1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet26/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

(Chulpon).
Kuzning rutubatli oqshami edi
Bog’lar sekingina chekar edi oh.
Ruhimda bir xazon ayyomi edi,
Ajib go’zallikka duch keldim nogoh,
Bir zum go’zallikning huzurida jim,
Samoviy hislarga bo’lib qoldim band.
O, dono tabiat, o, buyuk hakim,
Hikmat ko’rmadim hech senga monand.
O’zing yuraklarga cho’ktirib qadar,
Xalos ham qilursan pahm etgan damda,
Shunday go’zallarni yaratmasang gar
Qolib ketarmidik doimo g’amda.
(A. Oripov).
(Bu haqda keyingi mavzuda batafsil fikr yuritiladi).
Ulugvorlik — estetik (nafosat)likning, xususan, go’zallikning uziga xos jixatlarda namoyon bulishidir. Falsafiy fikr tarixida kupgina faylasuflar ana shu uziga xoslikni aniklashga urinadilar. Ingliz faylasufi E. Byork (1729-97) “Ulugvorlik va go’zallik xakidagi tasavvurlarning paydo bulishi xakida tadkikotlar” nomli asarida ulugvorlikni kishining xayrat, kurkinch xis-tuygusini ifodalovchi kategoriya sifatida talkin kiladi. I. Kant ulugvorlik inson ruxida tugiladigan, uni junbushga keltiradigan xis-tuygu deb tushuntiradi. “Ulugvorlik, — deb ta’kidlaydi u, - xech kanday tabiat hodisalarini aks ettirmaydi, u faqat ruhimizda tug’yon uradi”. Uningcha, go’zallik hamma vaqt jozibali bo’lib, kishini zavqlantirsa, lazzatlantirsa, ulug’vorlik hayratlanish, qo’rquv his- tuyg’ularini uyg’otadi. Ulug’vorlik, Bryok, Kantlar ta’kidlaganidek, faqat “sof” tarzdagi qo’rquv, hayratlanish hissiyotini uyg’otib qolmasdan, kishida yuksak o’lchovlardagi, darajadagi estetik zavq, lazzatlanish tuyg’ularni hosil qiladi. Shunga ko’ra u go’zallik mezoniy tushunchasi mazmunining o’ziga xos shakldagi ifodalanishidir. Shunday qilib, ulug’vorlik bu narsa, hodisalarning yuksak daraja, mezonda baholanuvchi estetik qimmatini ifodalovchi kategoriyadir. IIIaxc estetik subyekt darajasidagina obyektning bunday qimmatini idrok eta oladi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan jarayonlarning mohiyati, uning taraqqiyotining oliy maqsadining estetik qimmatini anglamasdan, tasavvur etmasdan turib uni ulug’vorlik mezoni bo’yicha baholab bo’lmaydi. Masalan, shunday jarayonlardan biri ma’naviyatning mohiyatini, shakllanishini teran anglab olish uchun uning ulug’vorlik jihatini his eta bilmoq, kerak. I.A. Karimov ma’naviyatning g’oyat keng qamrovli, ko’lamli (ulug’vor) ekanligi, uni oddiy o’lchovlarga sig’masligi haqida shunday deydi: “Bizning ma’naviyatimiz asrlar davomida million- million kishilar taqdiri bilan shakllangan. Uni o’lchab ham, poyoniga yetib ham bo’lmaydi. U inson uchun bir olam....Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindash-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik-ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng”.48
Ulug’vorlikning obyektiv manbai qudratli kuchga ega bo’lgan tabiat hodisalari, insonning yuksak g’oyalarga fidoiyligi, ijtimoiy taraqqyotdagi tub sifat o’zgarishlari bo’lsa, subyektiv jihati — ularning yuksak estetik ideallar asosida baholanishidir. Mazkur jihat san’at sohasida o’z aksini to’la namoyon etadi. Shuning uchun agar cheksiz, sarhadsiz okean, osmono’par tog’lar, vulqonlar kishida “sof” holdagi qo’rquv, hayratlanish hissiyotini uyg’otsa, san’at asarlarida tasvirlangan ulug’vor narsa, hodisalar uni zavqlantiradi, ruhan lazzatlantiradi. Masalan, Cho’lponning “Xalq” she’rini o’qir ekanmiz, xalqning qudratli kuch ekanligini konkret-obrazli tarzda idrok etish, anglab olish bilan birga uning ulug’vorligini qalbdan his etamiz va zavqlanamiz.
Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq, kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq kuchdir...
Xalq ko’zgalsa kuch yo’qdirki, to’xtatsin,
Kuvvat yo’qqim, xalq istagin yo’q etsin..
Xalq isyoni saltanatni yo’q qildi,
Xalq istadi, toj va taxtlar yiqildi.49
Ulug’vorlikning jamiyat va inson hayotida namoyon bo’lishining qarama-qarshi qutbi tubanlik va pastkashlikdir. Bugungi kunda taraqqiyparvar, demokratik kuchlar faoliyatining ulug’vorligini ularning muxolifi bo’lgan terrorizmning tubanligini chuqur tushunib yetmasdan turib idrok etish mumkin emas. Tubanlilik tushunchasida muayyan guruh, alohida shaxsning ijtimoiy-estetik ideallarga zid hatti- harakatlari aks etadi. Masalan, diniy-ekstremizm, terrorizm to’dalari va ularning yo’lboshchisi, rahnamolarining bugungi kundagi hatti- harakatlari ana shu mezon bilan baholanadi.
Kundalik hayotda kishilar orasida uchraydigan oqpadarlik, nonko’rlik, sotqinlik, giyohvandlik va boshqa hatti-harakatlar ana shu o’lchovda baholanilganda kishida nafratlanish his-tuyg’ularini uyg’otadi.
Fojiaviylik mezoniy tushunchasida jamiyat va shaxs hayotidagi o’ta murakkab ziddiyatlar ifodalanadi. Mazkur ziddiyatlar ijobiy (taraqqiyparvar) va salbiy ijtimoiy kuchlar o’rtasidagi kurash tarzida kechadi. Uning estetik ahamiyati, mohiyati falsafiy kategoriyalar – zaruriyat va erkinlik mazmuni orqali anglashiladi. Bunday kurashlar ko’pincha taraqqiyparvar kuchlarning halokati, o’limi bilan yakunlanadi. Lekin ularning qismati mangulikka daxldor bo’ladi. Chunki bu o’lim (halokat) yuksak maqsad, ilg’or g’oyalar uchun kurash yo’lidagi fidoiylik bo’lib, abadiyatlik nomi bilan ataladi. Masalan, bugungi kunda istiqlol uchun kurashgan A.Qodiriy, Cho’lpon, Behbudiylarning halokatlarini fojiaviylikning ana shu mezoniy o’lchovlari bilan baholaymiz.
Kishi fojiaviylikning estetik ahamiyatini idrok etmasdan turib hayot, umr, yashashning maqsadini chuqur anglab yetaolmaydi.
Fojiaviylikni badiiy obrazlarda mujassamlashtiruvchi san’at ana shu jihatdan muhim rol o’ynaydi. Fojiaviylik san’atining tragediya janrida ifodalanadi. Mazkur janrda — fojiaviylik ijtimoiy ziddiyatlar konkret shaxs (xarakter) va turli xil holatlar, kuchlar o’rtasidagi keskin to’qnashuv, kurashlar tasvirida beriladi. Bunda konkret shaxs obrazining fojiasi ijtimoiy ziddiyatlarni hal qilish yo’lidagi halokat sifatida tasvirlanadi. Masalan, ingliz dramaturgi Shekspirning “Hamlet” asaridagi Hamlet fojiasi bu shunchalik tahqirlangan kishining o’z otasi uchun qasos olish hikoyasi emas, balki uning mavjud ma’naviy tubanlashishga yuz tutgan muhitni o’zgartirish yo’lida o’zini fido qilish tasviridir.
Arastu tragediya janrining xususiyati — bu qo’rqinch va hamdardlik uyg’otuvchi voqyealarni tasvirlash orqali kishini ruhiy poklantirish (katarsis)ligidir, deb hisoblaydi.(Qarang: Aristotel. Poetika, T.,1980. 23-24-betlar).
Kulgulilik (hajviylik) mezoniy tushunchasining mazmuni fojiaviylik tushunchasining mohiyati orqali anglashiladi. Chunki mazkur tushunchada ijtimoiy ahamiyatga molik ziddiyatlarga estetik ideal nuqtai nazaridan bo’lgan tanqidiy munosabat ifodalanadi. Estetik fikr tarixida kulgililik asosan go’zallik va xunuklik (Arastu), ulug’vorlik va tubanlik (Kant), soxta be’manilik va haqiqat (Gegel) o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning natijasi sifatida ta’riflaniladi. Ma’lumki, kulgi psixofiziologik hodisa bo’lib, turlicha tur, xillarda bo’ladi (hajviy, ironiyali, masxaraomuz va boshqa).
Ba’zi kishilar kulgi ta’siridan qattiq hayajonga tushadi, ruhiy zarbaga uchraydilar. Masalan, manbalarda qayd qilinishicha, Bobil va Yunonistonni vayron etgan Eron shoxi (e.o.?-465 vafot etgan) Kreks kulgidan o’lgan. Fransuz drammaturgi Pyer Ogyusten (1732-99 y) o’zini jahonga tanitgan “Seviliya sartaroshi” nomli komediyasini otasiga o’qib berarkan, keyingisi ichak uzdi kulgidan jon beradi. Qadimgi yunon drammaturgi Sofokl (e.o.496-40b) ham tomoshabin olqishlari ostida kulgidan vafot etgan.
Kulgulilikning estetik ahamiyati, mohiyati shundaki, unda jamiyat hayotidagi hodisalarga, shaxs hatti-harakatiga estetik ideal mezonidan turib baxo beriladi. Kulgililikning estetik mohiyati shundaki, u doimo kishida psixofiziologik holatni keltirib chiqaravermaydi. U qarama- qarshi qutbdagi tomonlarni oqlovchi yoki qoralovchi kulgidir. Boshqacha qilib aytganda, mazkur kulgi jamiyat va shaxs hayotidagi ziddiyatli hodisa, jihatlarga ijtimoiy - estetik ideal mezoni bo’yicha beriladigan bahodir. Shunga ko’ra u mohiyatan ijtimoiy ahamiyatga molik kulgi bo’lib, u ayni paytda kishida qayg’urish, achinish, azoblanish his-tuyg’ularini uyg’otadi.
Masalan, terrorizmning hatti-harakati umuminsoniy — gumanistik, estetik ideallar o’lchovidan turib baholanganda, shu ma’nodagi kulgililikdir. Kulgililik san’atining komediya, satira, yumor kabi janrlarida ifodalanadi. Komediya dramatik janr turi bo’lib, u go’zallikning muqobili bo’lgan xunuklikni turli xil obraz, xarakterlar to’knashuvida yuzaga keladigan kulgili holatlarda ifodalaydi. Kulgili holat esa, Arastu ta’kidlaganidek, xunuklikning bir qismi, xolos.
Masalan, Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasida qaynona-kelin munosabatini tasviri zamirida xunuk ijtimoiy fojialar keltirib chiqargan sobiq ittifoqning ma’muriy- buyruqbozlik boshqarish tizimi ustidan o’ulgan kulgi yotadi. Sadriddin Ayniyning “Qori ishkamba” hikoyasidagi Qori obrazi insondagi xunuklik, ma’naviy tubanlik go’zallik muqobilida tasvirlanganligi uchun kulgi uyg’otadi.
Shunday qilib, san’at asarlari fojiaviylik va kulgililikning estetik mohiyatini anglashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy xulosalar:

  1. Estetikaning mezoniy tushunchalari falsafiy mazmunga ega bo’lib, ular kishining tabiat, jamiyat hodisalariga va o’ziga nisbatan bo’lgan bahoviy munosabatini ifodalaydi.

  2. Estetik bilish umumiy mezonin tushunchalar tizimi orqali amalga oshiriladi.

  3. Estetik ong va faoliyatning mohiyati mazkur tushunchalar mazmuni orqali anglashiladi.

  1. Estetik mezoniy tushunchalar san’at asarlarini yaratish va ularni idrok etish, ma’naviy qadriyatlar sifatida baholay bilishning tamoyillari bo’lib xizmat qiladi.



Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling