1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
- mavzu: Estetikaning mezoniy tushunchalari (kategoriyalari)
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. San’atning vujudga kelishi va uning estetik mohiyati, vazifalari.
- Dars o’tish usuli
6- mavzu: Estetikaning mezoniy tushunchalari (kategoriyalari)
Reja: 1. Estetika mezoniy tushunchalarining xususiyatlari, ular estetik bilishning omili sifatida. Nafosat-estetikaning eng qamrovli mushtarak mezoniy tushunchasi. 2. Go’zallik va uning namoyon bo’lish sohalari. Ulug’vorlik, fojeaviylik va hajviylik (kulgililik) mezoniy tushunchalari. .Fojiaviylik va estetik ideal; fojiaviylikning san’atda namoyon bo’lishi; Kulgililik.Kulgi va uning hayotdagi o’rni; kulgilikning san’atda namoyon bo’lishi va uning ifoda shakllari. 3. San’atning vujudga kelishi va uning estetik mohiyati, vazifalari. San’at va fan. San’atda hayotiy haqiqat va shartlilik . San’at asarida badiiy obraz, unda umumiylik, xususiylik va alohidalikning yaxlit namoyon bo’lishi. 4. San’atning turlari va ularning xususiyatlari, o’zaro aloqadorligi va nisbiy mustaqilligi. a) badiiy adabiyot; b) xalq amaliy san’ati; v) me’morchilik; g) rassomlik; d) haykaltaroshlik; ye) teatr, sirk, kino. 5. Badiiy ijod jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. Iste’dod va mehnat. San’atkorning jamiyatdagi o’rni. Sa’nat-estetik tarbiyaning asosiy vositasi sifatida. Tayanch iboralar: dizayn, texnika estetikasi, go’zallik, ulugvorlik, fojiaviylik, kulgulilik. Darsning maqsadi: estetik ongning asosiy unsurlari, ularning xususiyatlari, xamda estetik faoliyatning o’zoga xos xususiyatlaga ega ekanligi va ular shaxs estetikongining amal qilishning mezoniy o’lchovlari vazifasini o’tashligi maslasini yoritib beradi. Dars o’tish usuli: an’anavi va noan’anaviy – aqliy hujum, klaster, sinkvein usullarini birgalikda qo’llash. Darsning vositasi: kompyuter texnologiyalari tadbiqi – slaylar, electron ma’ruza, elektron qo’llanma. Darsning mazmuni. Estetika borliqni estetik va badiiy o’zlashtirishning umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi falsafiy fan sifatida muayyan kategoriyalar (mezoniy tushuncha) lar tizimi bilan ish ko’radi. Mazkur kategoriyalar shunga ko’ra asosan ikki guruhga ajratiladi:1) Estetik faoliyat kategoriyalari (estetik o’zlashtirish, dizayn, estetik idrok, badiiy loyihalash, texnika estetikasi); 2) estetik (nafosatlilik) xususiyatlari va san’atning mohiyatini ifodalovchi kategoriyalar; Biz birinchi guruhdagi kategoriyalar haqida oldindagi ma’ruzalarimizda fikr yuritgan edik. Ushbu ma’ruzamizda ikkinchi guruh kategoriyalari haqida to’xtalamiz. Estetikaning mezoniy tushunchalari estetik ong va faoliyat birligida yuzaga keladigan va ularning unsur, sohalarining mazmunini tashkil etuvchi kategoriyalar hisoblanadi. Ma’lumki, har bir fan bilimlar tizimi sifatida o’zining mezoniy tushuncha, kategoriyalariga ega bo’lib, ular tadqiq etiladigan obyektning muhim tomonlarini, qonuniyatli baholanishlarini aks ettiradilar (Masalan, fizikada — “massa”, “energiya”, biologiyada — “hayot”, “irsiyat”, iqtisod nazariyasida — “tovar”, “pul” va h.k.). Demak, kategoriyalar har bir fanning bilish sohasining natijasi o’laroq yuzaga keladi va ayni paytda bilishning o’ziga xos usuli, vositasi vazifasini ham o’taydi. Fan kategoriyalariga xos xususiyatlar estetikaning mezoniy tushunchalariga xam taaluqlidir. Lekin ular ayni paytda o’ziga xos xususiyatlarga ham egadir. 1. Mazkur kategoriyalar borliqdagi barcha narsa, hodisalarning umumiy tomonlarini, bohlanishlarini, munosabatlarini o’zida aks ettiradi. Shunga ko’ra ular mohiyatan falsafiy mazmunga egadir. 2. Estetik kategoriyalar bilishning o’ziga xos tipi — estetik bilishning natijasi o’laroq obyektivlik va subyektivlik tabiatiga ega. (O’tgan ma’ruzamizning birinchi savolida bu haqida batafsil fikr yuritilgan edi). Aniqroq qilib aytganda, mazkur kategoriyalarda subyektning obyektga uning mohiyatini shunchalik bilib olish maqsadida emas, balki o’zi va boshqalar uchun ahamiyatliligi, qadriyatliligi nuqtai nazaridan turib munosabatda bo’lishi ifodalanadi. Deyarli barcha fanlarda bilish obyektining mohiyatini bilib olishga qaratiladigan bo’lsa, estetikada bilishning yo’nalishi refleksiv, ya’ni subyektning o’ziga qaratilgan bo’ladi. Bunda obyektning mohiyatini bilish — o’z-o’zini bilish hisoblanadi. Shunga ko’ra estetik kategoriyalar refleksiv tabiatga ega bo’lib, unda subyektning obyektni muayayn mezon, o’lchovlar asosida baholashi va unga ma’naviy qadriyat tarzida munosabatda bo’lishi aks etadi (masalan, uni “go’zal” yoki “xunuk” deb baholash). Bunday mezon, o’lchov vazifasini esa muayayn bir jamiyatning emas, balki umuminsoniy ijtimoiy ideal, g’oyalar o’taydi. 3. Mazkur kategoriyalar tushunchalar tarzida, ya’ni tafakkur shakli bo’lishi bilan birgalikda konkret shaxsning his-tuyg’u, ruhiy kechinmalarini ham o’zida ifodalaydi. Darhaqiqat, estetik mezoniy tushunchalar “sof” fikr shakllari emas, balki subyektning ichki dunyosi, ma’naviy olamni ifodalovchi hissiy bilish shakllari — sezgi, idrok, tasavvurlaridir. Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling