1-mavzu: Dinshunoslik faniga kirish. Ibtidoiy din shakllari Reja: Dinshunoslik fanining predmeti maqsadi va vazifalari


Download 0.98 Mb.
bet4/5
Sana31.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1142437
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-мавзу

Animizm totemizmdan farqli jihatlari bor. Albatta, totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki iste’moliga, uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo’naltirilgan bo’lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy xarakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo’lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli kuchlarini – osmon va yer, quyosh va oy, yomg’ir va shamol, momoqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi.

fetishizm

  • Fetishizm («fetish» so’zi fr. fetiche – «but», «sanam», «tumor» ma’nosidagi so’zni anglatadi). Mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inishdir. Unga ko’ra alohida buyumlar kishini o’z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarni o’zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy, ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega.
  • Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar.

S h a m a n i z m

  • Shamanizm («shaman» so’zining tungus tilidagi ma’nosi – «sehrgar»). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan rituallar – urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lib, unga ko’ra uning vositasida kishilar o’z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog’lanishni amalga oshirib kelganlar. Shamanizm qadim o’tmishda paydo bo’lib, minglab yillar davomida saqlanib kelgan va tabiiyki, muntazam rivojlanib borgan. Odatda, afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar – shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar. Ular orasida, ayniqsa, ayollar ko’p o’rinni egallaganlar. Bu shamanlar, afsungarlar jazavali va asabiy kishilar bo’lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo’la olishlariga, ularga jamoaning orzu niyatlarini ruhlarga yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur ishonganlar. Shamanlar, odatda, ma’lum harakatlar: ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo’li bilan nog’oralar va qo’ng’iroqlar ovozlari ostida jazavaga tushib, o’zini yo’qotish, jazavaning yuqori nuqtasiga yetish bilan afsungarlik qilishgan.

Dinni tadqiq etishdagi yo`nalishlar
Falsafiy jihatdan
Deizm
lotincha-xudo demakdir. Deizm xudoni olamning shaxssiz birinchi sababchisi demakdir. Deizm xudoni olamning shaxssiz birinchi sababchisi sifatida mavjudligini e’tirof qiluvchi ta’limot bo’lib, u ilk marotaba Angliyada paydo bo’lgan. Unga ko’ra olam yaratilgach, o’z qonunlariga tashlab qo’yilgan.
Panteizm
Yunoncha -barisi xudo demakdir. Xamda din falsafasiga oid ta’limotlardan biri bo’lib, bu ta’limotga ko’ra, xudo shaxssiz ibtidodir. Panteizm borliq va xudoni bir deb qaraydi, ya’ni unga ko’ra xudo tabiatdan tashqarida turmaydi.
Ilmiy jihatdan o`rganish (obektiv o`rganish)
Ilohiyot-teologiya- bu muayyan bir dinning aqida va axkomlari sistemalarining majmuasidir. Teologiya-xudo haqidagi ta’limot degan ma’noni bildiradi. Dinni ilohiy asosda tasnif etishda Tangrining insonlar turmush tarzidagi roliga kata e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy hayotdagi axloqiy masalalarda ilohiyot Tangrining bilishni bosh omil deb tushuntiradi, ya’ni unda axloq manbai-Tangridir.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling