Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet50/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
322
Aqoid ilmi ulamolari Ya. va M. haqidaga oyati karima va hadisi shariflarni mukammal 
o‘rganib, quyidagi xulosani aytadilar: "Ya. va M. juda ham ko‘p sonli bir qavm bo‘lib, 
ularning chiqishlari qiyomatning alomatlaridan bir alomatdir. Ular yer yuzini fasodga va 
xarobaga to‘lg‘azadilar. Ularning qachon chiqishini esa, Alloh taolodan boshqa hech kim 
bilmaydi". 
 
 
YA’QUB (as) - Qur’onda tilga olingan paygambarlardan biri. Ishoq (as)ning o‘g‘li, Yusuf 
(as)ning otasi Ya. (as) Allohning birligiga, ibodatiga da’vat etuvchi payg‘ambarlardan 
bo‘lgan. Qur’onda uning taqvodorligi va payg‘ambarligi Allohning Ibrohim(as) avlodlariga 
ko‘rsatgan marhamati sifatida ifodalangan (2:136/130, 140/134; 6:84). Ya. (as) 
o‘g‘illari orasida Yusuf (as)ga nihoyatda mehr qo‘ygan edi. Bundan ranjigan boshqa 
o‘g‘illar Yusuf (as)dan kutulish yo‘lini izlaydilar. Uning joniga jabr qilib, quduqqa 
tashlaydilar. Ya. (as) sevimli farzandi dardida yig‘layverib ko‘zi ko‘r bo‘lib qoladi. 
Qur’onda aytilishicha, Yusuf (as)ning ko‘ylagi Ya. (as)ning yuziga tekkach, uning ko‘zlari 
ochiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, yer yuzidagi barcha yahudiylar Ya. (as)ning o‘n ikki 
farzandlaridan tarqalgan.  
 
 
YA’QUB CHARXIY Usmon bin Muhammad (taxm. 1363, Razna, Afg‘oniston - 1447, 
Chag‘oniyon hoz. Denov) - olim va tasavvuf murshidi. Razna sh.ga tobe bo‘lgan Charx 
qishlog‘ida tavallud topgan. Ch. boshlang‘ich ta’limni avval Charxda, so‘ng G’aznada 
olgandan keyin 1380 y. Hirotdan Buxoroga keladi. Buxoroda u Bahouddin Naqshband 
(1318-1389) bilan uchrashadi. U Ch.ni muridlikka qabul qilib, zikr aytish qoidasidan 
ta’lim beradi. Ch. Naqshband vafotidan so‘ng Badaxshonda, so‘ng Alouddin Attor (vaf. 
1400 y.) taklifi bilan Chag‘oniyonda yashadi. Attor vafotidan so‘ng to umrining 
oxirigacha Halg‘atu (Dushanbe yaqinida) qishlog‘ida yashab, o‘z asarlari va faoliyati 
bilan naqshbavdiya tariqati rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Ch. Xoja Ahror (vaf. 1490 
y.)ning murshididir. 
Ch. nafaqat tariqat murshidi, balki yetuk olim ham bo‘lib, undan bizga tasavvuf, fiqh, 
tafsir va davlatchilikka oid asarlar meros bo‘lib qolgan. U o‘z hayoti davomida 10 ga 
yaqin risola yozgani ma’lum, lekin bizgacha 7 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi 
tasavvufga, 1 tasi fiqhga, 1 tasi tafsirga, 1 tasi davlatchilikka oiddir. Ular quyidagilardan 
iborat: "Risolai qudsiya" ("Qudsiy kalimalar haqida risola"), "Risolai abdoliya" ("Abdollar 
haqida risola"), "Sharhi asmoulloh" ("Alloh ismlarining sharhi"), "Risolai unsiya" 
("Do‘stlik haqida risola"), "Tafsiri Charxiy" ("Charxiy tafsiri"), "Kitob ul-faroiz" ("Meros 
taqsimi haqida kitob"), "Risola darmanoqib va aqoyid" ("Manoqib va aqoyid haqida 
kitob"). 
Ch. hayoti va ilmiy faoliyati haqida M. Razzoqova 2001 y.da "Ya’qub Charxiyning ilmiy 
merosi va uning naqshbandiya tariqati rivojida tutgan o‘rni (X1U-XU)" mavzusida 
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ch.ning qabri obod ziyoratgohdir.  
 
 
YAHYO (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri. Zakariyo (as)ning o‘g‘li. Ya. 
(as) yoshlikdan ibodatga berilgan, Tavrotdaga hukmlarga astoydil amal qiladigan, 
nihoyatda halim va kamtar bo‘lgan. Iso (as) xudoning elchisi ekanligani birinchi bo‘lib 
oldindan aytgan, unga ishongan va yordam bergan. Voyaga yetgach, Shomga borib u 
yerdagilarni Allohning birligiga ishonishga, yolgiz Ungagina ibodat qilishga da’vat etgan. 
Ya. (as)ning shahid bo‘lishi haqida bir qancha rivoyatlar bor. Shulardan birida 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
323
aytilishicha, u nihoyatda kelishgan, chiroyli bo‘lgan. Podshohning xotinlaridan biri uni 
yaxshi ko‘rib qolib, o‘z muhabbatini izhor etadi. Lekin Ya. (as) ayollarga shahvoniy 
munosabatda bo‘lmasligini aytib, malikaga hech qachon eriga xiyonat etmaslikni nasihat 
qiladi. Ya. (as)ning bu harakatidan jaxli chiqqan ayol o‘zining siri oshkor bo‘lib qolishidan 
qo‘rqib, podshoxdan uni o‘ldirishni talab etadi. Ya. (as) mehrobda ibodat qilib turganida 
o‘ldiriladi. U shahid bo‘lgach, bu ishga Parvardigorning qahri kelib, podshohning butun 
xonadoni bilan yer yutgani rivoyat qilinadi. Damashqdagi umaviylar masjidida 
joylashgan Ya. (as) sag‘anasi musulmonlar ziyoratgohi sanaladi.  
 
 
YAHUD - yahudiylar. Ya. istilohi Qur’onda Makka davrida paydo bo‘lgan, Muhammad 
(sav) zamondoshlari bo‘lgan yahudiylarni yoki umuman yahudiylarni anglatgan va 
odatda nasorolar (xristianlar) bilan yonma-yon uchraydi (3:67/60; 5:18/21, 82/85; 
9:30 va b.). Madinagacha yahudiylarning muqaddas tarixiga qilingan ko‘plab 
iqtiboslarda, asosan, Banu Isroil -"Isroil farzandlari" iborasi ishlatilgan. Qur’onda 
yahudiylarga nisbatan 2 xil yondashuv aks etgan. Bir tomondan ular musulmonlar kabi 
yakka xudolik tamoyillariga amal qilishgan, shuningdek, Ibrohim (Avraam) elchiliga bilan 
bog‘liqtsirlar, islom iudaizm (yahudiylik) tomonvdan yo‘qotilgan izchil yakkaxudolikni 
tozalagandek va tiklagandek edi, yahudiylar ahdi kitobga mansub edilar. Muhammad 
(sav) Makkada va Madinada bo‘lganlarining dastlabki paytlarida Yasrib (Madina) va 
Shim. Arabistondaga ko‘plab vohalar aholisiining anchagana qismini tashkil qilgan 
yahudiylar orasidan o‘zlariga safdosh va izdopshar topish umidida edilar. Biroq, Yasrib 
yahudiylari Muhammad (sav)ning payg‘ambar ekanliklarini tan olmadilar va u zotni 
ishonchsiz va masxaralab kutib oldilar, so‘ngra qurayshiylar bilan ittifoq tuzib, 
Rasulullohning ochikdan-ochiq dushmaniga aylandilar. Natijada, hijratning dastlabki 
yillarida musulmonlar bilan yahudiylikka e’tiqod qilgan yasribliklar o‘rtasida bir nechta 
to‘qnashuvlar sodir bo‘lib, oqibatda Banu Qaynuqo, Banu Kurayza va Banu Nadir 
qabilalari a’zolari Madinadan kuvg‘in qilinganlar, so‘ngra yahudiylarning markazlari - 
Xaybar, Fadak va b.ga harbiy yurishlar qilingan. 
Arabistondagi yahudiy jamoalari bilan raqobat Qur’onda ham aks etgan. Uzayr 
(Yezdra)ni ilohiylashtirganlari uchun yahudiylar qoralangan (9:30). 
 
 
YEVROPA ISLOM KENGASHI - Yevropadagi 12 mamlakatda ish ko‘ruvchi 30 dan ortiq 
islom markazlari va tashkilotlarining faoliyatini boshqarib turuvchi organ. 1973 yilda 
Londonda tuzilgan. Kengash islom tarixi muammolari, dolzarb siyosiy masalalar bo‘yicha 
anjumanlar o‘tkazadi, faol targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanadi, bir qancha vaqtli matbuot 
nashrlarini chiqarib turadi. 
 
 
YEZDRA, Ezra - Qadimiy Ahdda nomi kelgan rohib, Qonunni o‘rgatuvchi shaxs. 
Qur’onda nomi zikr etilgan Uzayr bilan bir deb hisoblanadi. Qur’onda aytilishicha (9:30), 
xristianlar Iso Masihni Xudoning o‘g‘li degani kabi yahudiylar Uzayrni Xudoning o‘g‘li 
deganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, yaxudiylar Tavrot solingan kutini yo‘qotganlarida Uzayr 
ushbu muqaddas kitobni tiklab bergan. Tavrot topilganidan so‘ng Uzayr tiklagan kitob 
bilan bir xil ekani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng yahudiylar Uzayrni Xudoning o‘g‘li 
deganlar.  
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
324
YETIM - islom ta’limotiga ko‘ra, onadan emas, otadan ayrilgan norasida (balog‘at 
yoshiga yetmagan) go‘dak. Chunki, farzand tug‘ilganidan so‘ng uni boqib, voyaga 
yetkazish otaning zimmasida bo‘ladi. Ye.ning hakqini yeyish katga gunoh hisoblangani 
kabi uni o‘z kafolatiga olish, unga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lish eng ulug‘ 
savoblardan sanaladi. Bu hakda ko‘plab Qur’oni karim oyatlari va Paygambar hadislari 
mavjud. Sadaqa berish va har qanday ehson qilishda miskin, faqirlar bilan bir qatorda 
Ye.ning ham haqqi bor ekani zikr etiladi. 
 
 
YOSIN, Yasin - Qur’ondagi 36-suraning nomi. Sura avvalidagi "ya" va "sin" harflaridan 
tashkil topgan "yosin" kalimasi suraga nom bo‘lib qolgan. Bu sura Makkada nozil bo‘lgan 
va 83 oyatdan iborat. Yo.ning fazli haqida ko‘pgina xadislarda rivoyat qilingan. Ularning 
aksariyatida Yo. surasi Qur’onning qalbi ekani ta’kidlangan. Shuning uchun "Qur’on 
qalbi" suraga ikkinchi nom bo‘lib qolgan. Makkada nozil bo‘lgan boshqa suralar kabi Yo. 
ham asosiy e’tiborini e’tiqod masalasiga qaratadi. Xususan, qayta tirilish, Payg‘ambarlik 
hamda Alloh taoloning vahtsoniyati masalalariga apohida e’tibor beradi. Surai 
karimaning boshida Qur’oni karim bilan qasam ichilib, Muhammad (sav)ning haqiqiy 
Payg‘ambar ekanliklari ta’kidlanadi. Jaholatga botgan quraysh kofirlarining haddan 
oshib, Muhammad (sav)ni yolgonchiga chiqarganlari haqida so‘z yuritiladi. Shundan 
so‘ng bir qishloqqa yuborilgan Payg‘ambarlar va ular bilan o‘sha qishloq aholisi orasida 
bo‘lib o‘tgan hodisalar keltiriladi. Payg‘ambarlikni inkor etganlarning oqibati nima bilan 
tugaganiga urg‘u beriladi. Iymonga kelgan bir odamning o‘zini qanday tutgani va uning 
oqibati nima bo‘lgani ham ajoyib uslub bilan bayon etiladi. Keyin esa, Alloh taoloning 
borliqdagi vahdoniyatiga va cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi hodisalar haqida so‘z 
ketadi. Ko‘rib-qaqrab yotgan yerga hayot kirishi, kecha bilan kunduzning almashinuvi, 
quyoshning ziyo sochib, o‘z o‘rnida aylanishi, oyning burjlarga chiqib-botib turishi va b. 
jarayonlar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, qiyomat kuni va uning dahshatlari, sur 
chalinib, o‘liklarning qayta tirilishi, ularning mahsharga to‘planishi, kishilarning mo‘min 
va kofirga ajralishi, ularga mukofot va jazo berilishi kabi mavzularga ham surada o‘rin 
berilgan. Yo. insonlarning jismoniy azoblarini yengillashtiradi, shuning uchun uni ovoz 
chiqarib o‘lim to‘shagida yotgan bemor tepasvda yoxud ro‘za vaqtida o‘qiydilar. Yo. dafn 
marosimida, qabr tepasida ham o‘qiladi. Hadisi shariflarda rivoyat qilinishicha, kimki bu 
surani ixlos bilan o‘qisa hojati ravo bo‘lishi, och bo‘lsa qorni to‘yishi, tashna bo‘lsa serob 
bo‘lishi, kiyim-boshga ega bo‘lishi, xavf-xatarda bo‘lsa xotirjamlik topishi, kambag‘al 
bo‘lsa boy bo‘lishi, mahbus bo‘lsa ozod bo‘lishi, qarzdor bo‘lsa qarzidan oson kugulishi 
kabi va’dalar bayon qilingan. Yo. surasi yozilgan tumorlarni taqib yurish qadimdan udum 
bo‘lgan. Sura erkaklar ismida ham uchraydi. YoFAS, Abu Turk (g‘arb manbalarida Iafet, 
Yafet) s Nuh payg‘ambarning uch farzandidan biri (Som, Xom bilan birga). To‘fondan 
so‘ng omon qolgan Nuh (as) o‘g‘illariga Yer yuzini bo‘lib bergan. Jumladan, Ye. 
«otasining hukmi birlan... Atil (Itil) va Yoyiq suvining yoqosig‘a bordi. Ikki yuz ellik yil 
anda turdi. Taqi vafot tobdi. Sakkiz o‘g‘li bor edi (Turk, Xazar, Saqlab, Rus, Ming, Chin, 
Qamari, Tarix)» («Shajarayi turk»). To‘ng‘ich o‘g‘li nomidan Yo.ni «Abu Turk» 
(«Turkning otasi») deb ham atashgan. Mirzo Ulug‘bekning yozishiga qaraganda, Yo.ga 
«Chin Mashriqining boshqa muhitlari, Qomarun tog‘lari va rus yerlari oxirigacha 
cho‘zilgan oq cho‘qqilar va beshinchi iqpimning qolgan uchdan bir qismi to ma’mur 
yerlarning oxirigacha va Shimolning zulumotigacha yerlar baxsh etilgan edi... 
Aytadilarki, Turon zamin va Turkistonni Yo. (as) o‘ziga asrab qo‘ygan edi. Shu sababli 
uni Abut-turk deyishgan». Qadimda turkiy o‘jalarda yomg‘ir yog‘diruvchi tosh (yada 
toshi) yordamida duo o‘qib osmondan yomg‘ir-qor yog‘diruvchi kishilar bo‘lgan. Mana 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
325
shu yada ilmini Ye.ga otasi Nuh (as) o‘rgatgan degan nakd bor. Turk otasining vafotidan 
so‘ng Yo. uning o‘rniga o‘tirib yurtni boshqargan. Xalq uni Yo. o‘g‘lon deb atagan. 
 
 
YOQUT HAMAVIY, Abu Abdulloh Shahobiddin Yoqub ibn Abdulloh ar-Rumiy (1179-
1229) -mashhur sayyoh, geograf, adib, tarixchi. Bolalik chog‘ida asir olingan. Uni 
bag‘doddik savdogar Asqar al-Hamaviy Suriyaning Hama (Hamot) shahrida sotib olgan 
va qullarga xos ismlardan Yokut ismini berib, Hamaviy nisbasi bilan atalgan. Yo.H. savod 
chiqargach, xo‘jasining tijorat ishlarini tartibga solib turgan. Keyinroq savdo ishlari bilan 
xo‘jasiga hamroxdik qilib ko‘p mamlakatlarni kezgan. 20 yoshida qullikdan ozod 
qilingach, Bag‘dod sh.ga borib, ilm o‘rganishni davom etgargan. 13-a. boshida 
Xurosonning Marv sh.da yashagan. 1213 y. safarga chiqib, 16 y. davomida Suriya
Falastin, Misr, Arabiston ya. o. janubi, Iroq, Eron, Afgoniston, Movarounnahrda bo‘lib, 
geografiya, tarix, filologiya, etnografiyaga oid ma’lumotlar to‘pladi. Manbalardan Yo.H. 
yozgan qariyb o‘nta asarning nomi ma’lum. Shulardan 1224 y. yozib tugatgan 14 jildli 
toponimik asari «Mu’jam ul-buldon» («Mamlakatlar qomusi»)da Farg‘ona vodiysi shahar 
va qishloklariga oid ma’lumotlar ham bor. Yetti jilddi «Mu’jam ul-udabo» («Adiblar 
qomusi») biografik asarida 7-13-a.lar boshigacha yashagan va arab tilida ijod qilgan 
qariyb 1100 olim mufassir, muhaddis, faqih, adiblar hakidagi ma’lumotlarni jamlagan. 
Asarda, jumladan, O’rta Osiyoning Xorazm, Buxoro, Marv, Axsjat, Samarqand, Farg‘ona, 
Forob kabi shahar va viloyatlaridan chiqqan olimlar (Abu-l-Vafo Muhammad Axsikatiy, 
Abu Rashod Axmad Axsikatiy, Abu Nasr Forobiy, Mansur ash-Shoshiy, Abu-l-Hasan 
O’zgandiy va b.)ning nomi zikr qilingan. «Mu’jam ul-udabo»da muallif buxorolik Ifriqiy 
ijodidan bahramand bo‘lganligani ta’kiddagan. Bu ikki yirik asar qo‘lyozmasi bizgacha 
yetib kelgan, ular Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari kutubxonalarida saqlanmoqtsa. 
Yo.H. asarlari 13-a.gacha bo‘lgan davr geografiyasi, adabiyoti, tili, tarixini o‘rganishda 
muhim manba sanaladi. 
 
 
YUGNAKIY, Ahmad ibn Mahmud (taxm. 12-a.oxiri - 13-a. boshlari) - shoir, olim. 
Ahmadning bobosi Movarounnahrda islom dinini ilk qabul qilgan turkiy qavmlardan 
bo‘lgan. Alisher Navoiy o‘z asarlarida Yu.ni O’rta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga 
qo‘yib, uning tug‘ma ko‘rligi haqida yozadi. Yu.ning "Hibat ul-haqoyiq" ("Haqiqatlar 
armugoni") asari saqpanib qolgan. U ilk islom davrining turkiy tildagi madaniyat 
obidasidir. Bu asar turkiy elatlarga islomiy odob qoidalaridan ta’lim berishga 
mo‘ljallangan. Asar boshdan oyoq tavhid e’tiqodiga tayanadi, muallif fikrlari Qur’on 
oyatlari, Payg‘ambar hadislari bilan dalillanadi. "Hibat ul-haqoyiq" O’zbekistonda keng 
o‘rganilib, o‘zbek adabiyoti tarixi darsliklariga kiritilgan.  
 
 
YUNUS (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Zu-n-nun, ya’ni katta baliq 
(kit) ning hamrohi degan nom ham olgan. Qur’onning 10-surasi uning ismi bilan ataladi. 
U Allohning yagonaligini tan olmagan o‘z qavmidan g‘azablanib, Parvardigorining iznisiz 
shahridan chiqib ketadi va dengiz qirg‘og‘iga keladi va u yerda ketishga hozirlanib 
turgan kema egalaridan o‘zini ham birga olib ketishlarini iltimos qiladi. Kema sohiblari 
rozi bo‘lib yo‘lga chiqishgach, ko‘p o‘tmay Allohning amri bilan qattiq shamol turib kuchli 
to‘lqin boshlanadi va kemaning cho‘kishi aniq bo‘lib qoladi. Shunda kemadagilar "Bizning 
oramizda kimdir gunohkorga o‘xshaydi", deyishdi va o‘zaro maslahat qilishib, qur’a 
tashlashga, kimgaki qur’a tushsa, o‘sha odam gunohkorliga aniq bo‘lishi va uni suvga 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
326
tashlab o‘zlarini saqlab qolishlariga kelishib olishdi. Kur’a bir necha bor tashlansa ham 
Yu.(as)ga tushaverdi. Shundan so‘ng Yu(as) dengazga tashlandi. Alloh katta bir kitga 
Yu.(as)ni yutishni va unga biron aziyat yetkazmaslikni amr etdi. O’z xatosini tushungan 
Yu.(as) Allohga tavba-tazarru qildi Alloh Yu.(as) ning duolarini qabul etib kitga amr qildi 
va kit uni dengaz sohiliga chiqarib tashladi. Shundan so‘ng u yana o‘z qavmini da’vat 
qiladi va xalq Yu.(as)ga imon keltirib 6u dunyo jazolaridan qutuladi. Bu hakda Soffot 
surasi 139-148-oyatlarda va Anbiyo surasi 87-88-oyatlarda bayon qilingan. Yu.(as) 
qissasida qavmni hidoyatga boshlashda sabr-toqatli bardoshli bo‘lishga da’vat bor. Hoz. 
vaqtda Iroqda Yu.(as) payg‘ambarning Mosul sh. yaqinidagi qabri qadamjolarda 
hisoblanadi. 
 
 
YUSUF (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Ya’kub (as) ning o‘g‘li 
Qur’onning 12-surasi Yu.(as)ning nomi bilan ataladi va undagi hikoya "eng go‘zal qissa" 
deb nomlanadi. Alloh Yu.(as)ga tushlar ta’birini aniq ayta olish qobiliyatini ato etdi. Naql 
qilishlaricha, Ya’qub (as) o‘z farzandlari orasida Yu.(as)ni ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. 
Akalari unga hasad qilib quduqqa tashlab yuboradilar va Yu.(as)ning o‘limi haqida 
otasiga yolg‘on gapiradilar va Yu.(as)ni dashtda bo‘ri yeb ketdi deb aldaydilar. 
Karvonchilar Yu.(as)ni kudukdan chiqarib misrlik badavlat odamga sotadi. Uning xotini 
Zulayho Yu.(as)ni sevib qolib yo‘ldan urmoqchi bo‘ladi. Yu.(as) Allohdan qo‘rqib, 
ko‘nmaydi va Zulayho ig‘vosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi, zindondagilarning va 
Misr hokimining tushi ta’birini to‘g‘ri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saqlovchi 
lavozimiga tayinlanadi. Yu.(as)ning yurti Falastinda ocharchilik boshlanib, akalari uning 
oldiga keladi. Yu.(as)ning hayot ekani xursandchilik xabarini eshitgan otasi 
Ya’kub(as)ning ko‘zi tuzalib ko‘radigan bo‘ladi. Islom an’anasida Yu.(as) chiroyli yigit 
sifatida tasvirlanadi. Qur’onda Alloh barcha ummatlar boshlariga tushgan balo-qazolarga 
sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi.  
 
 
YUSUF HAMADONIY - q. Hamadoniy. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
327
- Z -
 
 
ZABUR - diniy manbalarga ko‘ra, Dovud(as)ga. nozil bo‘lgan ilohiy kitob. Bibliya 
"Qadimga ahd" kismining bo‘limi. Yunon tilida "rsalom" ("psalom"), "psalterion" 
("psaltir"), qad. yahudiy tilida "tahalim" deb atalgan "Hazrati Dovudning sanolar kitobi" 
nomi bilan mashhur bo‘lgan diniy-musiqiy oyatlar majmui. Mil av. 1500-500-yillarga 
tegashli. 3. sanolari, asosan, Xudoga bag‘ishlangan madhiyalar, duolar, shukrona, iltijo, 
nola-fig‘on, dushmanlardan shikoyat va h.k.dan iborat. Ularga ko‘ra, xudo hamma 
narsalarni ko‘rib-bilib, inson qalbini doim sinab-imtihon etib turuvchi zotdir, u Isroil 
mamlakati tarixida ham g‘aroyib mo’jizalarni namoyon qilgan. Ayrim sanolarda 
Yaso(as)ning dunyoga kelishi, azob chekib, jon taslim etishi, so‘ng tirilib, yer yuzida 
abadiy hukmronligini o‘rnatishi bashorat etilgan (mas., 2, 21, 44, 71, 109-sanolar). 
Z.ning ba’zi oyatlari Injilga aynan ko‘chirilgan, Iso(as) shu oyatlar mavzuida pandu 
nasihatlar qilgan ekan. Qur’oni karimning "Sod" surasi (18-20-oyatlar)da Dovud(as) 
sanolari tilga olinadi. Z.ning asl nusxasi ajoyib she’riyat namunasi sifatida Yevropa 
xalqlari madaniyati va san’atiga, og‘zaki ijodiga barakali ta’sir ko‘rsatgan. Z.ning o‘zbek 
tilidaga to‘liq matni Bibliyani tarjima qilish instituti (Stokgolm) tomonidan 1992 y.da 
"Injil", "Tavrot" ("Ibtido"), "Zabur" kitobi tarkibida chop qilingan (tarjimon doktor Yusuf 
Gulkarov).  
 
 
ZAYD ibn ALI (7-740) - shialikdagi zaydiylar firqasining asoschisi. Muhammad (sav) 
oilasining avlodi sifatida imomlikka da’vogarlik qilib, 739 y.da Kufa sh.da umaviylar 
hokimiyatiga qarshi isyonga bosh bo‘lgan. Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi 
bo‘lgan shialar uning ukasi g‘ayratli Z.i.A. atrofida birlashib, uni imom deb e’lon etadilar. 
Ammo xalifa Hishom (724-743) qo‘shinlari 740 y. isyonni bostiradi. Z.i.A.ning o‘zi 
jangda halok bo‘ladi. Jasadi Kufada chormix qilinib, kesik boshi Damashqqa, xalifa 
Hishomga yuboriladi. 
Z.i.A. tarafdorlari alohida diniy-siyosiy guruh tuzib, Hazrat Ali avlodiga mansub imom 
boshchiligida diniy davlat tuzishga intiladi. Ular Z.i.A.ni so‘nggi - 5-imom deb bilib, 
keyingi imomlarni tan olmagan. Z.i.A. o‘zining imomat da’vosini Hasan va Husayndan 
so‘ng Ali va Fotimaning har qanday avlodi imom bo‘lishi mumkin, deb asoslagan. 
Imomlikka da’vogar ko‘liga kurol olib, isyon ko‘tarishi - imomatga o‘tirishning asosiy 
sharti, deb bilgan. Shialarning imomlari, xususan, Jafar as-Sodiq esa, o‘z tarafdorlarni 
qurolli isyon ko‘tarmaslikka chaqirgan edi. 
 
 
ZAYD ibn SOBIT, Abu Xorija (Abu Said) Zayd ibn Sobit ibn az- Zahhok al-Ansoriy al-
Xazrajiy (taxm. 615 - taxm. 665) -Muhammad (sav)ning kotibi, Qur’on yozma matni 
tuzuvchisi. Xazraj qabilasidan. 11 yoshida islomga kirgan va Muhammad (sav) huzurida 
Qur’onni o‘rgangan. Sahobalarning yetuk namoyandalaridan biriga aylangan. Oromiy 
(suryoniy) hamda yahudiylar xati (yozuvi) va tilini bilgan. Muhammad (sav) vafotidan 
so‘ng xalifa Abu Bakr as-Siddiq (ra) unga Qur’on matnini jam qilishni buyurgan. Xalifa 
Usmon ibn Affon (ra) davrida (650 y.dan so‘ng) unga uch makkalik (Abdulloh ibn az-
Zubayr, Sa’d ibn al-Asom, Abdurahmon ibn al-Horis) bilan birga Qur’onning rasmiy 
yozma matnini tuzish topshirilgan. Tuzilgan bu to‘plam "Mushaf", "Usmon mushafi" nomi 
bilan yuritilgan. Uni xalifa Usmon (ra) birdan-bir to‘g‘ri va barcha musulmonlar o‘qishi 
uchun majburiy matn, deb e’lon qilgan. Undan farq qiladigan to‘plamlarning barchasini 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
328
yo‘qotish haqida buyruq berilgan. Z.i.S. shuningdek mol-mulkni taqsimlash qoidalari 
(faroiz) ning bilimdoni, hazrat Umar (ra) davrida qabilalar devonini tuzuvchilardan biri 
ham bo‘lgan. Xalifa Usmon (ra) davrida Madinada xalifaning xazinaboni bo‘lgan va 
qozilik qilgan. 
 
 
ZAYD ibn HORISA (? - 629) - sahoba, Muhammad (sav)ning ozod qilgan quli va 
tutingan o‘g‘li. Yoshligidan Payg‘ambar (as) oilasida tarbiyalangan. Xadichadan keyin 
makkalik ilk musulmonlarning uchinchisi, Qur’onda zikr qilingan birdan-bir sahoba 
(Ahzob, 37). Zaydning otasi Horisa qadoa qabilasidan edi. Kichik yoshdaga Zayd onasi 
bilan birga qabila ziyoratiga borayotib asir tushgan, Makkaga keltirib Ukoz tijorat 
markazida sotilgan. Bozordan hazrati Xadichaga atab sotib olingan. Zaydni keyinchalik 
Xadicha onamiz hazrati Muhammad (sav) ga hadya qilgan. Rasuli Akram (sav) esa, uni 
qullikdan ozod etganlar va Zayd otasi va qabilasiga qaytib ketishni istamagach, uni 
farzandlikka qabul qilganlar. 3. Badr jangidan tortib Muta jangida shahid bo‘lgunga 
qadar barcha g‘azavotlarda Muhammad (sav) bilan birga bo‘lgan. Payg‘ambar (as) chor 
atrofga yuboradigan sariyyalarga (o‘zlari bo‘lmagan qo‘shinlarga) doimo Zaydni amir 
etib tayinlaganlar. Zayd Muta jangida kdtnashgan askariy qo‘shinga amirlik qilgan va 
jangda halok bo‘lgan.  
 
 
ZAYDIYLAR - shialikda vujudga kelgan firqa tarafdorlari. 8-a. o‘rtalarida paydo bo‘lgan. 
Arab xalifaligida ziddiyatlar keskinlashib, guruhlar o‘rtasidagi kurash kuchaygan, 
umaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Firqa shialarning 5-
imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali Zayn al-Obidin nomi bilan atalgan. 
864 y.da Z. qo‘zg‘oloni Shim. Eronda g‘alaba qilib, mustaqil davlat vujudga keldi. 
Tabariston, Daylam, Gilon viloyatlarini o‘z ichiga olgan bu mustaqil davlatdagi Z. 
imomlari 300 yilcha hukmronlik qilgan. 901 y.da Z. Yamanda ham hokimiyatni qo‘lga 
kiritib, mustaqil davlat tuzgan. Yamanda Z. hukmronliga 1962 y. 26 sent. inqilobigacha, 
ya’ni Yaman respublika deb e’lon qilinguncha davom etgan. Z. Zaydni so‘nggi 5-imom 
hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydi. Ular o‘z aqidalari va marosimlari 
jihatidan shialar va sunniylar o‘rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik 
yo‘lini tutadi. Z. yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan ilgarigi uch xalifa 
(Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la’natlamasliklari, taqiyya tamoyilini va muta (yoki siyg‘a) 
nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig‘inishni hamda 
darvishlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. O’z aqidalarida 
mu’taziylardan iroda erkinligi va Qur’onni Alloh yaratganligini, xorijiylardan esa, diniy 
e’tiqodni amaliy faoliyat bilan mustahkamlash tamoyillarini qabul qilib olganlar. Hoz. 
Yaman aholisining yarmidan ko‘prog‘i Z. firqasiga mansub. Saudiya Arabistonida, 
Pokiston va b. davlatlarda xam bor 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling