Identifikasiyalash mezoni. Real o`yektni modelga mosligini harakterlovchi sifat mezonlarini shakllantirish identifikasiyalashning aosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Haqiqiy ob`yekt F0 operatori orqali tasvirlangan bo‘lsin, ya`ni y(t) F0 (x(t), z(t)), uni topib bo‘lmaydi, lekin baholash mumkin. Ba`zi identifikasiyalash algoritmlarini (IA) qo‘llash orqali F0 ga yetarlicha yaqin bo‘lgan
F optimal operatorli
yM ( t) F( x( t)) modelini qurish lozim.
Lekin operatorlarni bevosita bir-biriga yaqinligini baholash qiyin yoki umuman mumkin emas, buning ustiga ko‘pgina hollarda ob`yekt operatori haqida ma`lumot kam bo‘ladi. Shu sababli, operatorlarning bir-biriga yaqinligi bir xil x( t) kirish ta`siri beradigan reaksiya orqali olinadi, ya`ni ob`yekt chiqishi orqali:
y(t) F(x(t), z(t)) va
yM (t) F(x(t)), modeli orqali. Bu yerda z(t) –
kuzatib bo‘lmaydigan xatolik (1.3-rasm).
Umumiy holda x( t) va y( t) ham determinanlashgan, ham vaqtning tasodifiy funksiyasi bo‘lishi mumkin. F modelining optimal operatori y( t) va yM( t) chiqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan mezon asosida topiladi. Shu maqsadda yo‘qotishlar funksiyasi tushunchasi kiritildi, u istalgan t vaqt momentida ob`yekt yoki model chiqishiga bog‘liq va operatorga bog‘liq emas. Bu vektor
argumentining – ob`yekt yoki model chiqishining skalyar noinkor funk-siyasi. Identifikasiyalash jarayonida bu funksiya minimallashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |