1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet34/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Noaniq ta’riflash. Shunday tushunchalar borki, ularning mazmunini real ta’riflash vositasida ochib berib bo’lmaydi. Hajm jihatidan eng keng tushunchalar (kategoriyalar), matematik atamalar ana shular jumlasiga kiradi. Chunki ular mazmunan mavhum tushunchalar bo’lib, ularning jins va tur belgilarini aniqlab bo’lmaydi. Bunday hollarda noaniq ta’riflashga murojaat qilinadi. Mazkur ta’riflash turli shakllarga ega bo’lib, ular orasida eng ko’p qo’llaniladiganlari – bu kontekstual va predmetning o’ziga bo’lgan qarama-qarshilik munosabatini ko’rsatish orqali ta’riflashlardir.
Konstektual ta’riflashda tushunchaning mazmuni muayyan kontekstda ochib beriladi. Ma’lumki, kontekst (lotincha contextus so’zdan olingan bo’lib, «uzviy bog’liq» degan ma’noni ifodalaydi) – bu nisbiy tugal fikr bo’lib, uni ifodalayotgan har bir so’z, gapning ma’nosi aniqlanilgan bo’ladi.
Masalan: matematikadagi ko’pgina mavhum tushunchalar (sinus, kosinus, hosila va b.) faqat kontekstual, ya’ni ma’nosi aniqlangan boshqa mavhum tushunchalar orqali ta’riflaniladi.
Ayniqsa ushbu ta’riflash tilshunoslik sohasida keng qo’llaniladi. Masalan, ko’pgina kirish so’lar borki, gapda ko’pincha kirish so’z vazifasini bajarib keladi. Shuning uchun ularning qanday gap bo’lagi o’rnida kelishi kontekstda anglashiladi.
Predmetning o’ziga bo’lgan qarama-qarshilik munosabatini ko’rsatish orqali ta’riflash, asosan, jins va tur belgilarini aniqlab bo’lmaydigan falsafiy kategoriyalarni ta’riflashda qo’llaniladi. Masalan, “Shakl mazmunning namoyon bo’lishidir”, “Imkoniyat hali ro’yobga chiqmagan voqyelikdir” va b.
Tushunchalarni ta’riflashda predmetning barcha xususiyatlarini ko’rsatib berishning imkoniyati cheklangandir. Shuning uchun muhokama yuritishda ta’riflashga o’xshash usullar qo’laniladi. Bular: tasvirlash, tavsiflash, qiyoslash, tafovutlash, misollar yordamida tushuntirish.

Aksariyat xalq maqollari, aforizmli hikmatlardagi falsafiy fikr, teran ma’nolar ta’riflashning ana shu shaklida ifoda etilganini ko’ramiz. Masalan: «Kam gapirib, ko’p eshit», «Nomus tashqi vijdon». (M.Shopengauer); «Kishi yorug’ paytda qorong’ulik, baxtli damlarda – kulfat, xursandchilik holatida – g’am-g’ussa haqida kamdan-kam o’ylaydi, aksincha qorong’ulikda doimo yorug’lik, boshiga musibat tushganda baxt, muhtojlikda boylik haqida o’ylaydi» (I.Kant).


Tasvirlashda buyum va hodisalarning umumiy belgilari aniqlaniladi. Shunga ko’ra bunday usulda predmet haqida, garchi zohiriy bo’lsada, to’liq ma’lumot olinadi. Mazkur usul, ayniqsa, huquqiy sohada keng qo’llaniladi. Masalan, jinoyat sodir etilgan joy va uning tafsiloti inspektordan birorta mayda detal, holatni qoldirmasdan tasvirlashni talab etadi. Bu o’rinda mashhur izquvar Sherlok Xolmsning ko’pincha ana shu usul orqali jinoyatlarni ochib berishini esga olish xarakterlidir.
Shu narsani ta’kidlash kerakki, mantiqdagi tasvirlash va badiiy adabiyotdagi tasvirlash usullarini bir-biri bilan almashtirib yubormaslik kerak. Keyingisiga xos tasvirlash obraz, xarakterlar yaratish bilan bog’liq usul bo’lib, bunda mubolag’a, metaforalarga tayaniladi. Masalan, Sadriddin Ayniy Kori Ishkambaning o’ta xasisligini uning soch oldirganda boshining kal joyi uchun pul to’lamasligi orqali tasvirlaydi.
Tushunchani bo’lish deb uning hajmini ochishga qaratilgan mantiqiy usulga aytiladi. Bizga malumki, tushunchaning hajmi – bu unda fikrlanayotgan predmetlar ko’lami, turlarining yig’indisidir. Boshqacha qilib aytganda, tushunchada ifodalanayotgan predmetning muhim belgilarini o’zida mujassamlashtirgan turlarning majmui tushunchaning hajmini tashkil etadi. Tushunchani bo’lish unda fikrlanayotgan predmetlarni shunchalik turlarga ajratish bo’lmasdan, ayni paytda ularning muhim belgilari asosida muayyan jinsning tur (element)larini aniqlashga qaratilgan mantiqiy usul hisoblanadi. Bu esa tushunchalarda aks etgan buyum, hodisalarni har tomonlama bilib olish uchun xizmat qiladi.
Aytish mumkinki, bilish jarayonining boshlanishi tushunchalarni bo’lishdan boshlanadi. Darhaqiqat, qanday bir fanni olib qaramaylik, ularni o’rganish muayyan tushunchalar tizimining hajmini ochishdan, ya’ni bo’lishdan boshlanadi. Bo’lish usulini amalga oshirishda bo’linuvchi, yani hajmi ochilishi talab etiladigan tushunchani, bo’lish a’zolari – qismlarini, ya’ni bo’lishda hosil qilinadigan birga bo’ysunuvchi tushunchalarni, shuningdek, bo’lish asosini, ya’ni – bo’lish uchun asos qilib olinadigan muhim belgilarni bir-biridan farqlay bilish zarur. Bo’lishda bo’linuvchi tushuncha jins, bo’linma a’zolari esa unga birga bo’ysunuvchi tushunchalar sifatida olib qaraladi va bunda jins tushunchasining muhim belgisidan biribo’lish uchun asos qilib olinadi. Masalan, «gap» tushunchasini uning tuzulishi, fikrni ifodalashi belgilarini asos qilib olib, sodda va qo’shma gap; darak, so’roq undov gaplarga bo’linadi.
Tushunchani bo’lish ikki xil bo’ladi: belgilarning o’zgarib borishi bo’yicha bo’lish va dixotomik bo’lish. Tushunchaning muhim bir belgisi asos qilib olinib, so’ngra boshqa belgilariga o’tish orqali bo’lish belgilarining o’zgarib borishi bo’yicha bo’lish deb ataladi.

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling