Daromad va buromadga doir iqtisodiy sodda masalalarning yechilish texnologiyalari
1-masala
Temirchi 50 ming so‘mlik xomashyodan 25 ta qoziq yasadi va
3 ming so‘mdan sotdi.Temirchi qancha foyda ko‘rgan?
Sarfladi- 50 ming
Sotdi- 3 ming
Qoziq- 25 ta
Foyda ko‘rgan-? so‘m
Yechilishi:
25x3000-50000=25000
Javob:25 ming foyda ko‘rgan
2-masala. Tikuvchilik sexida bir kunda 24 ta ko‘ylak tikiladi.8 ta ko‘ylakning tikish haqqi kunlik tikish harajatlariga ishlatiladi.12 ta ko‘ylak puli esa ijara haqiga to‘lanadi.Agar sexda 5 ta ishchi ishlasa,1ta ko‘ylak 20 ming so‘mdan tikilsa,bir kunda bitta ishchi qancha haq oladi?
Tikildi
|
Harajatlar
|
Sof foyda
|
Ishchilar soni
|
1ta ishchi haqi
|
24 ta
|
Kunlik harajatlarga-8ta
Ijara haqiga -12 ta ko‘ylak
|
? (so‘m)
|
5 nafar
|
? (so‘m)
|
Yechilishi:
24-(8+12)=24-20=4
4x20000=80000(sof foyda)
80000:5=16000(1 ishchi haqi)
Javob: 80000so‘m-sof foyda, 16000 so‘m -1 ishchini oladigan haqi
Nazorat savollari
1. “Yuzlik”, “Ko‘p xonali sonlar” mavzusidagi murakkab masalalar turlarini ayting.
2. ”Noma’lumni ikki ayirmaga ko‘ra topishga doir masalalar yechishga o‘rgatish” ga doir darsni ishlab chiqing.
3. Masalalar yechishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar oldini olishga doir tayyorgarlik ishlari qismini bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |