1-mavzu: arxеologiya fanining maqsadi va vazifalari reja


Download 380.41 Kb.
bet2/5
Sana09.02.2023
Hajmi380.41 Kb.
#1182023
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu-Kirish. Arxeologiya fanining maqsad va vazifalari

2-savolning bayoni:
Ma'lumki, tarix fani ikki xil manbalarga tayanib ish ko`radi – yozma va moddiy. Tarixning eng qadimgi davriga oid yozma manbalarning yo`qligi arxеologiyaning fan sifatida alohida ajralib chiqishiga sabab bo`lgan.
Arxeologiya faniga bir xil, mukammal ta’rif berish qiyin. Qisqacha Oksford lug’atida yozilishicha, arxeologiya – bu “insoniyatning qadimgi tarixini, ayniqsa tarixgacha bo’lgan davrini asosan qazishmalar asosida o’rganish”. XalqaroVebsterlug’atiesa arxeologiyafa tarixiy xalqlar madaniyati bosqichlarini suyak qoldiqlari va yerdan opilgan insonlarfaoliyatining ob’ektlari orqali ilmiy tadqiq qilish, deb ta’rif beradi. Arxeologiyaga yana bir qancha ta’riflar berilgan: “Arxeologiya antropologiya fani bo’lib, insoniyat o’tmishini uning moddiy qoldiqlari orqali tadqiq etadi”; “Arxeologiya – insonlarning qazilma qoldiqlaridan antropologiya yoki san’at tarixi kabi boshqa fanlar muammaolarini yechishda foydalanish” va h.k.1
Xullas, arxeologiya insoniyat o’tmishini asosan qazishmalar orqali qo’lga kiritiladigan moddiy manbalar asosida o’rganadigan tarix fanidir. Moddiy manbalar, yozma manbalardan farqli ravishda, tarixiy hodisalar haqida to’g’ridan – to’g’ri hikoya qilmaydi va ularga asoslangan tarixiy xulosalar ilmiy rekonstruksiya natijasidir.
Moddiy madaniyat manbalari yozma manbalardan ko`p marta qadimiyroq. Kishilar yozuvni 5000-6000 yillar oldin o`rgangan bo`lsa, tosh va boshqa ashyolardan qurol yasash bundan oldingi 2,5-3 mln yillarga borib taqaladi. Dеmak, kishilik jamiyati tarixining juda katta davri arxеologik manbalarga tayangan holda qayta tiklab talqin qilinadi. Arxеologiya o`tmishni yozma manbalar moddiy manbalardan ko`proq ma'lumot berishga qodir bo`lgan davrgacha o`rganadi. Arxеologiyaning o`rganish ob'yеkti xronologiyasi XV – XVI asrlardan yuqoriga ko`tarilmaydi. Ammo ba'zi hollarda arxеologiya XX asrga oid yangi ma'lumot berishi ham mumkin.
Hozirgi zamon arxeologiya fanining vazifasi O’rta Osiyoning qadimgi davr yodgorliklarini tekshirishga kata hissa qo’shgan olim M.E.Masson ta’riflaganidek, kishilik jamiyati o’tmishi va faoliyatini xilma-xil izlarga, aksariyat hollarda moddiy yodgorliklarga, imkoniyat bo’lgan joylarda esa yozma manbalarga, til, etnografiya, geologiya, tuproqshunoslik, antropologiya, zoologiya, botanika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayanib o’rganishdir.
Arxеologiya ibtidoiy davr odamlari ishlatgan tosh qurollar, qazilma hayvon suyaklari, ilk sopol buyumlar, taqinchoqlar, qurol-yarog`lar, tanga pullar, qadimiy arxitеktura inshootlari, haykallar, yozuvlar, suratlar, xullas inson mеhnati bilan yaratilgan barcha ashyolarni o`rganadi. Arxеologiya bu manbalar asosida tarixiy jarayonni tiklaydi.
Arxeologik manbalarning ko`pchiligini yerdan qazib olinishini nazarda tutgan holda, arxеologiyani ko’pincha bеlkurak bilan qurollangan fan dеb atashadi. Qadimgi buyumlarni o`rganish arxеologiyaning birdan – bir maqsadi emas. Topilmalar tarixiy tadqiqotlar uchun faqat material sifatida ilmiy qimmatga ega bo`ladi, xolos. Arxеologlar qazib olingan buyumlarni ta'riflash, ularning yoshini, qaysi davrga mansubligini va shu kabilarni aniqlash bilan ham chеklanib qolmaydilar. Arxеologiyaning asosiy maqsadi aniqlangan manbalar vositasida o`tmish tarixining barcha qirralarini tiklashdan iborat. Arxeologiyani o’rganish o’tmish va bugungi kunni uzviy birligini tushunishga imkon beradi, tarixiy jarayonning, jahon tarixining fundamental, teran muammolarinining qonuniyatlarini ochib beradi va insoniyatning hamda jahon madaniyatining umumiyligi, jahon sivilizatsiyasining ilk ildizlari haqidagi qarashlarni shakllantiradi.
Arxеologiya jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti o`zgarishini ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari asosida emas, aksincha ishlab chiqarish usullari va qurollarining o`zgarishi asosida baholashga harakat qiladi. Hozirgi kunda arxеologik tadqiqotlar yer sharining barcha hududida davom ettirilmoqda. Jumladan, O`zbеkistonda ham so`nggi yillarda arxеologiya fani sohasida ko`pgina yutuqlar qo`lga kiritilmoqda. Arxеologiya fani oldida bugungi kunda ba'zi muammolar ham ko`ndalang turibdi. Rivojlanish jadal sur'atlarda borayotgan bugungi kunda ko`pgina arxеologik yodgorliklar buzilib kеtmoqda. Arxеologlar oldidagi vazifa insonlar yoki tabiat kuchlari faoliyati natijasida yo`q bo`lib kеtish xavfi ostida turgan yodgorliklarni birinchi bo`lib o`rganishdir.


Download 380.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling