1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
Real ta’riflashda predmetning muhim belgilari ko’rsatib beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday ta’riflashda predmetning muhim xususiyatlari aniqlanishi asosida u muayyan sinfga kiruvchi boshqa turlardan ajratiladi. Masalan: «Olmosh – bu ot, sifat, son o’rnida keluvchi mustaqil so’z turkumidir», degan ta’rifda olmoshning muhim belgisi ko’rsatilishi bilan u boshqa so’z turkumlaridan ajratib olinmoqda.
Ta’riflanuvchi va ta’riflovchi tushunchalarning munosabatiga ko’ra ta’riflash ikki xil bo’ladi: aniq va noaniq. Aniq ta’riflashda ta’riflanuvchining mazmuni bevosita unda fikrlanayotgan predmetning muhim belgilarini ko’rsatish orqali ochib beriladi. Shunga ko’ra Dfn = Dfn qismlarining hajmi teng, moslik munosabatida bo’ladi. Masalan, «Kvadrat- ichki burchaklari – 360° teng geometrik shakl». Bunday ta’riflash mohiyatan real ta’rif hisoblanadi. Noaniq ta’riflashda esa ta’riflanuvchi tushunchaning mazmuni ma’lum bir kontekstda ochiladi. Aniq ta’riflashning turlaridan biri – bu eng yaqin jins va tur belgilarini ko’rsatish orqali ta’riflashdir. Bunday ta’riflash ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda ta’riflanuvchi tushunchaning eng yaqin jinsi topiladi, ya’ni u tur sifatida qanday jinsga kirishligi aniqlaniladi. Ikkinchi bosqichda ta’riflaniluvchi tushunchada ifodalanayotgan predmetning (turning) shu jinsga kiruvchi boshqa turlardan farqlanadigan muhim belgisi topiladi. § 3 da tushunchalar orasidagi bo’ysunish munosabatida bo’ysindiruvchi tushuncha jins, unga bo’ysinuvchi tushunchalar tur bo’lishligini ko’rib chiqilgan edi. Mazkur ta’riflashning birinchi bosqichini amalga oshirishda ana shu mantiqiy munosabatga tayanilish talab etiladi. Deylik, bizga «san’at» tushunchasini shu tarzda ta’riflash berilgan bo’lsin. Buning uchun, yuqorida aytilganidek, birinchi bosqichda san’atning jinsi-ijtimoiy ong shakli ekanligi aniqlaniladi. Va bunda «San’at – ijtimoiy ong shakli» degan umumiy ta’rif hosil qilamiz. Lekin ushbu ta’rif hali san’atning mohiyatini ochib bera olmaydi. Buning uchun uning ijtimoiy ong (jinsining) shakllarining boshqa turlaridan (axloq, din, fan va b.) ajratib, farqlantirib turadigan muhim belgilarini aniqlash talab etiladi. Ushbu mantiqiy amal ta’riflashning ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi. Bunda san’atni boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan o’zaro taqqoslash orqali uning ma’naviyat fenomeni, voqyelikni badiiy-obrazli in’ikos ettirishi va boshqa muhim belgilarini aniqlaymiz. Shundan so’ng: «San’at voqyelikni badiiy-obrazli in’ikos ettiruvchi ma’naviyat fenomeni sifatidagi ijtimoiy ong shaklidir», degan to’liq ta’rifni hosil qilamiz. Mazkur ta’riflash turi quyidagicha formula orqali ifodalanadi: Dfd = Dfn. Bunda Dfd = Dfn ta’riflanuvchi tushunchalar bo’lib, = ular orasidagi tenglik, moslik munosabatini ifodalovchi ramziy belgidir. Bu yerda shu narsani ta’kidlash kerakki, tariflanilayotgan tur tushunchaning ba’zi muhim belgilari shu jinsning boshqa turlarida ham bo’lishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha uning xususiy tarzdagi muhim belgilari aniqlanilishi zarur. Yuqorida keltirilgan misolimizda san’atning ma’naviyat fenomeni ekanligi faqat uning muhim belgisi bo’lmasdan, boshqa ijtimoiy ong shakllari uchun ham xosdir. Lekin unda voqyelikning badiiy-obrazli in’ikos ettirishligi faqat uningxususiy muhim belgisi hisoblanadiki, mana shu belgi orqali uni boshqa ijtimoiy ong shakllaridan ajratib olamiz. Eng yaqin jins va tur belgilarini ko’rsatish orqali ta’riflash barcha fan sohalarida, xususan, ijtimoiy bilishda keng qo’laniladigan mantiqiy usul hisoblanadi. Bu o’rinda Prezidentimizning «mafkura» tushunchasiga bergan klassik ta’rifini misol qilib keltirish mumkin. Bunda «mafkura» tushunchasining eng yaqin jinsi sifatida «g’oya» tushunchasi olinadi va uning muhim xususiyatlari ko’rsatib beriladi: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarash va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan… g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman».65 Aniq real ta’rifning ikkinchi turi genetik ta’rifdir. Genetik (grekcha genetikos- so’zdan olingan bo’lib, «paydo bo’lish» degan ma’noni ifodalaydi) ta’riflash deb predmetning paydo bo’lishi, uning qanday usulda shakllanishi bo’yicha beriladigan ta’rifga aytiladi. «Konus – bu uchburchakning o’z o’qi atrofida aylanishidan hosil bo’lgan geometrik shakldir», «O’zbekiston Respublikasi – bu sobiq ittifoq barham topgandan so’ng 1991 yil 1 sentyabrda o’z mustaqilligini Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birinchi bo’lib qo’lga kiritgan demokratik davlatdir» ta’riflari genetik ta’riflardir. Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling