1-Mavzu: Biologiya fan sifatida
Download 1.03 Mb.
|
Ma\'ruza matni biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z-o‘zini idora qilish
- Hayotning tuzilish darajalari
O‘z-o‘zini yangilash. Organizmda sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi
jarayonida biomolekulalar, hujayra va to‘qimalarning doimiy yangilanishi sodir bo‘ladi. O‘ziga o‘xshaganlarni yaratish – ko‘payish xossasi. Tirik organizmlarning ko‘payishi nuklein kislotalarda mujassam bo‘lgan irsiy axborot asosida sodir bo‘ladi. O‘sish va rivojlanish. Ontogenezning ma’lum bosqichlarida tirik organizmlar genetik axborotlar asosida o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdoriy jihatdan ortadi, ya’ni o‘sadi hamda ularda yangi belgi va xususiyatlar shakllanishi – rivojlanish kuzatiladi. Rivojlanish tirik organizmlarning ma’lum qonuniyatlar asosida o‘zgarib borishidir. Individual rivojlanish – ontogenez va tarixiy rivojlanish – fi logenez kuzatiladi. Organik olamning tarixiy rivojlanishi evolutsiya deb yuritiladi. O‘z-o‘zini idora qilish. Tashqi muhit sharoitlarining muntazam o‘zgarishiga qaramay, tirik organizmlar tashqi va ichki tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fi ziologik jarayonlarning doimiyligini saqlash, ya’ni gomeostaz xususiyatiga ega. Ta’sirlanish. Ushbu xususiyat tirik organizmlarning tashqi muhit ta’sir-lariga javob reaksiyalari orqali amalga oshadi. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik. Tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyat larini nasldan naslga o‘tkazish xossasi irsiyat, yangi belgi-xususiyatlarni namoyon qilishi o‘zgaruvchanlik hisoblanadi. O‘zgaruvchanlik tufayli esa tashqi muhit ta’sirlariga tirik organizmlarning moslanuvchanligi ortadi. Yuqorida keltirilgan xususiyatlarning ayrimlari notirik tabiat uchun ham xos bo‘lishi mumkin. Masalan, tuzli eritmalarda kristallarning hajmi va massasi ortadi, yonayotgan shamdan energiya ajraladi. Lekin bu jarayonlarda gomeostaz kuzatilmaydi. Hayotning tuzilish darajalari. Yerdagi hayot molekula, hujayra, to‘qima, organ, organizm, populatsiya, biogeosenoz (ekosistema), biosfera kabi turli biologik sistemalar shaklida mavjud. Ular bir-biridan tarkibiy qismlari – komponentlari hamda jarayonlari bilan farqlanadi. Hayotning tuzilish darajalari ma’lum bir tarkibiy qismlardan, ya’ni komponentlardan tarkib topgan, quyidan yuqoriga murakkablashib boradigan yaxlit biologik tizimlardir (1-rasm). Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling