1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet19/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Uzluksizlik axloqiy tarbiyaning muhim tamoyili bo’lib, mazkur tarbiyaning barcha yo’nalishlar bilan uzviy birlikda va tarbiya subyektlarining (oila, tarbiya muasassalari maktab, oliy maktab, jamoat tashkilotlari)ning o’zaro aloqadorlikda faoliyat ko’rsatishni taqozo etadi.
Axloqiy tarbiyadagi uzluksizlik-tamoyili ta’lim va tarbiya birligida amalga oshiriladiki, bu ko’pincha tarbiya, xususan, axloqiy tarbiya amaliyotida nazardan chetda qoldiriladi.
Axloqiy tarbiya bir qator vositalar orqali amalga oshiriladi: Bular: oila, mehnat, san’at, ommaviy axborot vositalari va h. Shaxs axloqiy tarbiyasi, avvalo, oilada shakllanadi. To’g’rirog’i, u ona qornidan boshlanadi degan gap bejiz aytilmagan. Chunki, avvalo, ota-onaning o’zi axloqiy tarbiya ko’rgan bo’lishi kerak. Ota-ona o’zining axloqiy fazilatlari bilan farzandiga namuna bo’la olishi kerak. Shuning uchun ularning zimmasiga kattta ma’suliyat yuklangandir.
Axloqiylik insonning insoniyligi uning axloqiy tarbiya mahsuli bo’lgan axloqiy madaniyatida ifodalanadi. Shunga ko’ra axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta bo’lib, oila uning asosiy omil – vositalaridan biri hisoblanadi.
Mehnat ham shaxsni axloqiy tarbiyalovchi muhim vositalaridan biridir. U insonni halolllikka, poklikka o’rgatadi. Mehnatga o’rganmagan kishi dangasa, loqayd, be’mani, adolatsiz, mol-dunyoga beriluvchan, tayyorga-ayyor, xasis,pastkash, takabbur kabi illlatlar egasiga aylanadi.
“Mehnat insonni ulug’laydi” degan maqolda katta hikmat bor. Ijodiy mehnatgina insonni inson qilib tarbiyalaydi, komillikka eltadi, sabr-toqatli bardoshli qiladi. Shuning uchun oila, maktabda bolalarni mehnatga o’rgatish – axloqiy tarbiyani amalga oshirishdagi muhim, dolzarb vazifa hisoblanadi.
San’at axloqiy tarbiya vositalar tizimida alohida o’rin egallaydi. Chunki san’at asarlarida axloqiy mezoniy tushunchalar, tamoyillar mazmun-mohiyati badiiy obrazlarda mujassamlashadi. Shunga ko’ra shaxsda san’at asarlarini estetik idrok etish, undan ma’naviy-ruhiy g’izolanish qobilyatini shakllantirish axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. Va xuddi mana shu vazifani amalga oshirishda axloqiy va badiiy-estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari o’zaro mushtaraklashadi.
San’at turlari orasida badiiy adabiyot alohida mavqyeni egallaydi. Chunki badiiy asarlarda axloqiy- estetik ideallar konkret qahramonlar obrazida mujassamlantiradi va ulardan o’quvchi «yashashdan maqsad nima» va qanday yashamoq kerak?», degan azaliy axloqiy savollarga nisbatan javob topadi.
Tabiat ham axloqiy tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Tabiatni sevish, aytish joiz bo’lsa, kishi qalbida ezgulik urug’larini undiradi. Shu bois yoshlarda ana shu xislatni shakllantirishga qaratilgan ekologik tarbiyani tizimli tarzda dolzarb vazifadir.



Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling