislari (Yaponiya, Fransiya) vatanimizning qadimgi tarixiga qiziqishib, xalqaro ilmiy ekpeditsiyalar tashkil qila boshlaydilar. Hozirgi payda о‘ndan ortiq chet el ekspeditsiyalari faoliyat yuritib arxeologiya sohasida yangi yutuqlarga erishmoqda. Download 202 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling