1-mavzu. Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja
Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu-maruza-matni.
Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega
bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar ( №AV-3057, 20.08.2018) Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi Nizom davlat xaridlarini o‘tkazish 22 bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Ixtisoslashgan tashkilotlar davlat xaridlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs bo‘lishi; ixtisoslashgan tashkilotning ta’sischisi davlat xaridi subyekti bo‘lmasligi; soliq imtiyozlarini taqdim etuvchi va (yoki) ma’lumotlarni to‘liq ochishni va bank nazoratiga ma’lumotlarni (offshor hudud) taqdim etishni ko‘zda tutmagan, shuningdek yakuniy davlatlarda va hududlarda ro‘yxatdan o‘tmagan ixtisoslashgan tashkilot ta’sischilari safida bo‘lmasligi; shtatida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan bir nafardan kam bo‘lmagan xodimga ega bo‘lishi; maxsus axborot portaliga ulanish imkonini ta’minlovchi dasturiy texnik qurilmaga ega bo‘lishi. Ixtisoslashgan tashkilotlar quyidagi davlat xaridlari bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin: rivojlantirish davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni, shuningdek davlat buyurtmachilarining xo‘jalik faoliyatini ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan; O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari va boshqa davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, hukumatga qarashli bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari hamda O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan. Ixtisoslashgan tashkilotlar davlat xaridlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs bo‘lishi; ixtisoslashgan tashkilotning ta’sischisi davlat xaridi subyekti bo‘lmasligi; soliq imtiyozlarini taqdim etuvchi va (yoki) ma’lumotlarni to‘liq ochishni va bank nazoratiga ma’lumotlarni (offshor hudud) taqdim etishni ko‘zda tutmagan, shuningdek yakuniy davlatlarda va hududlarda ro‘yxatdan o‘tmagan ixtisoslashgan tashkilot ta’sischilari safida bo‘lmasligi; shtatida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan bir nafardan kam bo‘lmagan xodimga ega bo‘lishi; maxsus axborot portaliga ulanish imkonini ta’minlovchi dasturiy texnik qurilmaga ega bo‘lishi. Ixtisoslashgan tashkilot quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: tovarning (ishning, xizmatning) boshlang‘ich narxini aniqlaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno; marketing va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazadi; 23 reklama ishlarini tashkil etadi; xarid tartib-taomillar o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomalarni, e’lon matnlarini va xarid hujjatlarini (tender yoki tanlov hujjatlari, texnik shartlar) rasmiylashtiradi; qonun hujjatlariga muvofiq xarid tartib-taomili shartlari va talablari, xarid tartib- taomili bo‘yicha tushuntirishlar matnlarini tayyorlaydi; davlat buyurtmachisiga xarid tartib-taomili turlari bo‘yicha taklif beradi; davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga ko‘ra qonun hujjatlariga asosan davlat xaridlari tartibi va muddatlari to‘g‘risida maxsus axborot portalga ma’lumot joylashtiradi; xarid tartib-taomili ishtirokchilari g‘oliblari bilan imzolanadigan shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi; davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga asosan maxsus axborot portali va boshqa ommaviy axborot vositalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlarni moliya manbalari mavjud bo‘lgan holda joylashtiradi; davlat buyurtmachisining yozma ko‘rsatmasiga binoan xarid tartib-taomili ishtirokchilariga takliflarning amal qilish muddatlarini aniq bir muddatga uzaytirish to‘g‘risida taklif bilan murojaat etadi; tanlov va tender komissiyasi yig‘ilish bayonlarini rasmiylashtiradi; xarid tartib-taomili yakunlari bo‘yicha hisobotlarni shakllantiradi; xarid tartib-taomilida ishtirok etishga taklifnomalar yuborilishini ta’minlaydi; xarid tartib-taomilini tashkil etishda ishtirok etadi. Ixtisoslashgan tashkilot o‘zi tashkilotchi bo‘lgan xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi sifatida ishtirok eta olmaydi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling