1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
– Mavzu: Estetik ong va estetik faoliyat
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Estetik faoliyat mehnatning o’ziga xos turi sifatida. Mehnat estetikasi sa’nat va hunar. Estetik faoliyat turlari: san’at, dizayn, texnika estetikasi. Tayanch iboralar
- Dars o’tish usuli
- Estetik qarash va nazariyalar e
- Estetik faoliyat e
5 – Mavzu: Estetik ong va estetik faoliyat
Reja: 1. Estetik ong va uning individuallik xususiyati. Estetikaning qadriyatshunoslik tabiati. 2. Estetik ongning asosiy unsurlari: estetik ehtiyoj va estetik munosabat; estetik tuyg’u va estetik did; estetik baho va estetik ideal, estetik qarash va nazariya. 3. Estetik faoliyat mehnatning o’ziga xos turi sifatida. Mehnat estetikasi sa’nat va hunar. Estetik faoliyat turlari: san’at, dizayn, texnika estetikasi. Tayanch iboralar: dizayn, texnika estetikasi, go’zallik, ulugvorlik, fojiaviylik, kulgulilik. Darsning maqsadi: estetik ongning asosiy unsurlari, ularning xususiyatlari, xamda estetik faoliyatning o’zoga xos xususiyatlaga ega ekanligi va ular shaxs estetikongining amal qilishning mezoniy o’lchovlari vazifasini o’tashligi maslasini yoritib beradi. Dars o’tish usuli: an’anavi va noan’anaviy – aqliy hujum, klaster, sinkvein usullarini birgalikda qo’llash. Darsning vositasi: kompyuter texnologiyalari tadbiqi – slaylar, electron ma’ruza, elektron qo’llanma. Darsning mazmuni. Estetik bilish insonning dunyoni o’zlashtirishining, anglashining tarkibiy qismi, ajralmas jihati hisoblanadi. Chunki bilish jarayoni mohiyatan insonning ijodkorlik-faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lib, bunda u narsa, hodisalarning qonuniyatlari bilan birgaliqda o’zining ham mohiyatini bilib oladi. Estetik bilish ayni paytda o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Birinchidan, mazkur bilish obyektivlik va subyektivlikning o’zaro birligida yuzaga keladi va amal qiladi. Uning bunday xususiyatini inobatga olmaslik, chuqur tushunmaslik falsafiy fikr tarixida unga bo’lgan biryoqlama, yuzaki talqin qiluvchi qarashlarni yuzaga qyeltirgan. Ularning birlari faqat obyektivlikni e’tirof etuvchilar bo’lib, (ular ko’pincha “tabiatchilar” deb ataladi) estetik bilish- bu voqyelikdagi narsa, hodisalarning o’ziga obyektiv tarzda xos bo’lgan “Estetik xususiyatlari”ni aks ettiruvchi bilishdir deb hisoblaydilar. Bunda ular voqyelik (tabiat)ning “Estetik xususiyati” deganda, uning kishiga bog’liq bo’lmagan go’zallik, ulug’vorlik jihatlarini ko’zda tutadilar. Ikkinchi bir qarash tarafdorlari subyektivlikni tan oluvchilar bo’lib, (ular “jamiyatchilar” deb ataladi) ular esa bunga zid, ya’ni moddiy dunyo, voqyelikdagi narsa, hodisalarga hech qanday obyektiv “Estetik xususiyat” xos emas, degan qarashni ilgari suradilar. Ularning fikricha, bunday xususiyat narsa, hodisalarga nisbat berish, baholash tarzida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida, konkret ijtimoiy munosabatlar jarayonida yuzaga keladi. Shunday qilib, voqyelikdagi narsa, hodisalarning uyg’unligi, o’zaro aloqadorligi, qonuniyatlarisiz ularning obyektiv, “Estetik xususiyatlari” yo’q. Shuningdek, ayni paytda muayyan ong darajasisiz ularning bunday xususiyatlarini anglab - bilib olish ham mumkin emas. Shunga ko’ra estetik bilish ongning yuksak bosqichi — estetik ong negizida yuzaga kelganidek, keyingisi esa o’z navbatida estetik bilish jarayonida shakllanadi. Ikkinchidan, estetik bilish refleksiv (lot.reflexio-orqaga tashlangan nigoh), ya’ni subyektning(lot.subjectum - ega) o’z-o’ziga qaratilgan bilishdir. Mazkur bilish umumiy bilish jarayonining turi sifatida subyekt tomonidan obyektning (lot. objectus - predmet, hodisa) mohiyati, qonuniyatlarini aniqlash uchun xizmat qilish bilan birga ayni paytda uning o’z-o’zini bilishi, anglashiga qaratilgan bo’ladi. Shunga ko’ra bunday bilish kishining ruhiy, ma’naviy oziqlanishi, lazzatlanishi bilan uzviy bog’liqda kechadigan jarayon hisoblanadi. Uchinchidan, mazkur bilish jarayonida jonli mushohada, hissiy bilish bosqichi (sezgi, idrok, tasavvur) ustivor mavqyega ega bo’ladi. Chunki subyekt obyektni bevosita idrok etmasdan turib, uning estetik xususiyatlarini bilib ololmaydi. Shuning bilan birgaliqda estetik bilish subyektning obyektga bevosita munosabatisiz vositali idrok etishi tarzida ham kechadi. Bunda uning mushohadali tasavvuri, hayoli muhim rol o’ynaydi. Masalan, diniy bilishda Xudoni mutlaq, go’zallik timsoli sifatida idrok etish, uning siymo, xususiyatlaridan ruhiy lazzatlanish va b. To’rtinchidan, estetik bilishda subyekt tomonidan obyektning nafosatlilik (Estetiklik) jihati baholanilgan tarzda aniqlaniladi. Boshqacha qilib aytganda, predmet, hodisalar go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik kabi mezonlar bilan baholaniladi. Shu ma’noda mazkur bilish ma’naviy qadriyatlar yaratilishning mezoniy o’lchovlari bo’lib xizmat qiladi. Zotan, bunday qadriyatlar ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy ahamiyatliligi bilan birgalikda go’zallik me’yorlari asosida yaratiladi. Beshinchidan, mazkur bilish tafakkur va his-tuyg’uning o’zaro birligida amalga oshadigan murakkab jarayon bo’lib, uning natijasi o’laroq ko’pfunksiyalilik tabiatga ega bo’lgan san’at yuzaga keladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, estetik bilish insonning voqyelik- obyektni o’ziga xos subyekt sifatida anglashi (Estetik ongi) natijasi o’laroq yuzaga kelishligi, keyingisi ayni paytda mazkur bilish jarayonida shakllanishligini ko’rib chiqqan edik. Demak, estetik ong va uning mohiyatini estetik bilishning xususiyatlari orqali bilib olish mumkin. Estetik ong ongning yuksak shakli (bosqichi) bo’lib, unda borliqdagi narsa, hodisalar, umuminsoniy g’oyalar emosional — his-tuyg’uli tarzda in’ikos etadi va ma’naviy qadriyatliligi nuqtai nazaridan turib baholaniladi. Estetik ongda jamiyat va shaxsning o’zaro birligi, aloqadorligi barcha ichki ziddiyatlari bilan in’ikos etadi. Shunga kœra mazkur ongning ijtimoiy ong va konkret shaxs (individ) ongi darajasida amal qilishni farqlay bilmoq kerak. Ma’lumki, ijtimoiy ong jamiyatdagi kishilar ongining o’zaro ichki aloqaga kirishishi o’laroq, yuzaga qyeladigan yangi sifatga ega ong shakli bo’lib, unda muayyan jamiyatning borlig’i, hayoti ifodalanadi. Shunga kœra jamiyatning estetik ongi shaxs estetik ongi asosida shakllanib, uning ma’naviy hayotining tarkibiy qismini tashkil etuvchi estetik ideal, estetik qarash va nazariyalar tarzida amal qiladi. Jamiyat estetik ongining subyekti — bu ijtimoiy guruh, qatlam, millat va elat, xalqlaridir. Ayni paytda ular estetik obyekt tarzida namoyon bo’ladi, chunki jamiyat ma’naviy hayoti taraqqiyoti darajasi ana shu ijtimoiy birliklarning estetik qarashlari, ideallarini tadqiq qilish orqali belgilanadi. Jamiyat estetik ongining muhim xususiyatlari shundaki, u garchi, hissiyot, emosionalli tabiatga ega bo’lsada, asosan tushuncha, xukm, xulosa chiqarish usullari bilan ish ko’ruvchi estetik ideal, qarash, nazariyalar tarzida amal qiladi. Shunga kœra mazkur ong bevosita mafkura, ijtimoiy, ahloqiy g’oya, qarashlar bilan bog’liq bo’ladi. Shaxs estetik ongi — estetik ehtiyoj, munosabat, estetik his-tuyg’u va did hamda estetik ideal, qarash, nazariya kabi unsur (tarkibiy qism)larning o’zaro birligidan tashkil topgan murakkab tizim hisoblanadi. Mavjud ko’pchilik adabiyot, o’quv qo’llanmalarida shaxs estetik ongi jamiyat (ijtimoiy) estetik ongining turi, uning tarkibida harakat qilishligi ta’kidlanadi. By e’tiroz bildirilmaydigan haqiqat. Lekin, bizningcha, bunda shaxsning, takrorlanmas “Men”i ikkinchi o’ringa qoladi. Aniqrog’i, bunda uning o’z ruhiy tuyg’u, kechinma, qiziqishlari bilan yashovchi individ (tabiiy-biologik tur) ekanligi, uning muayyan ijtimoiy guruh, tabaqa vakili ekanligi hisobga olinmaydi. Shaxs estetik ongining mohiyatini uning bu jihatni nazardan chetda qoldirgan holda to’liq anglab olish mumkin emas. Buni hisobga olmasdan turib, unda bunday ongni shakllantirish mumkin emas. Chunki, birinchidan, individ organizmi, xususan bosh miyasining takomillashish evolyusiyasi va uning negizida yuzaga kelgan sezish, his etish kabi organlari estetik sezgi, his-tuyg’ularining paydo bo’lishi, rivojlanishining moddiy asosi, organi hisoblanadi. Estetik zavqlanish, lazzatlanishning fiziologik asosi kishi bosh miyasining oliy qatlamlarida joylashganligi haqidagi fikr fiziolog, ruhshunos olimlar tomonidan o’tkazilgan tajribalar bilan tasdiqlangan. Ikkinchidan, har bir shaxsning ijtimoiy tip sifatida shakllanishi uning genetik jihatidan sog’lom nasli, biologik tur sifatida yashashining zaruriy shart-sharoitlari bilan bevosita bog’liqdir. Shunga muvofiq o’z-o’zidan ayonki, shaxsning estetik tuyg’u, didi va ehtiyojlarini uning sog’lom tabiiy-fiziologik kamolotisiz shakllantirish mumkin emas. Shu jihatdan olib qaraganda, hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz tomonidan sog’lom avlod naslini kamol toptirishning davlat ahamiyatiga molik vazifa sifatida kun tartibiga qo’yilishi alohida ma’no kasb etadi. Ma’lumki, hozir Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar, davlatchilik siyosatining pirovard maqsadi yuksak ma’naviyat qaror topadigan demokratik, fuqarolik jamiyatini barpo etish bo’lib, ushbu vazifani amalga oshirish har bir kishida vatanparvarlik, xalqiga fidoiylik his-tuyg’ularini shakllantirishni taqozo etadi. “Inson o’zini xalqining bip zarrasi deb sezgandagina, - deb ko’rsatadi Prezident Islom Karimov,- u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi”.45[1][14] Shaxs ma’naviyati uning estetik ongi orqali jamiyat, millat ma’naviyati bilan mushtaraklashadi. Shaxs estetik ongi jamiyat ma’naviyati rivojlanishida muhim mavqyeni egallaydi. Muayyan g’oya, qarashlar shaxs estetik ongida o’zlashtiriladi va faoliyatining mazmuniga, motiviga aylanadiki, bu jamiyat ma’naviyati yuksalishiga faol ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasi o’laroq, yuksakroq darajadagi ma’naviy qadriyatlar yaratiladi. Mazkur jarayon shu zaylda uzluksiz davom etadi. Shaxs estetik ongi nazariy va amaliy bosqichlar va ularning o’zaro birligi, o’zaro ta’sirida amal qiladi. Birinchi bosqichda shaxs estetik qarash va nazariyalar, ya’ni estetik bilim asosida voqyelikka munosabatda bo’ladi. Shunga ko’ra estetika fani shaxs estetik ongining mazkur bosqichida shakllantirishning muhim vositasi, nazariy asosi bo’lib hisoblanadi. Chunki mazkur fanning mezoniy tushunchalari, qonun-qoida va tamoyillarini bilmasdan turib nazariy estetik bilimga ega bo’lish mumkin emas. Shaxs estetik ongining amaliy bosqichi — bu uning hissiy bilish bilan bevosita bog’liq bo’lgan estetik his-tuyg’usi, idroki, didi kabi qobiliyatlari asosida kechadigan jarayondir. Shuning uchun mazkur bosqichdagi shaxs estetik ongi darajasi, asosan, uning badiiy ijod, san’at sohasiga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. Aytilganlarni quyidagi sxemada ifodalash mumkin. 1-rasm.Jamiyat estetik ongi A — estetik ideal, qarash, nazariya. A V-ijtimoiy ideal, g’oya, m afkura. o’zaro tasir, o’tish 2-rasm. Shaxs estetik ongi A-nazariy bosqich: nazariy estetik bilish V-amaliy bosqich: hissiy estetik bilish Shaxsda muayyan estetik ehtiyoj bo’lganidagina subyekt sifatida voqyelikka (obyekt) shunday darajada munosabatda bo’ladi. Demak, estetik munosabat estetik ehtiyoj negizida shakllanadi. Ho’sh, estetik ehtiyoj nima, u shaxsning boshqa ehtiyojlaridan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi? Inson biologik tur sifatida o’z ehtiyojlarini qondirish harakati bilan tiriqdir. Zotan: Er kishi birla o’lur andagi ehtiyoj, To u barhayot ekan, ehtiyoj etgay davom (Beruniy) Inson hayvonot olamidan o’zining turli-tuman ehtiyojlarini aql, farosat orqali qondirishligi bilan farqlanadi. Lekin uning shunday ehtiyojlari ham bo’ladiki, u hammada ham shakllangan bo’lmaydi. Bu estetik ehtiyojdir. Masalan, shunday kishilar toifasi borki, umr bo’yi mol, boylik to’plash bilan mashg’ul bo’lgan holda ma’naviy-ruhiy lazzatlanishi uchun birorta badiiy kitob, tasviriy san’at yoki boshqa xil badiiy qimmatga ega qadryatli narsa xarid qilishga o’zida ehtiyoj sezmaydilar. Estetik ehtiyoj ma’naviy ehtiyojning o’ziga xos yuksak tarzda namoyon bo’lish shaklidir. By o’ziga xoslik quyidagilardir: 1) Estetik ehtiyoj insonning narsa, hodisalardagi go’zallikni, nafosatlilikni his etish, anglash, ularni ana shu mezonda baholash, idrok etishga bo’lgan intilishi, qiziqishi eqanligi; 2) mazkur ehtiyoj subyektining obyekt moddiy manfaatdorliqdan holi bo’lgan munosabatiga asoslangan bo’ladi; 3) mazkur ehtiyoj estetik ong tarkbidagi muhim unsur bo’lib, boshqa qism unsurlari uchun asos vazifasini o’taydi. 4) mazkur ehtiyoj shaxs va jamiyat Estetik ongini o’zaro bog’lovchi va ular o’rtasidagi ziddiyatni bartaraf etishga xizmat qiladi. Kishida estetik ehtiyoj o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. U muayyan shart-sharoit va subyektiv omillar ta’sirida, xususan umumiy estetik tarbiya jarayonida shakllanadi. Bunda mazkur ehtiyojni qondirish va shaxsning bunga bo’lgan ichki faol intilishini hosil qilish muhim vazifa hisoblanadi. Bunga esa uni turli xil faoliyat sohalariga jalb etish, eng muhimi san’atga yaqinlashtirish orqali erishiladi. Shaxsdagi go’zallik, nafosatni his etish va undan ma’naviy zavqlanish hamda shu asosda faoliyat ko’rsatish malakasini hosil qilish estetik ehtiyojni shakllantirishning muhim shartlaridandir. Estetik ehtiyojlar asosida dastlab estetik his-tuyg’u shakllanadi va bu ayni paytda birinchisining rivojlanishi yangi sifatga o’tishi uchun tasir ko’rsatadi. Ma’lumki, insonning his-tuyg’ulari uning aqliy bilishi bilan bevosita bog’liq. Shunga ko’ra inson his-tuyg’usining ijtimoiy tipini ajratib ko’rsatish mumkin. Bunga uning: haqiqatni anglash, nomo’s, burch, mas’uliyat, vatanparvarlik, mehnat zavqi, ko’tarinkiligi kabi his- tuyg’ular kiradi. Inson his-tuyg’ulari ayni vaqtda, nisbiy mustaqil tabiatga ega bo’lib, oddiy shakl, holatlarda namoyon bo’ladi. (Ruhshunoslar uning 70 dan ortiq, hilini ajratib ko’rsatadilar) Xususan: ochiqish, chanqoqlik, horginlik, sog’inch, lazzatlanish va h.q.). Estetik his-tuyg’u inson his-tuyg’usining yuksak bosqichda namoyon bo’lish shakli hisoblanadi. Bu quyidagi jihatlar bilan izohlanadi. l. His-tuyg’uning ijtimoiy va shaxsiy (individual) shakllari (tur)ning o’zaro birligida amal qiladi. Masalan, kishi o’zining Vatan oldidagi burchini chuqur anglagan paytda uning uchun o’zini fido qila oladi va bundan o’zi va boshqalar ham ma’naviy qoniqish — zavq oladilar. 2. Manfaatdorliqdan holi, beg’araz his-tuyg’u bo’lib, uning zamirida narsa, hodisalarning nafosatliligi, go’zalligi (Estetik jihatidan)dan zavqlanish, lazzatlanish tuyg’usi yotadi. 3. Kishining o’z-o’zini anglashi, dunyoqarashi, ma’naviy ehtiyoji darajasi bilan zaruran shartlangan his-tuyg’udir. Darhaqiqat, faqat shu darajadagi estetik his-tuyg’usi shakllangan kishigina narsa, hodisalar zamirida yashiringan mohiyatli go’zallikni idroq eta oladi. Masalan, his-tuyg’usi oddiy va oraliq darajasida bo’lgan, ya’ni ijtimoiy tip darajasiga ko’tarilmagan kishi tabiatning ko’rkidan hayratlanishi, zavqlanishi tabiiy. Lekin uning timsolida ona yurt go’zalligini ko’raolmasligi, unda Vatan tuyg’usi, vatanparvarlik hislari to’g’yon urmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, estetik his-tuyg’u — narsa, hodisalar go’zalligining mohiyatini anglagan holda his etishdir. Sho’nga qo’ra inson sezgi, jonli mo’shohada organlarining ishtiroqisiz aqliy bilish, anglashi orqali ham narsa-hodisalar go’zalligini idroq eta oladi va o’ndan zavq, lazzat oladi. Masalan, Moldaviyadagi Zagorsqiy shahridagi barcha sezgi organlari ishlamaydigan bolalar o’yi direqtorining o’lar o’stida olib borgan tajribalari bu fikrni tasdiqlaydi. Estetik his-tuyg’u asosida Estetik did shakllanadi va rivojlanadi. Estetik did bu kishining narsa-hodisalarning nafosatliliq (Estetikliq) mohiyati (jihati)ni idroq etish va baholay bilish qobiliyatidir. Estetik didga ega bulgan kishi narsa, hodisalar hamda san’at asarlarini Estetik obyeqt sifatida idroq etadi va o’lardagi go’zallik, ulug’vorlik jihatlarini xunuklik, tubanlilikdan farqlay oladi. Estetik did inson faoliyati bilan bog’liq bulgan umumiy didning yuksak shaklida namoyon bulishidir. Chunki umumiy did kishining obyeqtni barcha to’rdagi ehtiyoj va manfaatlari bilan bog’liq holda baholay bilishi (yahshi, yomon, foydali, foydasiz, ijobiy, salbiy va h,.q.) bulsa, estetik did uni estetik subyekt sifatida, ya’ni uni nafosatliliq mezoni asosida kadrlay bilish qobiliyati hisoblanadi. Masalan, bunday didga ega bo’lmagan kishi uchun har qanday yuksak san’at asari namunalari (deylik, tasviriy san’at) hech qanday (narxidan tashqari) qimmatga ega emas. Kishi estetik didining qay darajada shakllanganligi uning sanat asarlarini ma’naviy qadriyatlar sifatida baholay bilishi, idrok etishida namoyon bo’ladi. Estetik did — bu kishining go’zallik, uning barcha ko’rinishlarida namoyon bo’lishidan ruhiy, ma’naviy lazzatlanish qobiliyatidir. Kishi obyektni ma’naviy qadriyat sifatida baholay bilganidagina shunday qobiliyatga ega bo’ladi-ki, buning uchun uning Estetik ideali, qarashlari shakllangan bo’lmog’i kerak. Estetik did his-tuyg’u va tafakkurning o’zaro uyg’o’nligida amal qiladi. Chunki narsa-hodisalarni nafosatlilik, go’zallik mezoni bo’yicha baholash- bu ular haqidagi sof mantiqiy mazmundagi fikr emas, balki shaxsning ularga bo’lgan subyektiv munosabatidir. Mazkur munosabatda esa uning konkret individ sifatidagi ruhiy dunyosi, his-tuyg’ulari, kechinmalari mujassamlashgan buladi. Estetik didning mana shu jihatini bo’rttirib ko’rsatish uni kishining to’g’ma qobiliyatidir, deb xulosa chiqarishga olib qyeladi. (masalan, I. Kant o’z vaqtida shunday qarashni ilgari surgan edi.) “Did borasida bahslashmaydilar”, degan ibora ham mazkur xulosaning o’ziga xos ifodasidir, deb aytish mumkin. Estetik did muayyan obyektiv va subyektiv omillar birligi ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Badiiy-estetik tarbiya ana shunday muhim subyektiv omillardan biri hisoblanadi. Estetik ideal (yunoncha ideal-g’oya, 6oshlang’ich obraz) estetik qadriyatlarning orzu qilingan, talab darajasidagi obraz, tasavvurlarni konkret hissiy shaklda ifodalovchi ong unsuridir. Inson o’zi bevosita idrok etadigan narsa, hodisalarga estetik munosabatda bo’lish bilan chegaralanib qolmasdan, ayni paytda ularga muayyan estetik ehtiyoj, orzu-maqsadlari bilan shartlangan tasavvurlari orqali ham shunday munosabatda bo’ladilar. Shunga ko’ra estetik ideal — bu obyektning subyekt tomonidan muayyan maqsadga qaratilgan kontret-obrazli, tasavvurli in’ikos ettirishidir. Shu jihatdan olib qaraganda, milliy istiqlol g’oyasi, mafkurasi jamiyatimizning estetik idealini ifodalaydi. Zotan, ushbu tushunchalar mazmuni orqali Vatanimizning kelajagi, ravnaqi, farovonligi kabi g’oyalarning ma’nosini teran anglab yetishi mumkin (Qarang: Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar T. 2000; 6-bet). Estetik idealning konkret tarzda namoyon bo’lish sohasi san’at hisoblanadi, chunki badiiy obrazlarda g’oyalar konkret — hissiy shaklda ifodalanadi va kishilar tomonidan idrok etiladi. Estetik idealsiz kishi ma’naviy qashshoq, e’tiqodsiz meshchan - xudbin kimsadirki, bundaylar o’zining kundalik mayda havas, ehtiyojlari bilangina yashaydilar. Ularning siymosini shoir quyidagicha tasvirlaydi. O’sha mayda havas qurboni — meshchan, Birov o’layotsa demas “qalaysiz?”. Dumbasi lorsillar, qorni naq meshdan. Bunisi bozorning podshohi Toiriy Pulini naq to’lang... - otasin tashlab, Sotib yuboradi onasini ham. (O’. Azimov. Surat parchalari. T. 1993. 15-bet) Sosiologiq tadqiqotlar natijasiga ko’ra o’smirlar orasida jinoyatlarning 90 foizidan ortig’i muayyan maqsad, ideallardan holi guruh, to’dalarning ta’siri ostida sodir etilar ekan. Estetik qarash va nazariyalar estetik ong (anglash) unsurlari mazmunining falsafiy umumlashgan, tizimlashgan shakldagi ifodasidir. Ular estetik ongning g’oyaviy-mafkuraviy soha si bulib, fikr shakllari (tushuncha, muhokama, xulosa chiqarish) da bayon etiladigan g’oya, ta’limotlar ko’rinishida mavjud bo’ladi. Masalan, istiqlol estetikasi masalasi tadqiq qilinadigan bo’lsa, milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha, tamoyillarining mazmuniga asoslaniladi va xulosalar chiqariladi. Estetik qarash va nazariyalar tabiat, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari va inson mohiyati bilan bog’liq bo’lgan muammolar haqidagi tizimlashgan bilimlardir. Estetika fani ana shunday qarash va nazariyalarni ifodalovchi bilimlar majmo’idir. Estetik qarash, nazariyalar mazkur soha bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar tomonidan ilgari suriladi, asoslaniladi. Shuning uchun ularning ko’pchiligi turlicha falsafiy-diniy talimot, g’oyalarga asoslangan bulib, turlicha yo’nalishlarda bo’lishi mumkin. Masalan, Aristotel, Gegel, Kantlarning estetik qarashlari va h.q. 3. Estetik faoliyat estetik ong asosida yuzaga keladigan, shakllanadigan inson faoliyatining o’ziga xos turidir. Estetik ongning yuqorida ko’rib o’tganimiz, barcha unsurlari o’zaro birliqda uning amaliy bosqichida faoliyat shaklida amal qiladi. Estetik faoliyat estetik ongda ifodalangan g’oya, qarashlarning ro’yobga chiqishi, amaliyotga aylanishining usulidir. Demak, mazkur faoliyat, agar shunday aytish joiz bo’lsa, estetik ongning real tarzda “ishlashi” jarayonidir. Mana shu jarayonda estetik faoliyat ayni paytda yana ong shaklida yuksak bosqichga o’tadi. Bu jarayon davriy (sikllilik)lik xarakteriga egadir. Buni quyidagi rasmda ifodalash mumkin. 3-rasm. A - Estetik ong B-Estetik faoliyat o’zaro ta’sir va o’zaro o’tish A V Estetik faoliyat mehnatning o’ziga xos turi hisoblanadi. Bu quyidagilarda namoyon bo’ladi. 1) mazkur mehnat o’z tabiatiga ko’ra ijodiy hislatga ega bo’lib, unda insonning qobiliyati, iste’dodi, tazyiqsiz, erkin tarzda yuzaga chiqadi. 2) mazkur mehnat jarayonining natijasi o’laroq etetik qiymatlarga ega bo’lgan qadriyatlar yaratiladi. 3) mazkur faoliyat obyektivlik va subyektivlik birligida kechadigan munosabat jarayonida amal qiladiki, u inson mehnatining (faoliyatining) turli sohalari bilan bevosita bog’liqdir. Insonning biologik tur sifatidagi (Noma Sapines) darajasidan ijtimoiy-estetik tip bosqichiga o’tishi o’zi yasagan mehnat uo’laroq yuz beradi. Ibtidoiy odamlarning bunday ijodkorligi ularning dastlabki estetik ongi unsurlarining shakllanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi. Masalan, ularning ijodqorligi samarasi o’laroq yaratilgan bezakli, shakldor buyumlar faqatgina foydaliligi bilan emas, balki chiroyliligi, xushbichimliligi va boshqa shu kabi jihatlari bilan ham iste’molchilarni o’ziga jalb etgan. Bu esa ularda buyumning moddiy ehtiyojlari (foydali, manfaatli) bilan birliqda estetik ehtiyojlarini qondiruvchi xususiyatlarini farqlay bilish qobiliyatlarini ham shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, har qanday mehnatning natijasi muayyan ne’mat, boylik yaratish bilan yakunlanadiki, ular kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Estetik faoliyat ham mehnat sohasi hisoblanadi. Lekin u, yuqorida ko’rib o’tganimizdek, mehnatning barcha turlari (aqliy va jismoniy) ning ijodkorlik darajasida amalga oshirishni taqozo etadigan mehnat turidir. Estetik faoliyat - bu ijodkorlik faoliyatidirki, shunga ko’ra uning turlarini ko’rsatish mumkin: moddiy ishlab chiqarish sohasidagi (dizayn, texnika estetikasi, xunarmandchilik), ma’naviy ishlab chiqarish sohasidagi (san’at, xalq amaliy san’ati) estetik faoliyat. Biz bu yerda qisqacha birinchi turi haqida to’xtalib o’tamiz (san’at alohida mavzu sifatida o’tiladi). Dizayn (inglizcha Sesigh - loyiha) predmetlashgan jihozli muhitni shakllantirishga qaratilgan badiiy-texnik faoliyat turidir. Mazkur faoliyatning xususiyati shundaki, bunda obyektlarning barcha jihatlari (foydaliligi, maqsadga muvofiqligi, ko’rinishi va h.k.) birlikda olib qaraladi va shu bo’yicha loyihalashtiriladi. Dizaynlik faoliyatining asosiy metodi — bu badiiy loyihalashtirishdirki, bu barcha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Mazkur metodda shakl (tashqi ko’rinish) va mazmun (simmetriklik., uyg’o’nlik, ritmiylik va h.k.) o’zaro mo’vofiqligiga erishish tamoyili belgilovchi jihat hisoblanadi. Masalan, avtomobilning tashqi ko’rinishi faqat chiroyli bo’lishi bilan birgalikda boshqa talablarga ham javob berishi kerak (havfsizlik va boshqa). Texnika estetikasi (yunoncha techne — ustakorlik, mohirlik) dizayn vosita, metodlari yordamida inson hayoti va faoliyatida predmetlashgan, buyumlashgan jihati, muhitini shakllantirish, yuzaga keltirish qonuniyatlarni o’rganuvchi estetika sohasidir. Mazkur fanning tadqiqot obyektiga qayd etilgan yo’nalishdagi ko’pgina masalalar kiradi. Xususan, dizaynning umumiy nazariyasi, inson va buyumlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, sanoat mahsulotlarining iste’mol xususiyatlarini bashorat qilish va baholash va boshqalar. Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling