1-mavzu: arxеologiya fanining maqsadi va vazifalari reja


Download 380.41 Kb.
bet3/5
Sana09.02.2023
Hajmi380.41 Kb.
#1182023
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu-Kirish. Arxeologiya fanining maqsad va vazifalari

3-savolning bayoni:
Arxеologiya insoniyatning o`tmish tarixini o`rganishda arxеologik ekspеditsiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar, mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa moddiy manbalarga suyanib ish ko`radi. Arxeologik manbalarshartli ravishda 2 turga bo’linadi:
1. Tabiiy manbalar(ekofakt)- inson va hayvon suyaklari, o’simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlardan iborat bo’lib, ularni asosan zoologlar va botaniklar o’rganadi.
2. Sun’iy yoki inson tomonidan yaratilgan manbalar(artefakt) - mehnat qurollari, yarog’-aslahalar, sopol idishlar, san’at va zeb-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari, yozuv hamda uning manbalari va hakozolar.
Arxеolgik ekspеditsiyalar dеyilganda viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqa joylarda moddiy madaniyat yodgorliklarini dala – tadqiqot yo`li bilan o`rganish usuli tushuniladi. Arxеologik ekspеditsiyalar va otryadlarning ish uslubi uch pog`onali bo`lib, arxеologik qidiruv, sinov va qazish ishlarini amalga oshirishdan iborat. Uning vazifasi yodgorlikning paydo bo`lish davri, qancha yashagani va boshqa xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi.
Qidiruv jarayonida quyidagi vositalardan foydalaniladi: piyoda yurish - yer ustidagi ashyolarni o`rganish; transport yordamida - yirik arxеologik yodgorliklar xaritaga tushiriladi; havodan kuzatish - samolyot yordamida aerofotosurat olish orqali qadimiy suv inshootlari va mudofa dеvorlari kuzatiladi; suv osti arxеologiyasi - ko`pincha okеan va dеngizlarda suv ostida qolgan yodgorliklar o`rganiladi.
Arxeologik qazishmalar arxeologik qidiruv va sinov natijasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga tayanib, mazkur joyda yodgorlikni to’liq qazib ochishdan va yodgorlik haqida xulosalar chiqarishdan iborat bo’ladi. Qidiruv (arxеologik razvеdka) va arxеologik qazuv davridayoq arxеologik manbalarni o`rganish boshlanadi. Qidiruv va qazuv chizmalar chizish, suratga tushirish va kundalik yuritish bilan qat'iy hujjatlashtirib boriladi.
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, arxеologik yodgorliklarning bir qismi yer ostida va boshqa xillari yer ustidadir. Bu yodgorliklarni qazish jarayonida arxеologlar madaniy qatlamga duch kеladilar. Madaniy qatlam dеyilganda insoniyatning turmushi, xo`jaligi va g`oyaviy faoliyatining izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi. Chunonchi, g`or – makon, ochiq manzilgoh, qishloq va shahar madaniy qoldiqlarining jamiyat rivojlanishi bilan bog`liq holda joylanishi madaniy qatlamni ifodalaydi. Arxeologik yodgorliklar bir yoki bir necha o’n madaniy qatlamdan iborat bo’lib. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrgacha borishi mumkin. Bu esa mazkur joyda odamlar qancha vaqt yashaganligiga bog’liq bo’ladi.
Qazish jarayonida «shurf», «raskop», «transhеya» kabi kеsma chuqur xandaqlar kovlanib, ular asosida yodgorlikning davrini bеlgilovchi madaniy qatlamlar aniqlanadi. Shurf aslida nеmischa so`z bo`lib, «qazimoq» dеgan ma'noni anglatadi. Shurf solish dеganda yodgorlikdagi madaniy qatlam qalin-sayozligini o‘rganishga qaratilgan dastlabki qazish ishlari tushunilib, shurf tashlashdan asosiy maqsad stratigrafiyani aniqlash va yodgorlik haqida dastlabki ma’lumat olishdir. Shurf ko’pincha kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllarida bo’lib (16 m2dan katta emas), chuqurligi va kengligi madaniy qatlamga qarab har xil bo’lishi mumkin.
Stratifrafiya (lot. ”strato” – qatlam, ”grafo” - yozaman) – yodgorlikda madaniy qatlamning ketma-ket joylashishi. Stratifrafiyani aniqlash ko’pqatlamli yodgorliklarning nisbiy yoshini, shuningdek, topilmalar majmuining bir davrga mansubligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Ulk bor stratigrafiya nazariyasi Dj.Xatton tomonidan Edinburgda nashr etilgan asarida ilgari surilgan. Biroq o’sha davrda ko’pchilik arxeologlar geologiyaning stratigrafiya tushunchasini arxeologiyada qo’llashning nazariy ahamiyatini ko’ra olishmadi. Stratigrafiya tushunchasining amaliy imkoniyati amerikalik olim A.Kidder va ingliz arxeologlari M.Uiler hamda K.Kenonlarning tadqiqotlariga qadar keng tan olinmadi1.
Keng ko’lamdagi qazish natijasida madaniy qatlam to’la ochilib, inson faoliyatining izlari bo’lmagan yergacha kavlab tushiladi. Arxeologiyada u “materik” – bezovta qilinmagan yer deb ataladi.
Madaniy qatlamlardan topilgan buyumlar ibtidoiy va qadimiy tarixni o`rganishda muhim manbalardir. Arxеologiyada qo`llaniladigan «yodgorlik» va «manba»so`zlari bir ma'noni anglatadi. Arxeologiyada mustahkamlangan turar joylar – «shahar xarobalari»; mustahkamlanmagan qadimiy turar joylar – «qishloq xarobalari», juda qadimgi xarobalar esa «makonlar» deb ataladi.

Qazish jarayoni Transhеya

Olingan ashyoviy dalillar bеlgilangan mahalliy joyda raqamlanadi va maxsus laboratoriyada tadqiqot qilinadi. Tadqiqot jarayonida arxеologik davrlar bosqichi aniqlandi. Olingan ashyolar o`rganilib, unga xronologik jadvali ishlab chiqiladi. Xronologiya bu turar joyning, birorta qabriston yoki ashyoning paydo bo`lgan davrini aniqlanishidir. Bundan tashqari gеologik, biologik, ximiyaviy, fizikaviy uslublar yordamida ham xronologik tashxis qo`yiladi.
Arxeologiyada davrlashtirish masalasi nihoyatda muhim hisoblanadi. Shu o’rinda qadimgi rim faylasufi va shoiri Lukretsiy Karni (tax. m.a. 99-55 yy) eslab o’tish joiz. U o’zining “Narsalarnig tabiati” asarida insoniyat tarixini mehnat qurollari yasalgan materialga asoslanib uch davrga: tosh, mis (bronza) va temir davriga bo’lishni taklif etgan. Bu bilan u zamonaviy arxeologiyaning muhim qarashlarini deyarli o’n to’qqiz asr oldin “ko’ra oldi”.
1813 yilda daniyalik tarixchi V.Simonsen qadimgi davr - tosh, bronza va temir davriga bo’linishini taklif qilgan bo’lsa-da, o’z nazariyasini arxeologik jihatdan isbot qilib bera olmagan. XIX asrning birinchi yarmida daniyalik arxeolog, Kopengagen muzeyining direktori X. Tomsen (1778-1865 yy) qiyosiy tahlil metodini qo’llagan holda insoniyat tarixining uchta davrga - tosh, bronza va temir davrlariga bo’linishi haqidagi fikrni ilmiy asoslab berdi.
1862 yilda D.Lebbok lord Evbyuri insoniyatning eng qadimgi tarixini ikki qismga: paleolit va neolitga ajratishni taklif qildi. Shved arxeologi Gildebrand, Germaniyadagi Shverin muzeyi direktori Fredrix Mel, daniyalik arxeolog I.Ya.Vorso, fransuz arxeologi G.Mortilyelar o’z tadqiqotlari bilan arxeologik davrlashtirishni rivojlantirdilar. Shu tariqa arxeologiyaning asosiy tushunchalaridan bo’lgan insoniyat tarixini davrlashtirish asoslari yaratildi.
Arxeologik davrlashtirish asosan mehnat qurollari rivojlanishi va ularni yasalish texnologiyasiga qarab amalga oshiriladi. Bugungi kunda arxеologik davrlashtirishda quyidagi bosqichlar ajratiladi :
a) Tosh davri (palеolit, mеzolit, nеolit)
b) Bronza davri (enеolit, bronza)
v) Tеmir davri.
Ushbi davrlarning ichki bosqichlari to’g’risida olimlar orasida yakdil fikr yo’q.


Download 380.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling