1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q aysi bir musmulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi”.
- Kim ota-onasini rozi qilsa unga tubo(jannatdagi daraxt) nasib bo’lib, Olloh taolo uning umrini ziyoda qiladi».
Nikohning axloqiy jihati asrlar davomida shakllangan sevgi-muhabbat, or-nomus, burch, sharm-hayo vafo-kabi axloqiy tamoyil, normalar bilan bog’liqdir.
Bu o’rinda shuni ta’kidlash kerakki, Sharqda, xususan, o’zimizning yurtimizda avval-azaldan nikohning axloqiy jihati ustivor hisoblangan.(Abdulla Oripovning “Ayol she’rida sevgi-muhabbat, vafodorlik axloqiy tamoyillari o’zining ifodasini topgan.) Axloqiy tomondan qurilgan nikohda sevgi, ya’ni tomnlarning muhabbati yetakchi o’rin tutadi. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq, goh yashirin sevgi-muhabbat bo’lishi mumkin. Har ikki holda ham rozilik sharti bilan qurilgan oila uning muhim tomonini tashkil etadi. Ko’pincha bunday oilaning qurilishiga ota-onalarda norozilik, shubha uyg’otadi, chunki bo’lajak kelin-kuyovning oilaviy kelib chiqishi, ota-onasi, axloqiyligi haqida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmaganligi uchun ular bundan nikohga qarshi bo’ladilar. Hozirgi kunda, garchi G’arb madaniyati, demokratiyasi ideallari jamiyatimiz hayotiga ta’siri kuchli bo’lsa-da, oilalar xalqimizga xos urf-odat, an’analar bo’yicha qurilmoqda. Bunda, ayniqsa, ota-ona, mahalla-ko’y, qo’shni qo’shnilarning fikrlari, ishtiroki muhim jihat hisoblanadi. Masalan, o’tkazilgan sosiologik tadqiqotlar natijasiga ko’ra, so’rovga jalb qilingan, oila qurayotgan yosh yigit-qizlarning 83,3 foizi oila qurish nikohdan o’tishda ota-onalarning roziligi, oq fotihasini zarur deb hisoblaydilar.30 “Sizningcha, nikohdan o’tish haqidagi masalani hal qilishida mahalla, yaqin qo’shnilarning fikrini hisobga olish kerakmi?” degan savolga esa ularning 47,6 foizi « Albatta, kerak bu muhim» deb, 38,8 foizi « Kerak, juda zarur bo’lgan holda” deb javob beradilar.31 Hozirgi paytda nikohning huquqiy jihati shariat qoidalari asosida mustahkamlanadi. Bunday holatda har ikkala tomon roziligi olinadi va diniy marosimlar o’tkaziladi. Islom dinida mulla tomonidan fotiha surasi o’qiladi, xristian dinida cherkov oldida va xudojo’y cherkov otasi tomonidan kerakli marosimlar o’tkaziladi. Mazkur nikohda ham tomonlar bir-biriga hurmat qilishga, hayotning achchiq va shirin kunlarida birga yelkadosh bo’lish mas’uliyat-burchini o’z zimmalariga oladilar. Nikoh o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy hodisadir. Unda ehtiroslar axloqqa bo’ysundiriladi. Oddiy birga yashashda tabiiy-ehtiyojni qondirish birinchi o’rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajalidir. Shuning uchun nikohsiz qurilgan oilalar jamiyat oldida burch va ma’suliyatsiz yashaydilar va unda tug’ilib voyaga yetgan farzandlar ham yetuk insonlar bo’lib shakllanmaydilar. Oilaning ikkinchi jihati oilaviy merosiy munosabatlar bo’lib, bu uning mavjudligi, mustaqqilligini, tinch osoyishtaligini ta’minlovchi moddiy asos hisoblanadi. U nafaqat oila a’zolarning moddiy, balki ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, baxtli hayot kechirishlarining muhim omilidir. Oilaviy boylik, molu-mulk halol mehnat bilan topilgan paytdagina oilada axloqiy muhit yuzaga keladi. Oilada asosan erkak kishi yetakchilik qiladi. Oilani boshqarish va uni moddiy jihatdan ta’minlash uning zimmasiga yuklanadi. Ayol kishi oilada ko’proq uy-yumushlari, farzand tarbiyasi bilan mashg’ul bo’ladilar. Moddiy jihatdan ta’minlangan oilalarda ko’pincha farzandlar turli axloqsiz yo’llarga kirib ketishi mumkin.(O’g’irlik, qalloblik va h.) Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, moddiy boylik hech qachon oilada ustuvor xarakterga ega bo’lmasligi lozim, aks holda, unday oila axloqsizlikka, tubanlikka yuz tutadi. Hadisi shariflarda: “Oila moddiy jihatdan qancha farovon bo’lsa ham, lekin er-xotin bir-birlaridan ma’naviy oziqa topolmasa, u eng qashshoq oiladir”, deyiladi. Shuning uchun hukumatimiz kam ta’minlagan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha doimiy ravishda tadbir-choralarni amalga oshirib bormoqda. Oilaning uchinchi jihati farzandlar tarbiyasidir. Bu har qanday jamiyatda nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan dolzarb masaladir. Davlat o’zining tarbiyaviy fuksiyasini oila orqali ro’yobga chiqaradi. Oilada, asosan, ayol ko’proq farzand tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lsa-da, lekin Konstitusiyamizning 14 bobi 64-moddasida ota-ona o’z farzandlarini voyaga yetkazishda birdek ma’suldirlar, deb ko’rsatilgan. Shuni yaxshi tushunib olish kerakki, oilada, farzand tarbiyasida huquqiylikdan ko’ra axloqiylik ustuvor xarakterga egadir. Boshqacha qilib aytganda, ota-ona farzandlariga yuksak va oliyjanob axloqiy fazilatlari bilan namuna bo’la olishlari bilan tarbiyani amalga oshiradilar. Xalq tilida aytganda “Qush uyasida qo’rganini qiladi”. Ota-ona farzandlar tarbiyasi uchun ham huquqiy, ham axloqiy jihatdan birdek javobgardirlar. Komil farzandlar tarbiyasi oilani mustahkam va uning jamiyatining kichik hujayrasi sifatidagi mavqyeni ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Shunga ko’ra farzandlar tarbiyasi jamiyatning kelajagini belgilaydi. Ayni paytda farzandlar ham ota-ona oldida o’z burchlarini ado etishlari lozim. « Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalariga g’amxo’rlik qilishga majburdirlar»- deb ko’rsatilgan Konstitusiyamizning 66- moddasida. O’zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab to hozirga qadar davom etib kelayotgan, o’z ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan ajoyib qadriyatlardan biri bu- ota-onani yuksak darajada e’zozlash, izzat-ikromlari, hurmatlarini joyiga qo’yishdir. Ota-onani qadrlash, ularning duolarini olish – bolalarning farzandlik burchdir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy bu borada shunday o’git beradi: «Ota-ona ikkisiga xizmatni birdek qil. Ikki dunyoni obod bo’lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol. Tuni kuningga nur berib turgan–birisini oy angla, birisini quyosh”. Hadisu shariflarda farzandning ota-ona oldidagi qarzdorligi haqida shunday deyiladi: “Qaysi bir musmulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi”. “Ota-onalarning keksaygan vaqtda har ikkisini, yoki biri bo’lmaganda boshqasini rozi qilib jannatiy bo’lib olmagan farzand xor bo’lsin, xor bo’lsin, va yana xor bo’lsin”. “Kim ota-onasini rozi qilsa unga tubo(jannatdagi daraxt) nasib bo’lib, Olloh taolo uning umrini ziyoda qiladi». Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling