1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
Axloqiy tarbiya umumiy tarbiya tizimining, falsafiy til bilan aytganda, substansiyaviy asosini tashkil etadi. Chunki barcha tarbiya yo’nalishlari(estetik, siyosiy-mafkuraviy, huquqiy, jismoniy va h.)ning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda axloqiy tarbiya asosiy vosita – omil bo’lib xizmat qiladi.
Chunki umuman har qanday tarbiyaning amaliy ko’rinishi, uning maqsad, vazifalarining qay darajada realashishi shaxs axloqiy tarbiyasi darajasi bilan belgilanadi. Va shunga ko’ra axloq ma’naviyatning negiz elementi hisoblanadi. Inson ma’naviyat sohibi ekanligi uning madaniyati darajasi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra shaxs axloqiy tarbiyasi inson mohiyati bilan bog’liq azaliy falsafiy muamolardan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki barcha tarbiya yo’nalishlari o’zaro birlikda jamiyat va shaxs ma’naviyatini shakllantirish uchun xizmat qilib mazkur jarayonning natijasi axloqiylik mezonlari bilan o’lchanadi. Shu bois axloqiy tarbiya masalasiga har bir davrda o’ta dolzarb vazifa sifatida qaralgan. Tarixdan ma’lumki, axloqiy tarbiya Konfusiy, Aflotun, Arastu, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Ahmad Yuknakiy, Avloniy kabi mutafakkirlarning diqqat markazlarida bo’lgan va ular o’zlarining bu haqda noyob fikrlarini meros qilib qoldirganlar. Bu yerda har bir alloma fikriga to’xtalish imkoniyati ega bo’lmasak-da, ayrimlarining fikrini keltirib o’tamiz. Yunon faylasufi Aflotun(er. avv.4 asr)ning fikricha, tarbiya faqat azaldan insonga berilgan fazilatlarni shakllantiradi, yuzaga chiqaradi, xolos. Bordi-yu tarbiya noto’g’ri berilsa, u holda insondagi azaliy fazilatlar o’zgarishi yoki o’chishi mumkin. Axloqiy tarbiya insonni komillikka eltuvchi yo’llarning eng asosiysi hisoblanadi. Yunon faylasufi Arastu(er.avv. 4 asrda) “Ma’naviy barkamol inson aql bilan fazilat birligiga amal qiladigan kishidir. Fazilat (axloqiy-tarbiya mahsuli) insonning qo’lga kiritgan sifatidir.”-deb ta’kidlangan edi. Shunga ko’ra axloqiy tarbiya shaxsni ma’naviy-ruhiy kamol topishning asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Shaxsni axloqiy tarbiyalash murakkab uzluksiz jarayon bo’lib u jamiyat uchun eng dolzarb masala hisoblanadi. O’z vaqtida buni taniqli map’rifatparvar Abdulla Avloniy bir jumla bilan ifodalab bergan edi: “Tarbiya (axloqiy tarbiya- izoh bizniki) biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir”. Allomaning ushbu fikri hozirgi kunda yoshlarimizni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalashda dasturiamaliy ahamiyat kasb etmoqda. Shaxs axloqiy tarbiyasi axloqiy fazilatlar, me’yor va tamoyillarning muayyan usul va vositalari yordamida amalga oshiriladi. Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling