1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet10/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Javonmardlik(jo’mardlik)-insonparvarlikning o’ziga xos tarzda namoyon bo’lishidir. Jumardlik, asosan, Sharq, xususan, bizning fazilat hisoblanadi. Arab sayyohi Ibn Batuta(XIII asr) “Safarnoma”asarida shunday yozadi: “Men dunyoni kezib, bunday odamlar (javonmardlik)dan ko’ra ezgu niyatli va ezgu xulqli kishilarni ko’rmadim. Sheroz va Isfahon aholisi, garchi o’zlarini javonmardlarga o’xshasalar-da, ammo ular(yangi Xorazm Movarounnahr javonmardlari) g’arib va musofirlarni siylash va mehmondo’stlikda ulardan baland turadilar. Bizda juvonmardlik yo’lini tutganlarni qadimda “futuvvat ahli”, deb ataganlar. “Futuvvat” so’zi lug’aviy ma’nosi “yoshlik” degan ma’noni ifodalaydi. Husayn Voiz Koshifiy (XV asr)”Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati”(Mazkur kitob N. Komilov tarjimasida 1994 y. chop etilgan) kitobida futuvvatning asosiy uchta martabasi (xususiyati)ni ko’rsatadi:1)saxovat, ya’ni bor narsasini hech kimdan qizg’anmaslik; 2) safo, ya’ni qalbni kibru havo, gina-qudrat, qahru-g’azabdan pok tutish; 3) hamma vaqt xalq xizmatida bo’lish, barchaga muruvvat ko’rsatish v evaziga hech narsa talab qilmaslik.
XVIII asrda kelib Ovro’pada induvidualizm (egoizm) ning kuchayishi bilan sharqona jamardlikning o’ziga xos yo’nalishi –alturizm(frans.altruisme lot. alter-boshqa) degan axloqiy ta’limot yuzaga keladi. Uning nazariyachilaridan biri fransuz faylasufi, pozitivizmning asoschisi O.Kontdir(1798-1857).
Erkparvarlik axloqiy tamoyilida insonning o’z qadr-qimmati, va ozod, erkin yashash maqsadi yo’lidagi sa’i-harakatlari ifodalanadi. Erkparvarlik g’oyasi u yoki bu mamlakat, millat xalqining boshqa davlat, millat tomonidan istilo qilinishi, shuningdek ilk totalitar jamiyat tipining shakllanish davridan boshlab yuzaga keladi.
Mamlakat uchun eng og’ir, mash’um kulfat-mustamlakalik, millat, xalq uchun qaramlikda bo’lishdir. Tarixda bo’lib o’tgan deyarli barcha urushlar, istilochilik va undan ozod bo’lish yo’lidagi jangu jadallardir.
Istiqlol, erkinlikdan yuqoriroq mamlakat, yurt uchun oliy ne’mat yo’q. Buni teran anglagan xalq, uning yo’lboshchilari unga erishish uchun o’z hayotlarini bag’ishlaganlar. Spitamen, Jalolidin Manguberdi, Tohir Malik, Amir Temur kabi siymolari mangulikka daxldordir.
Adolat qonunlari amal qiladigan jamiyatda shaxs erkinligi bo’ladi. Yunon faylasufi Siseron o’z vaqtida “Adolat, haqiqat g’oyasi bilan ish ko’rguvchi jamiyat erkinlikning chinakam maskanidir” yozgan edi. Tom ma’nodagi erkinlik kishining o’zligini anglashida, mustaqil fikrlashida namoyon bo’ladi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Fikr qaramligi, tafakkur qulligi har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ko’ra dahshatlidir”.25
Qo’lga kiritilgan mustaqilligimizni erkparvarlik tamoyillari asosida teran anglab olmog’imiz zarur.

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling