1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


ESTETIK TAFAKKUR TARAQQIYOTINING ASOSIY BOSQICHLARI


Download 4.7 Mb.
bet21/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

ESTETIK TAFAKKUR TARAQQIYOTINING ASOSIY BOSQICHLARI
Estetika ayni paytda estetik fikrning paydo bo’lishi, shakllanishi va taraqqiy etish bosqichlarini, estetik tafakkur tarixini ham o’rganadi.
Agar aytish joiz bo’lsa, estetik fikr, tafakkur ilk marotaba Sharq, Osiyoda ildiz otib, voyaga yetgan. Chunki bu mintaqada madaniy taraqqiyot (sivilizasiya) juda qadimgi davrda, meloddan ilgari 2-5 ming yilliklarda yuzaga kelgan. Buni arxeologlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari to’la tasdiqlaydi. Surxon vodiysidagi Zarautsoy g’oridan topilgan did bilan yasalgan buyum, ash’yolar, Boysun tumanidagi Teshiktosh mavzeyidan, Buxoro viloyatidagi Sarmish. va Qoraungursoy hamda Toshkent viloyatidagi Xo’jakent yaqinidan tosh asr-mezolit davriga oid g’or va qoyatoshlarga o’yib solingan ov manzaralari tasviri Markaziy Osiyo hududida ilk sivilizasiyaning mavjudliligini isbotlovchi dalillardir.
Lekin ovro’paparastlik (yevropasentrizm) deb atalmish (sharq xalqlarini kamsituvchi) geopolitik oqimining vakillari, namoyandalari Sharq insoniyat tarixida madaniyat uchog’i bo’lganligi faktidan ko’z yumadilar. Ularning fikricha, Sharq falsafasi, shuningdek estetik fikri, qadimgi yunon falsafasining o’zi bo’lib, undan mohiyatan farq qilmaydi. Masalan, fransuz sharqshunosi E. Renanning (1823-1892) ta’kidlashicha, “semeitik (somiy) Sharq o’rta asrlarida falsafa sohasida nimaga erishgan bo’lsa, ular greklardan uzlashtirganlar” (E. Renan. Avverroyes i avveroizm. Sb. soch. T. 3. Kiyev. 1992, s.2).
Mojar sharqshunosi I. Goldiser (1.850-1921) ham xuddi shu xildagi da’voni qiladi. Rus faylasufi M. Stepanyans “So’fizmning falsafiy jihatlari” nomli risolasida Renan va Goldiserlarning fikrlarini sal boshqacharoq, tarzda takrorlaydi. (Qarang: M. T. Stepanyans. Filosofskiye aspekti sufizma. M. 1987, s.26.).
Aytilganlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo sivilizasiyasi umuminsoniy estetik fikri taraqqyotida aloxida o’rin egallaydi.
Estetik fikr taraqqiyotining ilk davridan to hozirgi vaqtgacha bo’lgan taraqqiyoti, tarixan shakllanish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarda kechadi.
1. Qadimgi dunyo estetik fikri.
2. O’rta asrlar (Sharq , Ovrupa) estetikasi.
3. Yangi davr ( XUIII-X1X asrlar) estetikasi.
4. Hozirgi davr (XX-XX1 asr boshlari) estetikasi.
Qayd etilgan har bir bosqich keyingilarining yuksakroq bosqichga ko’tarilishi uchun muhim zamin bo’lib xizmat qiladi.
Qadimgi dunyoda, ko’pgina adabiyotlarda ko’rsatilganidek, estetik fikr, madaniyat qadimgi yunon, rimliklardan emas, balki yuqorida qayd qilganimizdek, qadimgi Sharq xalqlaridan boshlangandir. Qadimgi hind, xitoy, misrliklar bilan birga Markaziy Osiyo xalqlari ajoyib badiiy-estetik qadriyatlarni yaratganlar. Afsuski, ular bu yurtga turli davrlarda bostirib kelgan bosqinchilar tomonidan ko’pchiligi yo’q kilingan.
Mustaqillik tufayli o’tmish madaniy-qadriyatlarimiz qayta tiklanmoqdaki, bu ajdodlarimizning yuksak badiiy-estetik fikr, tafakkur darajasiga ega bo’lganliklarini ko’rsatadi. Misol tariqasida birgina yozma yodgorligimiz “Avesto” ni olib qaraylik. (2001 yil noyabr oyida Xorazmda uning 2700 yilligi nishonlandi).
Unda o’tmish otashparast ajdodlarimizning (zardushtlarning) faqat diniy-falsafiy qarashlari emas, ayni paytda estetik, go’zallik xaqidagi tasavvurlari ham o’z ifodasini topgandir. “Avesto” kitobida mujassamlashgan g’oya va fikrlar haqida gapirar ekanmiz, –deb ko’rsatadi I.A. Karimov,— ularning naqadar chukur mazmunga egaligi va o’zining abadiyligi bilan, bu asarda, avvalo, tabiatga munosabat, tabiatga hurmat tuyg’usi, borliq, olamning yaxlitligi va bir butunligi tabiat va inson uyg’unligi (ularning go’zalligi- izoh bizniki M.O.) .... tasvirlab berilgani bilan bugungi kunda ham har qanday odamni hayratda qoldiradi” 34.
Ma’lumki, unda o’tmish avlodlarimiz o’z dunyoqarashlarini yaxshilik va yomonlik tushunchalari orkali ifodalaydilar. Bu tushunchalar mazmuni chukur falsafiy majoziylik, obrazlilik bilan yugrilgan bulib, estetik manoga egadir. Anikrok kilib aytganda, bu tushunchalarning falsafiy moxiyati guzallik, ulugvorlik kabi estetik mezoniy kategoriyalar mazmuni orkali anglashiladi.
«Avesto»da ilgari surilgan «Ezgu uy, ezgu suz va ezgu amal» tamoyili moxiyatiga kura estetik goya xisoblanadi.
Kadimgi yunonlar estetik fikr tarakkiyotiga munosib xissa kushaolgan xalkdir. Protagor, Gorgiy, Sokrat (Sukrot), Pifagor, Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Plotin kabi mutafakkirlar estetik fikr rivojiga katta xissa kushadilar. Bu yurtda ilk marotaba estetik tafakkur mifologiyadan ajralib chiqadi va aloxida ilm soxasi sifatida falsafa bilan uzviy ravishda birlikda rivojlana boshlaydi. Shuni aloxida takidlash kerakki, agar yunonlar shark falsafiy fikridan bexabar bulganlarida, uzlarining muayyan tizimga solingan estetik karashlarini yarataolmagan bular edi. Yurtimizga bostirib kelgan yunonlar uzlari bilan fakat oltin, kumushlarni emas, balki undan qimmat turadigan bebaho estetik qimmatga ega barcha ilmiy va yozma boyliklarni ham o’zlari bilan tashib olib ketganlar. Masalan, o’lkamizga yurish qilgan Aleksandr Makedonskiy o’ttiz ikki kitobdai iborat bo’lgan “Avesto” ning asl nusxasini Yunonistonga yuborib, uning boshqa qismlarini yondirib tashlatadi.
Qadimgi Yunonistondagi ilk estetik ta’limotning asoschilari sofistlardir. (yunon. sophistes — donishmandlik, er.av. V asr). Ular o’z falsafiy qarashlariga ko’ra materialistlar bo’lib, g’ayritabiiy kuchlarni inkor etadilar. Sofistlar odam va olam haqidagi antropomorf- (yunon.. Anthropos — inson va morph — shakl), diniy, mifologik tasavvurlarni tanqid qilish asosida inson mohiyati, go’zalligi bilish masalasi falsafa, xususan, san’atning predmeti bo’lishi kerakligi haqidagi fikrni ilgari suradilar.
Mazkur yo’nalishning nazariyachisi Protagor (er. av. 480-410) go’zallikning mohiyatini o’zining “Hamma narsaning mezoni — Inson” degan qarashi asosida izohlaydi. Uning shu ruhda yozilgan “Xudolar to’g’risida” nomli kitobi dindorlar tomonidan yondiriladi va o’zi Afinadan haydab chiqariladi.
Lekin ba’zi bir sofistlar san’atning dunyoni bilishdagi roliga shubha bilan qaraydilar. Chunki, deb hisoblaydi, masalan, Gorgiy (eramizgacha taxminan 483 — 375 yillar) san’at bevosita aql, tafakkur bilan ish ko’rmaydi.
Sofizm ta’limoti Sokrat (eramizgacha, taxminan 469-399) tomonidan yanada rivojlantiriladi. Agar sofistlarning rasionalistik qarashlar naturalistik (lot. natura — tabiat, ya’ni odamni biologik. mavjudot deb qarash) xarakterga ega bo’lsa, Sokrat insonning ruhiy dunyosini birlamchi mohiyat deb hisoblaydi. Uning mashhur: “O’z-o’zingni bil” degan tezisiga ana shu mazmundagi g’oya singdirilgandir. Sokratning estetik qarashi negizida ana shu g’oyaga asoslangan kalokagatiya (yunon. calos — go’zal, agathas — yaxshilik, fozillik) ta’limoti yotadi. Mazkur ta’limotga ko’ra kishidagi yaxshi xulq, go’zallik, chiroy, latiflik o’zaro uyg’unlikda uning faoliyatining maqsadini belgilaydi. San’at esa, Sokratning fikricha, kishi faoliyatini ana shu tarzda yo’naltirish uchun xizmat qiluvchi vositadir. Pifagor (e. a. 6-5-asrlar) birinchilardan bo’lib, estetik qarash, tasavvurlarni tizimlashtirishga harakat qilgan qadimgi yunon matematigi, faylasufidir. U barcha narsa, hodisalarning o’zaro bog’liqligi, uyg’unligi asosini son (raqam) munosabatlari tashkil etadi deb, tushuntiradi.
Aflotun (Platon eramizgacha 427 — 347 yillar) ham pifagorchilar kabi san’at masalasini obyektiv idealistik qarash asosida tahlil qiladi. Ma’lumki, Platon dunyoviy ruh, g’oya borliqning substansiya asosi ekanligi haqidagi fikrni ilgari suradi. Uningcha, zohiriy olam, borliq goyalar dunyosining “soya” sidirki, uning mohiyatini oliy darajaga ko’tariluvchi – aql, falsafiy mushohada yuritish orqali bilib olish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin. “Kimda — kim faylasuf bo’lmasa, deb yozadi u, - ilohiy zot (g’oyalar dunyosi — M.O) dunyosiga o’tish imkoniyatiga ega bo’la olmaydi”35[2][4].
San’at, Platonning uqdirishicha, asosan jonli mushohadaga tayanib, bunda u his, idrok etiladigan narsa, hodisalarga taqlid qilish va ularni tasvirlash doirasidan chetga chiqaolmaydi. Zotan, Platonning fikricha, “Go’zallik ko’rish va eshitish orqali his qilinadigan har qanday yoqimlilikdir”. 36[3][5]


Faylasufning fikricha, haqiqiy go’zallikning tajassumi g’oyalar dunyosidir. Va bunday go’zallik g’ayrihissiy tabiatga egadir. Oddiy his-tuyg’u va shuurga tayanuvchi san’at g’oyalar dunyosidagi go’zallikni ifodalay olmaydi











Platon san’atdagi tafakkurning rolini inkor etmaydi, balki uning bilish funksiyasini belgilaydigan jihat deb qaraydi.
San’at o’zining mazkur funksiyasini estetik tarbiya vositasi sifatida amal qilishligida namoyon etadi. Va faylasuf o’zining ana shu qarashidan kelib chiqqani holda umumdavlat miqyosidagi badiiy-estetik tarbiya tizimini ishlab chiqish haqidagi qarashni ilgari suradi.
Aristotel (eramizgacha 384-322), ma’lumki, o’z davrining qomusiy olimlaridan bo’lib, badiiy ijod, san’at masalasi talqiniga oid asarlar ham yozib qoldirganki, ular to hozirga ham o’zlarining ahamiyatini yo’qotgan emas. U san’atning mohiyatini o’zining dualistik qarashlaridan kelib chiqqan holda ochib berishga harakat hiladi.
Aristotel ham Platonga o’xshash bilish masalasiga rasionalistlarcha, ya’ni tafakkurning ustuvorligiga tayangan holda yondashsa-da, lekin san’atning xususiyati, vazifalarini talqin qilishda his-tuyg’uni belgilovchi jihat deb hisoblaydi. Agar Platon san’atkor real narsa, hodisalarning mohiyatini emas, zohiriy jihatlarini bilib oladi, deb tushuntirsa, Aristotel aksincha, ularning mohiyatini o’ziga tobelashtirishi hissiyotining yuksak bosqichda fikriy jihatni o’ziga tobelashtirishi va uyg’unlashtirishi (buni u katarsis, yunoncha katharsis – ruhiy poklanish tushunchasi bilan ifodalaydi) orqali bilib oladi, degan qarashni ilgari suradi. Lekin Aristotelning fikricha, hissiyotning bunday ko’tarilishi ijodkorning subyekt sifatida obyektni taqlidiy aks ettirishligi bilan shartlangan bo’lib, barcha san’at asarlari shu asosda yaratiladi. “Epos va tragediya, shuningdek, komediya va difiramb ijod etish, yaratish, avletika (nay chalish — M.O) va kifaristning (bir xil cholg’u asbobi) katta qismi, - deb yozadi Aristotel o’zining “Poetika” asarida,— bu hammasi, umuman aytganda o’xshatish (mimesis) san’atidan o’zga narsa emas”.37[4][6]
U o’zining estetik ta’limotini “Poetika” nomli asarida bayon etadi. U sanatning paydo bo’lishi, mohiyati, vazifalari masalalarini taqlid qilish (mimesis) va ruhiy poklanish (katarsis) g’oyasi org’ali tushuntirishga harakat qiladi.
Aristotel mimesis (yunon. — mimesis — taqlid) nazariyasini ilgari surish bilan birinchilardan bo’lib san’atning o’ziga xos estetik bilish tipi ekanligi, unda haqiqatning badiiy tarzda ifodalanishligi va shunga muvofiq, realizm ijodiy metodining shakllanishiga asos soladi. Mimesis nazariyasiga ko’ra voqyelik badiiy asarda u qanday bo’lsa shundayligicha aks ettirmaydi, uni umumlashtiradi. “Shoirning vazifasi, - deb yozadi u bu haqida- haqiqatdan bo’lib o’tgan voqyea haqida emas, balki sodir bo’lishi mumkin bo’lgan, demak, bo’lishi taxmin etilgan yo bo’lishi zarur bo’lgan voqyea haqida so’zlashdir” (Aristotel. Poetika. T. 1980. 21-b). Sanat o’zining ana shu xususiyati bilan ruhiy poklantirish tabiatiga ega va u tarbiyaviy vazifani o’taydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Aristotelning mimesis ta’limoti asosida mifologik qarashlar yotadi. Zotan, faylasuf talqinidagi taqlid tushunchasi mohiyatan insonning tabiatga, uni jonlantirish bo’yicha bo’ladigan munosabatini ifodalaydi.
A.F.Losev o’z vaqtida Aristotelning mazkur atamasini oddiy “taqlid” tushunchasi bilan ifodalab bo’lmasligini, uning falsafiy mazmuni mifologik kontekstda anglashilishligini ta’kidlagan edi.38[5][7] Aristotel mifologiyani san’at asarlariga falsafiy mazmun bag’ishlovchi o’ziga xos manba, negiz, deb qarar ekan, bunda u ijodkorning his etish va fikrlash qobiliyatini muayyan mavjud chegarasidan tashqariga olib chiqadigan va shu asosda obrazlar yaratishga xizmat qiladigan hayolotni belgilovchi jihat deb hisoblaydi.
Aristotel inson ruhiyatiga hissiy ta’sir ko’rsatish va uni botiniy o’zgartirish, poklantirish san’atning asosiy vazifasi, deb hisoblaydi. San’atning bunday vazifasi uning mukammal shakl makomini olish orqali amalga oshadi. Uningcha, narsa, hodisalar o’zlarining sifat muayyanligini birlamchi shakl (Xudo) orqali oladi. Demak, ijodkor ham mukammal shakl (badiiy asar) yaratuvchi sifatida ilohiylikka daxldordir. Zotan, san’at asari tufayli inson ruhiyati muayyan shaklda namoyon bo’ladi.
Ma’lumki, 3-6 asrlarida Rim imperiyasining yemirilishi qadimgi quldorlik tuzumining barham topishiga va uning negizida yangi feodal ijtimoiy munosabatlarning va shunga muvofiq, ma’naviy hayotining shakllanishiga olib keladi.
Plotin (taxminan 205-270 yillar) ana shu davr qadimgi yunon.-falsafiy — estetik fikrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biridir. Plotin o’z salafi Platoning qarashlarini qayta tahlil qilgani holda rivojlantiradi va shu negizda neoplatonizm (ilohiy mohiyatni narsaning bosh sababchisi deb biluvchi) falsafiy yo’nalishiga asos soladi. Plotinning qarashicha, oliy darajadagi falsafiy bilimga tajriba va aql vositasi bilan emas, balki mistik (iloxiyot) yo’li bilan erishiladi. Faylasuf inson hayoti, yashashining maqsadini ilohiy ibtidoga yaqinlashish deb biladi.
Ko’rinib turibdiki, Plotinning fasafiy qarashining negizi mifologik mazmun bilan yo’g’rilgan. U san’atning mohiyatiga neoplatonizm ruhi bilan sug’orilgan estetik qarashlari nuqtai nazaridan turib yondashadi. Plotin san’atning mohiyati haqidagi Aristotelning qarashlarini yangicha talqin etadi. San’atkor tashki dunyoga emas, balki dunyoviy ruxning zarrasi hisoblanmish o’zining botiniy olamiga taqlid qilmog’i kerak, deb hisoblaydi.
Faylasuf o’tmishdosh salaflaridan farqli ravishda san’atning estetik mohiyatini uning inson ruhiy borlig’i ifodalashligida deb tushuntiradi. «Insonda, - deb ta’kidlaydi Plotin, - ruhiy nigohni uyg’otish san’at uchun o’ziga xos imkoniyatdir».
Lekin bu davrda, ya’ni antik davrning so’nggi pallasida jamiyat ma’naviy hayotidagi sifat o’zgarishlar uning tarkibiy qismlarida ichki ajralishishni kuchaytiradi. Xususan, hali Aristotel davrida uzining mifologiya bilan bevosita boglik tabiatini san’at sohasida saqlay olgan falsafa, axloq, ritorika alohida yo’nalishlar sifatida bu sohadan uzoqlasha boradilar. Buning natijasi o’laroq san’at o’zining bilish vazifalaridan tobora qo’proq mahrum bo’la boradi. Va shunga ko’ra san’atni gedonistik (yunoncha gedone- qoniqish) va irrasional (lot. irrationes — noaqliy) pozisiyadan turib talqin qiluvchi qarashlar yuzaga kela boshlaydi.
Plotin haqiqiy go’zallik ilohiy xususiyatlarda namoyon bo’ladi va uni oliy ong darajasida mushohada yurituvchi san’atkorgina ko’ra biladi va konkret obrazlarda ifodalayoladi, deb hisoblaydi. Shunga ko’ra u: “Ko’zlarimiz quyoshdek ravshan bo’lmasdan Quyoshni, qalblarimiz go’zal bo’lmasdan Go’zallikni ko’ra bilmagan bo’lur edi”, - deb yozadi.39[6][8]
2. O’rta asrlar estetik madaniyatining o’ziga xos xususiyati shundaki, u din bilan uzviy bog’liq ravishda rivojlanadi. Bu davrda din barcha Ovro’pa va Sharq mamlakatlarida hukmron dunyoqarash maqomiga ega bo’ladi, shunga muvofiq ijtimoiy hayotning barcha jabhalari, shu jumladan, estetik fikr ham uning bevosita ta’siri ostida bo’ladi. Avgustin Avreliy (354-430) va Foma Akvinskiylar (1225-1274) bu davrning eng ko’zga ko’ringan ovrupalik mutafakkirlardan bulib, ularning karashlari fakat o’zlari yashagan vaqt uchun emas, shuningdek keyingi davrlar falsafiy- estetik fikri taraqqiyotiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Bu har ikki mutafakkir qarashlarining shakllanishida, asosan, Platon, Aristotelning falsafiy ta’limoti nazariy manba bo’lib xizmat qiladi.
Avgustin Platonning dunyoviy ruh, haqidagi g’oyasini Xudo qiyofasida konkretlashtiradi. Uningcha, Xudo har qanday go’zallikning haqiqatidir, demak, u oliy Go’zallikdir.
Dunyo o’z ko’rinishiga ko’ra go’zaldir, - deb hisoblaydi ilohiyotchi faylasuf, - chunki u oliy go’zallik - Xudo tomonidan yaratilgan. San’at ham dunyo go’zalligini ifodalamog’i va shu asosda o’z funksiyalarini bajarmog’i zarur.
Avgustin inson yashashining maqsadini oliy darajadagi ruhiy zavqlanishda, lazzatlanishda deb biladi. San’at esa ana shu maqsad uchun xizmat qilmog’i kerak.
Ma’lumki, Akvinskiy Aristotelning ta’limotiga tayangan holda o’zining falsafiy - diniy qarashlarini yaratadi. U go’zallik masalasini san’atning tabiatini Aristotelning mimesis (taklid) nazariyasiga tayangan tarzda talqin qiladi.
Faylasuf san’atning asosiy maqsadini oliy mohiyatni — Xudoni bilish uchun xizmat qilishida, deb biladi. Uningcha, san’at asarlari oliy darajadagi hissiyot, tuyg’u negizida yaratilgan paytdagina kishilarda ruhiy - estetik zavq uyg’ota oladi.
Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda ham bu davrdagi estetik tafakkur bevosita islom dini, uning falsafiy jihatlari asosida rivojlanadi va yangi bosqichga ko’tariladi. Islom dinining muqaddas kitobi “Kur’oni Karim” va uning tavsifi hisoblanmish Hadisi shariflari musulmon Sharqi estetik qarashlari, ta’limotining g’oyaviy manbai hisoblanadi. Biz faqat buni bugungi kundagina anglab olmoqdamiz.
Qur’onda ko’rsatilishicha, Olloh, mukammallik, ya’ni go’zallik timsolidir. Shunga ko’ra unda “Olloh go’zal va go’zallikni sevadi” deyiladi.
By davr Sharq Uyg’onish davri hisoblanadiki, bu Ovro’pa Uyg’onish davridan besh asr oldin boshlangan. (Ovro’pada bu davr dastlab XIV asrda Italiyada boshlangan bo’lsa, Sharqda IX- asrda boshlanadi.)
Ahmad Al- Farg’oniy, Musa Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ismoil Al-Buxoriy, At-Termiziy, Abdulloh Rudakiy, Baxouddin Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg’ariy va boshqa shu kabi fozillar xuddi shu davrda yashab ijod etganlar. Ular ayni paytda o’z davri estetik fikri taraqqiyotiga katta hissalarini qo’shgan mutafakkirlardir.
Tasavvuf (so’fiylik) ta’limoti musulmon Sharqi madaniy hayoti, xususan estetik fikrining falsafiy asosi hisoblanadi. “Tasavvuf adabiyotini o’rganmasdan,- deb yozgan edi o’z vaqtida atoqli sharqshunos .Ye. E. Bertels, - o’rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin emas, bu adabiyotdan xabardor bo’lmasdan Sharqning o’zini ham anglash qiyin” (E. E. Bertels. Sufizm i sufiyskaya literatura. M. 1995, 54- str.)
Tasavvuf ta’limoti islom dini negizida VIII-asrning oxirlarida vujudga keladi.40[7][9] Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo vafotidan keyin islom dinining ma’naviy asos-tamoyillariga putur yeta boshlaydi.
Aniqroq qilib aytganda, Xudo yo’lidagi toat-ibodat, e’tiqod o’rnini dunyoga, mol-mulkka hirs qo’yish kuchayaveradi. Buning natijasi o’laroq insonning o’z nafsini jilovlash orqali xudoga yaqinlashish, uning xislatlarini o’ziga o’tkazish orqali komillikka erishish g’oyasini ilgari suruvchi sufiylik talimoti vujudga keladi. Bu ta’limot keyinchalik insonning mohg’yati uning, tom manodagi go’zalligi haqidagi izchil falsafiy, estetik ta’limotiga aylanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hali tadqiqotchilarimiz mazkur ta’limotning estetik jihatlarini tadqiq etishga e’tiborlarini qaratgan emaslar. Biz tasavvuf ta’limoti haqida batafsil to’xtalib o’tirmaymiz, chunki ushbu mavzu “Ma’naviyat asoslari”da alohida o’rganiladi. Faqat mazkur ta’limotning nazariy asoschilarining ayrimlari haqida qisqacha to’xtalamiz.
Shulardan biri Imom Abu Xomid G’azzoliy (1058-1111) hisoblanadi. U go’zallikning mohiyatini mutlaqlik (xudo) va foniylik (inson) o’rtasidagi munosabatda ko’qadi. Bu munosabatda Xudoni aqliy anglash bilan birga, hissiy idrok etish, sevmoq, muxim jixat xisoblanadi. Shunga kura Gazzoliy guzallikning bevosita ilohiy tuyg’u-muhabbat, ishq, bilan bog’liqligi va manfaatdorlik, foydalilikdan tashqarida turishligi haqidagi g’oyani ilgari suradi.
Tasavvuf estetikasining mohiyatini anglashda Jaloliddin Rumiyning (1207-1273) bu boradagi qarashlari alohida diqqatga molikdir. Agar G’azzoliy tasavvuf g’oyasini nazariy jihatdan talhin qilgan bo’lsa, Rumiy uni poetik so’z orqali kishilar qalbiga yetkazaolgan mutassavufdir. Uning mashhur «Masnaviy», «Devoni kabir» («Ulug’ devon») kabi she’riy kitoblari yetmish besh mingdan ziyod tasavvufiy ruh bilan yo’g’rilgan misralarini o’z ichiga oladi. Undan tashqari «Fihi ma-fihi» nomli va’zlar, muloqotlar majmuasidan tashkil topgan risolasida Rumiyning falsafiy - estetik dunyoqarashi o’z aksini topgan.
Ko’nglim havasing bilan rubobdir, rubob,
Har porasi o’rtanib, kabobdir, kabob.
Dildorki dardimga boqib-xomushdir,
Xomushligi menga ming javobdir, javob.
(333 ruboiy Toshkent, 1991, 56-bet)
Ma’lumki, tasavvufda qo’llaniladigan barcha ibora-so’zlar ramziy ma’noga ega bo’lib, oshiqning (tariqat yo’liga kirgan kishining) mutlaq go’zallik timsoli bo’lgan Xudoga yetishishi yo’lidagi faol hatti-harakatlari, botiniy his-tuyg’ularini ifodalaydi.
Ruboyidagi «havas» so’zi ana shunday ishqining bir bosqichi ma’nosida qo’llanilmoqda. Shu bois uning qalbi rubobga aylanib, muhabbat o’qi uni kabob kilmokda. Va she’rdagi «xomush» so’zi oshiqning mistik taxayyul faolligi, Haq (Go’zallik) siymosidan ma’rifatlangan holatini ifoda etadi. (Ruboiy tahlili Ibrohim Haqqulning «Tasavvuf va she’riyat» T. 1991, 107-bet kitobi bo’yicha)
Rumiy Go’zalikning (Haqning) siymosini oddiy ko’z bilan emas, dil ko’zi bilan ko’rish mumkin va bunga intilmasdan o’tkazilgan umrni jahonadan bemaqsad o’tishi deb biladi.
Ay dil, ko’zingni och, jahon o’tg’usidir,
Umrning bu jahonda royg’on o’tg’usidir,
Tan manzilida maxbusu g’ofil qolma,
Manzil osha manzil karvon o’tg’usidir.
(333 ruboiy T. 1991, 55 -bet).
Abu Nasr Forobiy (872-950) mutasavvuf (sufiylik ta’limotiga e’tiqod qilgan) mutafakkirdir. (Forobiy, Beruniy, Ibn. Sino kabi mutafakkir, qomusiy olimlar ham o’zlarining estetik qarashlarini tasavvuf ta’limotiga tayangan holda bayon etadilar. Lekin mavjud adabiyotlarda ularning mutasavvufligi, sufiylik ta’limoti g’oyalari ularning dunyoqarashining asosi bo’lganligi haqida deyarli fikr bildirilmaydi.)
Forobiyning fikricha, Xudo-Birinchi sabab, yani ilk borliq, mukammal vujuddir. Shunga ko’ra u go’zaldirki, u har qanday husn, chiroydan ustun turadi. Eng yuksak tuyg’u – ishq, muhabbat dastlab uning javhari (substansiyasi) sifatida yuzaga kelgan. Bas shunday ekan, Xudo bu tuyg’uning yuzaga kelishining birinchi sababidir. “Xudo,- deb yozadi faylasuf bu haqida, - muhib - sevuvchi, o’sha seviluvchi - mahbubning o’zidir. U birinchi mahbub va birinchi ma’shuqdir... U ilk sevgan va oshiq bo’lgandir” (Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. T. 1993. 140-b).
Forobiy kishining komilikka, fozillikka erishishning yo’li Xudoni go’zallik timsoli - birinchi mahbub sifatida sevish va o’zida uning zotiy xislatlarini o’zlashtirishdir, deb hisoblaydi.
Faylasufning bevosita estetik qarashlari bayon etilgan “Musiqa hakqda katta kitob” (“Kitob fi-l sanat al kitobat”), “Musiqa haqida so’z” (“Kalom fi-l musiqiy”), “Ritmlar turkumlari haqida kitob” (Kitob ul fi ixso-il- iko”), “She’r san’ati” kabi asarlari tasavvuf g’oyasi ruhida yozilgandir. Uning bu asarlari Yaqin va O’rta Sharqda mashhur bo’lgan va qadrlangan. Forobiy faqat musiqa ilmining nazariyachisi bo’lib qolmasdan mohir sozanda, bastakor va yangi ud (nayga o’xshash) musiqa asbobining ixtirochisi bo’lgan. Tarixchi Boyhaqiy (vafoti 1169) ning ma’lumotiga ko’ra, Forobiy o’zi ixtiro qilgan musiqa asbobida shunday bir kuy chaladiki, yig’ilishdagi barcha tinglovchilar uyquga ketadilar. (Qarang: Abu Nasr Forobiy. O’sha asar. 194- bet).
Ibn Sino (980-1037) “Kitob ash shifo”, “Jome ilm-al musiqiy” (“Musiqa bilimiga oid to’plam”), “Al-najot”, “Al-Madhad ilm minaat al- musiqiy” (“Musiqa san’atiga kirish”), “Kitob al-lavohiq” (“Qushimchalar kitobi”) kabi asarlarida Forobiyning estetik qarashlarini (xususan, musiqa ilmiga oid) yanada rivojlantiradi. U musiqani ruhiy tabobatning vositasi deb biladi. U inson ruhiyatiga ta’sir ko’rsatishni har qanday xastalikni davolashning boshlang’ich asosi, deb biladi. Shuning uchun ham u musiqa ilmi tadqiqiga a’lhxida e’tibor beradi va bunga oid, yuqorida ko’rsatilgan asarlarida ohang, tovushlarning inson ruhiyatiga ta’siri masalasiga alohida e’tibor beradi.
Abu Rayhon Muxammad ibn Axmad Beruniy (973-1048) ning estetik qarashlari “O’tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar”, “Xorazmning mashhur zotlari”, “Hindiston”, “Javohirni bilish uchun to’plam kitobi”(“Kitob al- javohir fi marifat al-javohir”) kabi asarlarida bayon etilgan.
Uning bunday qarashlari asosida tasavvuf ta’limoti g’oyalari yotadi. Masalan, u inson go’zalligi mutlaq go’zallik (ilohiy) dan ruhiy, ma’naviy lazzatlanish fazilatida namoyon bo’ladi, deb biladi. Faqat dunyoviy go’zallik, yani jismoniy lazzatlanish, nafsini qondirish bilan band kishi uchun bunday fazilat yotdir.
“Oqil odam faqat abadiy qoladigan nafsoniy (ruhiy, manaviy- M. O. ) ishlar bilan lazzatlanadi... Bunday lazzatlardan bebahra bo’lgan nodon esa ko’ziga yerdagi turli bezaklar bilan ziynatlangan narsalar.... dunyoviy go’zalliklar bilan bezangan narsalarga tikadi. U usha ziynatlangan yerdagi narsalarda o’ynab-kuladi, muloyim joylarda (hayvonga o’xshab) ag’naydi, yerdagi xushbo’ylardan rohatlanadi...Shundan so’ng senda dunyo shirinligi asosi bemazalik, uning go’zalligi esa qabihlik, degan ishonchni kuchaytiradi”. (Abu Rayhon Beruniy. Tarvihalar “Javohirot kitobi”dan. T. 1991, 14-15- betlar).
Musulmon Sharq estetik fikri taraqqiyotida XIV- XV asrlar yangi bosqichga ko’tariladi. Bunda Amir Temur (1336-1405) va temuriylar davlatchiligi siyosati belgilovchio’urin tutadi. Amir Temur asos solgan markazlashgan davlatda shunday badiiy-estetik qadriyatlar yaratildiki, ularning namunasini undan oldingi biron davrda uchratish qiyin.
Bu davrda bunyod etilgan hashamatli binolar, madrasa, maqbara, masjidlar yuksak san’at asarlari hisoblanadiki, ular to hozirgi kunda ham kishilarda estetik zavq uyg’otadi, hayratga soladi.
Amir Temur mutasavvuf hukumdor edi. U tasavvuf ta’limotini o’z davlati mafkurasiga asos qilib oladi va saltanatini idora qiladi. (Bu haqda batafsil qarang: Olloyorov M. Amir Temur-buyuk mutasavvuf hukmdor. // Amir Temur — ilm fan va madaniyat homiysi. Samarqand. 1996, 40-41 betlar).
Amir Temurning estetik qarashlari tasavvuf ta’limotiga asoslangan uning “Kuch-adolatda” degan aqidasida ifodalanadi. Bunda kuch-bu ezgu maqsadga erishish omili, adolat esa bu haqiqat deb tushuniladi. Demak, sohibqiron inson guo’alligi uning haqiqat va ezgulikni hayotda qaror toptirishga qaratilgan amallarida namoyon bo’ladi, deb biladi.
Sohibqiron ilm- fan, sanat ahillariga bevosita homiylik qiladi. Uning bunday siyosati bazi temuriyzodalar (Shoxruh, Ulug’bek, Bobur, Xusayn Boyqaro) tomonidan davom ettiriladi. Shu bois bu davrda Qozizoda Rumiy, Ulug’bek, Koshiy, Ali Qushchi kabi mashhur olimlar, Lutfiy, Jomiy, Alisher Navoiy, Behzod kabi mashhur ijodkorlar sulolasi yetishib chiqadi.
Temuriylar davri estetik fikrining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
1. U o’zlikni anglash, istiqlol g’oyalari bilan sug’orilgan estetik qarashlar, ideallar majmui bqlib, uning asosida mug’ullar istilosi davrida toptalgan ma’naviy qadriyatlarimiz qayta tiklanadi.
2. Tasavvuf ta’limoti g’oyalari uning falsafiy mazmunini belgilaydi.
3. Mintaqada yashovchi turli mazhab, irqqa mansub kishilarni ma’naviy o’zaro yaqinlashtiruvchi, yani xalq integrasiyasi vositasini o’taydi.
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur, Xusayn Boyqaro kabi ijodkor, davlat arboblarining estetik qarashlarini ham ana shu qayd etilgan davrning estetik fikri xususiyatlari asosida belgilanadi. Biz bu yerda faqat Alisher Navoiyning estetik qarashlariga qisqacha to’xtalamiz. Uning bunday qarashlari nomlari zikr qilingan zamondoshlariga umumiy tarzda xosdir.
Tasavvuf ta’limoti g’oyalari Navoiy dunyoqarashining falsafiy negizini tashkil etadi. Uningcha, haqiqat, ezgulik, go’zallik Xudoning xislatlari (atributlari) dir, shunga ko’ra u oliy vujud, mukammal zot timsolidir. Xudoning siymosi, go’zalligi uning tomonidan yaratilgan narsa va xodisalarda zuhurlanib turadiki, buni o’zini nafs tazyiqidan ruhan ozod eta olgan, yaxshilik, haqiqat yo’lida boruvchi kishi idrok eta oladi. Shoirning Xudoni bunday insonlashtirishdan maqsadi insonni ilohiylashtirishdir, uni komillikka boshlashdir. U Xudoni “qayumi barhaq” (haqiqat) zot sifatida anglash yetarli emas, uni ezgulik, go’zallik timsoli sifatida qalb, dildan sevish, unga Muhabbat qo’yish zarur deb hisoblaydi. Shuning uchun Navoiy Xudoni ma’shuqa, insonni oshiq sifatida tasvirlaydi. Shoir insonning Xudoga intilishini oshiqning o’z ma’shuqasiga jon fido qilishi timsolida tasvirlaydi. Bunda Xudo ma’shuqaning mutlaq go’zalligini his etish undan ruhiy zavq olish komillik, oriflikka erishishning muhim shartidir, deb ko’rsatiladi. Demak, Xudoni yuksak ishq, muxabbat bilan sevmasdan turib hidoyat va inoyat yo’liga kirib bo’lmaydi. Aniqroq qilib aytganda, haqiqat, go’zallik, ezgulik mezoniy tushunchalari o’zaro mazmun birligida Navoiyning falsafiy, xususan, estetik qarashlarini barcha teranliklari bilan ifodalaydi. Mutafakkir shoir barcha asarlarini ana shu falsafiy-estetik qarashlari asosida yaratadi. Shunday qilib, o’rta asrlar musulmon IIIapqi o’z mazmuni, moxiyati jihatidan Uygg’nish davri hisoblanadiki, bu davrda madaniyat, ilm-fan rivojlanadi va shunga muvofiq yuksak darajadagi estetik fikr yuzaga keladi.
3. XVIII va XIX asr boshlarida Ovro’pada ma’rifatparvarlar estetikasi deb ataladigan yo’nalish, g’oyaviy harakat yuzaga keladi. Mazkur yo’alishning asoschisi, nazariyachilari kishilarni ma’rifatparvarlashtirish orqali jamiyat va shaxs munosabatlarini uyg’unlashtirish, ular o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish mumkinligi g’oyasini ilgari suradilar.
Ular ilm-fan bilan birga san’atni, estetik bilimlarni ma’rifatlantirishning eng muhim vositasi deb hisoblaydilar.
Byork, Yum, Didro, Kant, Gegellar mazkur ta’lumot-yo’nalishining yirik nazariyachi, namoyandalari bo’lib hisoblanadi.
Ingliz faylasufi Edmund Byork (1729-97) o’zining «Ulug’vorlik va go’zallik qarashlarimizning paydo bo’lishligi haqida falsafiy tadqiqodlar» nomli asarida emosional - hissiy bilimning xususiyati haqidagi sensualistik (sensuz- hissiy) qarashlarini ilgari suradi. U kishilardagi go’zallik va ulug’vorlik his-tuyg’ularining paydo bo’lishini uning narsa, hodisalarga bo’lgan munosabati bilan bog’lik tarzda tushuntiradi. Ayni paytda u bunday his-tuygular subyektiv asosga ega deb biladi.
Shotlandiyalik David Yum (1711-76), Byorkning zamondoshi bo’lib, u skeptisizm (grek. Skeptikos-tanqid qiluvchi) va agnostizm (grek. ag –rad etish, dnosis – bilish) tamoyillarini estetika sohasiga tadbiq etgan faylasufdir. U konkret individning muhokoma yuritishidagi ruhiy (subyektiv) jihatini bir yoqlama bo’rttirib ko’rsatgani holda hamma kishilar uchun umumiy bo’lgan go’zallik, xunuklik, ulug’vorlik, tubanlilik haqidagi estetik baho berishning qonuniyatlarni aniqlashga harakat qiladi. Yum estetik munosabat, idrok va baholarning tabiatini falsafiy (subyektiv idealizm tamoyili) nuqtai nazaridan tahlil qilmasdan turib chuqur anglab bo’lmaydi, deb hisoblaydi.
Yum go’zallikni o’zining subyektiv idealistik qarashlaridan kelib chiqqan holda ta’riflaydi: «Go’zallik – bu bizning ruhimizda qoniqish, zavqlantirish tuyg’ularini qo’zg’ataoladigan hissiyot qismlarining o’zaro uyg’unlashishi va joylashishidir». U go’zallikning obyektiv manbaini maqsadga muvofiqlikda, assosiotivlikda, ya’ni sezgi idrok tasavvurlarning o’zaro bg’glanishida deb tushuntiradi. (Qarang: Leksii po istorii estetiki. LGU, 1974, S 29). Deni Didro (1713 - 84) taniqli fransuz ma’rifatparvar estetigi o’zining bir qator asarlari bilan bu davr estetik tafakkuri rivojiga salmoqli hissa qo’shadi.
Bu jihatdan uning «Go’zallik haqida risola», «Dramatik poeziya haqida», «Aktyor haqida paradoks» asarlari diqqatga molikdir.
Faylasuf go’zallikning obyektiv asosini predmet, hodisalar o’rtasidagi uyg’unlik, mutanosiblik (simmetriklik) kabi munosabatlarida, deb tushuntiradi. Didro go’zallikning kishilar tomonidan turlicha talqin qilinishining sababini subyektning obyektni qanday sharoitda va qanday holatda idrok etishi bilan bog’lik ekanligida deb izohlaydi.
U san’at go’zallikni o’zida mujassamlashtiruvchi eng muhim ijtimoiy fenomen, deb biladi. Faqat go’zallik, estetik g’oyani shakl va mazmun birligida ifodalay oladigan san’atgina tom ma’nodagi ijtimoiy tarbiya vositasi bo’lib xizmat qilaoladi, deb hisoblaydi faylasuf.
Immanuil Kant (1724-1804) nemis mumtoz estetikasining asoschisi bo’lib, uning bu sohadagi qqrashlari keyingi davrdagi falsafiy-estetik fikr taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi.
Bu shu bilan izohlanadiki, Kant o’zigacha bo’lgan an’anaviy gnoseologiya (bilishi nazariyasi) doirasida - «Kopernikcha to’ntarish» qiladi.
Uning bilishi nazariyasiga ko’ra, inson bilishining shakllarini uning tomonidan idrok etilayotgan obyektlar emas, aksincha, insonning bilishi qobiliyatining tabiati obyektlarning unga ta’sir qilish anglanishi usullarini belgilaydi. Faylasufning estetik qarashlarini ham uning ana shu gnoselogik tamoyillari asosida anglab yetish mumkin.
Faylasuf estetik munosabat, ehtiyoj, his- tuyg’u, tasavvurlarni kishining bevosita predmetlar bilan bo’lgan munosabatida, ya’ni tajriba bilan bog’liq bo’lgan amaliyotida yuzaga keladigan utilitar (kundalik), oddiy shakllaridan tubdan farq qiladi deb hisoblaydi.
Chunki, deb tushuntiradi, Kant estetik munosabat, his-tuyg’ular inson bilimining o’ziga xos shakllari bo’lib, ular bevosita tajribadan yuzaga kelmaydi, balki eng umumiy va zaruriyat tabiatiga ega bulgan aprior (lot. apriori – boshlangich) tajribagacha, undan tashkaridagi bilimlar asosida xosil buladi.
Uning fikricha, aprior tabiatga ega bulgan sof tarzdagi, ya’ni tajribadan tashqarida paydo bo’ladigan sezgi, tasavvurlar makon va zamon shaklida mavjuddir. Sof hissiy bilim shakllari kabi, deb ko’rsatadi Kant, sof fikr shakllari mavjudki, ular vositasida makon va zamon tasavvur shaklini oladi.
Kant barcha aprior tamoyildagi hissiy bilish shakllarini – sezgi, idrok tasavvurni tadqiq qiluvchi fanni transendental estetika deb ataydi. (Karang: I.Kant. Kritika chistogo razuma. Rostov na Donu. Feniks, 1999, s.60).
Estetika masalalari Kant tomonidan «Muhokama qobiliyatining tanqidi» nomli asarida batafsil tadqiq qilinadi. Bunda u estetik muxokama tabiatini tadqiq qilish orqali o’zining qarashlarini bayon etadi. Uning ta’kidlashicha, muxokama turlaridan faqat estetik muxokama yuritish, ya’ni did, aprior tamoyilga ega. Did tufayligina muhokama yuritish qobiliyati ruh olami (kishi botiniy dunyosi) tizimiga qo’shiladi. Kantning fikricha, estetik muhokamaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u orqali biz tasavvurlarimizni obyekt bilan, uni bilib olish uchun emas, balki subyekt tarzida undan zavq olish, qoniqish hosil qilish maqsadida taqqoslaymiz. (Qarang: Immanuil Kant. Soch. v shesti tomax. T.5.M.Misl, 1966, 19-bet).
Kant bunday subyektiv zavq, qoniqishni predmetlarni bevosita idrok etish natijasida hosil bo’ladigan lazzatlanish, zavqlanish hissiyotidan farqlaydi. Chunki keyingisi kishining, predmetni o’rganish, foyda keltirish maqsadidagi o’zlashtirish maqsadi bilan bog’lik bo’lsa, subyektiv – aprior sof qoniqish, zavqlanish, ya’ni estetik zavqlanish esa har qanday foydalilikdan holi hissiyotdir. «Predmetni go’zal deb aytish va buni isbotlash uchun, - deb yozadi u, - mening uchun predmetning mavjudligi emas, balki o’zimda u haqida qanday tasavvur hosil qilishim muhimdir»- (O’sha asar, 205-bet).
Kant go’zallik va ulug’vorlik masalasini batafsil tadqiq qiladi. Uning «Ulug’vorlik va go’zallik hissiyoti ustida kuzatishlar» nomli asari bu jihatdan diqqatga sazovordir.
Go’zallik hissiyoti kishining hayoli, tasavvuri bilan, ulug’vorlik esa aqli, fikri bilan bog’likdir. Bunda birinchisida predmetlarning sifatiga baho berilsa, ikkinchisida mikdori ifodalanadi, deb izohlaydi, faylasuf. (Qarang: I.Kant. Sochineniya v dvux tomax, M. 1940, T.2, s. 175-177).
Georg Vilgelm Gegelning (1770-1831) estetik ta’limoti olmon mumtoz estetikasining o’ziga xos sarhisobi bo’lib, jahon badiiy-estetik fikr taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi.
U o’zining bu sohadagi qarashlarini «Estetika bo’yicha ma’ruzalar» (1835-1838) nomli asarida bayon etadi. Bunda uning obyektiv idealistik yo’nalishidagi falsafiy dialektik qarashlari metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Gegel estetikaning fan sifatidagi xususiyatini unda empirik badiiy materiallarining, ya’ni san’atining falsafiy umumlashtirish orqali o’rganishligida deb ko’rsatadi. «Estetikaning predmeti, deb ta’kidlay u, - keng miqyosdagi go’zallik hisoblanadi, aniqroq qilib aytganda, san’at sohasi, yoki, yana ham aniqroq qilib aytganda, - badiiy ijodkor».41[8][10]
Gegel san’at, badiiy ijodni falsafiy bilim tizimi sifatidagi fan – estetikaning predmeti deb karar ekan, uning (san’atining) go’zallikning mohiyatini ifodalovchi tabiatini haqiqatni - bilish bilan bog’likligida deb biladi.
Boshqacha qilib aytganda, faylasuf san’atni estetika fani kontekstida bilishning o’ziga xos shakli, deb hisoblaydi.
Chunki, san’at mutlaq g’oyani hissiy obrazli, ya’ni estetik ideal tarzdagi ifodalash shaklidir.
XIX asrning boshlarida Ovro’pa mamlakatlarida, xususan, Germaniyada norasional estetik yo’nalish yuzaga keladi, uning asoschilari Shopenxauer, Nitshelardir. Mazkur estetik yo’nalishining genezisi ma’rifatparvarlik ta’limoti bilan bevosita bog’liq bo’lgani holda, u bu davrning, ya’ni Romantizm davrining ta’sirida yuzaga keladi. Romantizm Ovro’padagi yangicha kapitalistik munosabatlarining va undagi ziddiyatlarining hal etilishi zaruriyatining natijasi o’laroq shakllanadi. Mazkur yo’alish asosini inson erki g’oyasi tashkil etadi. Shunga ko’ra u individualistik va gumanistik mohiyatga egadir.
Artur Shopenxauer (1788-1860) «Dunyo iroda va tasavvur sifatida» nomli asarida o’zining irrasional falsafiy-estetik qarashlarini ilgari suradi. Faylasufning bosh tezisi: dunyo bu - inson dunyosidir. Uningcha, dunyoning moxiyati iroda tasavvur aynanligi, birligida ifodalanadi.
Dunyo - mening dunyom, chunki mening (xar bir individning) iroda va tasavvurim uni shunday ko’rish, anglash imkoniyatini beradi, deb hisoblaydi Shopenxauer. «Iroda» atamasi, - deb yozadi u, - shunday sexrli so’zki, u bizga tabiatdagi har bir narsaning yashirin mohiyatini ochadi».
Shopenxauer tasavvur deb tashki, bizni qurshab turgan dunyoni idrok etishning turli xil shakllarini tushunadi. Dunyo o’z-o’ziga obyektiv, uning o’z tarixi bor, lekin u kishining iroda va tasavvurlarida idrok etilgandagina uning mohiyati anglashiladi.
Iroda va tasavvur «manfatdorlikdan holi» estetik mushohada orqali obe’ktivlashadi, ya’ni tashqi dunyo subyekt «Men»ining ichki dunyosiga o’tadi. Shuning uchun, deb hisoblaydi Shopenxauer, mazkur mushohada narsa, xodisalarining mohiyati bo’lgan g’oyani bilishning boskichlari xisoblanadi.
Shopenxauer san’atni estetik mushoxadani shakllantirishning vositasi deb biladi va shunga ko’ra san’at «dunyoning inson yashashi, maksadiga nisbatan mohiyati nima?» - degan asosiy savolga javob beradi deb biladi. (Bu haqida batafsil qarang: A.A.Chanishev. Chelovek i mir v filosofii Artura Shopengauera: M. 1990, s. 18-52.)
Ovrupa estetikasida norasional yo’nalishining qaror topishiga salmoqli hissa qo’shgan nemis faylasufi Fridrix Nitshedir (1844-1900).
Uning falsafiy – estetik qarashlari bevosita Shopenxauer g’oyalari ta’sirida shakllanadi. Uning bunday karashlari «Musika ruxidan tug’ladigan fojia», «Zardusht tavallosi», «Ezgulik va yovuzlikning u tomonida» kabi asarlarida bayon etiladi. «Hayot (yashash)» Nitshening falsafiy karashlari tizimidagi markaziy kategoriya (tushuncha) bo’lib, u dunyoning mutlaq, abadiy mavjudligining ibtido asosidir. Uning mohiyatini aql, tafakkur yordamida anglab bo’lmaydi, u faqat intuitiv (lotincha intueri diqqat bilan qaramoq) tarzda idrok, his etiladi.
San’at kishida ana shunday intuitiv his etish qobiliyatini shakllantirish xususiyatiga egadir. San’atning vazifasi g’oyat murakkab ko’rinish, xilma-xil ziddiyatlar, ezgulik va yovuzlik tuqnashuvlarida namoyon bo’ladigan hayotning mohiyatini bilib olishidir, deb tushuntiradi faylasuf.
Bunday mohiyatni anglay biladigan kishida «hukmronlikka intilish irodasi» paydo buladi. Va bunday kishini «a’lo odam» (ruschada «sverxchelovek») deb ataydi.
Ovrupa mamlakatlaridagi rasional va norasional estetik yo’nalishlar Rossiyada L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, V.Solovyev, A.Berdyayevlar tomonidan o’ziga xos tamoyillar asosida rivojlantiriladi.
F.Dostoyevskiy (1821-81)ning falsafiy-estetik qarashlari «Edgar Poning uch hikoyasi», «A.V. Uspenskiyning o’gitlari», «Yozuvchining kundaliklari» kabi maqolalarida o’z aksini topgan. Uning diniy falsafiy qarashlari asosida Gegelning estetik ta’limoti tamoyillari yotadi.
F.Dostoyevskiy estetika masalalarini bevosita romantizm va realizm metodiga asoslangan san’at bilan bog’lik tarzda talqin qiladi.
Bunda u san’at haqiqat, ezgulik va go’zallikning ontologik birlikdagi qiyofasini konkret-hissiy, obrazli tarzda ifoda etuvchi fenomen deb tushuntiradi. Va san’at insonlarni ruh, go’zallik olamiga olib kiradi, ularni yovuzlikdan qaytaradi, deb biladi.
Shuning uchun faylasuf: «Dunyoni go’zallik qutqaradi» degan xulosaga keladi.
Lev Tolstoy (1828-1910) estetik qarashlarining asosini inson mohiyati uning ma’naviy-axloqiy kamoloti masalasi tashkil etadi. Go’zallik idealini badiiy haqiqat tarzida aks ettiruvchi realizm tamoyillariga asoslangan san’at ana shu masalaning yechimiga ma’suldir, deb biladi mutafakkir yozuvchi. Uning bu haqida qarashlari «San’at nima?» degan risolasida batafsil bayon etiladi. Uningcha, haqiqat, ezgulikni rang-barang badiiy obrazlarda ifodalayolgan ijodkorgina kishilarning qalbini zabt etadi, junbushga keltiradi. Bunda u quyidagi uchta shartni hisobga olish zarur: hayotning yangi jihatlarini ko’ra bilish, uni mukammal badiiy shaklda ifodalash va o’zining hissiyotlari orqli axloqiylik va estetiklik birligida bayon etish.
Tolstoy ana shu estetik tamoyillarga qat’iy amal qilgan holda o’zining asarlarini yaratadi. Bu jihatdan uning, ayniqsa, «Urush va tinchlik» romani alohida qimmatga ega.
Rus diniy falsafa yo’nalishining asoschisi Vladimir Sergeyevich Solovyev (1853-1900)ning estetik qarashlari «Maqsadli ilmning boshlang’ich falsafasi», «Tabiatidagi go’zallik», «Ijobiy estetikaga dastlabki qadam» kabi asarlarida bayon etiladi.
Mutlaq umumiy birlik, ya’ni erkinlik mazmuniga ega bo’lgan ilohiy ideal (ma’naviy-ruhiy) borliq mohiyati haqidagi ta’limot Solovyev dunyoqarashining asosini tashkil etadi. Inson uchun mazkur mohiyat ideal sifatida his etiladi, anglashiladiki, bu uning mutlaq haqiqatga erishishga bo’lgan intilish irodasini belgilaydi.
Faylasuf go’zallikni mutlaq g’oyaning mujassamlanishi, shu bois u samoviy (ilohiy) va ayni paytda real tabiiy jarayonlarga ham xos xususiyatdir, deb talqin qiladi. U go’zallik ilohiylik bilan uyg’unlashgan paytdagina, Dostoyevskiy aytgandek, dunyoni qutqara oladi, deb uqtiradi. Shuning uchun Solovyev san’at va dinni muayyan maqsad yo’lida o’zaro «erkin sintezlashi» zarur, deb hisoblaydi.
Nikolay Aleksandrovich Berdyayev (1874-1948) ning falsafiy-estetik qarashlari uning quyidagi asarlarida bayon etiladi: «Erkinlik falsafasi», «Ijodning mohiyati», «O’z o’zini bilish» Uning bunday qarashlari asosida Inson, uning erkinligi g’oyasi yotadi.
Uningcha, inson o’zining ilohiyligini, ma’naviy - ruhiy borlig’ini anglab yetgandagina tom ma’nodagi erkinlikka erishadi. Berdyayev ilohiy mazmundagi falsafiy, shu jumladan, estetik bilimlar kishining erkinligiga xizmat qiladi. Chunki uning fikricha, «Falsafaning ildizi, hayotiy asosi, negizi din va mistika
Bunda u mistika tushunchasini olamning mohiyatini, sirini o’zida yashirgan Xudo (haqiqat)ni, botiniy anglashning tajriba yo’li ma’nosida qo’llaydi.
Berdyayev shaxsning jamiyatidagi erkinligi, faolligi muammosini faqat diniy (xristian) ekzistensializm g’oyasini qaror toptirish orqali hal etish mumkin, deb tushunadi. Buning uchun eng avvalo unda insoniylik e’tiqodini «tug’dirmoq» kerak, insoniylik esa bu Xudoga bo’lgan e’tiqoddir.
Ijodkor (san’atkor)larni ana shunday e’tiqodga ega bo’lgan shaxslar va ular «mutlaq erkinlik» tamoyili bo’yicha ijod qilishi kerak. «Borliq bilan sababiy bog’liklikda bo’lmagan erkinlik holatidagina ijod bo’lishi mumkin».
XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida markscha estetika yuzaga keladi. Uning asoschilari K.Marks va F.Engelslar estetika masalasini mavjud ijtimoiy munosabatlarni tubdan (revolyusion) o’zgartirish g’oyasi bilan bog’laydilar. Ular ijtimoiy hayotni estetik yangilash, o’zgatirishning hal qiluvchi va zaruriy sharti va asosi sosialistik revolyusiya deb biladilar.
Bu revolyusiya kapitalizmni yo’q qilib, o’rniga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan utopik jamiyat-kommunizm qurishga qaratilgan edi.
Marks o’zining sinfiy kurash «nazariya»sini kapitalistik ishlab chiqarish o’z tabiatiga ko’ra antiestetik xarakterga egadir, degan dalil bilan isbotlamoqchi bo’ladi. Uningcha, kapitalizm o’z mohiyatiga ko’ra ma’naviy ishlab chiqarish sohalari, xususan, san’atga dushmanlik munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, mazkur utopik ta’limot tarix taqozosi bilan bir qator mamlakatlarda ma’lum bir davr mobaynida xukmron siyosat mafkurasi bo’lib yashab keldi.
Va u shu muddat ichida badiiy madaniyat, san’at va nafosat ilmi taraqqiyotiga g’oyat katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling