1-mavzu: boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rgatish metodikasi reja: Geometrik materiallarni o‘qitishning mohiyati


Koordinatalariga koʻra nuqtani yasash


Download 1.28 Mb.
bet13/31
Sana19.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1626170
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
mo\'m umk

Koordinatalariga koʻra nuqtani yasash.
Biz abssissasi va ordinatasi orqali har qanday nuqtaning koordinata burchagidagi o‘rnini belgilashni bilamiz. Masalan, M nuqta 1-rasmda (6:2) koordinatalarga ega. Teskari masalani qanday yechish mumkin? Koordinatalari bo‘yicha nuqtani tekislikda joylashtiring. Unda, M (6;2) nuqtaning koordinatalarini chizmada belgilaymiz. Bu masalani turli usullar bilan yechish mumkin:
1-usul: Avval x oʻqi bo‘yicha 6 birlik yuramiz, so‘ngra 2 birlik y oʻqi bo‘ylab yuqoriga koʻtarilamiz (2-rasm).
2 – usul: x o‘qining 6 va y o‘qining 2 nuqtalaridan koordinata o‘qlariga o‘tkazilgan perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi topiladi.
2.Ko‘pyoq. parallelepiped.
1-rasmda meva sharbati qutisi, o‘chirgich,g‘isht va taxta bo‘lagi shakliga qarab to‘g‘ri burchakli parallelepiped haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning sirti 6 ta to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat(2- rasm). Ular to‘g‘ri burchakli parallelepipedning yoqlari deb ataladi.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning qarama-qarshi yoqlari o‘zaro teng bo‘ladi. To‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzi uning barcha yoqlari yuzlarining yig'indisidan iborat bo‘ladi.
To‘g‘ri burchakli parallelepiped yoqlarining tomonlari parallelepipedning qirralari, uchlari esa parallelepipedning uchlari deb ataladi.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning 8 ta uchi, 12 ta qirrasi va 6 ta yog‘i bor.




Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling