1-mavzu. Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu-maruza-matni.
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
(№AV-3016, 26.05.2018 / AV-3016-1 22.04.2019 / AV-3016-2 04.07.2019 / AV-3016-3 13.04.2020 / AV-3016-4 13.04.2021) Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: avans to‘lovi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, operatorning vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga olgan moliyaviy mablag‘lar summasi; 16 yagona yetkazib beruvchi — tabiiy monopoliya subyekti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmonlarida, qarorlarida va farmoyishlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan subyektlar, shuningdek davlat tomonidan xarid qilinayotgan, bozorda muqobillari mavjud bo‘lmagan noyob tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi; tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq ishtirokchining tanlov predmetiga nisbatan taqdim etiladigan taklifi; lot — turli belgilari bo‘yicha guruhlashtirilgan (foydalanish, texnik va funksional xususiyatlariga ko‘ra) bir xil turdagi tovarlarning jamlanmasi sifatida buyurtmachi tomonidan belgilangan va alohida shartnoma bo‘yicha xarid predmetining miqdoriy qismi; taklifni ta’minlash — buyurtmachining talabiga binoan ishtirokchi tomonidan takliflar va majburiyatlarning garov, kafolat, zakalat tarzida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi; shaxsiy kabinet — elektron davlat xaridlarida ishtirok etishni hamda zarur axborotni joylashtirishni va undan foydalanishni ta’minlaydigan, buyurtmachi yoki xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining maxsus axborot portaldagi individual sahifasi; reja-jadval — tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridining hajmlari va joylashtirish muddatlarini nazarda tutuvchi hujjat; Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling