1-mavzu. Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja


Elektron davlat xaridlariga kiritish


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana03.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1155028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-mavzu-maruza-matni.

Elektron davlat xaridlariga kiritish 
Buyurtmachilar va ishtirokchilarni elektron davlat xaridlariga kiritish
elektron raqamli imzo mavjud bo‘lgan holda amalga oshiriladi. 
Budjet buyurtmachilarni xaridga kiritish avtomatik rejimda Moliya vazirligi 
va Operatorning ma’lumotlar bazasini elektron hamkorlik orqali Operator tomonidan 
markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Ishtirokchilarni xaridga kiritish, ularning quyidagi mezonlarga muvofiq 
bo‘lganda amalga oshiriladi: 
 shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik; 
 soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning 
mavjud emasligi; 
 o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud 
emasligi; 
 Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi. 
Operator: 
buyurtmachilar va ishtirokchilarga HKKPda alohida shaxsiy hisob raqamlar 
ochadi; 
buyurtmachilar va ishtirokchilarga shaxsiy kabinetlar tashkil etadi. 


20 
Ishtirokchini elektron xaridlardan chetlatish qonun hujjatlarida o‘rnatilgan 
tartibda amalga oshiriladi. 
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi 
(№AV-3013 14.05.2018 / №AV-3013-1 22.04.2019) 
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi 
Nizom 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
«Davlat 
xaridlari 
to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni doimiy 
ravishda faoliyat ko‘rsatadigan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib 
chiqish bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibini belgilaydi. 
Xarid qilish tartib-taomillarining har bir ishtirokchisi, shuningdek nazoratni 
amalga oshirayotgan shaxslar davlat buyurtmachisining, O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining, xarid komissiyasining, uning a’zolarining, maxsus axborot 
portali operatorining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar bunday harakatlar 
(harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan bo‘lsa, 
sud tartibida yoki Komissiyaga shikoyat qilish huquqiga ega. 
Davlat xaridlari natijasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan 
majburiyatlarni bajarish doirasida kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni 
tartibga solish masalalari Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozim. 
Komissiya: 
buyurtmachining qonunga xilof harakatlariga, qarorlariga yoki u tomonidan 
qonunga xilof tartib-taomillar bajarilishiga doir taqiq o‘rnatadi; 
buyurtmachining qonunga xilof qarorlarini, shu jumladan davlat xaridlari 
to‘g‘risidagi hujjatlar shartlarini buzadigan qarorlarini qisman yoki to‘liq bekor 
qiladi; 
xarid qilish tartib-taomillarini tugatish haqida qaror chiqaradi; 
ijrochini Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish to‘g‘risida qaror 
qabul qiladi; 
shartnoma tuzilganidan keyin shartnomaning davlat xaridlari to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirish uchun shikoyatlarni ko‘rib 
chiqadi hamda shartnoma ijro etilishini yetti ish kunigacha bo‘lgan muddatga 
to‘xtatib turadi; 
mansabdor shaxslarni va fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining «Davlat 
xaridlari to‘g‘risida»gi 
Qonunini 
buzganligi uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risida 
tegishli organlarga takliflar kiritadi. 
Arizachi shikoyatni Komissiyaga yozma shaklda yoki o‘zining shaxsiy kabinet 
orqali elektron shaklda yuboradi. Davlat xaridlarini nazoratini amalga oshiruvchi 
shaxslarning shikoyatlari Operator sayti orqali ham yuborilishi mumkin. Shikoyatga 
unda ko‘rsatilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. 
Arizachi quyidagi holatlarda shikoyat beradi: 
buyurtmachining, 
vakolatli 
organning, 
xarid 
komissiyasining, 
uning 
a’zolarining, Operatorning noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar 


21 
bunday harakatlar (harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
buzayotgan bo‘lsa; 
xarid qilish tartib-taomillari buzilganda; 
buyurtmachilar tomonidan takliflarni berish muddatlari asossiz o‘zgartirilganda; 
ishtirokchining taklifi buyurtmachilar tomonidan asossiz qabul qilinmaganda 
yoki rad qilinganda; 
buyurtmachilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga 
asoslanmagan usullari qonunga xilof ravishda tanlanganda; 
davlat xaridlarida ishtirokchilarning ishtirok etishi to‘g‘risidagi axborotni 
buyurtmachilar tomonidan oshkor etilganda; 
buyurtmachilar tomonidan ishtirokchilar sonini asossiz ravishda cheklashga 
yoki ularning malakasiga qo‘yilgan talablarni oshirishga, raqobatga yo‘l 
qo‘ymaslikning, uni cheklashning yoki bartaraf etishning boshqa shakllariga yo‘l 
qo‘yilganda, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno; 
narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida 
ishtirokchilar oldindan til biriktirilganda; 
ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan axborot taqdim etilganda yoki tarqatilganda, 
shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish asossiz ravishda 
cheklanganda; 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
«Davlat 
xaridlari 
to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan boshqa holatlarda. 
Arizachi shikoyatida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: 
a) nomi, joylashgan yeri (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi, 
turgan joyi (jismoniy shaxs uchun), pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon 
raqami; 
b) shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) va shikoyatning boshqa 
asoslari; 
v) shikoyat berishga vakolatli shaxsning imzosi va sana. 
Shikoyatga uning asosliligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Bunda, 
shikoyatda unga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati bo‘lishi kerak, shuningdek 
taraflarga shikoyatning nusxalari yuborilganligi tasdig‘i bo‘lishi kerak. 
Komissiya davlat xaridlari to‘g‘risidagi shikoyatni olgan kunidan e’tiboran yetti 
ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va qaror chiqaradi. 
Shikoyat bo‘yicha qaror Komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik 
ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi 
hal qiluvchi hisoblanadi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling