1-mavzu: boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rgatish metodikasi reja: Geometrik materiallarni o‘qitishning mohiyati


Download 1.28 Mb.
bet3/31
Sana19.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1626170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
mo\'m umk

To‘g’ri to‘rtburchak. Kavdrat.
Har xil kattalikdagi va har xil rangdagi tomonlarining nisbati har xil bo‘lgan to‘g’ri to‘rtburchak modellari, daftar varaqlari, rangli qog’ozlaridan to‘g’ri to‘rtburchak shaklidagi boshqa qog’ozlardan hosil qilishi mumkin, buning uchun to‘g’ri to‘rtburchak shaklidagi qog’ozni uning qirralaridan biriga parallel chiziq bo‘yicha buklash kerak. Bunday qog’oz varag’ining o‘zi ham to‘g’ri to‘rtburchakning modeli bo‘lib xizmat qiladi. Varaqlarni buklash chiziqlari bo‘yicha qirqib to‘g’ri to‘rtburchakning har xil modellarini hosil qilamiz. Shunday to‘rtburchaklardan bir nechtasini ixtiyoriy vaziyatda doskaga mahkamlab qo‘yib bolalarni to‘g’ri to‘rtburchakning uncha muhim bo‘lmagan xossasini, uning tekislikdagi vaziyatini farq qilishga o‘rgatamiz. To‘g’ri to‘rtburchakning asosiy xossalarini bolalar ongli tushunishlari uchun to‘g’ri burchak modelidan va to‘g’ri to‘rtburchak tekisligini buklash usulidan foydalanish mumkin. To‘g’ri to‘rtburchak modeli yordamida bolalar to‘g’ri to‘rtburchakning hamma burchagi to‘g’ri ekanligi to‘g’ri to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlarini buklash bilan ustma ust tushurish yordamida esa ularning tengligi aniqlanadi. Kvadrat modelini to‘g’ri to‘rtburchak tekisligini 1-, 2- chiziqlar bo‘yicha buklash yo‘li bilan hosil qilish mumkin. O‘qituvchi bolalarning e’tiborini to‘g’ri to‘rtburchakni 1-nomerli chiziq bo‘yicha buklaganda uning qo‘shni tomonlarini ustma-ust tushirishimizga, 2-nomerli chiziq bo‘yicha buklab so‘ngra shu chiziq bo‘yicha shtrixlangan to‘g’ri to‘rtburchakni kelib qo‘shni tomonlarning tengligiga erishishga qaratadi. Bajarilgan ish natijasida tomonlari teng bo‘lgan to‘g’ri to‘rtburchakka ega bo‘lamiz. O‘qituvchi bunday to‘rtburchak kvadrat deb atalishini aytadi. To‘g’ri to‘rtburchak va kvadratning modeli yordamida ularni bir biridan farq qilishga doir mashqlar bajariladi.
Aylana va doira.
Aylana chizig’i uchun oldin nuqtani belgilash va bu nuqtaga sirkul oyog’i qo‘yilishi, uning mahkamlangan bo‘lishi, bu uch hamma vaqt bir nuqtaning o‘zida bo‘lishi u aylana markazi deyilishi aytiladi, sirkulni qo‘zg’almas nuqta atrofida aylantirilganda har doim sirkul ninasini uchi bilan uning ikkinchi oyog’i uchiga mahkamlangan qalam yoki bo‘r orasidagi masofa o‘zgarmasligi aytiladi. Bu holda qalam yoki bo‘r aylana deb ataluvchi chiziqni chizadi. Aylana doira chegarasidir. Doira nimadan iborat ekanligini anglatish uchun bunday topshiriq beriladi. Sirkul bilan markazi O nuqtada bo‘lgan aylana chizing, doirani esa bo‘yang. Aylana markazi shu vaqtning o‘zida doiraning markazi ekanligi u O xarfi bilan boshlanishi, aylana markazi bilan aylanaga tegishli har qanday nuqta orasidagi masofa radius deb atalishi aytiladi. Hamda aylana va doiraga tegishli nuqtalar.
2-sinfda nuqtalarni harflar bilan belgilanganda, nuqtalar yordamida kesmalarni ikki harf bilan belgilash kiritiladi.




Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling