1-Mavzu: Bolaga va yoshlarga nisbatan nomunosib va ehtiyotsiz munosabat


Zo‘ravonlikni qo‘llash xavfining ijtimoiy va madaniy omillari


Download 1.03 Mb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1250505
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Mavzu Bolaga va yoshlarga nisbatan nomunosib va ehtiyotsiz munosabat

Zo‘ravonlikni qo‘llash xavfining ijtimoiy va madaniy omillari
Jamoatchilik ongida jismoniy jazoni aniq baholashning yo‘qligi.
Ommaviy axborot vositalarida zo‘ravonlikning namoyish qilinishi
Davlat qonunchiligida mustahkamlangan fuqarolarning xususiy hayoti, shaxsiy va oilaviy sirlarning dahlsizligi
Samarali ogohlantiruvchi davlat siyosatining yo‘qligi
Jamiyat tomonidan zo‘ravonlikni ijtimoiy muammo sifatida yetarlicha tushunilmasligi.
Aholining past huquqiy savodxonligi
Bolalarning o‘z huquqlari haqida yomon xabardorligi
Oilada zo‘ravonlik xavfini oshiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar
1. Past daromad va doimiy pul yetishmasligi oila a’zolarining asosiy ehtiyojlarining qondirilmasligi bilan bog‘liq holda zo‘riqishni chaqiradi.
2. Ishsizlik yoki vaqtinchalik ish, shuningdek, past mehnat maqomi (ayniqsa, otalarda). Ishlovchi onalar zo‘ravonlikka kamroq moyildirlar.
3. Katta oila katta hissiy va moddiy xarajatlarni talab qiladi.
4. Juda yosh ota-onalar. Birinchi farzandning tug‘ilishi ota-onalar shaxsining pedagogic ko’nikmalarga ega emasligi, ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligining past darajasi bilan uyg‘unlikda oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yomonlashtiradi.
5. Noto‘liq oila. Ota-ona – boquvchilardan faqat birining bo‘lishi moddiy holatni ahamiyatli tarzda yomonlashtiradi. To‘liq bo‘lmagan oilaning daromadi to‘liq oilanikiga qaraganda ikki barobar kam.
6. Guruhli kamchilikka mansublik. Diniy sektaga mansublik, tor doiradagi odamlar bilan – qishloq, kichkina shaharda yashash ishsizlik va ma’lumotning past darajasi bilan uyg‘unlikda ijtimoiy ajralib qolishga olib keladi va ko‘mak hamda ijtimoiy nazorat imkoniyatini chegaralaydi. AQSh da faqir tumanlarda bolalarga nisbatan qo‘llanadigan zo‘ravonlik holati tez-tez uchraydi.
7. Xonadondagi yomon sharoit, aholi yashaydigan maydonning juda zichligi zo‘ravonlikni qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha zo‘riqishga olib keladi.
8. Ijtimoiy yordamning davlat tomonidan bo‘lganidek, jamoatchilik tashkilotlari tomonidan ham yo‘qligi oilani o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldiradi. Surunkali stressli vaziyatlar oilaning psixologik iqlimiga ta’sir ko‘rsatgancha ota-onalarda frustratsiya va himoyasizlikni uyg‘otadi

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling