1-mavzu. Boshqarish, modellashtirish va identifikatsiya. Reja
Download 225.75 Kb.
|
1-ma\'ruza. Boshqarish, modellashtirish va identifikatsiya.
Identifikasiyaning sinflanishi. Zamonaviy nazariyaga muvofiq, identifikasiyalashning quyidagi sinflanishini taklif qilish mumkin:
identifikasiyaning oxirgi natijalari asosida: strukturali; parametrli; identifikasiya ob`yektining o‘rganish usuli boyicha: aktiv; passiv; identifikasiyalanayotgan model turi boyicha: chiziqli va nochiziqli; determinanlashgan va stoxastik; uzluksiz va diskret vaqt bilan; stasionar va nostasionar; bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli; statik va dinamik; bir parametrli va ko‘p parametrli. Ob`yekt identifikasiyasining muvofaqiyati ikki faktorning o‘zaro munosabatiga bog‘liq bo‘ladi: ob`yekt strukturasi haqida aprior (tajribaga asoslanmagan) axborotning hajmi va o‘lchanayotgan axborot hajmi. Aprior ma`lumotlar model strukturasini, ya`ni uning ko‘rinishini (kirish va chiqishlar soni, ular o‘rtasidagi bog‘lanish harakteri) aniq-lashda yordam beradi. Keng ma`noda bu jarayonni identifikasiya yoki strukturali identi-fikasiya deb atashadi. Strukturali identifikasiyada aprior axborot hajmi (miqdori) anchagina cheklangan bo‘ladi. Shu sababli quyidagi shartlarni bajarish zarur: ob`yektni muhitdan ajratib olish; model sinfini kiritish; ob`yekt kirish va chiqishi o‘rtasidagi bog‘lanish harakteristikasini aniqlash; modelda hisobga olingan axborot o‘zgaruchilarining (ob`yektning kirish va chiqishi) rasional qiymatini aniqlash; chiziqli operatorlar sinfida talab qilinayotgan aniqlikda modelni taqdim etish imkoniyatini aniqlash va boshqalar. Model strukturasi xali modelning o‘zi emas va uning parametrlarini aniqlash uchun o‘lchov natijalariga ega bo‘lishimiz kerak. Modelni berilgan strukturasi asosida ob`yekt ishini kuzatish orqali model parametrini aniqlash masalasi tor ma`noda iden-tifikasiya yoki parametrik identifikasiya deb nomlanadi. Misol uchun, biron-bir ob`-yektni ta`svirlovchi tenglamalar sistemasi ma`lum bo‘lsin. Faqat tenglama koeffisiyent-larini aniqlash zarur. ob`yekt kirishiga kerakli shakldagi (pog‘onali signal, impul`sli signal, garmonik, to‘g‘ri burchakli, trapesiyasimon, uchburchakli tebranish signallari) tajriba signali shakllantiriladi. Tajriba signaliga tasirlanishi uning ob`yekt chiqishidagi Y (t) reaksiyasi hisoblanadi. Shu bilan birga zamonaviy identifikasiyalash nazariyasida eksperimentni rejalashtirishning optimal usullari qo‘llanilmoqda. Identifikasiyalashning passiv usulida ob`yektning normal funksiyalash jarayonida qilinadi. X (t) kirishi va Y (t) chiqishi sifatida ularning tabiiy o‘zgarishlari qabul Download 225.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling