1-mavzu. Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja


Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana03.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1155028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-mavzu-maruza-matni.

Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega 
bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar 
( №AV-3057, 20.08.2018) 
Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega 
bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi Nizom davlat xaridlarini o‘tkazish 


22 
bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlarga 
qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. 
Ixtisoslashgan tashkilotlar davlat xaridlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha 
xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
yuridik shaxs bo‘lishi; 
ixtisoslashgan tashkilotning ta’sischisi davlat xaridi subyekti bo‘lmasligi; 
soliq imtiyozlarini taqdim etuvchi va (yoki) ma’lumotlarni to‘liq ochishni va 
bank nazoratiga ma’lumotlarni (offshor hudud) taqdim etishni ko‘zda tutmagan, 
shuningdek yakuniy davlatlarda va hududlarda ro‘yxatdan o‘tmagan ixtisoslashgan 
tashkilot ta’sischilari safida bo‘lmasligi; 
shtatida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan bir nafardan 
kam bo‘lmagan xodimga ega bo‘lishi; 
maxsus axborot portaliga ulanish imkonini ta’minlovchi dasturiy texnik 
qurilmaga ega bo‘lishi. 
Ixtisoslashgan tashkilotlar quyidagi davlat xaridlari bo‘yicha xizmatlarni 
ko‘rsatishi mumkin: 
rivojlantirish davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati 
qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni, shuningdek davlat buyurtmachilarining 
xo‘jalik faoliyatini ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan; 
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari va boshqa davlat maqsadli 
jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, hukumatga qarashli bo‘lgan va 
hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar 
doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari hamda O‘zbekiston Respublikasining 
kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan. 
Ixtisoslashgan tashkilotlar davlat xaridlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha 
xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik 
shaxs bo‘lishi; 
ixtisoslashgan tashkilotning ta’sischisi davlat xaridi subyekti bo‘lmasligi; 
soliq imtiyozlarini taqdim etuvchi va (yoki) ma’lumotlarni to‘liq ochishni va 
bank nazoratiga ma’lumotlarni (offshor hudud) taqdim etishni ko‘zda tutmagan, 
shuningdek yakuniy davlatlarda va hududlarda ro‘yxatdan o‘tmagan ixtisoslashgan 
tashkilot ta’sischilari safida bo‘lmasligi; 
shtatida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan bir nafardan 
kam bo‘lmagan xodimga ega bo‘lishi; 
maxsus axborot portaliga ulanish imkonini ta’minlovchi dasturiy texnik 
qurilmaga ega bo‘lishi. 
Ixtisoslashgan tashkilot quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: 
tovarning (ishning, xizmatning) boshlang‘ich narxini aniqlaydi, qonun 
hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno; 
marketing va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazadi; 


23 
reklama ishlarini tashkil etadi; 
xarid tartib-taomillar o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomalarni, e’lon matnlarini va 
xarid hujjatlarini (tender yoki tanlov hujjatlari, texnik shartlar) rasmiylashtiradi; 
qonun hujjatlariga muvofiq xarid tartib-taomili shartlari va talablari, xarid tartib-
taomili bo‘yicha tushuntirishlar matnlarini tayyorlaydi; 
davlat buyurtmachisiga xarid tartib-taomili turlari bo‘yicha taklif beradi; 
davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga ko‘ra qonun hujjatlariga asosan 
davlat xaridlari tartibi va muddatlari to‘g‘risida maxsus axborot portalga ma’lumot 
joylashtiradi; 
xarid tartib-taomili ishtirokchilari g‘oliblari bilan imzolanadigan shartnomalar 
loyihalarini tayyorlaydi; 
davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga asosan maxsus axborot portali va 
boshqa ommaviy axborot vositalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan davlat xaridlari 
to‘g‘risidagi e’lonlarni moliya manbalari mavjud bo‘lgan holda joylashtiradi; 
davlat buyurtmachisining yozma ko‘rsatmasiga binoan xarid tartib-taomili 
ishtirokchilariga takliflarning amal qilish muddatlarini aniq bir muddatga uzaytirish 
to‘g‘risida taklif bilan murojaat etadi; 
tanlov va tender komissiyasi yig‘ilish bayonlarini rasmiylashtiradi; 
xarid tartib-taomili yakunlari bo‘yicha hisobotlarni shakllantiradi; 
xarid tartib-taomilida ishtirok etishga taklifnomalar yuborilishini ta’minlaydi; 
xarid tartib-taomilini tashkil etishda ishtirok etadi. 
Ixtisoslashgan tashkilot o‘zi tashkilotchi bo‘lgan xarid qilish tartib-taomili 
ishtirokchisi sifatida ishtirok eta olmaydi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling