1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi


-mavzu. Janubiy Osiyo aholisining etnik tarkibi


Download 240.08 Kb.
bet7/34
Sana20.11.2023
Hajmi240.08 Kb.
#1787887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi-fayllar.org

7-mavzu. Janubiy Osiyo aholisining etnik tarkibi
Janubiy Osiyo tabiiy-geografik va tarixiy-etnografik jixatdan ancha murakkab va xilmaqxildir. Xozirgi davrda 4,5 mln km2 xududda 860 mln.dan ortik axoli yashaydi. Shulardan eng kupi Xindistonda, Pokistonda, Bangladeshda, Shri Lankada va Nepalda. Eng kam axoli Butanda va Maldiv Respublikasida joylashgan. Bengal bugozidagi Andaman va Nikobar orollari xam Janubiy osiyoga tegishli.
Antropologik jixatdan janubiy osiyoliklar asosan katta yevropoid irkiga oid bulib, uziga xos janubiy tarmokni tashkil kiladi.Ular uchun kora kungirok sochlar, kuy kuzlar, kirra burun, ancha chuzikchok yuzlik xarakterlidir. Bu yerda negroid va mongoloid irklari bilan aralash tiplarni, shimol va shimoli-sharkda mongoloid Janubiy Xindiston va Shri Lankada veddoid, dravid va xatto avstroloid-negritos tiplarini xam uchratish mumkin. Past buyli pigmey tipidagi andamanliklar jismoniy tuzilishi bilan ajralib turadi. Umuman, xozirgi etnoslarda veddoid belgilari sezilardli darajada.
Janubiy Osiyoning lingvistik tuzilishi nixoyatda murakkab, bu yerda eng kup tillar, yuzlab shevalar uchraydi. Keyingi klassifikastiyaga binoan Janubiy osiyoda 180 dan ortik til turkumi, fakat Xindistonning uzida esa ba'zi ma'lumotlarga kura 1652 til va shevalar mavjud. Shulardan eng asosiy Xindariy guruxi bulib, kup sonli etnoslardan xindistonliklar, bengalliklar, panjobliklar, bixarliklar, marotxilar, gujarotlar, rajastxonliklar, sindxilar, shri lankali singallar, nepalliklar va xokazo. Kolgan axoli bir necha million yoki yuz mingli dravid,tamil, mund,kam sonli monkxmer va tibet-birma tillarida suzlaydigan xalklar eroniy va dard til vakillaridir. Xozirgi davrda xinevropa tillaridan rasmiy tillar Xindiston Respublikasida xind tili, Pokistonda urdu, Bangladeshda bengali, Nepalda nepali, Shri Lankada singali, ayrim shtatlarda mustakil shevalar, eroniy tillaridan pushtu, balujiy, Kashmirda kupchilik axoli dard tilida suzlashadi, ingliz tili Xindiston Respublikasining ikkinchi rasmiy tilidir.
Tarixiy-madaniy tarakkiyot nuktai nazaridan Janubiy Osiyoda ancha rivojlanish darajasiga kutarilgan millatlar bilan birga xali ibtidoiy jamoa tuzumi darajasida turgan ayrim daydi kabilalarn7i xam uchratish mumkin. Uzok utmishda va ayniksa urta asrlarda yuksak madaniyat yaratgan yirik etnoslar bilan yonma-yon yashaytgan, ammo madaniy tarakkiyot yuliga chika olmagan ayrim kabilaviy guruxlar asta-sekin kup sonli kushni elatlar bilan aralashib uz tili va madaniyatini singdirib, yukori pogonadagi madaniyatni va uz etnosini kabul kilish yulida turibdi. Xozirgi Xindiston yarim oroli va Shri Lanka axolisining etnik kiyofasi asli turli-tuman elatlar orasida bulayotgan migrasiya, assimilyasiya va konsolidasiya, ya'ni mayda etnoslar bilan yirik millatlar yakinlashib aralashish jarayonida turibdi.
Mazkur jarayonni tugri tushuni uchun regionning etnik tarixini aniklab olish zarur. Keyingi yillarda utkazilgan arxeologik tadkikotlar shuni kursatdiki, Janubiy Osiyoda kadimiy madaniyat eramizdan avvalgi 111 ming yilliklarda paydo bulgan. Fanda yakin davrlargacha Xind xalklarining kadimgi madaniyati bulmagan, ularga sivilizasiyani xind-yevropa avlodlari garbdan olib kelgan, degan gayri ilmiy fikrlar tarkalgan eid. Moxendjodora va Xarappida kilingan ajoyib kashfiyotlar natijasida turt-besh ming yillar mukaddam yevropa kit'asida xali madaniyat bulmagan bir davrda bu yerga ariy kabilalari kelguncha ming yillar ilgari Xind va Panjob madaniyati yaratilganligi isbotlandi. Xarappi madaniyatini yaratganlarning etnik turmush sharoiti xali aniklanmagan bulsada, ular dravid tilida suzlashgan, deb faraz kilinadi.
Antropologik jixatdan paleolit va mezolit davrlarida yashagan ajdodlar avstroloid tpida bulgan. Janubiy osiyoda gominidlar topilmagan bulsa xam odam bir million yillar mukaddam yashaganligi aniklangan. Ular keng xududda daydi turmush tarzida ovchilik va terib-termachilik bilan xayot kechirganlar. 111-11 ming yilliklarda bu yerda munda va dravid tillardagi etnik guruxlar paydo buladi va yukorida tilga olingan yuksak madaniyatga asos soladilar. Dravid va munda kabilalarining maxalliy veddoidlar bilan aralashmasidan xozirgi janubiy xind dravidoid irkiy guruxi paydo buladi. Avstroloid va mongoloid irkiga oid munda kabilalarining maxalliy veddoidaxoli bilan assimilyasiya kilishi natijasida Markaziy Xindistonning munda xalklari shakllanadi.Eramizdan avvalgi 11 ming yillikning urtalarida bu yerga Urta Osiyo va Eron tomondan janubiy yevropoid (ariy) kabilalarining katta okimi bosib kiradi va maxalliy elatlar bilan aralashib ketadi. Uzok utmishdagi yukolib ketgan ajdodlarning xotirasi fakat ulik tillar yozuvi – vedda va sanskritda saklanib kolgan, xolos.
Shimoliy Xindiston xalklarining etnik tuzilishiga arab-mugul istilosi, ayniksa, XU1-X1X asrlarda xukmronlik kilgan Temuriylar va Boburiylar davrida ketma-ket kuchibkelgan xar xil etnos vakillari (forslar, toxariylar, tojiklar, turkiy xalklar) jiddiy uzgarishlar kiritgan edi. Shri Lanka orolida axoli eramizdan avvalgi 1 ming yillik urtalarida paydo bulgan. Ular xindariy tillarida suzlashadigan xozirgi singallar va tamillarning ajdodlaridir. Taxminan usha davrlarda kuchib kela boshlagan dravidlar maxalliy veddalar bilan aralashib ketib xozirgi etnoslarga asos solgan. Janubiy osiyoga mustamlakachilar – portugallar, gollandlar, inglizlar XU-XU1 asrplardan boshlab kela boshlaydi. 200 yilloik mustamlakachilik maxalliy xalklarning etnik tuzilishiga ta'sir kilmagan bulsa-da,mustamlakachilar uz xukmronligini tula urnata bilgan,ma'muriyo-siyosiy jixatdan ancha uzgarishlar kiriogan, tub axolining ijtimoiy-iktisodiy va madaniy xayotida juda fojiali salbiy iz koldirgan edi.
Xar bir xalkning shakllanishi jarayonida uziga xos xususiyatlari buladi, ammo muayyan xududda va tabiiy-iklimli sharoitda uzok davr birga yashab kelgan turli xalk va elatlar kup asrlik iktisodiy va madaniy munosabatlar tufayli xujaligi va madaniyatiga umumiy belgilarini xam shakllantirib kelgan. Sharkiy Osiyo xalklarining kupchiligi kishlok xujaligi bilan band. Masalan, Xindistonda xaolining 70 foizi kishlok xujaligi bilan shugullanadi. 20 foizidan kamrogi esa sanoatda band. Pokistonning kishlok xujaligidla uz kuchi bilan ishlaydigan axolining 52 foizi, Shri Lankada 50 foizi, Nepalda esa 90 foizi, Bangladeshda 80 foizi band.
Janubiy osiyo xalklarining xujaliy faoliyati dastavval sun'iy sugorish dexkonchchiligiga asoslanadi. Ular uz yerlarini daryolardan arik va kanallarp orkali, maxsus kuduklar kazib, chigiriklar orkali sugoradilar. Dexkonchilik xujaliklari asosan daryo va dengiz soxillaridagi serunum tuprokli yerlardar, togli rayonlarning vodiylarida va tog etaklarida joylashgan. Ishlab chikarish kurollari ancha pimitiv bulib, oddiy yogochdan ishlangan temir tishli omoch, mola, ketmon va urokdan iborat. Asosiy kishlok xujalik ekinlari – bugdoy, tarik, arpa, sholi, makka, dukkakli va poliz, sabzavot va mevalar, kalampir va xar xil ziravor, yog, kunjut va texniklardir. Yirik plantasiya xujaliklarida choy, kofe, kauchuk, xar xil xurmo daraxtlari ekiladi. Yerga ishlov berishda xukiz va zebu xayvonlaridan foydalaniladi.
Xindistonda xosil yiliga ikki marta olinadi. Shuning uchun kishlok xujalik yili ikki mavsumga ajragan: iyun-oktabr oylari yozgi va oktabr-aprel kishki, xarif mavsumida asosan sholi, suli, makka va xokazo, rabi mavsumida esa bugdoy, arpa, dukkakli va yog ekinlari ekiladi.
Butun Janubiy osiyoda kadimdang xunarmandchilik nixoyatda rivojlangan. Ayniksa turli nozik matolar tukish, metall, yogoch va suyakdan badiiy buyumlar yasash, asl tosh va metallardan yaratilgan ajoyib bezaklar, turli xildagi va rang-barang nakshli, uymakorli maxsulotlari ishlab chikarish ancha usgan edi. Ammo kup yillar davom etgan ingliz mustamlakachiligi xunarmandchilikka xam katta putur yetkazdi.
Janubiy Osiyo xalklarining kiyimlarini ikki turga bulish mumikn: tikilgan va urama. Erkaklarida dxoti deb atalgan beldan boglanib put orasidan utkazib uralgan ishtonga uxshash, ayollarda uzun matodan bel va oyoklarini berkitib turadigan uralgan kuylakka uxshash kiyimlar (sari) keng tarkalgan. Dxoti va sari ustidan kalta kamzul bilan kuylakcha, ayollar kofta, kushimcha yubka yoki sharovar kiyishadi. “Oliy” kasta vakillari va kupchilik shaxar axli odatda keng va uzun, dexkonlar esa kalta belbog shaklida dxoti kiyadilar. Bel va oyok uralgandan kolgan uzun matoning uchti bilan ayollar kukragini bekitib yuradilar. Ba'zan boshiga rumol kilib yopinib yuradilar. Erkaklar boshiga salla uraydi, ayollar rumol yopinadi va xar xil bezaklar takadi, atir-upalar bilan uziga pardoz beradi. Keng ommada jez va kumushdan, oltin va kimmatbaxo toshlardan ishlangan oyok va kullariga takiladigan bilaguzuklar, kishloklarda jez, shisha va suyakdan, xatto ayrim usimlik donalarini kuritib tizma, munchoklar va boshka turli bezaklar yasaladi.


Download 240.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling