1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja


Mablag’larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha turkumlanishi


Download 143.15 Kb.
bet18/20
Sana11.02.2023
Hajmi143.15 Kb.
#1189396
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati

1.7. Mablag’larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha turkumlanishi
Har bir korxona tashkil qilinish davridao‘z faoliyatining hajmi va harakteriga qarab mablag’larini shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag’ga vaqtinchalik ehtiyoj tug‘ilib qolsa, unda mablag’larni muayyan manbalardan olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda jamg‘arilgan fondlardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag’larini hosil qilish rejali xarakterga egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag’lar ma’lum maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Korxona mablag’larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Mablag’lar manbalarining tusi (xarakteri) mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo o‘zining butun yashash davri uchun umumdavlat fondidan (davlat korxonalari) yoki o‘zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag’lar oladi.

4-chizma. Mablag’lar tashkil topish manbalari tarkibi.
O‘z mablag’lari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida beriladi va unga biriktirib qo‘yiladi.
Davlat korxonalarining mablag’laridan farqli o‘laroq, boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarning o‘z mablag’lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘shma yoki individual mulkidan iborat bo‘ladi.
Kapital (fond)lar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali (fondi) va zahira (rezerv) kapitalidan tashkil topadi.
Ustav kapitali (fondi) korxonaga uni tashkil qilish paytida umumdavlat fondidan (davlat korxonalarining kapitali) kelib tushgan mablag’larni ifodalab, u davlat korxonalari miqyosida foydalaniladigan buxgalteriya atamasidir. Ustav kapitali esa aksincha, muassislardan (mulkchilikning boshqa shakllarida) kelib tushgan mablag’lardan iborat bo‘lib, u nodavlat sektoridagi korxonalarning buxgalteriya hisobida foydalaniladigan iqtisodiy atamasidir.
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zahira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog‘ida hosil bo‘ladigan inflyatsiya zahiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin.
Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mablag’lari va boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar misol bo‘ladi.
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zahiralarga xarajatlar va to‘lovlarni xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan zahiralar kiradi.
Qarzga olingan (jalb qilingan) mablag’lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun ma’lum bir vaqtga, ma’lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan keyin ular o‘z egalariga qaytarilishi lozim. Ularning manbai uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag’lar, qisqa muddatli kreditorlik qarz va taqsimotga doir majburiyatlar hisoblanadi.
Kreditlar va jalb qilingan mablag’larga banklarning qisqa muddatli, uzoq muddatli hamda yuridik, jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag’lari kiradi. Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzga olingan mablag’lar korxonaning vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag’larning asosiy manbai hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boyliklar, yo‘ldagi hisob-kitob hujjatlar va boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida, ya’ni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga (bir yilgacha), shu muddatning o‘tishi bilan ularni bankka albatta qaytarish sharti bilan beriladi.
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik, lekin uzoqroq bo‘lgan muddatga olinadigan qo‘shimcha mablag’lar manbaini ko‘rsatadi. Bunday kreditlar, yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilash; yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish tadbirlariga, buyumlarning sifatini, ishonchliligini va chidamliligini ko‘tarish; o‘z mablag’lari hisobidan moliyalash o‘rniga kapital sarflarga va boshqa ehtiyojlarga xarajatlar qilish uchun beriladi.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag’lar ham muddatli va qaytariladigan xususiyatlarga ega bo‘lib, bir necha yilga beriladi.
Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol yetkazib beruvchilar va boshqa kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni o‘z ichiga oladi.
Mol yetkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni sotadigan tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar bo‘yicha qilinadigan hisob - kitob tizimiga binoan, boyliklarni olish vaqti bilan ularga haq to‘lanishi o‘rtasida birqancha vaqt o‘tadi. Shu davr davomida mazkur korxona o‘zlarining mol yetkazib beruvchilari oldida qarzdor bo‘lib qoladilar. Natijada mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz ushbu korxona mablag’lari uchun vaqtinchalik qo‘shimcha manbaga aylanadi.
Boshqa kreditorlar - korxonaga boshqa (tovarsiz) muomalalar bo‘yicha qarzdor bo‘lgan tashkilotlar (yoki shaxslar) kiradi. Ularga ijtimoiy sug‘urta organlariga, pensiya, ish bilan ta’minlash jamg‘armalariga va hokazolarga qarzlar, boshqa hisob-kitoblar kiradi. Bular - ishchi va xizmatchilarga ularning o‘z (individual) ehtiyojlari uchun berilgan ssudalar bo‘yicha, sud organlarining qarori asosida ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan har xil tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar bo‘yicha, ishchi va xizmatchilar tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan ish haqlari bo‘yicha korxonaning qarzlaridir.
Ma’lumki, yalpi foyda amalda mahsulot sotishdan sof tushum va ishlab chiqarishga ketgan harajatlar o‘rtasidagi farq sifatida namoyon bo‘ladi. U markazlashtirilgan davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga bo‘linadi. Markazlashtirilgan davlat sof daromadi qo‘shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i va foydadan ajratmalardan hosil bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i korxona mahsulotining realizatsiyasi jarayonida qat’iy me’yorlar bo‘yicha undiriladi, foydadan ajratmalar korxona tomonidan uni taqsimlash paytida davlat byudjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va davr harajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar, dividendlarni to‘lash va boshqa ehtiyojlar harajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Shunday qilib, korxona tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama yo‘nalishga ega: uning bir qismi davlat daromadiga ajratiladi, boshqa qismi esa korxona ixtiyorida qoldiriladi. Buxgalteriya hisobi mazkur korxona va uning xo‘jalik bo‘linmalari ega bo‘lgan mablag’lari va ulardan foydalanishning samaradorligi kerakli axborot bilan ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak.



Download 143.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling