Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.
Pdf просмотр
bet1/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
 
 
Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida 
 
Taqrizchi: akademik Ne’matulla Ibrohimov 
 
© «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» 
Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 
 
LOTIN ALIFBOSI 
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O’ G’ Sh Ch 
 
- A -
 
 
ABBOSIYLAR - arab xalifalari sulolasi (750-1258), Muhammad (sav) ning amakilari 
Abbos avlodlari. Abu Muslim qo‘zg‘oloni natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki 
poytaxti - Kufa sh. "Saffoh" ("Xunrez") laqabi bilan mashhur bo‘lgan Abul Abbos 
Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Ja’far 
Mansur (754-775) Bag‘dod sh.ga asos solib, poytaxtni shu yerga ko‘chirdi. A. 
hukmronligining dastlabki davrida mulkchilik munosabatlari o‘sib, savdo-sotiq rivojlandi. 
Bag‘dod Sharqning yirik savdo markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, 
matematika, tabiiyot va b. fanlarga oid ko‘plab asarlar yaratildi. Andalusiya (Ispaniya) 
dan tashqari butun musulmon mamlakatlari - Mag‘rib, Hindiston, Movarounnahr A. qo‘li 
ostiga o‘tdi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini 
mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning o‘g‘li Ma’mun zamoni A. sulolasining 
gullagan davri edi. 9-a.ning ikkinchi yarmidan boshlab A. xalifaligi zaiflasha boshladi, 
Afrikada ag‘labiylar, Misrda tuluniylar, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar A. 
xalifaligidan ajrab chiqdilar. 10-a.ning boshiga kelib faqat Bag‘dod va uning 
atroflaridagina siyosiy hokimiyat A. qo‘lida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qo‘liga 
o‘tib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar. 10-a. o‘rtalariga 
kelib A. siyosiy hokimiyatni tamoman qo‘ldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi 
(payg‘ambar o‘rinbosari)gina bo‘lib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945 y.) Bag‘dodni o‘z 
qo‘liga oldi, lekin ular A.ning mavqei bilan hisoblashar edi. Bag‘dod saljuqiy-sunniylar 
tomonidan bosib olingandan keyin A. siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning 
mavqei mustahkamlandi. 1258 y. mo‘g‘ullar Bag’dodni vayron qilib, A.ni tamoman tor-
mor keltirdi. Mo‘g‘ul xoni Huloku buyrug‘i bilan Abbosiy xalifalarning so‘nggisi -Musta’sim 
qatl etildi. A. sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida 
(turklar 1517 y. Misrni olgunga qadar) A. Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab 
keldilar. 1261 y. mamluk sultoni Beybars A.dan biri al-Mustansirni xalifa deb e’lon qildi. 
1517 y. A.ning avlodi Mutavakkil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini 
turk sultonlariga topshirgan. A. dan 37 kishi xalifa bo‘lgan. Ular quyidagilar: 
 
    hijriy 
 milodiy 
 
1. 
Saffoh 
  132 
 750 
 
2. 
Mansur 
  136 
 754 
 
3. 
Maadiy 
  158 
 775 
 
4. 
Hodiy 
  169 
 785 
 
5. Horun ar-Rashid 
170   
786  
6. 
Amin 
  193 
 809 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
7. 
Ma’mun 
  198 
 813 
 
8. 
Mutasim 
  218 
 833 
 
9. 
Vosiq 
  227 
 842 
 
10. 
Mutavakkil 
 232 
 847 
 
11. 
Muntasir  247 
 861 
 
12. 
Musta’in  248 
 862 
 
13. 
Mu’tazz 
  252 
 866 
 
14. 
Muhtadiy 
 255 
 869 
 
15. 
Mu’tamid 
 256 
 870 
 
16. 
Mu’tazid  279 
 892 
 
17. 
Muktafiy  289 
 902 
 
18. 
Muqtadir  295 
 908 
 
19. 
Qohir 
  320 
 932 
 
20. 
Roziy 
  322 
 934 
 
21. 
Muttaqiy  329 
 940 
 
22. 
Mustakfiy 
 333 
 944 
23. 
Mute’ 
  334 
 946 
 
24. 
Toi’ 
  363 
 974 
 
25. 
Qodir 
  381 
 991 
 
26. 
Qoim 
  422 
 1031 
 
27. 
Muqtadiy 
 467 
 1075 
 
28. 
Mustazhir 
 487 
 1094 
 
29. 
Mustarshid 
 512 
 1118 
 
30. 
Rashid 
  529 
 1135 
 
31. Muqtafiy  
  
530   
1136  
32. 
Mustanjid 
 
 555 
 1160 
 
33. Mustazi’  
 
566   
1170  
34. 
Nosir 
 
  575 
 1180 
 
35. 
Zohir 
 
  622 
 1225 
 
36. Mustansir  
 
623   
1226  
37. Musta’sim    
640-656 
1242-1258  
 
 
ABD (arab. - qul, banda) - keng ma’noda "qul" tushunchasi; shuningdek, majoziy 
ma’noda aksariyat musulmonlar ismining tarkibiy qismi (mas., Abdurahmon, Abdurahim 
va b.). Allohning quli, bandasi ma’nosini bildiradi. Qur’onda Alloh bilan inson o‘rtasidaga 
munosabat xoja bilan qul o‘rtasidagi munosabatga o‘xshatilgan. Bunga binoan Alloh 
insonlarga qanchalik g‘amxo‘r bo‘lsa, xojalar ham qullariga shunday g‘amxo‘r 
bo‘lmoqliklari lozim. O’z ixtiyori bilan qulni ozod qilish solih amallardan sanalib, u yetim 
yoki kambag‘alni ocharchilik paytida yedirib-ichirganida olgan savobidek savobga 
erishadi. Xoja ichgan qasamini buzsa yoxud ataylab emas, bexosdan biror-bir 
musulmonni o‘ldirsa, o‘ziga xos xun to‘lash shakli sifatida qul ozod qiladi. Ozod 
qilinganlik yozma ravishda qayd etiladi. Muhammad (sav)ning yigirmatacha (ismlari 
ma’lum) qullari bo‘lib, u zot ularni turli vaqtlarda ozod etganlar; payg‘ambar (sav)ning 
ikki ayollari qul-cho‘rilardan bo‘lishgan, ozod ayollaridan farqli suratda ularga mahr 
berilmagan. Musulmon huquqi barcha musulmonlarni erkin, ozod deb bilib, ularni 
musulmon davlatlarida qul qilinishi, jumladan qarzi evaziga qulga aylantirilishi mumkin 
emas deb hisoblaydi. Shunga binoan topib olingan go‘dak, hanafiylik ta’limotiga ko‘ra, 
musulmonlar yashaydigan yurtdan topilgan bo‘lsa, musulmon va erkin hisoblanadi. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
Kimda-kim dalillarsiz uni qul deb da’vo qilsa, u qabul qilinmaydi. Biroq qulning islom 
diniga kirishi, uning o‘z-o‘zidan erkin, ozod bo‘lganini bildirmaydi. Qonun 
merosxo‘rlarning manfaatidan kelib chiqqan holda, vasiyatnomada qullarni, 1/3 
qismidan ortig‘ini ozod etilishiga ruhsat etmagan. Cho‘ri bilan turmush qurish - unga 
egalik qilishning shakllaridan biri. Agar tug‘ilgan farzand xojadan bo‘lsa (xoja uni o‘ziniki 
deb tan olsa) cho‘ri umm valad ("go‘dak onasi")ga aylanadi va ayrim imtiyozlarga ega 
bo‘ladi. Agar xojaning ozod xotini bo‘lmasa u cho‘riga uylanishi mumkin bo‘lgan, cho‘ri 
esa, ozod ayolga nisbatan yarim huquqqa ega bo‘la olgan. Uning farzandlari erkin 
hisoblangan, ya’ni bolalar otaga merosxo‘r bo‘lganlar. Shuning uchun cho‘ridan 
tarqalganlik shaxsning sha’niga dog‘ tushirmagan. Ko‘pchilik xalifalar (mas., Horun ar-
Rashid) cho‘rilarning farzandlari bo‘lishgan. Qullar xojalarining roziligi bilan oila qurish 
huquqiga ega bo‘lganlar, bu hatto Qur’onda ham tavsiya etilgan. Ajralish uchun xojaning 
roziligini olish shart emas, hatto xoja o‘z qullarining nikohini bekor qilishga haqqi 
bo‘lmagan. Diniy jihatdan musulmon-qul erkin musulmonlar bilan teng deb bilingan, 
biroq juma namozida bo‘lish hamda zakot to‘lash va sadaqa berish uning uchun 
majburiy hisoblanmagan. Bordi-yu, namoz paytida erkin musulmon bo‘lmasa, qul 
imomlikka xam o‘tishi mumkin bo‘lgan, lekin mustaqillikni talab etuvchi bironta ham 
diniy mansablarni (qozi, muhtasib, maosh oluvchi imom) unga topshirish mumkin 
bo‘lmagan. Islom davlatlarida qulchilik 20-a. o‘rtalarigacha saqlanib kelgan. Jazoirda - 
1848 y., O’rta Osiyoda 1865-73 y.larda rasman, amalda esa 20-a. 1-choragida, 
Afg‘oniston, Eron, Iroqda- 1923-29 y.larda, Saudiya Arabistonida - 20-a.ning 70-y.larida 
bekor qilingan. 
 
 
ABDI BERUN, Xoja Abdi Berun, Sayid Abdi ibn Ya’kub ibn Sa’id ibn Usmon ibn Affon (9-
a.) - Muhammad (sav)ning (qizlari Ruqiya tomondan) avlodi. Abdi nomli arab 
qabilasidan. A.b.ning bobosi (Sa’id ibn Usmon) Movarounnahrni fath etishda 
qatnashgan. A.b. Samarqand qozisi bo‘lgan. Qabri shahar tashqarisida bo‘lganligi uchun 
shunday atalgan. 
 
 
ABDI DARUN, Xoja Abdi darun, Abd al-Mu’iziddin ibn Muhammad Ya’qub ibn 
Muhammad Abdi ibn Usmon ibn Affon (9-a.) - Muhammad (sav)ning (qizlari Ruqiya 
tomondan) avlodi. Abdi berunning o‘g‘li. Laqabi Xojai Ganjravon. Qabri Samarqand sh. 
ichida bo‘lgani uchun shunday atalgan. A.d. Samarqand qozisi bo‘lgan, nihoyatda 
adolatli, to‘g‘riligi bilan shuhrat qozongan. Uning qabri muqaddas ziyoratgohlardan 
sanaladi. 
 
 
ABDI DARUN MAQBARASI, Xoja Abdidarun maqbarasi-Samarqanddagi me’moriy 
yodgorlik (12-a. - 15-a.ning 1-yarmi). Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida 
(darun - ichkari) joylashgan qad. ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino - xonaqoh (15-a.) 
bor. Uning peshtoqi, gumbazi va devorining bezaklari Ulug‘bek davri me’morligi mahsuli. 
Xonaqohning ichida Abdi darunning qabri bor. Xoja Abdi darunni Xojai Kunj deb ham 
ataganlar. 
 
 
ABDOL (arab. - avliyo(lar)) - tasavvufda valiylikning muayyan bir darajasiga erishgan 
guruh. Keng ma’noda avliyolar, shayxlarni ham anglatadi. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
 
 
ABDU (Abdo) Muhammad (1849-1905) -misrlik ilohiyotchi, jamoat arbobi. Qohiradagi 
al-Azhar dorilfununida tahsil olgan (1869-77). Milliy-ozodlik kurashida ishtirok etganligi 
uchun hibsga olinib, so‘ngra Misrdan chiqarib yuborilgan (1883-88); 1884 y.da Parijda 
Jamoliddin al-Afg‘oniy bilan birgalikda "Al-Urvat al-vusqo" ("Mustahkam birlik") yashirin 
jamiyatini tuzgan, bu jamiyat musulmon ziyolilari orasida katta ta’sirga ega bo‘lgan, shu 
nomda gazeta nashr etgan. 1889 y. Misrga qaytib kelib, qozilik, al-Azhar dorilfununida 
mudarrislik qilgan. 1898 y. "Al-Manar" jurnaliga asos solgan. 1899 y.dan umrining 
oxirigacha Misr muftiysi bo‘lgan. A. ijtihod huquqini ilgari surib, islom aqidalarini har bir 
davrning shart-sharoitidan kelib chiqqan holda talqin qilish zarur deb hisoblagan, ba’zi 
urf-odat va taqiqlarni yengillashtirishni yoqlab chiqqan. A. "Tafsir al-Qur’on al-hakim" 
("Qur’on tafsiri"), "Risolat at-tavhid" ("Yakkaxudolik to‘g‘risida risola"), shuningdek 
shariat, ta’lim tizimini isloh qilishga oid 30 ga yaqin kitob muallifi.  
 
 
ABDULAVVAL NISHOPURIY (? - 15-a.) -mutasavvif. Nishopurda tug‘ilgan. "Masmuot" 
("Eshitilganlar") kitobi bilan mashhur. Bu asar naqshbandiylik tariqatining namoyandasi 
Xoja Axrorning so’fiylik qarashlariga bag‘ishlangan. Uning yoshligidan to umrining 
oxirigacha bosib o‘tgan so’fiyona hayot yo‘li o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy ahvol bilan 
bog‘lab ko‘rsatilgan. Kitobda Mirzo Ulug‘bek davri (15-a. 1-yarmi) voqealari ham o‘z 
ifodasini topgan. Bu asarning nodir 2 nusxasi saqlangan. A.N. Samarqandda Xoja Ahror 
qabristoniga dafn etilgan. 
 
 
ABDULJABBOR ibn Axmad al-Xamazoniy (? - 1025 - mu’taziliylarning yirik mutakallimi, 
shofi’iylik mazhabi faqihi. Buvayhiylar davrida mu’taziliyaning qayta tiklanishi A. faoliyati 
bilan bog‘liq. Kalomda u dastavval ash’ariylar ta’limotiga suyangan, so‘ngra mu’taziliylar 
qarashlarini qabul qilgan. Bag‘dodda yashagan, taxm. 971 y. buvayhiylar vaziri 
mu’taziliya kalomi homiysi as-Sohib ibn Abbod (938-995) tomonidan fiqhdan saboq 
berish uchun Rayga taklif etilgan. Rayda A. qozi ul quzzot etib tayinlangan. A. - kalom, 
fiqh va tabiiy fanlarga ovd ko‘plab asarlar muallifi. A.ning hoz. davrgacha saqlangan 
(1950 y.lar boshida topilgan) asarlari, shuningdek uni bevosita shogirdlari Abu Rashid 
an-Naysaburiy (taxm. 1024 y. v. e.) va Ibn Mattuvayx (1076 y. v. e.) ishtirokida yozgan 
asarlari mu’taziliya ta’limotiga oid asosiy manba hisoblanadi. 
 
 
ABDULLOH ibn ABBOS (yoxud al-Abbos) Abul Abbos (619-686) - Muhammad 
(sav)ning amakivachchalari. A.i.A. nihoyatda ilmli bo‘lgashshgi tufayli "xabr al-
umma"("jamoa donishmandi") laqabiga sazovor bo‘lgan. Muhammad (sav) va 
sahobalarning faoliyatlari, aytgan so‘zlari haqidagi hikoyalarini (hadislar) to‘plash fikri 
dastlab A.i.A.ga kelgan. A.i.A. Qur’onni tafsir qiluvchi, fiqhga oid masalalarni 
sharxdovchi (huquqga doir masalalar bo‘yicha uning o‘zi xulosa chiqargan), johiliyat 
davri tarixi, Muhammad (sav)ning g‘azotlariga oid hikoyalarni yetkazuvchi sifatida 
mashhur.  
 
 
ABDULLOH ibn ABU BAKR (? - 632) - Abu Bakr Siddining o‘g‘li, payg‘ambarimiz (sav) 
ning qayin inilari. Islomning dastlabki yillarida musulmonlikni qabul qilgan. Hijrat chog‘i 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
payg‘ambarimiz (sav) birodarlari Abu Bakr bilan uch kun Savr g‘orida qolib ketganlarida 
Abdulloh ularga ham yegulik keltirib, ham mushriklarning ishlaridan xabardor qilib turish 
bilan muhim vazifani ado etgan. Keyin u ham Makkadan ketib, "muhojir" degan nomga 
sazovor bo‘lgan. Makka fathida qatnashgan. Hunayn va Toif janglarida ishtirok etgan. 
Toifdagi muhosarada o‘q tegib, yaralangan. 
 
 
ABDULLOH ibn MAS’UD, to‘liq ismi Abdulloh ibn Mas’ud ibn Rofiya ibn Habib al-
Xuzaliy; kunyasi - Abu Abdurahmon (590-653) - sahoba, buyuk faqih va mujtahidlardan 
biri, Muhammad (sav) xizmatlarida turgan zotlardan. Shu sababli Qur’oni karimni 
hammadan yaxshi o‘rgangan, juda ko‘p hadis eshitgan va yod bilgan. Rasululloh 
og‘izlaridan eshitib hifz etgan, tafsir ilmining eng mohiri. A. i. M. Qur’oni karimni 
Makkada qurayshlar orasida eng avval yoygan, Maqomi Ibrohimda Rahmon surasini 
ochiq-oshkor o‘qigan. Badr va Uhud va b. barcha janglarda qatnashgan. Rasululloh (sav) 
vafotlaridan so‘ng Kufa xazinasining boshlig‘i bo‘lgan. Usmon (ra) davrida Madinaga 
kelib shu yerda 63 yoshida vafot etgan. 
 
 
ABDULLOH ibn MUBORAK, to‘liq ismi Abu Abdurahmon Abdulloh ibn al-Muborak al-
Xanzaliy al-Marvaziy (736-797) - ikkinchi darajali tobeinlardan; so’fiy, muhaddis. Hadis, 
fiqhda zamonasining yetakchi olimi. Xorazm turkiylaridan Muborak ibn Vozihning o‘g‘li. 
Xurosonning ilmiy-madaniy markazi Marvda tug‘ilgan. Butun umrini haj, jihod, ilm va 
ibodat yo‘liga baxsh etgan. Ko‘p mamlakatlarga sayohat qilgan. Sayohatlarida Abu 
Hanifa bilan ko‘rishgan va uning eng mumtoz shogirdlari safidan o‘rin olgan. So’fiylik, 
fiqh, hadisshunoslik, tarix, filologiya va tafsirga oid asarlar yozgan. 20 ming hadisni o‘z 
ichiga olgan 20 asarini Abu Hanifaning abvobi fiqhiga ko‘ra tartib etgan. Jihod haqida ilk 
asar ta’lif etgan va ilk daf’a Arba’in (qirq hadis) yozgan. A.i.M.dan bahramand 
bo‘lganlardan biri Ahmad ibn Xanbaldir. Imom Buxoriyning otasi - Ismoil A.i.M.ning 
shogirdlaridan bo‘lgan. Tarsus (Suriya)dan qaytayotganda vafot etgan va Furot 
daryosining qirg‘og‘idagi Xish sh.da dafn etilgan. Uning "Kitob az-zuhd varraqoiq" nomli 
16 juzdan iborat kitobi bizgacha yetib kelgan. 
 
 
ABDULLOH ibn UMAR, to‘liq ismi Abdulloh ibn Umar ibn al-Xattob al-Adaviy, kunyasi - 
Abu Abdurrahmon (taxm. 612-693) - ashobi kiromning eng yuksak olim va 
mujtahidlaridan biri. Hijoz fiqhi va huquqining tamal toshini qo‘ygan zot. Oltmish yil 
fatvo berish bilan shug‘ullangan. Abu Hurayra (ra)dan so‘ng Rasuli Akram (sav)dan eng 
ko‘p - 2630 hadis rivoyat etgan. Otasi Umar (ra) bilan Madinaga hijrat qilgan, Usmon 
(ra) vafot etgach xalifalik taklif qilingan, ammo bu rutbadan bosh tortgan.  
 
 
ABDULLOH NADIM, to‘liq ismi - Abdulloh ibn Misboh Ibrohim al-Idrisiy an-Nadim 
(1845-1896) - misrlik jamoat arbobi, ma’rifatparvar, mutafakkir. Arablar ozodlik 
harakatining namoyandalaridan biri. Qohiradagi al-Azhar un-tida o‘qigan. 80-y.larda 
A.N. taraqqiyparvar va vatanparvar ziyolilar bilan birgalikda inglizlar asoratiga qarshi 
kurashda faol qatnashgan, jurnallar nashr etgan. Islomning axloqiy ta’limotiga 
asoslangan ijtimoiy tenglik va adolat g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Bir qancha vatanparvarlar 
qatori A.N. ham o‘lim jazosiga hukm qilingan, lekin u qochib, 9 y. muhojirlikda ta’qib 
ostida yashagan. A.N. 20 dan ortiq asar yozgan. Ular orasida "Sulofat an-nadim fi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
muntaxabat as-sayid an-Nadim ibn Misboh" ("An-Nadim ibn Misboh tanlangan asarlarida 
do‘st uchun shirin may"), "Xoni an-Nadim" ("Nadimning nolalari") kabilar ayniqsa 
mashhur. Umrining oxirgi yillarini Istanbulda o‘tkazgan va shu yerda vafot etgan. 
 
 
ABDURAHMON ibn AVF (taxm. 579-654) -sahoba; makkalik ilk (Xadichadan keyin) 
sakkiz musulmonning beshinchisi. Asharai Mubashsharalardan. A.i.A. ham 
Habashistonga, ham Madinaga ko‘chgan muhojirlardan. Badr, Uhud va b. janglarda 
Muhammad (sav)ning yonlarida bo‘lgan. Uhud jangida yigirma joyidan yaralangan. 
Dastlab faqir edi, so‘ngra tijorat bilan shug‘ullanib boyib ketgan. Xayr-ehsonni ko‘p 
qiladigan, bu odatni yaxshi ko‘radigan zot bo‘lgan. Bir kunda o‘ttiz qulni ozod qilgan. 
Mol-dunyosining bir qismini hayotligida musulmonlarga tarqatgan, bir qismini g‘oziylarga 
vasiyat qilib qoldirgan. Umar (ra)dan so‘ng xalifa bo‘lishni istamagan, hakamlik qilgan. 
Usmon (ra)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bay’at qilgan. 
 
 
ABDURAHMON ibn SAMUR al-ANSORIY (? - 670) - sahobalardan. Tobuk g‘azoti, 
Iroq, Sijiston, Xuroson va b. mamlakatlarni fath etishda qatnashgan. Seyiston noibi 
(653-666). Basrada vafot etgan. Mahmud ibn Valining yozishicha, uning qabri Marvi 
Shohijahon (Marv)da joylashgan. 
 
 
ABDUSSALOM al-MUBORAKPURIY, to‘liq nomi Abulhuda Muhammad Abdussalom ibn 
ash-Shayxxon Muhammad (1872-1924) -hadisshunos, tarixchi. Hindistondagi 
Muborakpur qishlog‘ida, ziyoli, taqvodor oilasida dunyoga kelgan. Qur’oni karim, hadisi 
sharif, tafsir, fiqh, tarix, hikmat va tabobat ilmlari bo‘yicha zamonasining eng yirik 
allomalaridan ta’lim olgan. 22 yil davomida boshlang‘ich va oliy madrasalarda, so‘ng 
umrining oxirigacha "Dor ul-hadis ar-rahmoniyya" un-tida mudarris. Uzoq yillar olib 
borgan tadqiqotlariga tayanib, islom ilmi va tarixga doir bir qancha asarlar yaratgan. 
Ulardan "Siyrat al-Imom al-Buxoriy" islom olamida mashhur bo‘lib, hadis ilmi va 
muhaddislar xususidagi asarlarning eng batafsili va mukammali hisoblanadi. Bu asar 
1955-86-y.larda Banorasda ikki marta nashr etilgan. 
 
 
ABDULXOLIQ G’IJDUVONIY - q. G’ijduvoniy. 
 
 
ABODILA (arab. abdullohlar) – Fiqh ilmida to‘rt sahobai kirom (Abdulloh ibn Abbos, 
Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Azz ibn Zubayr, Abdulloh ibn Amr ibn Oss)ga nisbatan 
qo‘llaniladigan istiloh. Biror fiqhiy masala A.ning so‘zi sifatida zikr etilsa, bu masalada 
mazkur shaxslarning muttafiq (bir xil fikrda) ekanlari tushuniladi. "Abdulloh" ismli 
sahobai kiromning adadi, ibn as-Salohning so‘ziga ko‘ra, ikki yuz yigirmaga, ibn ul 
Fathunning zabt va tahqiqiga ko‘ra esa, uch yuzga yetadi, ammo "abodila" istilohi faqat 
mazkur to‘rt shaxsga nisbatangina qo‘llaniladi. Ilmi fiqhni to‘la egallagan bo‘lishiga 
qaramay, Abdulloh ibn Mas’ud A. qatoriga kirmaydi. Chunki bu istiloh uning vafotidan 
so‘ng paydo bo‘lgan. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
ABRAXA (habashcha Ibrohim) - Yaman hokimi. Rivoyatga ko‘ra, A. Yamanda 
hukmronlik qilib turgan vaqtda Sa’no sh.da Qullays nomli bahaybat xristian cherkovini 
barpo etib, xalqni Makkaga borib haj qilmasdan, uni ziyorat qilishga da’vat etgan. Lekin 
Yaman ahdi Makka ziyoratini tark qilmagan. Shunda A. Ka’bani vayron qilish uchun fillar 
bilan hujum boshlagan (A. shuning uchun Sohib ul-fil laqabini olgan). Alloh taoloning 
qudrati bilan uning qo‘shini ustiga to‘p-to‘p qushlar uchib kelib, tosh parchalarini 
yog‘dirib fillarni ham, lashkarlarni ham halok etgan. Bu voqea Muhammad (sav) 
tavalludlaridan bir oz oldin bo‘lib o‘tgan. Qur’onning 105-surasi "Fil" nomi bilan atalishi 
va Muhammad (sav) "Fil" yilida tug‘ilgan deyilishining sababi ham shu. 
 
 
ABROR (arab. - yaxshilar, pok kishilar) - tasavvufga ko‘ra, darajalari o‘rta hol kishilar. 
Ularning darajasi avliyolardan quyi, oddiy xalqdan yuqori hisoblangan. Ular Allohning 
buyruqlarini o‘rtacha bajaradilar, man qilgan ishlaridan saqlanib yuradilar.  
 
 
ABU (arab. - ota so‘zining izofa holatidagi shakli) - arablar va b. musulmon xalqlarda 
ko‘pchilik kunyalarning tarkibiy qismi. Mas., Abu Nuvos, Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy va b. 
 
 
ABU BAKR VARROQ, Shayx Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Varroq (? - 907) -faqih. 
Balxdagi Ayoz mahallasida tavallud topgan. Islomdan tashqari yahudiylik va xristian 
dinlaridan ham mukammal bilimga ega bo‘lgan. Ilohiyotga doir o‘nga yaqin asar, 
jumladan "Kitob al-ixlos", "Kitob al-xuruf", "Kitob al-ajab", "Kitobi Xadiqat al-botin" va b. 
muallifi. Mahmud ibn Valining yozishicha 907 y. Siyohjird qishlog‘ida vafot etgan, 
Termizdagi Mashohid degan joyda dafn etilgan.  
 
 
ABU BAKR SIDDIQ (ra), to‘liq ismi Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir 
(571/572 - 634.23.8) - islomda "xulafoi roshidin" ("to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar"), 
Movarounnahrda "chahoryorlar", "choryorlar" deb atalgan dastlabki to‘rt xalifadan 
birinchisi (632-634). Muhammad (sav)ning eng yaqin safdoshlari, qaynotalari 
(Oishaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Muhammad (sav) 
da’vatlari bilan islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan. Islomga kirishdan oldin ismi 
Abdulka’ba edi. Abdulloh ismini Muhammad (sav) qo‘yganlar. Siddiq deb atalishiga 
sabab shuki, isro va me’roj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdiqdagan. Muhammad 
payg‘ambar unga Siddiq, ya’ni imoni kuchli deb laqab berganlar. Makkadan Madinaga 
hijrat qilishda Muhammad (sav)ga hamroh, g‘orda hamnishin bo‘lgan. Badr, Uhud, 
Handaq, Xudaybiya va b. joylardagi janglarda ishtirok etgan. A.B.S. (ra) umr bo‘yi 
to‘plagan 40 ming dirhamlarini islom yo‘liga sarf qilgan, chunonchi, Bilol Habashiyni 
sotib olib, qullikdan ozod etgan. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin birinchi xalifa bo‘lib 
saylangan (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi ko‘targan 
qo‘zg‘olonlarini bostirgan (q. Ridda). A.B.S. (ra) xalifaligi davrida arablar Iroq va 
Suriyani fath etgan. 634 y.dan Vizantiya imperatori (Rum sultoni) Irakliy (Xiraqil) 
yuborgan yuz mingdan ortiq qo‘shin ham islom lashkarlaridan yengilgan. Qur’oni karimni 
tartibga solib, jild holiga keltirishga kirishgan. Sarvari olamdan 142 hadis rivoyat qilgan. 
Islom davlatini boshqarishda qator tartiblar joriy etgan, mamlakatni boshqarish uchun 
Maslahat kengashi, har bir viloyatga voliy (hokim) tayinlash, Baytulmol tashkil etish 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling