1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


-Mavzu: SAN’AT VA UNING IJTIMOIY HAYOTDA TUTGAN O’RNI VA ROLI. SAN’AT ESTETIK FAOLIYaTNING O’ZIGA XOS TURI SIFATIDA


Download 4.7 Mb.
bet27/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

7-Mavzu: SAN’AT VA UNING IJTIMOIY HAYOTDA TUTGAN O’RNI VA ROLI. SAN’AT ESTETIK FAOLIYaTNING O’ZIGA XOS TURI SIFATIDA
Reja:
1. San’atning paydo bo’lishi va uning estetik mohiyati. San’atning vazifalari.
2. Badiiy ijod jarayonining o’ziga xos hususiyatlari. Milliy istiqlol g’oyasi va badiiy ijod.
3. San’at estetik tarbiya vositasi sifatida komil insonni tarbiyalashdagi roli.
San’at ma’naviy hayotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu uning estetik bilish, anglash (ong) va shu tipdagi faoliyat sohasi ekanligi bilan belgilanadi. Estetika fani san’atni xuddi shu jihatdan o’rganadi.
Estetika san’atning paydo bo’lishi, tabiati, qonuniyat va vazifa (funksiya) larini o’rganish bilan mazkur anglash (ong) va faoliyatning mohiyatini to’laroq ochib beradi.
San’atning paydo bo’lishi masalasi xususida estetik fikr tarixida turlicha qarash, konsepsiyalar bo’lgan. Biz bu yerda shulardan ikkitasi - biologik va ijtimoiy konsepsiyalar ustida qisqacha to’xtalamiz.
Birinchi konsepsiya nazariyachilari asosan ingliz tabiatshunos olimi Ch. Darvinning (1809-1882) evolyusion ta’limotiga tayanadilar. Ma’lumki, bu tabiatshunos “Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish” nomli asarida insonning hayvonot olamidan tadrijiy taraqqiyot natijasi o’laroq ajralib chiqqanligi haqidagi farazni ilgari suradi. Va shunga tayangan holda nafosatlilik, go’zallikni his, idrok etish qobiliyati hayvonlarga ham xosdir, degan fikrni asoslashga harakat qiladi.
Biologik konsepsiya o’zining yuzaga kelishidan boshlab to hozirgacha turli hil yo’nalishda o’zgarib bordi.
Shulardan biri XVIII asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan o’yin nazariyasi bo’lib, uning asoschilari nemis faylasuf va estetiklari I. Kant (1724-1804) va I. Shiller (1759-1805)lardir. Ular o’yin — bu inson erkin faoliyatining namoyon bo’lishidir, shunga ko’ra u san’at bilan jinsdosh deb hisoblaydilar.
X1X asrning ikkinchi yarmiga kelib mazkur falsafiy qarash pozitivistlik (lotincha positivus — ijobiy) nuqtai nazaridan turib talqin qilina boshlanadi. Bunda hayvonlar uchun xos xususiyat bo’lgan o’yin san’atning paydo bo’lishining asosidir deb qaraladi. Masalan, inliz pozitivisti F.Spenser (1820-1.903) o’yin hayvon va insonlarga birdek xos, birdek taaluqli psixofiziologik faoliyatdir, san’atning paydo bo’lishini ham ana shu umumiylikdan kelib chiqqan holda tushunmoq zarur deb ko’rsatadi.
“Sosiobiologiya” deb ataladigan oqim hozirgi davr biologik konsepsiyaning yo’nalishlaridan biridir. Ushbu oqimning asoschisi amerikalik biolog E.O. Uilson bo’lib, uning qarashlari “Sosiobiologiya: yangicha sintez” (1975) nomli risolasida bayon etiladi. Uningcha, jamiyat hayotini tadqiq etuvchi fanlar biologiyaning mahsus bo’limlarini tashkil qilmog’i kerak. Shu jumladan, san’atning vujudga kelishi masalasini ham biologiya fani asoslari orqali hal etish mumkin. Biologik konsepsiya nazariyachilari tomonidan ilgari surilgan fikrlar san’atning paydo bo’lishi, badiiy ijod mohiyati masalasini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, biologik konsepsiya tamoyillarisiz badiiy ong, ijod genezisi va bu bilan bevosita bog’liq bo’lgan talant va iste’dod kabi masalalarining mohiyatini ochib berish mumkin emas.
Lekin mazkur konsepsiya san’atning paydo bo’lishida kishining biologik irsiy xususiyatlarining mavqyeini mutlaqlashtirgani holda, uning ijtimoiy tip sifatidagi tabiatini nazardan chetda qoldiradi. Ijtimoiy konsepsiyaga muvofiq san’atning paydo bo’lishining sababini insonning biologik tur tarzidagi tabiatidan emas, balki ijtimoiy tip — shaxs sifatida tarixan shakllanish jarayonidan axtarish kerak, deb hisoblaydilar.
Mehnat esa bunday jarayonning bosh omilidir, deb qaraydi mazkur konsepsiyaning nazariyachilari. Masalan, Plexanov, o’yin emas, mehnat san’atning paydo bulishining sababidir, chunki keyingisi birinchisiga nisbatan birlamchidir, deb tushuntiradi.
Shubhasiz, mehnat san’atning yuzaga kelishida muhim omil bo’lib hizmat qiladi. Lekin bunda uni asosiy sabab deb qarash mazkur masalaga yuzaki, bir yoqlama yondashishdir. Bunda quyidagi muhim jihatlar hisobga olinmaydi.
1) Mehnat — bu faqat, mazkur konsepsiya nazariyachilari nuqtai nazaricha, ishlab chiqarish qurollarini tayyorlash emas, balki ijodiyotdir.
2) Keyingisi (ijodiyot) esa mohiyatan kishining estetik anglashi (ongi) va faoliyatining uzviy birligida kechadigan jarayon bo’lib, bu uning bio-genetik, irsiy xususiyatlari — his-tuyg’u, ruhiy — emosional kechinma, ichki ehtiyojlar va boshqalar bilan zaruran shartlangandir.
3) San’at — bu faqat “ijtimoiy borliq”ning shunchalik in’ikosi natijasi — “ijtimoiy ong” shakli emas, balki sosio-biologik tur sifatidagi shaxs “Men”ining ongidir.
Shunday qilib, bizningcha, san’atning paydo bo’lishi, estetik mohiyati masalasini individning dunyoni o’zlashtirishida ayni bir vaqtda ham biologik tur, ham ijtimoiy mavjudot, ya’ni biososial tip sifatida tarixan shakllanishi jarayonida olib qarash bilan chuqurroq ochib berish mumkin.
Shunga ko’ra, mazkur masala tadqiq dunyoni o’zlashtirishnging ilk shakli — mifologik dunyoqarashning yuzaga kelishi va qismlarga ajralishishga uchrashini tahlil etishni taqozo etadi.
Mifologiya (yunon. mythos — naql, rivoyat, logos — ta’limot) ibtidoiy odamning o’zini qurshab turgan narsa, hodisalarga munosabati va ularning sabablarini bilib olish natijasi o’laroq yuzaga kelgan dunyoqarashdir. Bunday dunyoqarash jonli mushohadali, obrazli va aqliy bilish jihatlarining o’zaro qorishishi (sinkretik) birlikda amal qilishligi bilan izohlanadi. Shunga ko’ra mifologiya mohiyatan dunyoni ilk shakldagi badiiy — estetik o’zlashtirish usulidir. Mazkur dunyoqarashning amal qilishi kishilik tarixida uzoq davrni o’z ichiga oladiki, buni shartli ravishda uch bosqichga - yuzaga kelishi, to’liq shakllanishi va inqiroziga (qismlarga ajralishishi) ajratish mumkin.
Mifologik dunyoqarashning barcha bosqichlari ularning bir sifatdan boshqasiga o’tishi undagi obrazli — hissiy va aqliy jihatlar nisbati mavqyeining o’zgarib borishi bilan izohlaniladi.
Mifiy tasavvur shakllanishining dastlabki bosqichi odamning ijtimoiy mavjudot, (antropogenez - yunon. anthropos - odam, genesis - paydo bo’lish) sifatida shakllanish davriga to’g’ri keladi, deb tahmin qilish mumkin. Bu davrdagi odamning ongi biz bugungi kunda tushunadigan ong emas, balki aqliylik va hissiylik, obrazlilikning aynanligi, qorishiqligi bilan izohlaniladi. Bunday ongga ega ibtidoiy odam o’zini qurshab turgan narsa, hodisalardan o’zini ajratib qaramaydi, o’zining hislatlarini unga, ularnikini o’ziga kuchio’adi, jonlantiradi. “Kundalik fakt — tajribalarning mifga aylanishining birinchi va bosh sababi, - deb yozadi ingliz etnografi E.B.Taylor, - butun tabiatning jonliligiga ishonish hisoblanadi”.50[1][19] Illy davrda ibtidoiy odamning tabiatni jonlantirishi natijasi o’laroq uning olamning zoomorf (yunon. zoo — hayvon, morfe — tuzilish) manzarasi haqdagi obrazli tasavvurlari yuzaga keladi. Masalan, Yerni g’oyat katta baliq ustida turgan ulkan ho’kiz o’z shohlari ustida ko’tarib turishligi va boshqa shu kabilar.
Mifologiya tadrijiy taraqqiyotning ikkinchi bosqichining xususiyati ibtidoiy odamning o’zining “Men”ini tabiatdan ajratib qarashiligi bilan izohlaniladi. Bu davrda u endi tabiat bilan uning bo’lagi sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot tarzida munosabatga kirishadi. Bunda endi u o’zining mantiqiy mushohada yuritish, mavhumlashtirish qobiliyatiga ehtiyoj seza boshlaydi. Buning natijasi o’laroh mifologik ong tarkibida aqliy bilish jihati faollasha boshlaydi.
Agar uning taraqqiyotining birinchi bosqichida emosional – hissiy, obrazli idrok etish ustivorlik qilgan bo’lsa, keyingi bosqichda mavhumiy fikrlash - narsa, hodisalarni ramziy belgilarda ifodalash (til) bunday mavqyeni egallay boshlaydi. Buning natijasi o’laroq ibtidoiy odam endi qoya, g’or devorlariga har xil rasmlar (ramzlar) chiza boshlaydi.
Aytish mumkinki, bu bosqich miflar (afsona, rivoyatlar) ijod qilinishining dastlabki pallasi hisoblanadiki, bu san’atning, agar shunday aytish joiz bo’lsa, urug’dan unib chiqish davridir.
Ibtidoiy odamning dunyoni o’zlashtirish ehtiyojlarining oshib borishi bilan mifologik dunyoqarash asta-sekinlik bilan “inqihoz”ga uchraydi. Undagi hissiy va aqliy jihatlarning yahlit qorishiqligiga (sinkretiklik) darz keta boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, mifologik ong tarkibidagi obrazli - hissiy va aqliy bilish jihatlarining uyg’unligi buzila boshlanadi va ular qarama-qarshi qutblarga aylana boshlaydi.
Mazkur jarayon nihoyat, uning qismlarga (alohida ijtimoiy ong shakllariga) — din, axloq, falsafa, fan, san’at - ajralishiga olib keladi.
Mifologiyadan ajralib chiqqan barcha ijtimoiy ong shakllari uning hususiyatlarini vazifalarini uo’idan soqit qilganlari holda undan «begonalasha» boradi. Lekin faqat san’atgina mifologiyaning hususiyatlarini (dunyoni badiiy- estetik o’zlashtirish usuli ekanligi, hissiy- obrazli va aqliy bilish jihatlarining birligi, ko’p funksiyaliligi) o’zida saqlab qola oladi. Shu bilan birgalikda san’at alohida ijtimoiy ong shakli sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib boradi va jamiyat hayotida muayyan vazifalarni bajaradi. Biz endi bu masala ustida to’htalamiz.
San’atning o’ziga xos xususiyati, mohiyati shundaki, u estetik ong (anglash) va ya’ni dunyoni badiiy - estetik o’zlashtirish usulidir.
San’atning estetik ong shakli ekanligi uning obyektiv va subyektiv (ma’naviy) borliqni badiiy - obrazli tarzda aks ettirishi va uni ijtimoiy estetik ideallar nuqtai nazaridan turib baholashi bilan izohlanadi.
Boshqa xil obrazliliklardan (fotorasm, tasvir, geometrik shakllar va hakozo) farqli ravishda badiiy obraz narsa — hodisalarni yakkalik va umumiylik, obyektivlik va subyektivlik, his-tuyg’u va aqliylik birligida aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, badiiy obraz san’atning voqye’likni o’ziga xos tarzda aks ettirish, uni inson qalbi, ruhiyatiga, fikr va his- tuyg’usiga ta’sir etadigan shaklda umumlashtirish xususiyatidir. Shunga ko’ra u ma’naviy - ruhiy mazmunga ega bo’lib, muayyan g’oyani ifodalaydi. Masalan, agar suratchi tushirgan kishining rasmida uning muayyan vaqtdagi holati, tashqi kiyofasi aynan shu holda aks ettirilsa, musavvir (rassom) ishlagan portretda kishining ichki ruhiy dunyosi, ma’naviy qiyofasi umumlashtirilgan holda turli hil tasviriy uslublar (ranglar, buyoqlar jilosida, chiziq, soyalar) uyg’unligida tasvirlanadi va hakozo. San’atkor san’at asarida badiiy obraz orqali ma’lum narsa-hodisalarni aks ettiruvchisiga emas, balki o’zining, xalkining orzu-umidlarini, ijtimoiy g’oyalarini, qarashlarni ifodachisi, targ’ibotchisi hamdir.
Ma’naviy-ruhiy mazmunning, g’oyaning xususiyatiga va uning turli xil vosita, materiallarda mujassamlashishiga ko’ra badiiy obraz san’atning turlarida turlicha tuzilishga ega bo’ladi.
San’atning estetik faoliyat turi ekanligi san’at asarlarining yaratilishi va ularning idrok etilish jarayoni bilan belgilanadi.
Estetik faoliyatning natijasi bo’lgan san’at asarlari badiiy- estetik kimmatga ega bo’lib, u kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan qadriyatlar hisoblanadi. Shunga ko’ra san’at ma’naviy ishlab chqkarish sohasi hisoblanadiki, bu uning ijtimoiy hayotda tutgan o’rni, mavqyei va vazifalarini belgilab beradi.
San’at ko’p vazifa bajarishlilikxususiyatiga ega bo’lib, bu uning, yuqorida ko’ib o’tganimiz, estetik mohiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi.
San’at estetik, ijtimoiy-o’zgartiruvchilik, bilish, tarbiyaviy va boshqa vazifalarni bajaradi. San’atning estetik vazifasi shundan iboratki, u borliqdagi voqyea-hodisalarni badiiy obrazlar orqali ifodalab, kishilarda estetik did, ehtiyoj, qobiliyatni shakllantiradi, ijodkorlik ruhini, kayfiyatini, faoliyatini uyg’otadi. U shaxsning ichki, botiniy dunyosi, his - tuyg’usi bilan chambarchas bog’liqdir. Badiiy asardagi tasvir, voqyea-hodisa kishilarda zavq, qoniqish, hayratlanish, ma’naviy lazzatlanish kabi his - tuyg’ularni tug’diradi. San’atning ijtimoiy o’zgartiruvchilik vazifasi san’at asarlarida mujassamlashgan ijtimoiy-estetik g’oya, ideallarning jamiyat a’zolari tomonidan e’tiqod darajasida idrok etilishi va ijtimoiy taraqqiyot jarayoniga ta’sir ko’rsatishi bilan izohlaniladi. Shunga ko’ra san’at mafkuraviy vazifani o’taydi. Bu o’rinda shu narsani ta’kidlash kerakki, uzoq yillar davomida san’at kommunistik mafkuraning “xizmatkori”ga aylantirib kelindi. Bunda mafkura umuminsoniy gumanistik g’oyalarga yot qarashlar sistemasi, ya’ni dunyodagi barcha proletarlarni “kommunizm tug’i” ostiga birlashtiruvchi siyosatning nazariyasi hisoblanar edi.
Mafkura — bu tom ma’noda insonning o’z mohiyatini, o’zligini, yashashdan maqsadini anglashga xizmat qiluvchi ijtimoiy-estetik ideallar tizimi bo’lib, u milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. Bugungi kunda har bir jamiyatimiz a’zosi asrlar mobaynida orzu qilib kelgan mustaqillikning qadr-qimmati, mohiyatini teran anglash uchun unga muvofiq, o’z-o’zini anglash va yaratish dasturi — mafkuraga ega bo’lmogi g’oyat muhimdir. “Oldimizda turgan eng muhim masala, — deb ko’rsatadi Prezidentimiz bu vazifaning g’oyat muhimliligini ko’zda tutgani holda, - bu - milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizda tadbiq etishdir. Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib kelajakka ishonch, mehru-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim”.51[2][20]
San’atimiz bugungi kunda xuddi ana shu ma’nodagi mafkuraga xizmat qilmog’i zarur. San’atning ijtimoiy — o’zgartiruvchilik vazifasini yaxshi tushungan siyosiy muxoliflarimiz milliy mafkura, ma’naviyatimizga yot g’oyalar singdirilgan turli xil kinofilmlar, videofilmlar orqali kishilarimiz, xususan, yoshlarimiz ongiga ta’sir ko’rsatishga, o’zgartirishga harakat qilmoqdalar. Bu esa, ijodkorlardan yuksak gumanistik g’oyalar bilan sug’orilgan san’at asarlari yaratishni talab etadi. Zotan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda g’oyani, fikrni ma’muriy choralar bilan yengib bo’lmaydi, g’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahcra kirishish, olishish mumkin”.

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling