1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi


Download 4.7 Mb.
bet18/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi ma’naviy-axloqiy barkamol shaxsni shakllantirish bo’lib, bu axloqiy norma, tamoyil va me’yorlarni har bir kishining faoliyati, motivi hatti-harakatining mazmuni, turmush tarziga aylantirish vazifasi orqali amalga oshiriladi. Shu ma’noda axloqiy tarbiya–bu shaxsning axloqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan uzluksiz, tizimli jarayondir.
Mazkur vazifa bir-birini taqozo etuvchi obyektiv va subyektiv omillar birligida amalga oshiriladi. Jamiyat ma’naviy hayoti darajasi axloqiy tarbiyaning obyektiv sharoiti–omili hisoblanadi. Mazkur tarbiyaning subyektiv omili esa insondagi ilohiy noyob-ne’mat axloqiylikni muayyan tamoyil vosita va usullar bilan takomillashtirishga qaratilgan maqsadli jarayondir.
Axloqiy tarbiya quyidagi tamoyillar orqali amalga oshiriladi: 1)namunaviylik; 2)o’z-o’zini tarbiyalash; 3) uzluksizlik.
Namunaviylik – bu tarbiyalanuvchiga axloqiy me’yorlarning konkret shaxs faoliyatida qay darajada reallashganligini ibrat qilib ko’rsatishdir. Mazkur tamoyil ayni paytda tarbiyachining o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak, degan tamoyilga amal qilishni talab etadi.
Namunaviylik tamoyili, ayniqsa, yoshlarga oila, maktablarda odob, xulq ko’nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bolalar tabiatan taqlidchi bo’ladilarki, ular bunday ko’nikmalarni birinchi galda o’z ota-onalari, o’qituvchilaridan oladilar. Shuning uchun har bir ota-ona, pedagog yoshlarni faqat o’git, nasihat bilan berish bilan emas, balki namunaviy xatti-harakati, o’rnak ko’rsatish orqali tarbiyalashi talab etiladi.
O’z-o’zini tarbiyalash axloqiy tarbiya jarayonining faoliyat sifatida amal qilishning o’ziga xos shakli hisoblanadi. O’z-o’zini tarbiyalash–bu kishining o’z-o’zini anglashi, jamiyatning ehtiyoji, maqsadi mezonidan turib o’z-o’ziga baho berishi, o’z-o’zini nazorat qilishi asosida kechadigan faoliyati bo’lib, bunda u o’zini shaxs sifatida shakllantiradi. Shaxsda bunday qobiliyat maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonida shakllanadi. Va bunday tarbiya birinchi galda oilada amalga oshiriladi va bunda ota-onaninig farzandlarga namuna ko’rsatishi muhim rol o’ynaydi.
O’z-o’zini tarbiyalash ijobiy sifatlarini takomillashtirish va salbiy nuqsonlarni tuzatishga qaratilgan ongli va muntazam faoliyat deb ta’riflanadi. Lekin, shaxsda o’zining salbiy xislatlarini tushunish, uni yo’q qilishga intilish, yaxshi fazilatlarni rivojlantirish uchun harakat qilish faoliyati o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. Buning uchun barcha tarbiyachilar qunt bilan yoshlarni o’ziga nisbatan talabchanlik nuqtai-nazari bilan qarash yo’lida talay ish olib borishlari lozim. Bu o’rinda bolani kimga o’xshashi va kimdan ibrat olishiga ko’maklashish zarur. Ammo bu ish buyruq yoki ko’rsatma shaklida emas balkim, fikr-xohish bildirish yoki maslahat tarzida amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kishida tanqidiy qarash vujudga kelmasdan turib o’z-o’zini tarbiyalash amalga oshmaydi. Lekin boshqa kishilardagi kamchiliklarni tanqid qilish kifoya qilmaydi. Balkim o’ziga nisbatan qattiq talabchan bo’lish, o’z kamchiliklarni anglash va ularni qunt bilan yo’qotish muhim ahamiyatga molikdir. O’ziga nisbatan talabchan bo’lmaslik, o’z nuqsonlarini tan olmaslik, xudbinlikka va nihoyat axloqiy tubanlikka olib boradi. O’z-o’zini tarbiyalash yo’lida ijobiy natijaga erishmoq uchun yoshlarda o’z xulq-atvorini to’g’ri baholash qobiliyatini rivojlantirish, o’zi uchun ma’qul axloqiy ideal tanlash istagini vujudga keltirish lozim. Bu oqil ona tarbiya jarayoni va murabbiylarning shaxsiy ta’siri orqali vujudga keladi. Insonda o’z-o’zini tarbiyalash xususiyatlari kichik yoshdan boshlanib, yoshi ulg’aygan sari takomillashib boradi. Xususan, o’smirlik davrida taqlidchanlik ancha rivoj topadi. Ular ijobiy shaxslardan ibrat olish bilan birga ba’zan salbiy shaxslardan ta’sirlanib, ularning nojo’ya yo’llaridan borib qoladilar. Natijada manmanlik, ikki yuzlamachilik, bag’ritoshlik kabi yomon sifatlarni o’ziga yuqtiradilar. O’zlaridagi salbiy xislatlarni ijobiy faraz qilib ba’zan jinoyatlar sodir qiladilar. O’z-o’zini tarbiyalash jarayonini pedagogik nazoratsiz (stixiyali holida) qoldirib bo’lmaydi. Chunki yoshlarda hayotiy tajriba va shuningdek huquqiy bilimdonlik yetishmaydi. Buning ustiga ayrim o’smirlar o’jarlikni prinsipiallikni deb tushundilar .

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling