1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniq ta’riflash
Genetik ta’riflash jins va tur orqali ta’riflashning o’ziga xos shakli hisoblanadi. Chunki predmetning qanday tarzda paydo bo’lishining o’zi ayni paytda uning muhim belgisi ekanligini ko’rsatadi. Darhaqiqat, uchburchakning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida paydo bo’lishi geometrik shakllardan faqat konusga, o’z mustaqilligiga birinchi bo’lib erishish MDH respublikalardan faqat O’zbekistonga xosdir.
Aniq ta’riflash bir qator qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Bular: 1. Ta’riflash mutanosib bo’lmog’i kerak. Mazkur qoidaning talabiga muvofiq, ta’riflanuvchi va ta’riflovchi tushunchalarning hajmi o’zaro teng bo’lishi kerak. Ya’ni: Dfd = Dfn. Tushunchalar hajmining tengligiga esa ular orasidagi moslik munosabatini o’rnatish orqali erishiladi. Ta’riflanuvchi va ta’riflovchi tushunchalar hajmining tengligini aniqlash uchun avvalo ularning muhokamadagi o’rni almashtirilib ko’riladi. Masalan, «Davlat – bu siyosiy tashkilotdir» degan ta’rif «Siyosiy tashkilot – bu davlatdir»ga almashtiriladi. Bunda o’z-o’zidan aniq bo’ladiki, ta’riflanuvchi («davlat») va ta’riflovchi («siyosiy tashkilot») tushunchalarining hajmi teng emas. Darhaqiqat, «siyosiy tashkilot» tushunchasining hajmi «davlat» tushunchasining hajmidan kengdir. Chunki birinchisining hajmiga siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va b. kiradi. Ya’ni faqat davlatning o’zini siyosiy tashkilot deb bo’lmaganidek, keyingisining hajmini faqat davlatning o’zi qamrab ololmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ular o’zaro moslik munosabatida emas, balki jins va tur munosabatidadirlar. Ularning hajmini tenglashtirish uchun davlatning boshqa siyosiy tashkilotlardan farqlantiruvchi muhim belgilari – qonun chiqaruvchi, ijroya va sud tizimi idoralaridan iborat oliy hokimiyat ekanligi ko’rsatiladi. Ushbu qoidaning buzilishi «haddan tashqari keng va tor ta’riflash» degan mantikdy xatoliklarga yo’l qo’yishga olib keladi. Haddan tashqari keng ta’riflash xatoligi ta’riflovchi tushunchaning hajmi ta’riflanuvchi tushunchaning hajmidan keng bo’lgan (DfdDfn) bo’lsa, bunda tor ta’riflashga yo’l qo’yilgan bo’ladi. Masalan: «Biologiya – o’simliklar va hayvonot dunyosini o’rganuvchi fan», deydigan bo’lsak, ta’riflovchi tushunchaning hajmi tor, chunki mazkur fanning predmetiga o’simlik va hayvonlardan tashqari boshqa tirik organizmlar ham kiradi. Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling