1-mavzu. Dasturiy ta’minot va dasturiy ta’minot injiniringi. Reja


Download 50.76 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi50.76 Kb.
#1588327
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 mavzu Kirish Dasturiy ta\'minot va dasturiy ta\'minot injiniringi

Case studies

Dasturiy injiniring tushunchalarini tasvirlash uchun misol sifatida to'rt xil turdagi tizimlardan foydalanamiz. Dasturiy injiniring amaliyoti ishlab chiqarilayotgan tizimlar turiga bog'liq. Shuning uchun xavfsizlik va ishonchlilik, tizimni modellashtirish, qayta foydalanish kabi tushunchalarni muhokama qilishda mos misolni tanlaymiz.
Amaliy tadqiqotlar sifatida foydalanadigan tizim turlari:

  1. Biriktirilgan tizim. Bu dasturiy ta'minot bironbir apparat qurilmalarini boshqaradigan va o'sha qurilmaga o'rnatilgan tizim hisoblanadi. Biriktirilgan tizimlardagi muammolar odatda jismoniy o'lcham, sezgirlik va quvvatni boshqarish va hokazolarni o'z ichiga oladi. Biriktirilgan tizim misoli sifatida diabetga chalingan insonlarga insulin pompasini boshqaruvchi dasturiy ta'minot tizimi ko’riladi.

  2. Axborot tizimi. Ushbu turdagi tizimning asosiy maqsadi ma'lumotlar bazasini boshqarish va ulardan foydalanishni ta'minlashdir. Axborot tizimlaridagi muammolar xavfsizlik, foydalanish qulayligi, maxfiylik va ma'lumotlar yaxlitligini saqlashni o'z ichiga oladi. Axborot tizimiga misol sifatida Mentcare tibbiy hujjatlar tizimini ko’ramiz.

  3. Sensorga asoslangan ma'lumotlarni yig'ish tizimi. Bu tizimning asosiy maqsadi sensorlar orqali ma'lumotlarni yig'ish va bu ma'lumotlarni qayta ishlovchi tizim hisoblanadi. Bunday tizimlarning asosiy talablari - noqulay ekologik sharoitlarda ham ishonchlilik va barqarorlik bilan ma’lumotlarni olishidir. Misol sifatida cho'l zonasidagi ob-havo stantsiyasini ko’ramiz.

  4. Qo'llab-quvvatlash muhiti. Bu har qanday faoliyat turini qo'llab-quvvatlash uchun foydalaniladigan dasturiy vositalarning integratsiyalashgan to'plamidir. Eclipse (Vogel 2012) kabi dasturlash muhitlari eng tanish muhit turi sifatida olish mumkin. Misol sifatida oʻquvchilarning maktablarda oʻqishini qoʻllab-quvvatlovchi raqamli oʻquv muhitini ko’rib o’tamiz.




Download 50.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling