1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet28/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

San’atning bilish vazifasi shu bilan izohlanadiki, u o’ziga xos bilish, aniqrog’i, estetik bilish turidir. Uning bu xususiyatini bilishning boshqa turlari, xususan, fan bilan taqqoslaganimizda aniqroq bilib olamiz.
Agar fan insonning dunyoni mantiqiy bilishi (tushuncha, hukm, xulosa chiqarish) orqali o’zlashtirishi usuli bo’lsa, uning san’atdagi bilishi esa his- tuyg’u va tafakkur birligida, ya’ni konkret- obrazli tarzda kechadi. Mantiqiy bilish inson voqyelikni obyektiv holatda, ya’ni unga o’zining subyektiv munosabatini bildirmasdan faqat mohiyatini bilish maqsadida o’rganadi. Konkret-obrazli bilish esa refleksiyali, ya’ni o’z-o’ziga qaratilgan bilishdir. Boshqacha qilib aytganda, kishi bunday bilishda voqyelikka (obyektga) o’zining ruhiy dunyosi, his-tuyg’usi, kechinmalari orqali munosabatda bo’ladi, unga baho beradi. Shunga ko’ra aytish mumkinki, san’at o’z-o’zini bilish, anglash vazifasini o’taydi. Ushbu vazifani boshqa birorta bilish turi, xususan, fan bajara olmaydi. Masalan, agar kishi yozuvchi Odil Yokubovning “Ulug’bek xazinasi” romanini o’qigandagina, uning bu shaxs haqidagi tarix fanidan olgan ma’lumotlari uning tasavvurida hayotiy faktlar, obrazlar timsolida qayta jonlanadi. Endi u hayolan o’sha davrda yashay boshlaydi, eng muxhmi Ulug’bek shaxsini qayta kashf etadi.
San’atning bunday xususiyati ayniqsa, bugungi kunda tarixiy xotirani tiklash orqali o’z-o’zini anglash vazifasini amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
San’atning tarbiyaviy vazifasi uning dunyoni badiiy-estetik o’zlashtirishi usuli ekanligi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra san’at asarlari kishining estetik ongiga ta’sir ko’rsatish orqali uning bir butun dunyoqarashini o’zgartiradi va ma’naviyatini shakllantiradi.
Shuning uchun san’at ayni paytda axloqiy, siyosiy-mafkuraviy, huquqiy tarbiya vazifasini o’taydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, san’at o’zining bunday vazifasini umumiy tarbiya tizimida estetik tarbiya vositasi bo’lib xizmat qilishligi orqali amalga oshiradi. (bu haqida keyin batafsil to’xtalamiz).
2. Badiiy ijod jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. Milliy istiklol g’oyasi va badiiy ijod. San’at estetik ong va faoliyat turi sifatidagi tabiati san’at asarlarining yaratilishi va iste’mol, idrok etilishi jarayonlarida namoyon bo’ladi.
San’at asarlarini yaratish bilan bog’lik faoliyat estetikada badiiy ijod jarayoni deb yuritiladi.
Badiiy ijod - umumiy ijod jarayonining muhim turi bo’lib, estetik faoliyatning tarqibiy qismi hisoblanadi.
Badiiy ijod refleksiyali (lotin. reflexi. - orqaga tashlangan nigoh, ichki aks ettirish ma’nosida) ijodkorning o’z “Men”iga nisbatan obyekt sifatida bo’lgan munosabati tarzida kechadi va shu tamoyil asosida san’at asarlari yuzaga keladi. Va bu orqali ularda insonning ichki ruhiy, ma’naviy dunyosi o’z ifodasini topadi.
San’at asarlarining yaratilishi murakkab ziddiyatli jarayon bo’lib, bu bir tomondan, ijodkorning iste’dod, talanti bilan shartlangan bo’lsa, ikkinchi tomondan, badiiy metod, tamoyillariga tayanilishni talab etadi. Iste’dod va talantsiz yuksak san’at asarlari yaratilmaydi. Badiiy metod esa ularni namoyon qildirish omilidir. Chunki san’atkor ijod usuli, tamoyillarini bilmasdan turib o’zida mustaqil, yangicha fikrlash qobiliyatini shuningdek, san’at asari yaratish mahorati va malakasini shakllantira olmaydi.
Badiiy metod — bu san’at asarlarini yaratishning tarixan shakllangan umumiy tamoyillarining tizimidir. Uning shakllanishi va amal qilishida quyidagi jihatlar muhim omil hisoblanadi: voqyelik, muayyan yo’nalishdagi dunyoqarash. Shunga ko’ra aytish mumkinki, badiiy metod — bu voqyelikni muayyan dunyoqarash nuqtai nazaridan turib aks ettirish, baholash uslubidir. Shunga ko’ra san’atda turli xil yo’nalish (oqimlar), badiiy uslublar (klassisizm, romantizm, realizm) bir-biridan farqlanadi (bu haqida oltinchi ma’ruza matnini o’qing). Estetika san’at falsafasi sifatida badiiy metodning umumiy tamoyillarini tadqiq etadiki, ular estetik qimmatga ega bo’lgan asarlarning yaratilishi hamda ularning ma’naviy qadriyatlar darajasida idrok etilishi, baholanishining zaruriy shartlari hisoblanadi. Bu tamoyillar quyidagilar: 1) voqyelikning umuminsoniy estetik ideallar nuqtai nazaridan turib aks ettirilishi, baholanilishi; 2) shakl va mazmun birligi; 3) badiiy obrazda tafakkur va his-tuyg’u yakkalik (individuallik) va umumiylik, obyektivlik va subyektivlik birligi.
Milliy istiklol g’oyasi, uning asosiy mezoniy tushuncha va tamoyillari badiiy ijod jarayoni uchun metod, dasturilamal bo’lib hizmat qiladi. Chunki mazkur g’oya halkimizning ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etish yo’lidagi ezgu asriy orzusi-intilishlari, hayotiy-estetik ideallarini o’zida aks ettiradi.52
Ijodkorlar oldidagi bugungi asosiy vazifa — bu jamiyatimiz a’zolarida, xususan, yoshlarimizda o’zlikni anglash, Vatan tuyg’usini shakllantiruvchi, ularni komillikka yetaklovchi, ibrat oladigan, ideal kahramonlar obrazini yaratishdir.
Prezident Islom Karimov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakat tashabbus guruhi bilan uchrashuvda so’zlagan nutqida ijod ahliga madaniyat namoyandalariga murojaat etib, bugungi kunning ana shunday fazilatga ega kahramonlari siymosini yaratishga da’vat kiladi. Shu munosabat bilan ijodkorlar oldida bunday ideal — Ibrat buluvchi kahramon qiyofasi, ma’naviy - ruhiy intilishlari qanaqa bo’lishi, ularning siymolarini qayerdan izlash kerak, degan savollar kundalang bo’lib qolmoqda. Ularning ko’pchiligi bunday kahramonlar siymosini hozirgi kunda tub o’zgarishlarni amalga oshirayotgangan kishilarimiz orasidan - hayotdan axtarib topish bilan yaratish mumkin, deb hisoblaydilar.
“Modomiki, Ibrat bulgudek qaramonlarni ko’rsatish bugungi kunning ehtiyoji ekan, - deb ta’kidlaydi taniqli yozuvchi Sh.Holmirzayev bu savollar xususida fikr yuritib, - nima qilmog’imiz kerak? O’ylab ko’raylik: belni mahkam bog’lab ishga kirishishdan o’zga yo’l yo’q. Zero, Ibratli insonlar hayotda bor. Unday insonlarni adabiyotda yaratish uchun yaratuvchining o’zidan ham ibratlilik talab etiladi. Zero, ... o’tmishdagi barcha Ideal va Ibratli kahramonlarni ijod etgan adiblarning o’zlari Ibrat namunalari bo’lganlar”.53
“O’zbektelefilm” studiyasining bosh muharriri Shoyim Butayev bu masala xususida shunday deydi: “Ibrat bo’lgulik kahramon, Ideal osmondan tushmaydi yoki hayol surib, o’ylab topib bo’lmaydi. Tub o’zgarishlar, yangilanishlar kechayotgan qaynoq hayot ichida bo’lish bunday imkoniyatni beradi ijodkorga. Hayotning o’zi bizga ana shunday qahramonni taqdim etishga shubha yo’q”.54
Bugungi kunda san’atkorlarning milliy mafkura sohasidagi vazifasi kishilarning badiiy tafakkurini, estetik ehtiyoj, ideallarini shakllantirish hisoblanadi. Bu esa, ayniqsa, milliy istiklol g’oyasi tushunchalari va tamoyillarining mazmunini kishilarimiz, xususan, yoshlarimiz ongiga, qalbiga singdirish vazifasi qo’yilgan bir paytda alohida ahamiyatga ega.
Badiiy ijod san’at asarlarining o’quvchi, tinglovchi, tomoshabin tomonidan badiiy idrok, iste’mol etishi bilan bevosita bog’liq jarayondir. Chunki, birinchidan, har bir san’atkorning talant, iste’dodi o’z xalkining tarixan shakllangan ma’naviy madaniyati zaminida shakllanadi, voyaga yetadi. Shunga ko’ra san’at asarlari xalq, millatning ma’naviy ehtiyojlari natijasi o’laroq yaratiladi va ularning mentaliteti - kechinmalari, his-tuygg’lari, ruhiy dunyosi, orzu-maqsadlarini ifodalaydi. Shu bois ijodkorlarni xalqdan olib o’ziga qaytaruvchilar deb ataydilar. Ikkinchidan, badiiy idrok, iste’mol etish jarayoni orqali san’at asarlari estetik qadriyatlarga aylanadi. Mazkur jarayonning kechishi esa san’at asarlarini tinglovchi, tomoshabin, o’quvchilarning badiiy-estetik ehtiyojlari, qarashlari asosida idrok etilishini taqozo etadi. Shunga ko’ra badiiy idrok san’at asarlarining ma’naviy kadriyatlarga aylanish jarayonining o’ziga xos mezoni bo’lib hisoblanadi. Bunda badiiy idrokning murakkab ziddiyatli jarayon ekanligini hisobga olish talab etiladi. Mazkur ziddiyat estetik ongi darajasi turlicha bo’lgan ijodkor va san’at asarini idrok etuvchi (o’quvchi, tinglovchi, tomoshabin) o’rtasidagi o’zaro munosabat, aloqada amal qiladi. Chunki idrok etuvchining estetik didi, ehtiyoji doimo birinchisinikiga nisbatan past darajada bo’ladi. U shuning uchun ijodkor, bir tomondan, o’z asarini yaratishda ommaning estetik ongi (ehtiyoji, didi) darajasini hisobga olmog’i va ikkinchi tomondan, umuminsoniy ijtimoiy-estetik ideallar,g’goyalariga tayanmog’i zarur.
Badiiy hayot sohasidan chetda yashovchi aksariyat ko’pchilik kishilar san’atga shunchalik vaqt o’tkazish, hordiq chiqarish, oddiy lazzatlanish vositasi sifatida munosabatda bo’ladilar. Boshqa bir toifadagilar esa san’at asarlari mazmuniga singdirilgan falsafiy-estetik g’oyani anglab yetaolmaydilar. Shuning uchun sarguzasht, oddiy syujetli asarlarni yuzaki, shaklan idrok eta oldilar, xolos.
Bunday toifadagi kishilar san’at asarlarini estetik qadriyatlar sifatida baholay olmaydilar. Va xuddi shunday kishilar siyosiy muxoliflarimiz tomonidan hozirgi kunda amalga oshirilayotgan mafkuraviy ta’sirga tez beriluvchan bo’dilar. Chunki ular bu ishni, eng avvalo, kishilarimizning, hxsusan, yoshlarimizning ongiga ma’naviyatimizga yot g’oyalarni ommaviy san’at vositalari (zo’ravonlik, fahsh, yovuzlikni targ’ib qiluvchi video, kinofilmlar) orqali singdirishga urinmoqdalar.
“Dunyoda bir qarashda beozor, siyosatdan holi bo’lib tuyuladigan shunday mafkuraviy ta’sir vositalari ham borki, - deb ta’kidlaydi Islom Karimov bu haqida, - ularga ko’pincha yetarlicha e’tibor beravermaymiz. Masalan, keyingi yillarda ko’plab namoyish etilayotgan jangarilik filmlarini olaylik. Bu filmlarni ko’pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan ko’radi, chunki odamzot tabiatan mana shunday to’polonlarni tomosha kilishga moyil... Shuning uchun ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko’pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o’rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi kotadi, kalbidan toshbagirlik, zo’ravonlik, axloksizlik kabi illatlar joy olganini o’zi ham sezmay qoladi”.55
Aytilganlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, badiiy idrok san’at asarlarining moddiy xolatdan (badiiy asar, rasm, kinotasma va b.) ma’naviy qadriyatlarga aylanishi omili, ularning yashash usulidir.
San’at turlarining paydo bo’lishi kishilarning ma’naviy va hayotiy, amaliy ehtiyojlari natijasi bilan bog’likdir. Boshqacha qilib aytganda, kishilarning ma’naviy-estetik ehtiyojlarining sifat jihatdan o’zgarib, rivojlanib borishi ularni qondirishga qaratilgan faoliyat turlarini yuzaga keltiradi. Masalan, musiqa san’ati insonning ichki ruhiy olamini boshqa san’at turlari to’la ifodalay olmaganligi sababli paydo bo’lgan.
San’atning turlarga ajralishining sabablaridan yana biri shundaki, aks etayotgan voqyelikning xilma-xilligi, rang-barangligi va uning turli xil usul va vositalarda tasvirlanishi, ya’ni badiiy obrazlarda ifodalanishligi bilan belgilanadi.Va huddi shunga kura san’at turlari turlicha badiiy idrok etiladi.
Shunga ko’ra san’at badiiy obrazning qanday vosita, usullari orqali yaratilishi va ularni badiiy idrok etish xususiyatiga ko’ra 4 turga ajratiladi:
1. O’qiladigan, ya’ni fikran idrok etiladigan san’at turi - badiiy adabiyot.
2. Hajm (fazo) jihatidan idrok etiladigan (tomosha qilinadigan) - me’morchilik., haykaltaroshlik, tasviriy san’at va h.
3. Vaqt o’chovi bo’yicha idrok etiladigan (tinglanadigan) san’at turi—musiqa
4. Fazo va vaqt birligida idrok etiladigan tomosha qilinadigan va tinglanadigan san’at turiga - teatr, kino, raqs, sirk, “oynai jahon” kiradi.
Badiiy adabiyot san’at turlari tizimida markaziy o’inni egallaydi.Chunki san’atning aksariyat boshqa turlari u yoki bu tarzda u bilan bevosita bog’likdir. Adabiyotning bunday xususiyati undagi obrazlilikning asosiy unsuri badiiy so’z ekanligi bilan izohlanadi. Shunga ko’ra boshqa san’at turlarida shuningdek, fanda ham ifodalanish qiyin bo’lgan fikr, tafakkur silsilasi uning obrazlarida mujassamlashadi. Shu bois mazkur san’at turini ko’pincha obrazli tafakkur, fikrlash ham deb ataydilar. Ma’lumki, fan ilmiy tushunchalar tizimi bo’lib, ular ramziylik, majoziylik, konkret hissiylikdan holi bo’lgan mantiqiy usullar - analiz, sintez, umumlashtirish, mavhumlashtirishlar orqali hosil qilinadi, shakllantiriladi. Badiiy adabiyotdagi so’z-tushunchalarning mazmuni esa fanda qo’llanilmaydigan, qayd etilgan vositalar (ramziylik, majoziylik, konkret - hissiylik) orqali anglashiladi, idrok etiladi. Masalan, estetika fanining “go’zallik” mezoniy tushunchasi mazmuni mantiq ilmining ta’riflash usuli orqali ochib beriladiki, buni har qanday kishi ham to’laligicha anglab olaolmaydi. Shu ma’noda fanning imkoniyati, ommaviylik nuqtai nazaridan cheklangandir. Badiiy adabiyot esa bu jihatdan fanga nisbatan ustivor mavqyega egadir. Chunki undagi tushuncha — so’zlarda ifodalanadigan fikr mazmuni konkret-hissiy, obrazli tarzda tasvirlanadi, suratlanadi. Va buning natijasi o’laroq u haqida har bir kishi aniq tasavvurga ega bo’ladi. Eng muhimi - undan estetik zavq oladi. Bu o’rinda G’afur G’ulomning “Go’zallik nimada?” sarlavhali she’rini olib qaraylik.
Go’zallik bir guldir,
Muddati — fasldir.
Yashamoq — asldir,
Siz, biz bor — u yashar.
Go’zallik — ishlayish,
Manglayin terlatish.
Go’zaldir ungan ish
Maqtansa yarashar.56
Ushbu she’rni o’qigan har bir kishi go’zallikni konkret-obrazli tarzda idrok etadi.
Badiiy adabiyot o’zining shu xususiyatiga ko’ra kishilik tarixining barcha davrlarida falsafiy-estetik g’oyalarning tajassumi bulib, ularni bir avloddan ikkinchisiga yetkazib kelgan. Maso’lan, bugun biz tasavvuf adabiyotisiz mazkur falsafiy ta’limotning mohiyatini to’la anglab yetaolmaymiz.
Badiiy adabiyotning o’zini unda voqyea, hodisalarni, xususan, inson ruhiy dunyosini qay daraja, ko’lamda va usulda tasvirlanishiga ko’ra uchta - epik, lirik, dramatik turlarga ajraladi.
Me’morchilik — kishilarning moddiy ehtiyojlarining ma’naviy ehtiyojlarga o’sib borishi natijasida yuzaga kelgan san’at turidir. Kishilar ma’lum bir tarixiy taraqqiyot bosqichiga kelib o’zlari yashaydigan uy-joylarini faqat yashash uchun zarur jihatlarini hisobga olgan holda emas, balki o’zlarining badiiy-estetik didlariga mos shaklda, ko’rinishda ko’ra boshlaydilar.
Shu tarzda asta-sekinlik bilan turli xil uslubda (rokoko, ampir, barokko va boshqalar) shahar binolari yaratiladi.
Me’morchilik binolari uslublarida muayyan davrda yashagan avlodlarning estetik ehtiyojlari bilan birga ularning siyosiy, mafkuraviy karashlari ham ifodalanadi. Sohibkiron bobomiz Amir Temur shunga ko’ra ham o’zi qurdirgan koshonalar peshtoqiga “Bizning kuch-qudratimizni bilmoqchi bo’lsangiz, ko’rgan binolarimizga qarang”, deb yozdirgan edi.
Tasviriy san’atda obrazlar asosan timsol - ramzlar bilan yaratiladi. Mazkur san’at musavvirlik, haykaltaroshlik, chiziqli rasm (grafika) kabi turlarga bo’linadi. Mazkur turlar bir-biridan voqyelik, hayotni o’ziga xos vosita, usullarda aks ettirishligi bilan farqlanadi.
Lekin ularda qo’llanilayotgan vositalar ramziy “tili”da, aniqog’i nur-soya, ranglar jilosiga tayanilgan holatda qo’llaniladi. Masalan, musavvir nur soyasini aynan chizmaydi, balki uning vositasida asarning estetik g’oyasini ifodalaydi.
Bu turdagi san’at asarlarini idrok etishda ana shu ramziylikni payqash muhimdir. Aks holda mashhur musavvirlar O’rol Tansiqboyev, Ro’zi Choriyevning asarlarini tabiatning shunchalik tasviri sifatida idrok etilgan bo’lur edi.
Bezakli — amaliy san’at turining xususiyati shunchaki, unda foydalilik va nafosatlilik uyg’unlashgan bo’ladi. Shunga ko’ra mazkur san’at kishilarning maishiy turmushi, kundalik amaliy faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Naqsh, bezak ushbu san’at turida qo’llaniladigan asosiy vosita hisoblanadiki, bu orqali me’morchilik binolari–“qotirilgan ohanglar”ga, ashyoviy buyumlar (kiyim, gilam, idish va b.) noyob narsalarga aylanadi.
Musiqada obrazlilik ohang, tovushlar uyg’unligi vositasida yaratiladi. Shuning uchun u eng nozik qalb tebranishlarini, ichki ruhiy dunyosini aks ettira oladiki, bunday imkoniyatga boshqa hech bir san’at turi qodir emas. Shu bois musiqadan tabobatda eng og’ir ruhiy hastalikni davolashning samarali vositasi sifatida foydalaniladi. Musiqaning estetik ta’sir kuchi shundaki, u kuchli zavq, nash’a, zavqlantirish hislatiga ega bo’lib, kishini ruhiy- ma’naviy poklantiradi, uni fozillikka yo’naltiradi. Forobiy musiqaning bunday tabiatini yaxshi anglaydi va ko’p jildli “Musiqa haqida katta kitob” risolasini yaratgan edi. Bundan uning ko’zlagan maqsadi musiqa ilmidan kishilarni xabardor qilish, ularga musiqadan zavqlanish, lazzatlanish yo’l-yo’riqlarini o’rgatish edi. Chunki buyuk faylasuf fikricha, bunday hislatga ega bo’lish haqiqiy baxt-saodat, fozillik va farovonlikka erishuv yo’lidir.57
Teatr qorishma san’at turi bo’lib, unda badiiy adabiyot, tasviriy san’at, musiqa vositalaridan birdek foydalaniladi. Teatrda dramatik asarda tasvirlangan hatti-harakat vositasida “jonlantiriladi” va sahnada namoyish etiladi. Mazkur vazifani aktyorlar amalga oshiradi. Shu bois ularni “harakatdagi shaxslar” deb ataydilar. Bunday harakat ularning “o’zligini unutib” kahramon kiyofasiga, uning ichki ruhiy dunyosiga kira olish va kishilarni bunga ishontira olish talantiga ega bo’lishligi bilan izohlanadi. Mahoratli aktyorlar, tomoshabinni voqyealar ichiga olib kiradi, uning ishtirokchisiga aylantiradi.
Aytishlaricha, London shahrining teatr binolarining birida Shekspirning mashhur “Otello” dramasi birinchi marta sahnada qo’yilayotganda shunday voqyea yuz bergan ekan. G’iybat, ig’volar qutqusiga uchib pok, beg’ubor xotini Dezdemonani bevafolikda shubha qilib bqg’ib o’ldirayotgan paytda aktyor- Otelloga qarab tomoshabinlarning biri tomonidan o’q uziladi. Voqyeaning sahnada kechayotganligini, o’zining tomoshabin ekanligini unutib qo’ygan zobit o’zini ham to’pponchasi bilan otib o’ldiradi. Ularni yonma-yon qo’yib ko’mishadilar va qabr ustiga “Eng mohir aktyor va haqiqiy tomoshabin” deb yozilgan marmar tosh qo’yiladi.
Kino va “oynai jahon” eng ommaviy san’at turlari hisoblanadi. Chunki ular kundalik turmush, hayotning barcha sohalarini texnik vositalar (kinokamera, ovoz, ranglarning ekrandagi hajmi tasviri va boshqalar) orqali aks ettiradilar. Mazkur san’at turlari tasviriy san’at, teatr, ayniqsa badiiy adabiyot bilan o’zaro yaqin aloqada rivojlanadi, o’z vazifalarini o’taydilar. Zotan, barcha kinofilmlar adabiy janr-kinossenariy asosida suratga olinadi. Shunday qilib, barcha san’at turlari o’ziga xos uslub, vosita va tiliga ega bo’lib, bular badiiy idrok etish jarayonida hisobga olinmog’i zarur.
3. San’at estetik tarbiya vositasi sifatida. Mazkur masala tahlili estetik tarbiyaning maqsad va vazifalarini aniqlab olishni talab etadi. (Biz bu xususda qisqacha to’xtalib o’tamiz, chunki bu masala uchun mustaqil o’qish soati ajratilgan). Estetik tarbiya umumiy tarbiya yo’nalishlari (siyosiy, mafkuraviy, axlokiy, huquqiy va boshqalar) tizimining muhim tarkibiy qismi - yo’nalishi hisoblanadi. Umumiy tarbiyaning asosiy tamoyili–shaxsni ijtimoiy, madaniy hayotda faol ishtirok etish va o’z “Men”ini qaror toptirish maqsadida unga muayyan vosita, usullar bilan ta’sir ko’rsatish estetik tarbiya uchun ham xosdir. Individ shaxs sifatida ijtimoiy muhit, obyektiv shart-sharoit va ayni paytda tarbiya ta’sirida shakllanadi. Bunda ko’pincha keyingi omil tarbiya ustuvorlik mavqyeini egallaydi. Shunga ko’ra ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan edi. Tarbiyaning bunday mavqyei eng avvalo estetik tarbiya yo’nalishida namoyon bo’ladi. Chunki mazkur tarbiya bevosita shaxsning ma’naviy-ma’rifiy madaniyatini, ijtimoiy-mafkuraviy faolligini oshirish maqsadiga qaratilgan jarayondir. Lekin ayni paytda estetik tarbiya o’ziga xos maqsad, vazifalarga egadir. Estetik tarbiya asosan kishining borliqqa bo’lgan estetik munosabatini, ya’ni uning ma’naviy lazzatlanish, zavqlanish his-tuyg’usi bilan yo’g’rilgan, biron-bir chakana foydalilikni ko’zlashdan holi bo’lgan munosabatini shakllantirishga qaratilgan faoliyat jarayonidir. Bunda uning bajaradigan ikkita vazifasini ajratib ko’satish mumkin: shaxning ma’naviy-estetik qadriyatlarni idrok va baholay bilish qobiliyatini shakllantirish hamda uning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish.
Estetik tarbiyaning o’ziga xos maqsadi - bu shaxning shu hildagi madaniyatini, ya’ni uning voqelikka estetik munosabatda bo’lishi va uni go’zallik, ulug’vorlik va boshqa mezoniy tushuncha tamoyillari bo’yicha baholay olish madaniyatini shakllantirishdir. Mazkur maqsadga esa shaxsning estetik ongi unsurlari - estetik ehtiyoj, did, ideal, qarashlarini maqsadli, doimiy yo’naltirilgan tarzda shakllantirish orqali erishiladi. Muayyan estetik madaniyat darajasiga ega bo’lgan kishi narsa, hodisalarning estetik qimmatini baholay olish qobiliyatga ega bo’lish bilan birga shunday qiymatga ega bo’lgan kadriyatlarni yaratish jarayonida faol ishtirok etadilar. Va bunday kishi o’zida erkin ijodkorlik qobiliyatini, ijtimoiy faolligini namoyon eta oladi. Taniqli estetik olim T. Mahmudov ta’kidlaganidek, shu bois estetik madaniyat bizni boyitadi, jamiyat ravnaqi uchun hxzmat qiladigan ijodiy qobiliyatlarimizni namoyon qilishga cheksiz imkoniyatlar ochib beradi.58
Estetik tarbiya bir qator vositalar - kishining maishiy muhiti, tabiat, mehnat, sport va b. orqli amalga oshiriladi. Lekin bular ichida san’at alohida mavqyega ega. Chunki u, birinchidan, o’z tabiatiga ko’ra estetik ong shakli va estetik faoliyat turidir. Ikkinchidan, u jamiyat ma’naviy hayotining barcha sohalarini o’zida mujassamlashtiruvchi dunyoni o’zlashtirish usuli hisoblanadi. Uchinchidan, san’at badiiy qadriyatlarni yuzaga keltiruvchi faoliyat sifatida estetik madaniyatning mag’zini tashkil etadi. Shuning uchun badiiy tarbiya, ya’ni san’at asarlaridan estetik zavqlanish, lazzatlanish ehtiyojini, ularni idrok etish - tushunish va baholay olish qobiliyatini shakllantirish hamda badiiy ijodga yo’naltirish estetik tarbiyaning faqat vositasi emas, balki ayni paytda tarkibiy qismi hamdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, mazkur tarbiya turini estetik tarbiyadan farqlay bilmoq zarur. Estetik tarbiya hozirgi paytda ham ba’zi adabiyotlarda san’at asarlarini idrok etish, baholash va ulardan zavqlanish, lazzatlanish malakasini hosil qilishga qaratilgan tarbiya sifatida talqin qilinadi. Shaxs badiiy idrokining shakllanganligi hali uning estetik madaniyati darajasini belgilovchi mezon bo’la olmaydi. Chunki mazkur madaniyat yuqorida ta’kidlaganimizdek, shaxsning keng qamrovli ijodiy faoliyati, ijtimoiy faolligida namoyon bo’ladi. Lekin estetik tarbiyani badiiy tarbiyasiz amalga oshirib bo’lmaydi. Bunda birinchisi ikkinchisi uchun faqat vosita vazifasini o’tab qolmasdan ayni paytda maqsadi hamdir. Chunki badiiy tarbiyaning so’nggi maqsadi san’at vositasida shaxs estetik ongini shakllantirish orqali uni ijodkorlik qobiliyatini namoyon qildirishdir. Shuning uchun badiiy tarbiya estetik tarbiya tamoyillari asosida olib borilmog’i zarurki, shu paytdagina u estetik madaniyat, ma’naviyatni shakllantirish, mustahkamlashning vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Badiiy tarbiya har tomonlama yondashishni talab etadigan murakkab jarayon bo’lib, ular muayyan zaruriy shart-sharoitlar, omil va tamoyillar orqali amalga oshiriladi. Bular asosan quyidagilar:
1. San’atni keng xalq, ommasiga yakinlashtirish, ularda san’atga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish uchun eng avvalo zaruriy shart-sharoitlar, moddiy bazani yaratish talab etiladi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlaboq, ushbu vazifa ma’naviyatni mustahkamlashning asosiy sharti sifatida kun tartibiga qo’yildi. “Ma’naviyatni mustahkamlash uchun, - deb ko’satadi I.A. Karimov,- mehnat va mablag’i ayash o’z kelajagiga bolta urish demakdir. Vatan va jahon madaniyatining, adabiyot va san’atning yutuqlari har bir oilaga yetib borishi uchun oilaning moddiy ta’minlanganligidan qat’iy nazar qulay sharoitlar yaratish talab etiladi”.59
2. Uzluksiz badiiy tarbiya tizimini tashkil etish. Umumiy o’rta ta’lim maktabi, o’rta mahsus lisey, kasb-hunar kolleji, oliy o’quv yurti ta’lim tizimini o’z ichiga oladigan badiiy-estetik tarbiya tizimini tashkil etish. Bunday tarbiya tizimi ta’limning insonparvarlashuvi, ijtimoiylashuvi prinsiplariga tayanilmog’i va u ta’lim oluvchilarda boy estetik dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirishga qaratilgan bo’lmogi zarur.60
3. Badiiy tarbiyani ahloqiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ekologik tarbiya yo’nalishlari bilan uzviy ravishda o’zaro birlikda olib borish talab etiladi. Mazkur tarbiya boshqa tarbiya yo’nalishlari bilan o’zaro ichki aloqadorlikda amal qilgan paytdagina u san’atning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatishini ta’minlashda omil bo’lib xizmat qiladi.
4. Kishilarda san’at asarlarini estetik mezoniy tushunchalar, tamoyillari asosida ma’naviy qadriyatlar sifatida o’zlashtirish, idrok etish malakasini shakllantirish. Faqat shu paytdagina badiiy tarbiya ma’naviy - estetik madaniyatni shakllantirishning vositasi bo’lib xizmat qiladi. Shunga ko’ra mazkur tarbiya bugungi kunda demokratik, fuqarolik jamiyati barpo etish va komil insonni barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil O’zbekistonda qaror topayotgan demokratik, fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi, bunday jamiyat tizimining negizini yangi tipdagi ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy-estetik barkamol kishilar tashkil etadi. Ma’naviy-estetik barkamollik orqaligina komillikka erishish mumkin.

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling