Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet55/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55

CHILYOSIN (chihil yosin; forscha qirq yosin) - Qur’onning Yosin surasini o‘qish bilan 
bog‘liq bo‘lgan diniy odat. Unda og‘ir darddan xalos etish yoki yengillatish maqsadida 
bemor tepasida Yosin surasi 40 marta o‘qiladi.  
 
 
CHILLA O’TIRISH - so’fiylarga va muridlarga xos odat. So’fiylik tariqatlarida murid 40 
kun davomida uydan chiqmasdan toat-ibodat qilishi "chilla o‘tirish" deb atalgan. Yirik 
so’fiy namoyandalarining qarorgohlarida (mas., Turkiston sh.dagi Ahmad Yassaviy, 
Buxoro yaqinidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohlarida) chilla o‘tirish uchun alohida 
hujralar bo‘lgan. Ch.o‘. vaqti dindor tomonidan oldindan niyat qilingan bo‘ladi. Bu e’tikof 
deb ham ataladi.  
 
 
CHILTON - diniy tasavvurlarga ko‘ra, g‘ayritabiiy kuchga ega bo‘lgan afsonaviy 40 ruh. 
Rivoyatlarda Ch.lar odamlar ko‘ziga ko‘rinmaydi, ba’zan ular orasida odam qiyofasida 
yashaydi deb talqin etiladi. Ular, odatda, mozor va shu kabi odamlar bo‘lmaydigan 
joylarda uchraydi, deb tasavvur qilinadi. Turli ofatlardan saqlanish, kasaldan kugulish 
maqsadida Ch.larga atab pilikdan yasalgan 40 chiroq yoqish, ularga bag‘ishlab turli 
taomlar pishirish odati bo‘lgan. Taomlar Ch. oshi deb atalgan va ular shu marosim 
munosabati bilan to‘plangan xotin-qizlarga tarqatilgan. Hoz. vaqtda Ch.lar va ular bilan 
bog‘liq bo‘lgan urf-odatlar deyarli yo‘qolib ketgan.  
 
 
CHISHTIYA - so’fiylik tariqatlaridan biri. 12-a.da Sharqiy Xurosonda shakllanib, 12-13-
a.da Hindistonda uzil-kesil rasmiy tus olgan. O’rta asrda Ch. suxravardiylik bilan birga 
Hindistovda eng ommaviy va keng tarqalgan tariqatlardan hisoblangan. Ch. asoschisi 
Xo‘ja Abu Ishoq ash-Shomiy (1097 y.v.e.) bo‘lib, Iroqdan Chisht qishlog‘iga (Hirot 
yaqinida) ko‘chib kelgan (tariqatning nomi shundan) va u yerda xonaqoh qurgan. Uning 
9-(yoki 8-) vorisi shayx Mu’iniddin Hasan Sijzi Chishtiy (1142-1236) Ch.ni Hindistonga 
tarqatdi. Ch. shayxlari o‘z silsilalarini Ibrohim Adham va Hasan al-Basriy orqali Ali ibn 
Abu Tolibga bog‘laydi. Ch. tariqati Nizomiddin Avliyo (1325 y. Dehlida v.e.) davrida 
o‘zining yuksak cho‘qqisiga yetib, so’fiylik Shim. Hindistonda ommaviy tus olgan hamda 
janub va sharq tomon keng yoyilgan. U Ch. tarmogi -Nizomiyaga asos solgan. Ch. 
ta’limotining asosini vahdati vujud g‘oyasi tashkil etgan. Ch. vakillari hokim-amaldorlar 
bilan har qanday aloqa bog‘lashni inkor qilgan. Allohga tavakkul qilib, o‘z mehnati bilan 
tirikchilik o‘tkazishni targ‘ib etgan. So’fiy och kishining qornini to‘ygazish, mazlumlar 
iltimosini albatta bajarish, kambag‘al-qashshoklarga baholi qudrat ko‘mak berish yo‘li 
bilan Alloh marhamatiga sazovor bo‘lishga intilishi shart, deb hisoblangan. Shuningdek, 
muridlarga pulga mukkasidan ketish, gadoychilik bilan shug‘ullanish, araq ichish
giyohvandlik qilish, tamaki chekish taqiklangan. Ch. yo‘li shariat, tariqat, haqiqat kabi 3 
bosqichdan iborat bo‘lib, muridlik davri 1000 kun davom etgan. Zikr bilan birga 40 kun 
ro‘za tutish rasm bo‘lgan. Ch. tariqati a’zosi kigazdan qilingan cho‘qqi kuloh kiyishi bilan 
boshqalardan ajralib turgan. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
356
CHOR KITOB - islomga oid pand-nasihatlar kitobi. Sharafiddin Sanoiy al-Buxoriy 
qalamiga mansub. 2 she’riy va 2 nasriy majmuadan iborat. "Chahor kitob" ("To‘rt kitob") 
deb ham ataladi. Qo‘lma-qo‘l bo‘lib, hoz. davrgacha yetib kelgan. Kitobda toat-ibodat
shariatning qonun-qoidalari: farz, sunnat, namoz va ro‘za haqida fikr yuritiladi. 
Shuningdek, unda qiziqarli voqea va hikoyatlar, sharqona donolik namunalari bayon 
etilgan. Kitob fors tilida yozilgan bo‘lib, turkiy-o‘zbek tilidagi tarjimalari ham mavjud. 
 
 
CHORYORLAR (fors. - to‘rt do‘st) - Muhammad (sav) vafotlaridan keyin arab 
xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki 4 xalifa (Abu Bakr Siddiq Umar, Usmon, 
Ali). Bu xalifalarni Ch. deb atash Eron, Afg‘oniston va O’rta Osiyodagi oddiy dindorlar 
orasida rasm bo‘lgan. Ch. arab tilidagi diniy manbalarda "xulafo ar-roshidin" ("to‘g‘ri 
yo‘ldan borgan xalifalar") nomi bilan tilga olinadi. Ch. xalifalikni boshqarish va 
kengaytirish, ko‘shni yerlarni fath etib islom bayrog‘i ostida birlashtirishga rahnamolik 
qilgan hukmdorlardir. Musulmonlar Ch.ni "payg‘ambar noiblari" hisoblaydilar. Islom 
an’anasvda Ch. hukmronlik davri islomning oltin asri deb yuritiladi. Bu davr 30 yil 
bo‘lgan. 
Ch. zamonida Payg‘ambar (sav) boshlab bergan futuhotlar oxiriga yetkazilgan, davlat 
kurilishi mukammal bo‘lgan, islom yetib borgan o‘lkalarda barqarorlik o‘rnatilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
357
Asosiy mualliflar ro‘yxati  
  
Abdulhay Abdullaev 
Abdulhay Abdurahmonov 
Abduqayum Azimov 
Marfua Alaviya 
Mahfuza Alimova 
Mansurali Arabboev 
Muhammad Ahmad 
Sirojiddin Ahmedov  
Shamsuddinxon Boboxonov 
Abdulhakim Juzjoniy 
Zohidjon Islomov 
Hamidulla Karomatov 
Abdulaziz Mansurov 
Mahkam Mahmudov 
Ahmad Mubashshir 
Zohidillo Munavvarov 
Soat Musaev 
Ismoil Muhammad Yusuf 
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 
Salohiddin Muhitdinov  
Ashirbek Mo‘minov 
Bahodir Nurmuhammad 
Sultonmurod Olimov 
Qahramon Rajabov 
Nodir Ramazonov 
Durbek Rahimjonov 
Ilhom Sultonov 
Abdulhamid Tursunov 
Alisher Tursunov 
Ahmad Tursunov 
Ubaydulla O’vatov 
Davron Shorahmedov 
Abdurahmon Rofurov 
A’zam Qambarov 
Zohidxon Qodirov 
Muhammadjon Qodirov 
Suyun Qoraev 
Muhammad Ayub Hamidov 
Ahadjon Hasanov 
Faxriddin Hasanov 
Zuhriddin Husniddinov 
 
 
Online o’qish: 
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.0
 
Internet uchun Shahina tayyorladi. 
 
www.ziyouz.com
 
2007 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling