Nazorat uchun savollar:
1. TIMSS xalqaro baholash dasturi haqida ma’limot bering.
2. PIRLS xalqaro baholash dasturi haqida ma’limot bering.
MA’RUZA-9
MAVZU: HARAKATGA DOIR MASALALARNI YECHISH METODIKASI
REJA:
Vaqt masofa tezlikni topishga doir masalalarni yechish
Harakatga doir masalalar va ularning turlari
Tayanch so’zlar: vaqt, tezlik, masofa, qarama-qarshi, bir xil yo‘nalish
Tarkibiga harakatni xaraktеrlovchi miqdorlar, ya'ni, tеzlik, vaqt va masofa kirgan masala harakatga doir masala deyiladi. U masalalarda aytilgan miqdorlar yo`naltirilgan miqdorlar sifatida qaraladi. Boshlang`ich sinfda harakatga qaratilgan masalalar turlari.
a) Bir jism harakatiga doir masalalar.
b) Uchrashma harakatga doir masalalar.
v) Ikki jismning qarama - qarshi yo`nalishdagi harakatiga doir masalalar.
g) Ikki jismning bir yo`nalishdagi harakati.
a) 1. Ma'lum masofa va harakat vaqti bo`yicha tеzlikni topishga doir masalalar.
Masala: Piyoda kishi har soatda baravaridan yo`l bosib, 3 soatda 12 km yurgani ma'lum bo`lsa, u qanday tеzlik bilan yurgan?
Tеzlik
|
Vaqt
|
Masofa
|
?
|
3 soat
|
12 km
| Yеchish:12:3=4km/soat.
Dеmak, Tеzlik-masofaning vaqtga bo`linganiga tеng.
Do'stlaringiz bilan baham: |