1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy me’yorlar
- Xushmuomalalik
Vatanparvarlik, millatparvarlik-axloqiy tamoyillar bo’lib, ularda kishining eng yuksak tuyg’usi-o’z Vataniga, millati, xalqiga bo’lgan muhabbati ifodalanadi. Zotan, muhabbat bobidagi barcha oliy tuyg’u, hissiyotlarimiz “Vatan” degan so’zda mujassamlashgandir.(Siseron)
Vatanparvarlik, millatparvarlik ijtimoiy mohiyatga ega bo’lsa-da, ular konkret shaxs xatti-harakatlariga namoyon bo’ladi. Kishi uchun bitta gunoh kechirilmaydi-bu Vatanga xiyonat qilishdir. Vatan tarkini bir nafas aylama, Yana ranju g’urbat havas aylama, deb o’git beradi-bobomiz Alisher Navoiy. Vatanparvarlik millatparvarlik tamoyillining o’ziga xos tarzidagi namoyon bo’lish shaklidir. O’z millati(“millat” arabcha-xalq) bilan ma’naviy ruhiy birlikda bo’lgan kishigina millatparvar bo’la oladi. Millatparvarlik kishining o’zi mansub bo’lgan xalq madaniyati, tili, an’ana, urf-odatlarini qadrlashida, ularga sodiqligida ifodalanadi. Bunday xislatni kishilarning, xususan, yoshlarimizda bugungi kunda mamlakatimizda demokratiya niqobida kirib kelayotgan millatimiz mentalitetiga yot mafkuradan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo millatparvarlik umuminsoniy qadriyatlarga munosabat, insonparvarlik tamoyili mezoni bilan o’lchanadi. Buni inobatga olmaslik millatparvarlikni millatchilik, millatparastlikka olib keladi. Axloqiy me’yorlar-kishi odobining dastlabki talablari bo’lib, ular axloqiy tamoyillar amal qilishining zaruriy shartidir. Ular kishilarning o’ziga bo’lgan munosabati, talabida kechadigan xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi. Shu ma’noda axloqiy me’yorlar axloqiy qonun-qoidalarning kishi faoliyatining ichki sababi(motivi)ga aylanishining boshlang’ich talablari hisoblanadi. Bular: rostgo’ylik, halollik, kamtarlik, xushmuomalalik, kamtarlik, saxiylik. Rostgo’ylik kishining haqiqatga nisbatan bo’lgan axloqiy tanlovidir. Rostgo’y kishigina haqni nohaq, nohaqni haq demaydi. Shunday kishigina yaxshilik, ezgulik yo’lini tutadi. Gunohning boshi yolg’ondir. Alisher Navoiy bu haqida shunday yozadi:”So’zning yolg’ondan yomonroq turi yo’qdir. Kimki yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bo’laydi. Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir, ozgina zahar ham halok qiluvchidir”.26 Xushmuomalalik-kishi xulqining muhim jihati bo’lib, tavozelligi, halim(muloyim tabiatli)liligida namoyon bo’ladi. Xushmuomalalik kishining boshqalar bilan bo’ladigan munosabatidagi zarur talab hisoblanadi. Agar shunday o’xshatish joiz bo’lsa, kishini yaxshi libos qanchalik chiroyli, xushro’y ko’rsatsa, xushmuomalik ham uni shunchalik jozibador qilib ko’rsatadi. Alisher Navoiy xushmuomalikni shunday tavsiflaydi:”Hilm(muloyim tabiatlik) inson vujudining xushmanzara mevalik bog’idir va odamiylik olamining javohirga boy tog’idir. Yumshoq ko’ngililik-hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa bo’ladi.”27 Kamtarlik kishining o’zi va o’zgalar qadrini anglashi va baholay bilishi asosidagi fazilatidir. Xalqimiz orasida “Kamtarga kamol”, “O’z qadrini bilmagan o’zgani qadrini qaydan bilsin”, “O’zingni er bilmagan, o’zgani sher bil” kabi keng tarqalgan naqllar kishidagi ana shu fazilat haqidadir. Takabburlik kamtarlikning muqobili- xudparastlikdir. Alisher Navoiy xudparastlikning uchta fe’l-atvorini ajratib ko’rsatadi. 1) O’ziga bino qo’yishlik. Xudbinning har bir qilgan ishi o’ziga yaxshi ko’rinadi, 2) o’zini boshqalardan ustun qo’yishi; 3) haqning amriga bo’sunmaslik. Takabburlik shayton ishi. Shu bois mutafakkir shoir: “Xudparastlikdan butparastlik yaxshiroqdir”, 28deb uqtiradi. Axloqiy tamoyil va me’yorlar axloq tuzilmasining ma’naviyat tarkibiy qismi tarzida amal qilishining zaruriy shartlaridir. Xulosa qilib aytganda, axloqiy mezoniy tushunchalar, tamoyil va me’yorlar axloqning ma’naviyat o’zagi sifatidagi tabiatini belgilaydigan jihatlar bo’lib hisoblanadi. Mavzuni takrorlash va mustahqil o’rganish uchun savol va topshiriqlar. Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling