1-mavzu. Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja


Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana03.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1155028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-mavzu-maruza-matni.

Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi 
(№AV-3016, 26.05.2018 / AV-3016-1 22.04.2019 / AV-3016-2 04.07.2019 / AV-3016-3 13.04.2020 / 
AV-3016-4 13.04.2021) 
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
Nizom 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
«Davlat 
xaridlari 
to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va 
o‘tkazish tartibini belgilaydi. 
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: 
avans to‘lovi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi 
va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, operatorning 
vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga olgan moliyaviy 
mablag‘lar summasi; 


16 
yagona yetkazib beruvchi — tabiiy monopoliya subyekti, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining alohida farmonlarida, qarorlarida va farmoyishlarida 
yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan 
subyektlar, shuningdek davlat tomonidan xarid qilinayotgan, bozorda muqobillari 
mavjud bo‘lmagan noyob tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi; 
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq 
ishtirokchining tanlov predmetiga nisbatan taqdim etiladigan taklifi; 
lot — turli belgilari bo‘yicha guruhlashtirilgan (foydalanish, texnik va 
funksional xususiyatlariga ko‘ra) bir xil turdagi tovarlarning jamlanmasi sifatida 
buyurtmachi tomonidan belgilangan va alohida shartnoma bo‘yicha xarid 
predmetining miqdoriy qismi; 
taklifni ta’minlash — buyurtmachining talabiga binoan ishtirokchi 
tomonidan takliflar va majburiyatlarning garov, kafolat, zakalat tarzida yoxud qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi; 
shaxsiy kabinet — elektron davlat xaridlarida ishtirok etishni hamda zarur 
axborotni joylashtirishni va undan foydalanishni ta’minlaydigan, buyurtmachi yoki 
xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining maxsus axborot portaldagi individual 
sahifasi; 
reja-jadval — tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridining hajmlari va joylashtirish 
muddatlarini nazarda tutuvchi hujjat; 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling