1-Mavzu: Bolaga va yoshlarga nisbatan nomunosib va ehtiyotsiz munosabat


O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bolalarni noloyiq munosabatdan himoya qilish va muhofazalash tizimi


Download 1.03 Mb.
bet5/5
Sana08.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1250505
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Mavzu Bolaga va yoshlarga nisbatan nomunosib va ehtiyotsiz munosabat

3. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bolalarni noloyiq munosabatdan himoya qilish va muhofazalash tizimi
Qonunchilik – bu qonun qicharuvchi va ijro hokimiyatining oliy organlari tomonidn chiqariladigan me’yoriy hujatlar tizimidir. O‘zbekiston Respublikasi qonunilik tizimiga quyidagilar kiradi:
- Konstitutsiya, konstitutsion qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan yoki referendum orqali qabul qilinadigan qonunlar;
- O‘zbekiston Respublikasi Preidentining farmonlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari;
- O‘zbekiston tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquqiy hujjatlar.
Konstitutsiyaviy hamda xalqaro qonunchilik bolalarni zo‘ravonlikdan muhofaza qilish tamoyillarini (asoslarini) belgilab beradi. Ushbu soha me’yorlari qonunchilikning boshqa sohalarida yanada chuqurroq va aniqroq aks etgan.
Jinoiy qonunchilik bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning turli shakllariga nisbatan javobgarlikni belgilab beradi.
Jinoiy-protsessual qonunchilik bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish tartibini belgilab bergan.
Ma’muriy qonunchilik bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning jinoiy qonunchilikda nazarda tutilganidan ko‘ra xavfsizroq darajada ko‘rinishlari uchun javobgarlikni hamda ushbu zo‘ravonlikni amalga oshirgan shaslarni ma’muriy javobgarlikka tortish tartibini belgilab beradi.
Fuqarolik qonunchiligi bolaning zo‘ravonlik natijasida zarar etkazilgan or-nomusi va qadr-qimmatini muhofaza qilish, ma’naviy zararning o‘rnini qoplash shartlari va tartibini belgilab beradi.
Fuqarolik protsessual qonunchilik or-nomusi va qadr-qimmatni muhofaza qilish hamda ma’naviy zararning o‘rnini sud orqali qoplash tartibini belgilab beradi.
Oila kodeksi bolalarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilishni tartibga soladi.
Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling