1-mavzu. Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja


Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana03.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1155028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-mavzu-maruza-matni.

Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish 
hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati
(№-AV-3015, 21.05.2018 / №AV-3015-1 22.04.2019 / AV-3015-2 13.04.2020) 
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda 
o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Davlat 
xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq maxsus axborot portali operatoriga 
nisbatan umumiy talablarni va maxsus axborot portalida davlat xaridlarini tashkil 
etish bo‘yicha uning faoliyati tartibini belgilaydi. 
Operatorlarga qo‘yiladigan talablar: 
 davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotni joylashtirishni va unga kirishni, davlat 
xaridlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni qayta ishlash, davlat xaridlarini 
amalga oshirishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) klassifikatoridan foydalanishni, 
elektron davlat xaridlarini o‘tkazish, elektron xarid qilish tartib-taomillari 
natijalariga ko‘ra shartnomalar tuzishni va HKKP orqali majburiyatlarni 
bajarish kafolatlarini ta’minlaydigan axborot tizimining mavjudligi; 
 elektron tijorat va axborot texnologiyalari sohasida malakali xodimlar 
mavjudligi; 
 portalni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida 
joylashtirish; 
 unga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari qo‘llanilmaganligi. 
Operator quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 


19 
 portalning uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan axborotning but 
saqlanishini va bir butunligini, mazkur portalning tegishli davlat boshqaruvi 
organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari bilan belgilangan tartibda 
uyg‘un ishlashini ta’minlaydi; 
 qonun hujjatlariga muvofiq axborotning elektron shaklda saqlanishini, shu 
jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlar saqlanishini ta’minlaydi; 
 portalda davlat boshqaruvi organlari o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil 
etadi; 
 portalni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalariga 
joylashtiradi; 
 portalni texnik qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi; 
 Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo 
vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” 
respublika loyihalashtirish instituti va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan 
hamkorlikni amalga oshiradi; 
 davlat xaridlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantiradi; 
 qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni 
ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyani tuzadi va uning faoliyatini tashkil etadi, uning 
ishchi organi funksiyalarini bajaradi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling