1-mavzu. Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu-maruza-matni.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat xaridlari elektron tizimining operatori
Ekspert, ekspert tashkiloti- xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va
amalga oshirish jarayonida maslahat va (yoki) takliflarni ko‘rib chiqish, baholash hamda taqqoslash bo‘yicha xulosa olish uchun ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari tegishli shartnoma asosida jalb etilishi, shu jumladan tekin asosda jalb etilishi mumkin. Ekspert maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va (yoki) xulosa berish uchun davlat xaridlari predmeti bilan bog‘liq sohada maxsus bilimlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir. Ekspert tashkiloti xodimlari maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va (yoki) xulosa berish uchun davlat xaridlari predmeti bilan bog‘liq sohada maxsus bilimlarga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. Ekspert, ekspert tashkiloti xizmatlarni davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etgan holda ko‘rsatishi shart. Davlat xaridlari elektron tizimining operatori davlat xaridlarining sub’ektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadigan, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxsdir. Davlat xaridlari elektron tizimining operatori: davlat xaridlari elektron tizimining uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan axborotning but saqlanishini va bir butunligini, o‘z elektron resursining tegishli davlat 15 boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari hamda maxsus axborot portali bilan belgilangan tartibda uyg‘un ishlashini ta’minlaydi; qonunchilikka muvofiq axborotning elektron shaklda saqlanishini, shu jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning saqlanishini ta’minlash, shuningdek xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazishda davlat xaridlarining elektron tizimini to‘g‘ri ishlashi uchun javobgar bo‘ladi; o‘z elektron resursini O‘zbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalariga joylashtiradi; vakolatli organ, davlat xaridlari jarayonida ishtirok etayotgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Davlat xaridlari elektron tizimining operatori: ishtirokchi, ijrochi sifatida, shuningdek o‘zining elektron tizimida davlat buyurtmachisi sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishga, ularning affillangan shaxsi bo‘lishga; davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari sub’ektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat xaridlari sub’ektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; uzatiladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning ishonchliligini, shuningdek agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning qonunchilikka muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga; davlat xaridlari sub’ektlari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning mazmunini o‘zgartirishga haqli emas. Davlat xaridlari elektron tizimining operatori davlat xaridlari sub’ektlarining ushbu operatorga beriladigan elektron hujjatlari va elektron xabarlarining, shu jumladan bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladigan axborotning mazmuni bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar uchun javobgar bo‘lmaydi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling