1-Mavzu: Bolaga va yoshlarga nisbatan nomunosib va ehtiyotsiz munosabat


Oila tuzilmasi va muloqot modeli bilan shartlangan xatar omillari


Download 1.03 Mb.
bet3/5
Sana08.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1250505
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Mavzu Bolaga va yoshlarga nisbatan nomunosib va ehtiyotsiz munosabat

Oila tuzilmasi va muloqot modeli bilan shartlangan xatar omillari
1. Yolg‘iz ota-onali, shuningdek, ko‘p bolali oila.
2. O‘gay ota yoki tutingan ota-onalar.
3. Oila a’zolari o‘rtasidagi nizoli yoki zo‘ravon munosabatlar
4. Er-xotin o‘rtasidagi muammolar
5. Avlodlararo odatlarning qaytarilishi.
6. Ota-ona va bolaning o‘zaro munosabatlari muammolari
7. Oilaning hissiy va jismoniy yakkalanishi
Ota-ona shaxsi bilan bog‘liq xatar omillari
1. Ota-ona shaxsining xususiyatlari
2. Ota-onalarning atrofdagilarga salbiy munosabati va bolaga nisbatan noteng ijtimoiy kutilmalari.
3. Ijtimoiy ko‘nikmalarning past darajasi
4. Ota-onaning psixik salomatligi
5. Ota-onalar alkogolizmi va giyohvandligi
6. Sog‘liq bilan muammolar
7. Hissiy to‘lalik va aqliy zaiflik.
8. Ota-onalik ko‘nikmasi va tuyg‘ularining rivojlanmaganligi
2. Noloyiq munosabatning bolalar ruhiyatiga ta’siri va oqibatlari
Lynch (1975), Lystard, Straus va boshqalarning hisoblashicha, zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lishning yuqori xavfiga rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar, shuningdek, ota-onalar uchun murakkab sharoitda tug‘ilgan bolalar duchor bo‘ladilar
ona uchun ko‘tarib yurish va tug‘ish og‘ir bo‘lgan, tez-tez kasal bo‘ladigan va onasi bilan hayotining birinchi yilidayoq ajratilgan bolalar;
istalmagan, shuningdek, ota-onalar tomonidan oldingi farzandi yo‘qotilgan tug‘ilgan bolalar (ota-onalarning bu bolani ham yo‘qotishdan qo‘rqishlari o‘ta g‘amxo‘rlik qilishlariga olib keladi, bu esa bola bilan muomalada yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan shakl hisoblanadi);
axloqida buzilishi va o‘ziga xosligi bo‘lganlar (g‘azablanish, achchiqlanish, impulsivlik, giperfaollik, oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan axloq, uyquning buzilishi, enurez);
shaxsning muayyan xislatlari bilan (talabchan, odamovi, aptik, befarq, tobe, ahamiyatli darajada ta’sirchan);
past ijtimoiy malaka, shuningdek, ota-onalar asabiga tegadigan odatlar bilan;
boshqalardan farqlanuvchi va ota-onalar tomonidan og‘ir kechadigan va ular hech qanaqasiga murosaga kelolmaydigan tashqi ko‘rinish xususiyatlari bilan (masalan, “unday” jins bo‘lmaganligi yoki tashqi ko‘rinishidagi buzilish bilan).
Statistik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
10 tadan 6 nafari ota onasi va vasiylari tomonidan muntazam jismoniy jazolanadi;
5 tadan 4 nafari uyda zo‘ravonlik munosabti qurboni bo‘lgan;
10 tadan 7 nafari psixologik zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi;
4 dan 3 qism bolalar ilk bolalik davrida qo‘rqitilganlar, 13 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning taxminan 30-40 %i bolaliklaridan bir marotaba bo‘lsa ham kaltaklanishdan azoblanganlar

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling