1-mavzu. Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja
O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu-maruza-matni.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli normalar kiritildi.
O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
22.09.1994. (03/21/666/0032-son — 2021 yil 16 apreldan kuchga kirdi) Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilash maqsadida davlat xaridlari sub’ektlari va ularning mansabdor shaxslarining davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etishi va shartnoma bo‘yicha majburiyatlar talab darajasida bajarilishi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli normalar kiritildi. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish Davlat xaridlari rejalarini, shu jumladan reja-jadvallarini shakllantirish va joylashtirish tartibi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oshirish chog‘ida maxsus axborot portaliga davlat xaridlari bo‘yicha e’lonlar joylashtirish tartibini, majburiy muhokama o‘tkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi natijalarini joylashtirish muddatlarini buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 24 Davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlarga va xarid hujjatlariga qonunchilikda taqiqlangan hamda raqobatni cheklovchi axborotni, havolalar va talablarni kiritish, xarid hujjatlarini tasdiqlash hamda buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tender o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash talablarini buzish, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni yetkazib beruvchini, ish bajaruvchini va xizmat ko‘rsatuvchini raqobatli xarid usuli vositasida aniqlash belgilangan hollarda, davlat xaridlarini yagona yetkazib beruvchidan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar to‘qnashuvi haqida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari bo‘yicha takliflarni qabul qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek takliflar solingan konvertlarni ochish va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablarini buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Davlat xaridlari sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash sog‘lom raqobat muhitini yanada rivojlantirishga, tadbirkorlik sub’ektlari uchun davlat xaridlariga teng erkinlik yaratish, davlat sektorini optimal muddatlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan samarali va oqilona ta’minlashga xizmat qiladi, hamda mamlakatda qulay investitsion muhitni shakllantirish jarayonini davom ettiradi va xalqaro reytinglarda O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling