Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet52/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55

ZINDIQ (ko‘pliga - zanodiqa) - ilohiyotda, asosan, moniylik, mazdakiylik va xurramiylar 
ta’limoti vakillarini anglatuvchi istiloh; keng ma’noda "Allohga ishonmovchi", mo‘minning 
ziddi. Z so‘zi Islomga sosoniylar davridaga eroniy lahjadan Z deb Avestoni yangicha
allegorik talqin etuvchi kishilarni atashgan. Islomda Z istilohini keng qo‘llanilishi uning 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
335
diniy talqinidan ko‘ra, ko‘proq siyosiy jihati bilan izohlanadi. "Allohga ishonmasliga" 
(zandaqa) imon uchun emas, avvalambor davlat hokimiyatiga xavf-xatar tug‘diruvchi 
shaxslarni Z deb e’lon qilishgan. Zandaqani targ‘ib etgani uchun islomda ilk bor Z. deb 
qatl etilgan shaxs Ja’ad ibn Dirham bo‘lgan. U Qur’on yaratilgan deb da’vo qilgani uchun 
742 (743) y. Iroqda osib o‘ldirilgan. Xalifa al-Mahdiy davri 775-785)da maxsus qozilik 
mansabi - Zlarni nazorat etuvchi (sohib yoki Orif az-zandaqa) tayin etilgan. Islom 
tarixidagi Z.larga qarshi namunali jazo choralari ko‘rilgan xollar ko‘p bo‘lgan (molikiylar 
G’arbda, xanafiylar - Usmonli turk saltanati davrida). Hoz. vaqtda islom aqidaparastlari 
Z tushunchasini din manfaati yo‘lida yetarlicha qayg‘urmayotganlarga nisbatan ham 
qo‘llaydi.  
 
 
ZINO (arab. - buzuklik, fahsh, zinokorlik) - islom aqidasi bo‘yicha erkak va ayolning 
shar’iy nikohsiz jinsiy aloqada bo‘lishi. Shariatda Z. uchun yuz darra urishdan tortib o‘lim 
(toshbo‘ron qilish) jazosigacha belgalangan. Lekin jazoga hukm qilish uchun Z. bilan 
ayblanuvchilarning o‘zlari iqror Bo‘lishi yoki to‘rtta ishonchli guvohning bo‘lishi shart 
qilingan. Aks holda, - diniy manbalarda aytilishicha - arzimagan sabablar bilan insonning 
obro‘si to‘kilishi, ig‘vogar, bo‘htonchilarga qo‘l kelishi mumkin. Yuz darra urishga hukm 
etilgan Z. qiluvchi (zinokor) er va ayol avval uylanmagan, turmush qurmagan bo‘lishi 
kerak. Ammo, uylangan, turmush qurgan bo‘lsa, ularni o‘lguncha toshbo‘ron qilinishi 
belgilangan. 
 
 
ZOVIYA (arab. - burchak, hujra) - so’fiylar, darvishlar to‘xtaydigan va yashaydigan 
maskan. Arab mamlakatlarining ba’zilarida rabot, ba’zilarida Z deb atalgan. Eron va 
Afg‘onistondagi tak’ya, O’rta Osiyodagi xonaqohga to‘g‘ri keladi. 
 
 
ZOHID (arab. yuz o‘giruvchi, tark etuvchi) -tarkidunyo qilgan kishi. Z.lar musulmonlarni 
bu dunyo rohat-farog‘atidan voz kechishga, ollohning zikriga xalal beruvchi barcha 
narsalarni tark etishga undaydilar.  
 
 
ZOHIDLIK - tarkidunyochilik, saqlanish. Xudoning marhamatiga musharraf bo‘lish, 
jannatga tushish uchun tarki dunyo qilish zarurligi haqidagi diniy tasavvur, 
mutaassiblikka, bir yoqlama dunyoqarashga da’vat etuvchi oqim. Z islomda darvishlik, 
chilla o‘tirish, ro‘za tutish, zikr tushish kabilarda namoyon bo‘ladi. Tasavvufda Z 
Allohning zikriga xalal beruvchi barcha narsalarni tark etish, demakdir. Bunda Allohga 
shirk keltirishdan saqlanish va ibodatda riyodan xoli bo‘lish; barcha gunoxdardan va 
harom narsalardan saqlanish va nihoyat, ortiqcha dunyoviy ashyolarga mehr qo‘ymaslik 
nazarda tutiladi. Shariat va tariqat odoblariga bu xilda rioya etishni Bahouddin 
Naqshband, Xoja Ahror, Najmiddin Kubro va b. targ‘ib etganlar.  
 
 
ZOHIRIYLAR (arab. zohir - tashqi, oshkor) - 1) Qur’on ta’limotini aynan tushunuvchi va 
so‘zma-so‘z talqin qiluvchi oqim tarafdorlari. Botiniylarning qarama-qarshisi. 2) 10-13-
a.larda tarqalgan va keyinchalik yo‘qolib ketgan shariat mazhabi. Unga Dovud ibn Ali al-
Isfahoniy az-Zohiriy (883 y. v. e.) asos solgan. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
336
 
ZUBAYR ibn AVVOM, to‘liq ismi Abu Abdullo az-Zubayr ibn al-Avvom ibn Xuvaylid al-
Asadiy al-Qurayshiy (? -656) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai 
Mubashsharadan. Quraysh qabilasidan, Xadicha kabi bani Asad urug‘idan. Muhammad 
(sav)ga xolavachcha, Xadichaga esa, akaning o‘g‘li. Oishaning singlisi Asmoga 
uylanganligi uchun Rasuli Akramga boja hisoblanadi. 12 yoshida islomga kirgan. Oldin 
Habashistonga, so‘ngra Madinaga ko‘chgan(hijrat qilgan)lardan. Muhammad(sav)ning 
barcha g‘azotlarida qatnashgan. Badr jangida dushmanga birinchi bo‘lib qilich solib 
hamla qilgan. Umar (ra) davrida Yarmuk jangida qatnashib, ikki joyidan yaralangan. 
Misrni fath etishda qatnashgan. Z.ibn A. badavlat bo‘lib, uning bir quli, hisobsiz moli, yer 
va bir necha uyi bo‘lgan; u xayr-ehson qilishni sevar, mol dunyosini Alloh yo‘lida 
sarflagan. Savdogarlik bilan shug‘ullangan. Xalifa Umar (ra)ning xalifalik uchun ajratgan 
6 kishilik maslahat ashobidan edi. Usmon (ra) xalifaligi davrida chiqqan ixtiloflarga 
qo‘shilgan. Jamal jangida Aliga qarshi chiqqan, so‘ngra afsus chekib, orqaga qaytgan. 
Biroq qaytishda bir daraxt tagida uxlab yotganida o‘ldirilgan. Qotil Ibn Jurmuz 
Zubayrning boshini Aliga olib borgan. Mukofot kutgan qotilga Ali payg‘ambarimizning 
"Zubayr qotiliga jahannamga kirishini xabar beringiz", mazmunidagi hadislarini o‘qib 
bergan. Z.ibn A. payg‘ambarimizdan 38 hadis rivoyat qilgan.  
 
 
ZULKIFL (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Z.ning asl ismi Bishr 
bo‘lib, Ayyub (as)ning o‘g‘lidir. U otasi Ayyub (as)dan so‘ng payg‘ambar qilib yuborilgan. 
Allohga bergan ahdiga vafo qilgani uchun Z deb nomlangan (Zulkifl -Kafolat sohibi). 
Qur’onda Z nomi Ismoil va Idris (as)lar bilan birga zikr qilingan (Anbiyo surasi 85-86-
oyatlar, Sod surasi 48-oyat). Ammo, qaysi qavmga payg‘ambar etib yuborilgani va 
payg‘ambarlik da’vati haqida Qur’onda aniq oyat zikr etilmagan. Boshqa bir rivoyatga 
ko‘ra, rumliklar Z.ga ergashganliklari nakd etiladi. Bu qavm Z.dan o‘zlarini uzoq umr 
ko‘rishliklarini Allohdan so‘rashni iltimos qilishgan. Parvardigor Z.ning duosini qabul etib, 
"ular o‘zlari xohlamaguncha o‘lmaslar, bunga sen ham kafil bo‘lgan", degan vahiy keladi. 
Bishr o‘z qavmiga bu bashoratni yetkazadi. Ilohiy vahiyga o‘zi kafil bo‘ldi. Shu sababdan 
uni Z deb atay boshlaganlar. Iroqda al-Xilla yaqinida Z.ning qabri deb hisoblanadigan 
ziyoratgoh mavjud. Boshqa joylarda ham Z maqbarasi mavjudligi, jumladan u Termiz 
yaqinida dafn etilgani haqida rivoyatlar bor. 
 
 
ZULKIFL MAQBARASI - Termiz yaqinidagi me’moriy yodgorlik (11-12-a.lar). Rivoyat 
qilinishicha, bu yerga payg‘ambar Zulkifl dafn etilgan. Tarixiy manbalarda Abbosiylarning 
atoqli lashkarboshilaridan Ishoq ibn Kuntoj ham shu yerda dafn etilgani qayd qilingan. 
Amudaryodagi Payg‘ambar orolining jan. qismida joylashgan masjid, go‘rxona va ularga 
tutash 2 xonadan iborat. Binolar turli davrlarda bunyod etilgan. Masjid murabba tarhli 
(6,95 x 6,95), gumbazli, oldi peshtokli. Mehrobiga ganchkori garih naqsh ishlangan.-
Go‘rxona (6 x 4 m) masjid sathidan 1 m cha baland qilib qurilgan, unda sag‘ana 
saqlangan. Go‘rxonaning ikki eshiga orqali tutash kurilgan ikki xonaga o‘tiladi. Xonalar 
devoriga g‘ishtlar mavjli shaklda terilgan.  
 
 
ZULM, nohaqlik, sitam, istibdod - odamlar o‘rtasida barqaror bo‘lgan munosabatlarni 
qasddan buzish; insonni ruhan siqish, majburlash, xafa qilish, taxqirlash, unga 
zo‘ravonlik qilish, mol-mulkni bosib olish va h.k. Qur’oni karimda Z jazo berilishi lozim 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
337
bo‘lgan jinoyat sifatida qoralanadi. Odatda Z tushunchasida mulkdorlarning ijarachilarga, 
xo‘jayinlarning mardikorlar, xizmatkorlar va qullarga, katta qarindoshlarning 
kichiklariga, mansabdorlarning xalqqa bo‘lgan salbiy munosabati, shuningdek, qozilar va 
hokimlarning g‘ayriqonuniy qarorlari tushuniladi. Z xukuqni poymol qilish ma’nosida 
barcha mazhablar tomonidan qoralanadi, biroq, unga bo‘lgan munosabat va qarshilik 
ko‘rsatish tarzi har xildir. Z.ga qarshi kurashish mavjud ijtimoiy tartiblarni buzadigan 
bo‘lsa, Z.ga qarshi kurashmasdan unga chidash afzal, degan fikr ilgari ham, hoz. ham 
islomiy aqida vakillarini to‘la qoniqtiradi va islom axloqiy asosining bosh ahkomlaridan 
biri sanaladi.  
 
 
ZULFIQOR (arab. - teshib o‘tuvchi, o‘tkir) -Muhammad (sav)ning Badr jangida qo‘lga 
tushirgan mashhur 2 uchli shamshirlari. Z johiliyat davrida Arabistondagi mashhur 
shamshirlardan sanalib, makkalik Munabbih ibn Xajjojga tegishli bo‘lgan. Muhammad 
(sav) vafotlaridan keyin hazrat Aliga, so‘ngra esa, xalifalarga o‘tgan. Islom an’anasida Z 
sehrli kuchga ega hisoblanib, uzayishi yoki qisqarishi mumkin bo‘lgan. Islom dini 
tarqalgan xalqlarda o‘g‘il bolalarga Z ismini qo‘yish odati bor. 
 
 
ZULQARNAYN (arab. - ikki shoxli) -Qur’onda qissasi kelgan mo‘min bandaning ismi. Z 
shaxsi haqida turli fikrlar mavjud. Ba’zi tadqiqotchilar uni makedoniyalik Iskandar deb 
hisoblashadi. Biroq, Islom ta’limotiga ko‘ra bu to‘g‘ri emas, chunki makedoniyalik 
podsho Allohning yagonaligiga ishongan mo‘min bo‘lgan emas. Qur’ondagi Z esa, 
mo‘mindir. Alloh "Kahf" surasida Payg‘ambar (sav)ga xitob qilib: "sendan Zulqarnayn 
haqida so‘rarlar" degan. Muhammad (sav)dan odamlar Z to‘grisida so‘raganlar. Qissada 
aytilishicha, Alloh taolo Z.ga yer yuzida hukmronlik, molu dunyo, askarlar va b. katta 
imkoniyatlarni bergan edi. Shuningdek, Alloh unga hukm yuritish, binokorlik va 
obodonchilik, davlatni mustahkam tutish kabi ishlarni o‘rgatgan edi. Z o‘z mulklarini 
aylangan. O’ shim. tomon yo‘l olgan. Ikki tog‘ orasiga yetganida, ularning ortida biron 
gapni anglamaydigan qavmni ko‘rgan. Bu qavm Z.dan yer yuzida buzg‘unchilik 
qilguvchilar - Ya’juj va Ma’jujdan o‘zlarini himoya qilish uchun to‘siq qilib berishini 
so‘rashgan. Z Alloh unga bergan ilm orqali mustahkam temir devor kurib, haligi qavmni 
Ya’juj va Ma’jujning hujumlaridan saqpanishiga yordam bergan.  
 
 
ZUNNUN al-MISRIY, Abul Fayz Savbon ibn Ibrohim (taxm. 796-860/61) - Misrdagi ilk 
tasavvuf vakili, so’fiy shayxlardan biri. Misrdagi Axmim degan joyda tug‘ilgan. Targ‘ibot 
ishlari bilan Makka, Damashq, Antioxiyada safarda bo‘lgan. Molikiylik mazhabi faqihi va 
tarixchi Abdal Hakam tasavvufni targ‘ib qilgani uchun Z al-M.ni qoralagan va so’fiylik 
ta’limotini "noma’qul bid’at", deb hisoblagan. Mu’taziliylar ta’limotiga qarshi bo‘lgani 
uchun Z al-M. hokimiyat tomonidan ta’qibga uchragan. Z al-M.ning o‘n beshga yaqin 
asari bor, deb hisoblaydilar. Bizgacha yetib kelgan she’riy parchalarida aziz-avliyolar 
tarkidunyochiligining afzalliklari va tasavvuf ahlining eng oliy orzusi - Allohga 
"yaqinlashish" holatlari bayon etilgan. Bunga ma’rifat orqali erishiladi, ma’rifat esa, 
uning fikricha, dunyoviy ishlardan, o‘z tabiiy ehtiyojlaridan voz kechish, nafsni tiyish 
orqali o‘zini kamolotga olib chiqish bilan belgilanadi. Tasavvuf an’anasida Z.al-M. 
so’fiylikning "maqomat va ahvol" to‘g‘risidagi ta’limotining asoschisi hisoblanadi. Z.al-M. 
Allohni insoniy qiyofada tasavvur etishni rad qiladi, uning butunlay ilohiy olam ekanligini 
ta’kidlaydi. Z.al-M.ning goyalari keyingi so’fiylar tomonidan o‘zlashtirildi, rivojlantirildi. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
338
Jomiy, Attor va b. so’fiylar hayotini vasf etuvchi majmualarida Z.al-M. shaxsini uluglab, 
afsonaviy darajaga ko‘targanlar. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
339
- O' -
 
 
O’ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI - O’zbekiston musulmonlariga rahbarlik 
qiluvchi diniy tashkilot. 1943 y. 20 okt.da Toshkentda bo‘lib o‘tgan O’rta Osiyo va 
Qozog‘iston musulmonlari qurultoyida ta’sis etilgan. Toshkentdagi Baroqxon 
madrasasida joylashgan. Bu tashkilot 1992 y.dan Movarounnahr musulmonlari idorasi, 
1996 y.dan O’.m.i. deb ataladi. U davlatdan ajralgan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat 
yuritadi. Idora o‘z hududidagi musulmonlar o‘rtasida diniy ishlarni boshqarib turadi, 
fatvolar beradi, masjidlarga imom-xatiblar tayinlaydi, diniy xodimlar tayyorlaydi. O’.m.i. 
moddiy jihatdan musulmonlardan masjidlarga tushadigan xayr-ehsonlar, yordamchi 
xo‘jaliklar va b. hisobiga ta’minlanadi. Idora rahbar organi - Oliy Hay’at. Uning raisi 
muftiy hisoblanadi. Muftiy o‘rinbosar (noib)lari bor. O’.m.ida Masjidlar, Xalqaro aloqalar, 
Xayriya, Fatvo, Ta’lim va Muhtasiblik bo‘limlari bor. Buxorodagi Mir Arab madrasasida 
(1945) va Toshkentdagi Buxoriy nomidagi Islom in-tida (1971) va bir necha diniy bilim 
yurtlarida kadrlar yetishtiriladi. Idora tasarrufidagi "Movarounnahr" nashriyotida "Islom 
nuri" gazetasi, "Hidoyat" jur., diniy adabiyotlar, diniy taqvim va b. nashr etiladi. O’.m.i. 
xorijiy mamlakatlardagi ko‘pgina diniy tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Idora har yili 3,5-4 
ming kishining haj safarini uyushtirishda faol ishtirok etadi. U.m.i. o‘z faoliyatida 
Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida"gi qonunga rioya qiladi. 
O’.m.i.ga turli yillarda Eshon Boboxon Abdumajidxon o‘g‘li (1943-1957), Ziyovuddinxon 
Boboxonov (1957-1982), Shamsuddinxon Boboxonov (1982-1989), Muhammadsodik 
Muhammadyusuf (1989-1993), Muxtorjon Abdullaev (1993-1997), Abdurashid qori 
Bahromov (1997 y.dan) muftiylik qilgan.  
 
 
O’N IKKI IMOM - shialikdaga asosiy oqim - imomiylar (ba’zan "o‘n ikkichilar" -
"isnoashariya" deb ataladi) o‘rtasida e’tiqod qilinadigan imomlar sulolasi. Xalifa Ali bilan 
Fotima (Muhammad (sav) qizi)dan tarqalgan avlodlardan iborat. Ular payg‘ambar avlodi 
deb taniladi. Imomiylar ularni islomning qonuniy rahnamolari deb tanib, xalifalar 
hokimiyatini g‘ayriqonuniy deb hisoblaydi. Bular - Ali ibn Abu Tolib, Hasan, Xusayn, 
Zayn al-Obidin Ali (vafoti 713 yil), Muhammad al-Bokir (732 y.v.e.), Ja’far as-Sodiq 
(700-765), Muso al-Kozim (799 y.v.e.), Ali ar-Rizo (818 y.v.e.), Muhammad at-Taqiy 
(835 y.v.e.), Ali an-Naqiy (868 y.v.e.), Hasan al-Askariy (846-873), Muhammad al-
Mahdiy (rivoyatlarga ko‘ra, 874-878 y.lar orasida yo‘qolgan). Imomlarning ba’zilarigina 
o‘ldirilgan yoki zaharlangan, lekin shunga qaramay, imomiylar ularning barchasini 
xalifalar tomonidan o‘ldirilgan deb hisoblaydi, ularni jabrdiyda va din yo‘lida shahid 
bo‘lganlar deb motam tutadi. 12-imom - Muhammad al-Mahdiyni yashiringan deb 
hisoblab, uning qaytib kelishini kutish asrlar davomida shialar orasida an’ana sifatida 
saqlangan. Sunniylar orasida ham "imom Mahdiy"ning kelishiga ishonish ma’lum o‘rin 
egallab, u zamona oxir bo‘lganda keladi, deb tasavvur qilingan (q. Mahdiylik). Imomlar 
va imomzodalar dafn etilgan maqbaralar hozir ham shialar uchun muqaddas ziyoratgoh 
hisoblanadi, hatto ular uchun haj o‘rnini bosadi. Bunday "muqaddas joylar" Najaf, 
Karbalo, Kozimayn (Iroq), Madina (Saudiya, Arabistoni), Mashhad, Qum, Shoh Abdul 
Azim (Eron) shlarida joylashgan. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
340
- G' -
 
 
G’AZAVOT - q. Jihod. 
 
 
G’AZOLIY, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azoliy (1058-1111) - yirik 
ilohiyotchi olim, faylasuf. Tus sh. (Xuroson)da tug‘ilgan. Nishopur sh.da ash’ariy ulamo 
Juvayniy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk huzurida Bag‘dodda xizmat 
qildi, Nizomiya madrasasida faqih-mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ismoiliylar 
Nizomulmulkni o‘ldirganidan so‘ng R. haj bahonasida Bag‘dodni tark etib, Damashqda 11 
yil yashadi. Keyinchalik Nizomulmulk o‘g‘li Faxrulmulk taklifi bilan yana Nizomiya 
madrasasida mudarrislik qildi. 
Asosiy asarlari "Tahofut ul-falosifa" ("Faylasuflarni rad etish"), "Kimyoi saodat" ("Saodat 
kimyosi"), "Ixyo ulum ad-din" ("Diniy ilmlarni tiriltirish") va b.da R. islom ilohiyoti 
tizimini ishlab chiqqan, uni falsafiy jihatdan asoslashga uringan. An’anaviy sunniylik 
aqidalarini so’fiylik ideallari bilan birga qo‘shib talqin etgan. Inson iroda erkinligi va ilohiy 
taqtsir masalalarini ko‘rib chiqib, "kasb" ("o‘zlashtirish") g‘oyasini oldinga surgan. R.ga 
ko‘ra, inson Alloh buyurgan yaxshi yoki yomon amallar orasidan o‘ziga maqbulini tanlab 
olishda ixtiyoriydir va shu bois, mazkur xatti-harakatlari oldindan belgilab qo‘yilishi 
(takdir)ga qaramay, ular uchun aynan insonning o‘zi mas’uldir. Bir necha asarlarida G’. 
musulmon faylasuflari, Aristotelning Sharqdagi izdoshlari (Forobiy, Ibn Sino va b.) bilan 
olamning yaratilganligi, Koinot abadiyligi, ruhning o‘lmasligi muammolari, sababiyat 
nazariyasi va h.k. bo‘yicha bahs yuritgan. Islom tafakkuri va o‘rta asr Yevropa 
falsafasiga barakali ta’sir ko‘rsatgan. Zamondoshlari tomonidan "Hujjat ul-islom" ("Islom 
dalili") deb ulug‘langan.  
 
 
G’AYB (arab. - insondan goyib hodisalar) -inson sezgi a’zolari bilan his eta olmaydigan, 
bilish imkonlari bilan idrok eta olmaydigan hodisalar. Inson o‘zining nechog‘li bilimdonligi 
bilan g‘ururlanmasin, uning bilganidan bilmagani ko‘p bo‘lib qolaveradi. O’sha R. 
narsalarni bilishda insonning birdan-bir vositasi bor, u ham bo‘lsa, ilohiy vahiydir. 
Qolgan barchasi taxmin va gumonlardan boshqa hech narsa emas. 
Mo‘min-musulmonlar R.ga iymon keltirish bilan boshqalardan ajralib turadilar. Chunki, 
aqida bobi, asosan, R.ga, ya’ni, ko‘zi bilan ko‘rib, qo‘li bilan ushlamagan narsalarga 
ishonishdan iboratdir. Allohga imon keltirish ham R.ga imondir. Shuningdek, 
farishtalarga, ilohiy kitoblarga, Payg‘ambarlarga, qiyomat kuniga, jannatga, do‘zaxga, 
yaxshi-yu yomon qadarning Allohdan bo‘lishiga imon keltirish ham R.ga ishonishdir. 
Ushbular va bundan tashqari insonni har tarafdan o‘rab turgan, o‘tmishni, hozirni va 
kelajakni ilohiy parda ortida tutib turgan son-sanoqsiz narsalar g‘aybiyotdir. Inson G’.ni 
bilish borasvda g‘oyat ojizdir. U birinchi inson - Odamatoning qaerda va qachon paydo 
bo‘lganini bilmaydi. Bilishi mumkin bo‘lgan narsa - Qur’oni karimdagi ma’lumotlar. 
Boshqa hammasi taxmin, gumon, faraz va h.k. Inson hatto o‘z boshiga kelajakda 
qanday hodisalar kelishini bilmaydi. O’ziga tegishli narsalarni bilmaganidan keyin, 
olamdagi boshqalarga aloqador narsalarni umuman bilmaydi. Alloh taolo esa, ularning 
hammasini bilguvchidir. G’.ning kalitlari Alloh taoloning O’zidaligi shundadir. Bu kalitni 
hatto Payg‘ambarlar ham bilmaydilar. Kimki, R. ilmini da’vo qilsa, kofirlardan bo‘ladi. 
Aqoid ilmida "g‘aybiyot" deb nomlangan, imon keltirish lozim bo‘lgan narsalardan, 
Arshni, Kitobni va b.ni aytish mumkin.  

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
341
 
G’ANIMAT (arab. g‘anima - o‘lja) - harbiy o‘lja; islom an’anasida musulmon qo‘shinlari 
yov bilan jang qilganda qo‘lga kiritilgan barcha boyliklar va asirlar. G’azavot va jihod 
urushlarda R. olish shariatda qonuniy deb belgilangan, G’.ning beshdan bir qismi davlat 
xazinasiga (q. Xums) topshirilgan, qolgani lashkarboshilar va lashkarlar orasida 
taqsimlangan. 
 
 
G’IJDUVONIY Abdulxoliq, Xoja Abdulxoliq ibn Abduljamil Rijduvoniy (1103 - 1179) - 
xojagon-naqshbandiya tariqatining asoschisi; buxorolik 7 pirning birinchisi. Xojai Jahon 
nomi bilan ham mashhur. Rijduvon (Buxoro yaqini)da imom oilasida tug‘ilib, islomiy 
tasavvur va urf-odatlar muhitida tarbiya topdi. 22 yoshida Buxoroga keldi va Yusuf 
Hamadoniyning muridi bo‘ldi. R. dunyoqarashining shakllanishida malomatiylar ta’limoti 
va qalandarlik harakati ta’sir ko‘rsatdi. U zohidlikda yashashni, shariat ko‘rsatmalari, 
Payg‘ambar sunnatlariga qatiy amal qilishni targ‘ib etdi. 
U butun hayotini Alloh yo‘liga bag‘ishlab, farz va sunnat amallarini bajarib, ibodatu 
riyozat bilan mashg‘ul bo‘ldi. Yusuf Hamadoniyning so’fiylik ta’limotini zikri xufiya 
(so‘zsiz, fikriy zikr tushish) bilan boyitdi hamda xojagonlik tariqatining 8 ta rashha 
(qonun-qoida)sini shakllantirib berdi. Bu rashhalar har nafasni zoe ketkazmaslik, har 
qadamni to‘g‘ri bosish, azizlarning xizmatida bo‘lish, har bir ishda Haq taoloni yoddan 
chiqarmaslik, tildan qo‘ymaslik, niyatda mustahkam bo‘lish kabilardir. R. ta’limoti 
naqshbandiylik tariqatiga asos bo‘lgan. Bahouddin Naqshband R.ning axloqiy talablariga 
yana 3 talab qo‘shgan. R.ning "Vasiyatnoma" risolasi Toshkentda 1993 y. chop etildi. 
Uning Rijduvon sh.daga qabri tabarruk ziyoratgoh hisoblanadi. Bizgacha "Risolayi odobi 
tariqat", "Risolayi sohibiya", "Vasiyatnoma" va b. asarlari yetib kelgan. 2003 y.da R.ning 
900 yillik yubileyi nishonlandi. R. yodgorlik majmui qayta ta’mirlandi.  
 
 
G’OZIY (arab. - jangchi, harbiy yurish ishtirokchisi) - islom dini uchun "muqaddas 
urush" (g‘azavot) ishtirokchisi. Islom an’anasida R. Alloh yo‘lida jang qiluvchi, bunday 
jangda o‘lgan shahid, o‘ldirgan G’, ya’ni begunoh, g‘olib deb ta’riflangan.  
 
 
G’ULOT (arab. g‘oliy - chegaradan chiqqan) -islom dini ta’limotvda juda chuqur ketgan 
firqalarning umumiy nomi. Ayrim islom ilohiyotchilari shialikdan ajralib chiqqan, lekin 
o‘zlarini musulmon deb hisoblaydigan firqalarning ko‘plari (ismoiliylar, nusayriylar va 
b.)ni ham R. firqalar deb ta’riflaydi va ularni musulmon hisoblamaydi. Hozirda 
ekstremistik harakatdagi toifa oqimlar ham R. hisoblanadi. 
 
 
G’USL (arab. - cho‘milish) - pok bo‘lish uchun maxsus tartibda ' obdon yuvinish. R. jimo 
(jinsiy aloqa), biror sabab bilan maniy (shahvat)ning chiqishi, ehtilom (uyquda 
maniyning chiqishi) kabilar natijasida farz bo‘ladi. Hanafiylik mazhabida G’.ning farzlari 
uchta - og‘izni g‘arg‘ara qilib chayish, burunni tubiga yetkazib chayish va tamomi 
badanga suv yetkazish. Bitta tukning o‘rnicha joyga suv tegmay qolsa ham G’. 
mukammal hisoblanmaydi. Boshqa mazhablarda og‘iz-burun chayqash farz emas. 
Islomda loaqal bir haftada bir mahal (juma kuni), ikki hayit va arafa kunlari G’. qilish 
sunnat sanaladi. G’. "katta tahorat" deb ham ataladi. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
342
- SH -
 
 
SHAYOTIN (shaytonning ko‘plikdagi shakli), shaytonlar - Alloh va insonlarga dushman 
bo‘lgan, o‘zlarining egalari - Iblis ash-Shayton bilan birga Qiyomat kunidan so‘ng 
jahannam azoblariga duchor etiladigan yovuz ruhlar. Sh. - insonlarni yo‘ldan urishda 
Iblisning asosiy quroli, ular insonlarni solih amallar qilishdan chalg‘itishadi va gunoh 
ishlarga boshlaydilar. Olovdan yaratilgan bo‘lib, Iblis tomonidan ko‘payib turishlari 
mumkin. Ismlarga ega bo‘lib turli shakllarga kira oladilar. To‘p-to‘p holda turli 
mamlakatlarda yashashadi, ayniqsa, Hindiston va Suriyadagi Sh. o‘zlarining qudratli 
ekanliklari bilan mashhur. Sh.ga xuddi ash-Shayton kabi rajim sifati qo‘shib ishlatiladi 
(q. Qur’on, 15:17). Rivoyatlarga ko‘ra, Sh. tarixda o‘tgan ko‘p muqaddas shaxslar 
(mas., Yusuf (as))ni gunoh ishlarga va xato qilishga undagan, Sh.ning bir qismi 
Sulaymon (as)ga bo‘ysungan, lekin keyinchalik diyonatsiz ishlariga qaytganlar. Sh. 
insonlarning ibodat qilishlariga xalaqit berishadi, xudoni yoddan chiqarishga majbur 
etishadi, ularni sehrgarlik va afsungarlikka o‘rgatishadi, ko‘pincha ularni yuzaki 
tomondan yaxshi bo‘lib tuyulgan gunohkorona intilish va ishlarga undaydi. Har bir 
insonning o‘z farishtasi bor bo‘lgani kabi, o‘z Shaytoni ham bor deb hisoblanadi.  
Ularning har ikkisi inson qalbini egallash uchun kurash olib boradi. Sh. uning shahvoniy 
intilishlari, lazzatni istashi, qahr-g‘azabi, hasadi va b.dan foydalanib uni Allohning 
yo‘lidan chalg‘itishga intiladi, ba’zan inson buni sezmaydi ham. Sh. vasvasasiga 
uchganlar oxir oqibat do‘zaxga tushadilar, chunki, Sh. Alloh oddida ojizdirlar. Sh.ni 
haydash uchun "A’uzu bi-l-lahi min ash-shayton ar-rajim" yoki Qur’on oyatlarini (mas., 
113, 114) o‘qib, Allohni yordamga chaqirish kifoya. Islom dinidan avval ham, o‘rta 
asrlarda ham Sh. shoirlarga ilhom berib keladi deb hisoblangan. 
Musulmon ilohiyotchilari Sh.ni jinlar bilan aloqasi masalasini muhokama etishgan. Eng 
ko‘p tarqalgan nuqtai nazarga ko‘ra, Sh. -jinlarning eng qaysar va dinsiz qismi. Boshqa 
bir fikrga ko‘ra - azaldan dinsizlikka va do‘zaxga mahkum etilgan maxluklarning bir 
toifasidir. Jinlarning bir qismi Allohga ishonib, shu bilan xalos bo‘lishi mumkin. Qur’on va 
ilohiyotga doir asarlarda ash-Shayton (Iblis) va Sh. ko‘pincha o‘rni almashib kelishadi, 
chunki, Sh. Iblis irodasi va farmonlarining ijrochisidurlar.  
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling